#100savolga_100javob
11-savol: Bugungi kunda yurtimizdagi oliygohlarda xorijlik fuqarolar ham oʻqish istagini bildirishmoqda. Ularni oʻqishga qabul qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Bizni kuzating
#fan_olimpiada
Biologiya va kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadalari g‘oliblari aniqlandi
7–8-iyun kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston milliy universitetida Biologiya, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyo fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Ularda 100 dan ortiq bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
1-bosqich olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar testni har bir fan boʻyicha olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshirdilar.
Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar keyingi bosqichda fanlar asosida laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Unda berilgan topshiriqlarni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik berildi.
Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-bosqich davomida toʻplagan baliga qarab aniqlandi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi.
Biologiya fani boʻyicha:
🥇1-o‘rin: Ochilov Lochinbek Xusniddin o‘g‘li (O‘zMU);
🥈2-o‘rin: Ruyiddinov Asilbek Husan o‘g‘li (QarDU);
🥉3-o‘rin: Hamidova Umida Farhod qizi (O‘zMU).
Kimyo fani boʻyicha:
🥇1-oʻrin: Bebitova Komila Elmurod qizi (SamDU);
🥈2-o‘rin: Xolmatov Muzaffar Xidiraliyevich (TerDU);
🥉3-o‘rin: Yashnarov G‘olibjon Obidjon o‘g‘li (O‘zMU).
Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.
Bizni kuzating
#Akademik_litsey
#Qabul_2024
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Bizni kuzating
📝 Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:
❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):
🟢 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
🟢 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
🟢2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):
🟢 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
🟢 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda (video)
🟢Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish tartiblari qanday?
🟢Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
🟢2024/2025-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibiga aylaning
🟢“Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi
🟢5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlandi (brifing)
🟢Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda (videoqo'llanma)
🟢Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi (video)
🟢Bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan o'tishmoqda
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Rektor A.Toshqulov rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi
🟢"Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi (video)
🟢Taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sunʻiy intellektni joriy etish istiqbollari
🟢Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul_2024
#infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
8-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 45 ming 981 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 29 ming 964 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 16 ming 017 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
🌎 Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi
🟢Qozon federal universitetida o'tkazilgan Pedagogik taʼlim boʻyicha “Pedagogik taʼlimni tadqiq qilish: anʼanalar-innovatsiyalar asosi sifatida” nomli X Xalqaro forumning asosiy mavzusi BRIKS mamlakatlarida oʻqituvchilar taʼlimini standartlashtirish boʻldi. Unda Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni qatorida Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Xususan, Termiz davlat universiteti oʻqituvchilari Elvira Davlatova, Raʼno Mardonova ham qatnashdi.
🟢Xalqaro forumda 2022-2024-yillarga rejalashtirilgan ishlar natijalari va kelgusi 2025-2030-yillarga moʻljallangan bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha takliflar taqdim etildi. Jumladan, kadrlar tayyorlash sifatini baholash tizimini takomillashtirish, raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilib, davlat raqamli xizmatlarini shakllantirish, talabalar va oʻqituvchilarni ular bilan ishlashga oʻrgatish zarurligi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅“Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-210-son, 05.06.2024-y.) qabul qilindi
Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, DUKlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Qonun bilan quyidagi shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:
🟢davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;
🟢davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
🟢davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.
Qonun 6 oydan soʻng kuchga kiradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
🏆Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi.
Mini futbol musobaqasida jami 16 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi. Ammo gʻoliblik faqatgina kuchlilarga nasib etdi.
🟢Mini futbol boʻyicha:
1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi;
2-oʻrin - Universitet rahbariyati jamoasi;
3-oʻrinni - Fizika-matematika fakulteti jamoasi egalladi.
🟢Ayollar oʻrtasidagi voleybol bellashuvlarida jami 11 ta jamoa kuch sinashdi. Natija esa quyidagicha:
1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi;
2-oʻrin - Xorijiy filologiya;
3-oʻrin - Tabiiy fanlar fakulteti sharafini himoya qilgan jamoalarga nasib etdi.
🟢“Rektor kubogi”da gʻolib boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar hamda QVZ, Zakovat, Brain ring, milliy kurash tanlov va bellashuvlarida faxrli oʻrinni egallagan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul2024
#uzbekiston24
“O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.
Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркияга ташрифи қардош мамлакатларимиз ўртасидаги кенг қамровли стратегик шериклик ривожида навбатдаги муҳим қадам бўлди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qabul2024
#callcenter
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Call-center” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Hududlar kesimida OTM “Call-center”lari 👉 BU YERDA
“Call-center” ish faoliyati:
dushanba-juma – 09:00-18:00
shanba – 09:00-17:00
yakshanba – dam olish kuni
___
Вниманию абитуриентов и их родителей!
Для удобства абитуриентов и их родителей в процессе приёма на 2024/2025 учебный год и оперативного ответа на их вопросы в высших образовательных учреждениях запущена услуга «Call-center».
«Колл-центры» вузов в разрезе регионов 👉 ЗДЕСЬ
Деятельность «Колл-центра»:
Понедельник-Пятница – 09:00-18:00
Суббота – 09:00-17:00
Воскресенье выходной день
Bizni kuzating
#№_22
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Yuldashev Normat Temirovich Andijon davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligida “Cho‘lpon she’riyati poetikasi” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅Ayni paytda Termiz davlat universitetida kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishi himoyalari bo'lib o'tmoqda.
🟢Yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtishi ta'minlangan.
Jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri onlayn kuzatish http://imtihon.tersu.uz/#home
Imtihonlar joriy yilda kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklini tamomlayotgan 8 ming 123 nafar talabalar uchun bosqichma-bosqich o'tkazilyapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
#xushxabar
🎇 TerDU talabalaridan ishonchli g'alaba
🇮🇷 6-10-iyun kunlari Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida kurash boʻyicha XIII Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda qitʼamizning 20 ga yaqin mamlakatlarining milliy federatsiyalaridan 200 nafarga yaqin vakillar ishtirok etishdi.
✅ Chempionatda Termiz davlat universitetining ikki nafar talabalari ham Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, gilamda kuch sinashdi.
✅Erkaklar terma jamoasi tarkibida 100 kg vazn toifasida kurashgan Jandriyev Shermuhammad oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Komila Qahorova kumush medaliga loyiq topildi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatli yutuqlari bilan muborakbod etamiz💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
🟢O‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talabalar amaliyot rahbarlari bilan birgalikda tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborildi.
🟢Ular respublikamiz sanoat markazlari, xususan, Toshkent shahri va viloyatidagi, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Akademik_litsey
#Qabul_2024
⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
Bizni kuzating
Eng qiyini – harakat qilishni boshlash, qolgan hammasi faqatgina qatʼiyatingizga bogʻliq.
Ameliya Erxart
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
🏆Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasidan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul2024
📞 Termiz davlat universiteti qabul komissiyasining aloqa markazi (Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.
Sizni ham qabul to'g'risida qandaydir savol qiynayotgan bo'lsa, 76 228 03 40 raqamiga qo'ng'iroq qiling va huquqiy tushuntirishlar oling.
Ma'lumot uchun: TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.
Dam olish kuni: Yakshanba
Tushlik vaqti: 13:00-14:00
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#tavsiya #abituriyent2024
Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.
Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
✅Termiz davlat universitetida “Taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sunʻiy intellektni joriy etish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
🟢Anjuman ishida xorij va mahalliy mutaxassislardan iborat 60 nafardan ortiq qatnashchi oflayn hamda onlayn tarzida ishtirok etishdi.
🟢Yalpi majlisda oʻquv faoliyatida sunʼiy intellektning maqsadi, vazifa va istiqbollari, taʼlimda oʻqitish sifatini oshirshda sunʼiy intellektning roli, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini matematik modellashtirish haqida so'z yuritildi.
🟢Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini 5 ta shoʻbalarga bo'lingan holda davom ettirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅ Rektor A.Toshqulov rahbarligida ijro intizomini yaxshilash, qabul jarayonini yuqori saviyada oʻtkazish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
🟢2024/2025-oʻquv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari boʻyicha berilgan takliflar taqdimoti qilindi.
🟢Kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri Osiyoning eng kuchli universitetlari hamda dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kirish boʻyicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buning uchun universitetda global reyting indikatorlarini rivojlantirish, barqaror rivojlanish sari ildam odimlash lozimligi qayd etildi.
🟢Shuningdek, yigʻilishda professor-oʻqituvchilarning “Scopus” bazasidagi jurnallarda chop etilayotgan maqolalar sonini oshirish, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishda nufuzli universitetlar tajribasini oʻrganish boʻyicha ham masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
⏰Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!
Rasmdagi bu yigit bundan 29 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.
O‘sha yigit - Sundar Pichai - 2015-yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2022-yilda uning yillik maoshi 226 mln dollarga teng bo‘lgan.
➡️ Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🏆 "Rektor kubogi" musobaqasining yarim final o'yinlari bo‘lib o‘tdi
🟢Uchrashuvda 8 ta jamoa g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi fizika-matematika fakulteti jamoasini, universitet rahbariyati vakillari jamoasi esa akademik litsey o‘qituvchilari jamoasini taslim etib, finalga yo‘l olishdi. Jamoalar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallash uchun shiddatli kurash ertaga soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.
Bu kabi musobaqalarni o‘tkazish nafaqat professor-oʻqituvchilarni sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, balki, jamoalar o‘rtasida o‘zaro birlashishiga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
🏆Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida sportning mini futbol (erkaklar) hamda voleybol (ayollar) turlari boʻyicha "Rektor kubogi" musobaqalari start oldi.
🟢Bellashuvlarda rektor A.Toshqulov ham ishtirok etib, jamoalarga omad tiladi. Mini futbol musobaqasida universitet professor-o'qituvchilaridan tashkil topgan jami 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Nimchorak va chorak final o‘yinlari qizgʻin bellashuvlar ostida o‘tdi.
🟢Voleybol bellashuvlari esa yanada qiziqarli tus oldi. Ayol professor-o'qituvchilardan iborat jami 11 ta jamoa oʻzaro murosasiz bahslarga kirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#anons
📺 "My5" telekanalining "Izlarim" loyihasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodning bolalik chog‘lari va umr yo‘llari haqida hikoya qilinadi.
🕒 Ushbu koʻrsatuvni 9-iyun, yakshanba kuni soat 18:10da tomosha qiling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024
✅Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" oʻz faoliyatini boshladi
🟢Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlariga tez va aniq, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.
📞Murojaat uchun: +998762280340
🟢TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi
Dam olish kuni: Yakshanba
Tushlik vaqti: 13:00-14:00
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bizni kuzating