#Jarayon
Ayni vaqtda 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Imtihonlar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test shaklida o‘tkazilmoqda.
🟥 Jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri onlayn kuzatib borishingiz mumkin: http://imtihon.tersu.uz/#home
Bizni kuzating
TerDUda talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
Rektor A.Toshqulov universitet hududida joylashgan 2-,3- hamda 4-sonli talabalar turar joylaridagi sharoitlar bilan tanishib, TTJlar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun, Termiz davlat universitetida o‘tgan o‘quv yili davomida umumiy hisobda jami 2 695 nafar talabalar turar joylar bilan ta'minlangan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida esa bu ko‘rsatkich 3 270 nafarga oshiriladi. Shuningdek, ayni kunlarda universitetga yaqin hududlarda joylashgan bo‘sh ijara xonadonlar ro‘yxati ijara.tersu.uz platformasiga joylashtirilib, ijara xonadoni bo‘yicha barcha ma'lumotlar yuklanmoqda.
#xorijiy_til
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan o‘qituvchi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul_2024
#Texnikum_bitiruvchilari
📹 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘tkazilgan imtihon (suhbat) jarayonlaridan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#hashar
24–25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Bizni kuzating
#Qabul_2024
#Texnikum_bitiruvchilari
🎓 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi
Jarayonlarda rektor A.Toshqulov ishtirok etib, texnikum bitiruvchilariga omad tiladi hamda komissiya a'zolariga talabgorlarning bilim va salohiyatlaridan kelib chiqib, odilona va shaffof baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ma'lumot o‘rnida, Termiz davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tahsil olish uchun jami 55 ta talabgor ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 45 tasi suhbat jarayonlarida ishtirok etdi.
Suhbat asosida o‘qishga qabul qilish dasturi va baholash mezoni: @terdu340/26686
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
📝 22-avgust kuni “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun test sinovlariga ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxati
⚡️Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun 2024-yil 22-avgust kuni (ikki smenada) test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
❗️Talabgorlar ushbu ro'yxat asosida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID)ning asli bilan test sinovlariga ruxsat etiladi.
❌Ro'yxatda bor ammo test sinovlari uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.
📍 Test o‘tkaziladigan hudud 37.2317829,67.2880336,151m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">joylashuvi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish” (Deyl Karnegi)
🔴“Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)
#Tayyorgarlik #Oʻquv_yili_oldi
Rektor A.Toshqulov tomonidan universitetning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirilmoqda.
Ma'lumki, talabalar ta'tili davrida universitet bo‘ylab o'quv binolar, auditoriyalar, kafedralar va talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq qator ishlar amalga oshirildi.
Rektor rahbarligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganishni 1800 nafar talabaga mo‘ljallangan Axborot texnologiyalari fakultetida o'qish sifati va samaradorligini oshirish uchun olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdan boshladi.
Bu kabi o‘rganishlar joriy haftaning oxirigacha davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Termiz davlat universiteti o'qituvchilari Litvada stajirovka o'tashmoqda.
🟢Universitetimiz talabalari Pekin shahar universitetida tashkil etilgan yozgi maktab dasturida.
🟢"Yetmish bahordirki yashnar lolasi"
🟢QVZning 2024-yilgi mavsumiga buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda!
🟢O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
🟢O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarning amaliy ko'nikmalari sinovdan o‘tkazildi. (video)
🟢Termiz davlat universitetida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.
Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
Bizni kuzating
#tanlov2024 #kollej #texnikum
⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
Termiz davlat universitetida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida mehmonlarga Termiz davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan bir qator istiqbolli loyihalar taqdimoti tanishtirilib, takliflar bildirildi. Mintaqaning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan loyihalar JICA vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bizni kuzating
#16_avgust
#Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣Termiz davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlarning kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
🟢 “Dizayn: milliy kostyum” — Yuklab olish;
🟢“Sport faoliyati: kurash” — Yuklab olish;
🟢“Sport faoliyati: valeybol” — Yuklab olish;
❕ Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
#saylov_2024
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi
MSKga ko‘ra, imzo varaqalarini birinchi O‘zLiDeP, so‘ng “Milliy tiklanish” partiyasi topshirgan. Shunday qilib, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:
1️⃣ O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi
2️⃣ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
3️⃣ O‘zbekiston Ekologik partiyasi
4️⃣ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
5️⃣ O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
rost24official?si=otmDba5c_KW8ytF9">
Bizni kuzating
📌 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy natijalar e’lon qilindi
Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Rektor rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda dastlab universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bo‘yicha tashkil qilingan ishlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, dars yuklamalarni va taqsimotlarini o‘z vaqtida shakllantirish, fakultetlardagi o‘quv auditoriyalarni dars jarayonlariga tayyorlash, talabalarni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirsh masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni kutib olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish hamda ularga munosib sharoit va qulaylik yaratish bo‘yicha mas'ullarga alohida topshiriqlar berildi.
Yakunda universitet faoliyatini barcha sohalarda yaxshilashga doir bildirilgan takliflar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
#№27
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti nazariy fizika kafedrasi o'qituvchisi Abilfayziyev Shokir Narmuratovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi Ilmiy kengashning 05.05.16 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari. “Kristalli kremniy asosidagi fotoissiqlik batareyalarida quyosh nurlanishining energiya yo‘qotish xususiyatlarini tadqiq qilish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Texnikum_bitiruvchilari
#Imtihon_natijalari
Termiz davlat universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun suhbatdan o'tgan texnikum bitiruvchilari natijalari e'lon qilindi. Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
•Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) - YUKLAB OLISH;
•Moliya va moliyaviy texnologiyalar - YUKLAB OLISH;
•Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) - YUKLAB OLISH;
•Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) - YUKLAB OLISH;
•Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”) - YUKLAB OLISH;
•Sport faoliyati: yengil atletika - YUKLAB OLISH.
❕ Eslatma! Talabgorlar tomonidan imtihon (suhbat) natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Termiz davlat universiteti rektori oliygoh hududida yangidan qurib bitkazilayotgan 9 qavatli talabalar turar joyida olib borilayotgan so‘nggi qurilish va pardozlash ishlari bilan tanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
📝 23-avgust kuni “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun test sinovlariga ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxati
⚡️Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun 2024-yil 23-avgust kuni (ikki smenada) test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
❗️Talabgorlar ushbu ro'yxat asosida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID)ning asli bilan test sinovlariga ruxsat etiladi.
❌Ro'yxatda bor ammo test sinovlari uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.
📍 Test o‘tkaziladigan hudud 37.2317829,67.2880336,151m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">joylashuvi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Rektor Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori hamda soha bo‘limlarining
hisoboti va istiqbolli rejalari bilan tanishdi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shofiyev tomonidan o‘tgan o‘quv yili davomida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hamda yangi o‘quv yilida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar taqdimoti qilindi.
Yig‘ilish davomida 2024/2025-o‘quv yilida to‘garaklar faoliyatini kengaytirish, “Darband” seminarini doimiy yo‘lga qo‘yish, universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash, "Jayxun" folklor ansambli hamda "Talabalar teatr studiyasi", shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalar qamrovini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida, 2023/2024 o‘quv yilida talabalar ishtirokida 430 marotaba “Kitobxonlik” tadbirlari, 315 marotaba “Zakovat”, “Munozara”, “She’riyat kechalari”, 28 marotaba “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovlari, 270 marotaba huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Читать полностью…#№26
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovna “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 08.00.17 –“ Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
➖➖➖
Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!
В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям
Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
➖➖➖
To the attention of applicants recommended for study!
At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories
From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.
Bizni kuzating
#diqqat_e'lon #eslatma
Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
“Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida o‘tkaziladi. Test sinovi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Test sinoviga ishtirok etish uchun talabgorlar quydagi hisob raqamga 170.000 (bir yuz yetmish ming) so‘m to‘lovni amalga oshirishi lozim.
⁉️To‘lovni amalga oshirishda talabgorning F.I.Sh. (to‘liq) yozilishi, to‘lov maqsadi (masalan: Aliyev Alisher Valiyevichning test sinoviga qatnashish uchun to‘lov) va JSHSHIR (PINFL) raqami kiritilishi lozim.
SHHR: 400110860224017094100079006 (to’lov shu hisob raqamiga amalga oshiriladi)
H/R: 23402000300100001010, INN: 201122919, MFO: 00014
INN: 200473474
"Click up" ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yo'riqnoma.
⏰To‘lovni amalga oshirishning oxirigi muddati: 2024-yil 18-avgust kuni soat 12:00 gacha
❌To‘lovni amalga oshirmagan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
📞 Murojaat uchun tel: 76 228 03 40
Bizni kuzating
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha
✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
📹 O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarning amaliy ko'nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Bizni kuzating