#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Bizni kuzating
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Bizni kuzating
Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz hammamizga halollikda, sadoqatda, Vatanparvarlikda shaxsiy namuna ko‘rsatadilar. Bizdan ham buni alohida talab qiladilar”
Kuni-kecha Prezidentimiz turli soha vakillariga Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini tantanali topshirdi.
Tadbirdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “O‘zbekiston 24” muxbiriga intervyu berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📈 Ovoz berish jarayonlari yakunlanishiga 1 kun qoldi
“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida Termiz davlat universiteti zamonaviy "Fitnes klubini qurish" loyihasi bilan qatnashmoqda. 30-avgust soat 12:00 holatiga ko‘ra ushbu loyiha 17-o‘rinda.
Fitness klubini qurish loyihasiga ovoz berish havolasi:
➡️https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/42bc5a24-914d-4907-9975-149974b0e56a
❗️Ovoz berish jarayonlari ertaga soat 23:59da yakunlanadi
❗️Barchadan ovoz berish jarayonida faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz!
Bizni kuzating
Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini topshirish marosimi yakunlangandan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdirlanganlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.
Bizni kuzating
#bayramga_tuhfa
🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida TerDUda yangidan qurilgan binolar foydalanishga topshirildi.
Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2175
Bizni kuzating
✅ Termiz davlat universitetida abituriyentlar uchun maslahat markazi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda
Mazkur markazda 2024-2025 o‘quv yili uchun barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha (kunduzgi, kechki, sirtqi, xorijdan o‘qishini ko‘chirgan talabalar, ikkinchi oliy ta’lim) shakllari bo‘yicha tabaqalashtirilgan hamda oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabul qilinmoqda.
Har kuni (yakshanba kunidan tashqari) soat 8:00 dan 17:00 gacha rektorat hududida joylashgan Registrator ofis binosida faoliyat yuritmoqda.
Markaz joylashuvi: 37.2292012,67.2876624,198m/data=!3m1!1e3?entry=ttu">google/map/maslahat/markaz
📞Murojaat uchun tel:
+998-94-579-48-36 Yadgarov Karim
+998-99-203-34-24 Jalilov Erkin
Qabul jarayonlariga oid murojaatlar uchun tel: 76 228 03 40
Bizni kuzating
#mandat #magistratura #qabul2024
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
📹 Viloyat hokimi oliygohlarda yangi binolarning ochilish tadbirida ishtirok etdi hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#matbuot_anjumani #press_tur
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va foydalanishga topshirilgan inshootlarning ochilishi munosabati bilan viloyatdagi jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
OAV xodimlari yangidan qurilgan ilmiy-tadqiqot markazi, sport majmuasi va talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda universitet rektori o‘tgan davr mobaynida barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlar, foydalanishga topshirilgan majmualarning vazifasi haqida axborot berdi.
Yakunda OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollarga oliygoh mas’ullaridan javoblar olishdi.
Bizni kuzating
Чинакам жасорат ва баҳодирлик намунаси, Янги Ўзбекистон тарихининг чинакам янги саҳифалари
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OAV
Axborot 24 | TerDUda yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi
Bizni kuzating
#no_comment
Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
👍@terdu340
ТерДУ таълим йўналишларини битириб қайси соҳаларда фаолият юритиш мумкин?
Қуйидаги ҳаволалар орқали бакалавриат таълим йўналишлари бўйича бакалаврларнинг касбий фаолияти ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин:
● 61010200 – Спорт фаолияти (баскетбол)
● 61010300 – Адаптив жисмоний тарбия ва спорт
● 60540200 – Амалий математика
● 60510100 – Биология
● 60210800 - Амалий санъат (бадиий кулолчилик)
● 60220400 – Археология
● 60530700– Астрономия
● 60520200 – Экология ва атроф-муҳит муҳофазаси
● 60610100 – Ахборот тизимлари ва технологиялари
● 60410600 – Банк иши
● 61010200 – Спорт фаолияти (бокс)
● 60410200 – Бухгалтерия ҳисоби
● 60211400 - Вокал санъати (анъанавий хонандалик)
● 61010200 – Спорт фаолияти (волейбол)
Diyor24.uz расмий канали👇
You tube | Telegram | Facebook | Instagram
#yangi_o‘quv_yili
4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Bu ularning kelajakda qanday kasb egasi va mutaxassis bo‘lishlari, puxta bilim hamda hayotiy saboq egallashlarida muhim o‘rin tutadi.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
Ishonamanki, bor imkoniyatingizni ishga solib bo‘lsa-da malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, ularni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlar yo‘lida sarflaysiz. Bugungi kunda mamlakatimizda buning uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.
Qadrli yoshlar!
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda kasb-hunar egallashning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta’til vaqtida pedagog-kadrlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etdik. Kasbiy rivojlanish darslarida sohadagi so‘nggi yangilik va zamonaviy bilimlarni bo‘lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o‘qituvchi sifatli ta’lim demakdir.
Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!
Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Qadrli obunachilar, aziz talabalar!
“Tashabbusli budjet”ga ovoz berish jarayoni bugun 23:59da yakunlanadi.
Termiz davlat universiteti ham talabalar uchun zamonaviy "Fitnes klubini qurish" loyihasi bilan ushbu jarayonda ishtirok etmoqda.
❗️Barchadan ovoz berish jarayonida faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz!
👉👇https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/42bc5a24-914d-4907-9975-149974b0e56a
Universitet Kengashining 2024/2025-o'quv yilidagi dastlabki yig'ilishi bo'lib o'tdi
Universitet Kengashining yig'ilishida A.Toshqulov kengash a'zolarini O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan qutlab, mustaqillik bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, universitetni xalqaro va milliy reytinglarda yuqori o'rinlarga chiqarish lozimligini ta'kidladi.
Yig'ilishda quyidagi masalalar:
— universitet fakultetlari hamda Akademik litsey va texnikumlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ularda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish,
— talabalarni kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish,
— universitet Kengashining yangi tarkibini hamda 2024/2025-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash, darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalarni nashrga tavsiya etish,
— oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tizimida tayanch doktorantura bo‘yicha yangi ixtisosliklarni ochish masalalari muhokama qilinib, o’rnatilgan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzating
Prezident: Mehnatkash, fidoyi yurtdoshlarimizni men o‘zimning eng yaqin qadrdonlarim, sadoqatli safdoshlarim deb bilaman!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Bugun, 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev barchani avvalo Mustaqillik bayrami bilan, yig‘ilganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan tabrikladi. Mamlakatimizda erishilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida so‘zladi.
Tantanali tadbirda, xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Tafsilot
Universitet rektori Oliy attestatsiya komissiyasi qarori asosida ilmiy unvon va darajalari tasdiqlangan o'qituvchilarga professor, dotsent hamda PhD diplomlarini topshirdi.
Tadbirda o'qituvchilarning ilmiy yutuqlari rektor tomonidan e'tirof etilib, ularning universitet hamda mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishdagi hissalari ta'kidlab o'tildi.
Ma'lumot o‘rnida, ayni vaqtda univeristetda faoliyat olib borayotgan 697 nafar o‘qituvchining 256 nafarini ilmiy darajaga ega bo‘lganlar (33 nafar fan doktori (DSc), 223 nafari falsafa doktori (PhD) tashkil etadi. Universitet ilmiy salohiyati 36%.
Bizni kuzating
Барча ишлар замирида инсон қадрини улуғлаш, одамларнинг хавфсиз ва фаровон ҳаётини таъминлаш мақсади мужассам
—
В основе всех действий лежит цель возвышения человеческого достоинства, обеспечения безопасной и благополучной жизни
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#vazir #xizmat_safari #Termiz
TerDU yangi o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?
29-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi, yangidan qurib foydalanishga topshirilgan ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatda yagona bo‘lgan yetti qavatli zamonaviy Ilmiy-tadqiqot markazi 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 8 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi. Tanishish davomida markazdan oqilona foydalanish talaba va magistrantlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, sportning kurash hamda dzyudo turlariga mo‘ljallangan sport majmuasi, ma’muriy va akademik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beruvchi “Registrator ofisi” hamda “Jalinga” interaktiv videostudiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Bizni kuzating
#super_kontrakt
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
🇩🇪🇺🇿Bugunning o'zida universitet rektori Germaniyaning Myunster universiteti vakillari bilan uchrashdi
Uzoq yillik hamkor oliygoh – Myunster universiteti Germanistika institutining „O‘rta asrlarni o‘rganish“ yo‘nalishi bo‘yicha professori Silviya Royvekamp rahbarligida tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv – ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflarga boy bo‘ldi.
Jumladan, Myunster universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalarimiz uchun nemis tili va boshqa yo‘nalishlarda malaka oshirish, yozgi maktab dasturlarini tashkil etish taklif etildi. Shuningdek, dastlabki bosqichda xorijiy tillar yo‘nalishida, keyinchalik barcha yo‘nalishlarda hamkor universitetda faoliyat yuritayogan mutaxassislarni jalb etish muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, Myunster universiteti 1780-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 40 mingga yaqin talabalar 130 dan ortiq ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olishadi. Ushbu universitet tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan til, adabiyot va madaniyatshunoslik sohasida nemis-o‘zbek onlayn jurnalini yaratish loyihasida Termiz davlat universiteti ham faol ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
#diqqat_e'lon #ikkinchi_mutaxassislik #test_sinovi
🗣 Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
⚖️ “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo'lib o'tgan kirish imtihoni (test sinovi) natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e'lon qilindi.
Ushbu ta'lim yo'nalishi bo'yicha 75 ta kvota ajratilgan!
📞 Murojaat uchun tel: 76 228 03 40
Bizni kuzating
Eng ulug‘ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda. Aholi turmush farovonligiga xizmat qiladigan maskanlar ishga tushirilmoqda.
Xususan, bugun Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli Talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni istiqlol ayyomi bilan qutladi hamda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalarni yangi ob’ektlar ochilishi bilan tabrikladi.
Viloyat rahbari faxriy professor-o‘qituvchilar, universitet rahbariyati, nuroniylar hamda talabalar bilan foydalanishga topshirilgan binolarda yaratilgan sharoitlar hamda universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyining umumiy qiymati 31 mlrd so‘m bo‘lib, 50 foiz davlat subsidiyasi va 50 foiz universitet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. Ilmiy-tadqiqot markazini 7 qavatli 750 o‘rinli binosining umumiy qiymati 26,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan, kurash hamda dzyudo sport turlariga ixtisoslashtirilgan Sport majmuasi esa 3,4 mlrd so‘mga barpo etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#jarayon
Ayni daqiqalarda 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida yangidan qurib foydalanishga topshirilgan binolar: ilmiy-tadqiqot markazi, sport majmuasi, talabalar turar joylarining ochilish marosimi boshlanish arafasida.
Bizni kuzating
📣28-avgust, chorshanba kuni Termiz davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan media tadbirlar:
🕚Soat 9:00 da – yangi ilmiy-tadqiqot markazi, sport majmuasi, talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi hamda jurnalist va blogerlar uchun press-tur;
🕚Soat 11:00 da – oliygohda qabul jarayonlari yakunlari, yangi ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani.
📍Manzil: Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi 42-uy, 37.2311577,67.2849755,305m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dcf17885c51:0x8f0c82f6f9b530c2!8m2!3d37.2315295!4d67.2857141!16s%2Fg%2F11stkm1yvl?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDgyMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">7-TTJ binosi
☎️ Murojaat uchun telefon: +998912373707
🎤 Media tadbirlarga ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni taklif etamiz.
Bizni kuzating
#TerDU_raqamlarda
📊 Termiz davlat universitetida talabalarni turar joylar va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha infografika.
Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2170
Bizni kuzating