✅TerDU talabalari amaliy ko'nikma va tajribalarga ega bo‘lish maqsadida respublikamizning turli yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.
🟢Universitetning 1-bosqich talabalari Qashqadaryo viloyatidagi “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi”, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Uzbekistan GTL” MCHJ, “UNG training” MCHJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari”, 2-3-bosqich talabalari esa Samarqand va Toshkent shahridagi ilmiy markazlarda, jumladan, OʻzMU, ToshKTI, OʻzR FA tarmoqlar institutlari, Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashmoqda.
🟢Amaliy darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, malakali mutaxassislar bilan birga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va nazariy bilimlarini amaliyot yordamida boyitish imkonini beradi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#100savolga_100javob
17-savol: Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?
Bizni kuzating
✅️ Termiz davlat universiteti akademik litseyida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi.
🟠Bitiruv tadbirida universitet rahbariyati tomonidan litseyni aʼlo baholar bilan tamomlagan faol bitiruvchi oʻquvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ma‘lumot uchun: joriy oʻquv yilida akademik litseyni 202 nafar oʻquvchi tamomladi. Ularning 34 nafari imtiyozli diplomlar, 7 nafari oltin va 5 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qoʻyishdi. Quvonarlisi, bitiruvchi oʻquvchilarning 49 nafari ingliz tili fanidan til bilish sertifikatlari, 11 nafari xalqaro IELTS sertifikatlari, 12 nafar oʻquvchilar milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan.
Bizni kuzating
#tabrik
Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!
Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda.
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi.
Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi:
— akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi;
— iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi;
— har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi;
— 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi;
— soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza;
— bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi;
— iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Aziz bitiruvchilar!
Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin!
Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir.
Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
✅ Termiz davlat universitetining bitiruvchi talabalari!
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari qanday oʻtyapti?
👍 - hammasi yaxshi
🔥 - ajoyib
👏 - yana bir haftadan soʻng soʻrang
🤔 - oyning yarmi qorongʻu, yarmi yorugʻ: qayta topshiraman
Smayliklar orqali fikringizni bildiring.
✅Termiz davlat universiteti Akademik litseyida qabul davom etmoqda
🟢2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga 10-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
📌Oʻquvchilarga taklif etilayotgan ta’lim yoʻnalishlari:
🟢3910001-Aniq fanlar (matematika, fizika);
🟢3910002-Aniq fanlar (matematika, xorijiy til);
🟢3920001-Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo);
🟢3930001-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (ona tili va adabiyot, xorijiy til);
🟢3930004-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, geografiya);
🟢3930005-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (huquqshunoslik, xorijiy til);
🟢3940000-Xorijiy filologiya (ingliz tili, ona tili va adabiyot)
Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998 91 978 08 11
📞 +998 93 796 34 34
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy darvoza ko‘chasi 15-uy.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#shaxmat
➡️ Sportni yanada ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari oʻrtasida Termiz muhandislik-texnologiya institutida shaxmat boʻyicha “Rektor ochiq kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.Viloyatdagi barcha OTMdan 30 nafarga yaqin havaskor shaxmatchilar o‘zaro bellashishdi.
➡Yakuniy natijalarga koʻra erkak professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Temur Boboqulov (Termiz muahndislik-texnologiya instituti)
2-oʻrin — Asomiddin Ximoyiddinov (Termiz davlat unversiteti)
3-oʻrin — Kamoliddin Abduraxmonov (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)
➡Ayol professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Xolniso Saydaliyeva (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Lobar Muxtarova (Termiz davlat pedagogika instituti)
3-oʻrin — Onorxol Amonova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
➡Talaba qizlar oʻrtasida:
1-oʻrin — Dildora Turdimurodova (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Sevinch Turdiqulova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
3-oʻrin — Laylo Chorshanbiyeva (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024
⚡️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish
Bizni kuzating
#kun_hikmati
O'qishni hech qachon majburiyat deb emas, balki go'zal va ajoyib bilimlar dunyosiga kirib borish uchun imkoniyat deb biling!
Bizni kuzating
🔘 Ayni paytda Surxondaryo teleradiokanalining “Soʻz sizga” koʻrsatuvi orqali 2024/2025-oʻquv yili uchun qabulga oid barcha savollarga oydinlik kiritilmoqda.
Telegram orqali kuzatish: /channel/tvsurxon
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
DIQQAT, TANLOV!
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi
Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2024@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyoti va elektron o‘quv adabiyoti;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqolalar: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Batafsil...
Bizni kuzating
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim
⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi
Bizni kuzating
#qabul2024
Kasbiy-ijodiy imtihonlar bu yil qanday oʻtadi?
Bizni kuzating
#xushxabar
🎇 TerDU talabalaridan ishonchli g'alaba
🇮🇷 6-10-iyun kunlari Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida kurash boʻyicha XIII Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda qitʼamizning 20 ga yaqin mamlakatlarining milliy federatsiyalaridan 200 nafarga yaqin vakillar ishtirok etishdi.
✅ Chempionatda Termiz davlat universitetining ikki nafar talabalari ham Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, gilamda kuch sinashdi.
✅Erkaklar terma jamoasi tarkibida 100 kg vazn toifasida kurashgan Jandriyev Shermuhammad oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Komila Qahorova kumush medaliga loyiq topildi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatli yutuqlari bilan muborakbod etamiz💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Xirmonlarim
Olamda musavvir, mashshoq xalqlar bor,
Ellar tomoshaga navbatda turgan.
Ammo! O‘zbek degan buyuk dehqon bor,
O‘zbek esa doim xirmon ko‘targan.
#Tafsilot
🔘Oʻquv yilining yakuni munosabati bilan universitetda hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi
🟢Kengaytirilgan tarzda oʻtgan yigʻilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi.
🟢Dastlab yakunlangan oʻquv yilida barcha sohalarda erishilgan yutuqlar raqamlar misolida sarhisob qilindi.
🟢Rektor qayd etilgan samarali natijalarda jamoaning mehnati katta ekanligini eʼtirof etib, barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
🟢Shundan soʻng, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟢Jumladan, tez fursatlarda yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanib, dunyoning Top-1000 ta eng yaxshi universitetlar reytingiga kirish asosiy maqsad boʻlishi va bu yoʻlda jamoaning har bir aʼzosi astoydil mehnat qilishi vazifa qilib belgilandi.
🟢Yakunda yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kun_hikmati
Kimki istasa - yo‘lini topadi,
Kimki istamasa - sabab izlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🟢Anjumanda 70 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy mehmonlar, jumladan: akademiklar, fan doktorlari va iqtisodchi olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etishayapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#100savolga_100javob
15-savol: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Bizni kuzating
Yoshlar sayli konsert tomoshalariga marhamat!
⚡️“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘lab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida 2024-yil 15-iyun kuni soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar sayli doirasida estradamiz yulduzlari Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shoxrux, “Bojalar” guruhi va boshqa taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert dasturlari namoyish etiladi.
📍 Manzil: Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi.
❗️Konsert dasturlari tomoshasiga kirish mutlaqo BEPUL.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⏰ Siz kun tartibingizni qanday tuzgansiz?
➡️ Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.
➡️ 6:00 dan keyin - tanamizni faol uyg‘onishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.
➡️ Ertalab 500 ml suv ichib, jismoniy mashqlar qilsangiz, stress gormonlari yuvilib ketadi.
➡️ 7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.
➡️ 10:00 - 14:00 oralig‘ida neyrogormon darajasi cho‘qqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.
➡️ 14:00 - 16:00 oralig‘ida - 20 daqiqa uxlash o‘sish, yoshlik va go‘zallik gormonini rag‘batlantiradi.
➡️ 17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashg‘ulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin bo‘ladi.
➡️ 21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor bo‘ladi.
Bizni kuzating
📹 Termizda Jalinga – interaktiv video studiyasi ish boshladi
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi.
Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin.
Studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bu esa dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#100savolga_100javob
13-savol: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
12-savol: Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?
Bizni kuzating
#Qabul2024
#Professional_taʼlim
⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Termiz davlat universiteti huzuridagi Uzun qishloq xoʻjaligi texnikumi 2024/2025-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11-sinf, akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini o‘qishga qabul qiladi!
✅Kunduzgi bo‘limga:
🟢Moliya,
🟢Buxgalteriya hisobi va audit,
🟢Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash,
🟢Dasturiy injiniring,
🟢Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi,
🟢Veterinariya meditsinasi,
🟢Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va servis texnik texnologi,
🟢Axborot xavfsizligi.
✅Dual taʼlim shakli:
🟢Maktabgacha taʼlim tashkilotlar maishiy masalalari menejeri.
📌 Ta’lim berish 2 yil muddatda: kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga o‘zi o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha suhbat asosida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#100savolga_100javob
11-savol: Bugungi kunda yurtimizdagi oliygohlarda xorijlik fuqarolar ham oʻqish istagini bildirishmoqda. Ularni oʻqishga qabul qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Bizni kuzating
#fan_olimpiada
Biologiya va kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadalari g‘oliblari aniqlandi
7–8-iyun kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston milliy universitetida Biologiya, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyo fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Ularda 100 dan ortiq bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
1-bosqich olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar testni har bir fan boʻyicha olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshirdilar.
Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar keyingi bosqichda fanlar asosida laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Unda berilgan topshiriqlarni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik berildi.
Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-bosqich davomida toʻplagan baliga qarab aniqlandi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi.
Biologiya fani boʻyicha:
🥇1-o‘rin: Ochilov Lochinbek Xusniddin o‘g‘li (O‘zMU);
🥈2-o‘rin: Ruyiddinov Asilbek Husan o‘g‘li (QarDU);
🥉3-o‘rin: Hamidova Umida Farhod qizi (O‘zMU).
Kimyo fani boʻyicha:
🥇1-oʻrin: Bebitova Komila Elmurod qizi (SamDU);
🥈2-o‘rin: Xolmatov Muzaffar Xidiraliyevich (TerDU);
🥉3-o‘rin: Yashnarov G‘olibjon Obidjon o‘g‘li (O‘zMU).
Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.
Bizni kuzating