terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

🟢O‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talabalar amaliyot rahbarlari bilan birgalikda tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborildi.

🟢Ular respublikamiz sanoat markazlari, xususan, Toshkent shahri va viloyatidagi, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi


💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Eng qiyini – harakat qilishni boshlash, qolgan hammasi faqatgina qatʼiyatingizga bogʻliq.

Ameliya Erxart

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Rektor_kubogi

🏆Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasidan videolavha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2024

📞 Termiz davlat universiteti qabul komissiyasining aloqa markazi (Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.

Sizni ham qabul to'g'risida qandaydir savol qiynayotgan bo'lsa, 76 228 03 40 raqamiga qo'ng'iroq qiling va huquqiy tushuntirishlar oling.


Ma'lumot uchun: TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.
Dam olish kuni: Yakshanba

Tushlik vaqti: 13:00-14:00


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tavsiya #abituriyent2024

Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.

Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida “Taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sunʻiy intellektni joriy etish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

🟢Anjuman ishida xorij va mahalliy mutaxassislardan iborat 60 nafardan ortiq qatnashchi oflayn hamda onlayn tarzida ishtirok etishdi.

🟢Yalpi majlisda oʻquv faoliyatida sunʼiy intellektning maqsadi, vazifa va istiqbollari, taʼlimda oʻqitish sifatini oshirshda sunʼiy intellektning roli, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini matematik modellashtirish haqida so'z yuritildi.

🟢Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini 5 ta shoʻbalarga bo'lingan holda davom ettirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tafsilot

Rektor A.Toshqulov rahbarligida ijro intizomini yaxshilash, qabul jarayonini yuqori saviyada oʻtkazish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

🟢2024/2025-oʻquv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari boʻyicha berilgan takliflar taqdimoti qilindi.

🟢Kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri Osiyoning eng kuchli universitetlari hamda dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kirish boʻyicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buning uchun universitetda global reyting indikatorlarini rivojlantirish, barqaror rivojlanish sari ildam odimlash lozimligi qayd etildi.

🟢Shuningdek, yigʻilishda professor-oʻqituvchilarning “Scopus” bazasidagi jurnallarda chop etilayotgan maqolalar sonini oshirish, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishda nufuzli universitetlar tajribasini oʻrganish boʻyicha ham masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

Rasmdagi bu yigit bundan 29 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichai - 2015-yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2022-yilda uning yillik maoshi 226 mln dollarga teng bo‘lgan.

➡️ Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🏆 "Rektor kubogi" musobaqasining yarim final o'yinlari bo‘lib o‘tdi

🟢Uchrashuvda 8 ta jamoa g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi fizika-matematika fakulteti jamoasini, universitet rahbariyati vakillari jamoasi esa akademik litsey o‘qituvchilari jamoasini taslim etib, finalga yo‘l olishdi. Jamoalar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallash uchun shiddatli kurash ertaga soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

Bu kabi musobaqalarni o‘tkazish nafaqat professor-oʻqituvchilarni sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, balki, jamoalar o‘rtasida o‘zaro birlashishiga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Rektor_kubogi

🏆Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida sportning mini futbol (erkaklar) hamda voleybol (ayollar) turlari boʻyicha "Rektor kubogi" musobaqalari start oldi
.

🟢Bellashuvlarda rektor A.Toshqulov ham ishtirok etib, jamoalarga omad tiladi. Mini futbol musobaqasida universitet professor-o'qituvchilaridan tashkil topgan jami 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Nimchorak va chorak final o‘yinlari qizgʻin bellashuvlar ostida o‘tdi.

🟢Voleybol bellashuvlari esa yanada qiziqarli tus oldi. Ayol professor-o'qituvchilardan iborat jami 11 ta jamoa oʻzaro murosasiz bahslarga kirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#anons

📺 "My5" telekanalining "Izlarim" loyihasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodning bolalik chog‘lari va umr yo‘llari haqida hikoya qilinadi.

🕒 Ushbu koʻrsatuvni 9-iyun, yakshanba kuni soat 18:10da tomosha qiling!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2024

Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" oʻz faoliyatini boshladi

🟢Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlariga tez va aniq, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.

📞Murojaat uchun: +998762280340

🟢TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi

Dam olish kuni: Yakshanba

Tushlik vaqti: 13:00-14:00

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#brifing

⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)


Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi.

💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✔️fanlar majmuasi;
✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi.

↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

✔️taʼlim tili;
✔️test topshirish hududi;
✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

✔️oliy taʼlim muassasasi;
✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✔️taʼlim shakli;
✔️tanlov ustuvorligi.

🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

✔️kollej va (yoki) texnikum;
✔️kasb va mutaxassislik;
✔️taʼlim shakli.

🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan izlanuvchan, bilimga chanqoq talabalar uchun yana bir imkoniyat!

2024/2025-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq quyidagi hujjatlarni shakllantirishga kirishing.

🟢Maʼlumotnoma;
🟢 Kafedra va fakultet tavsiyanomasi;
🟢 Talabaning elektron baholash daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan);
🟢 Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
🟢 Tanlovlar sovrindorligi haqida sertifikatlar;
🟢 Talabaga ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz;
🟢 Xorijiy til sertifikati (mavjud bo‘lsa).

📝 Hujjatlar 5-iyundan 24-iyunga qadar qabul qilinadi
🔗Tanlov Nizomi bu yerda

❓❗️"Universitet stipendiyasi"ga har bir fakultetdan 3 tadan o‘rin ajratiladi. Fakultet tomonidan tavsiya qilingan talabaning hujjatlari komissiya a'zolari tomonidan Nizom asosida ko'rib chiqiladi va stipendiyaga munosiblar bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Qo'shimcha savollar va murojaat uchun telefon: +99891 235 61 11

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma


Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📝 Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

🟢 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🟢 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🟢2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

🟢 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🟢 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Haftalik_dayjest

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti

🟢Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda (video)

🟢Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish tartiblari qanday?

🟢Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi

🟢2024/2025-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibiga aylaning

🟢“Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi

🟢5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlandi (brifing)

🟢Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda (videoqo'llanma)

🟢Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi (video)

🟢Bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan o'tishmoqda

🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Rektor A.Toshqulov rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi

🟢"Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi (video)

🟢Taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sunʻiy intellektni joriy etish istiqbollari

🟢Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul_2024
#infografika

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi


8-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 45 ming 981 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 29 ming 964 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 16 ming 017 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🌎 Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi

🟢Qozon federal universitetida o'tkazilgan Pedagogik taʼlim boʻyicha “Pedagogik taʼlimni tadqiq qilish: anʼanalar-innovatsiyalar asosi sifatida” nomli X Xalqaro forumning asosiy mavzusi BRIKS mamlakatlarida oʻqituvchilar taʼlimini standartlashtirish boʻldi. Unda Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni qatorida Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Xususan, Termiz davlat universiteti oʻqituvchilari Elvira Davlatova, Raʼno Mardonova ham qatnashdi.

🟢Xalqaro forumda 2022-2024-yillarga rejalashtirilgan ishlar natijalari va kelgusi 2025-2030-yillarga moʻljallangan bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha takliflar taqdim etildi. Jumladan, kadrlar tayyorlash sifatini baholash tizimini takomillashtirish, raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilib, davlat raqamli xizmatlarini shakllantirish, talabalar va oʻqituvchilarni ular bilan ishlashga oʻrgatish zarurligi qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

“Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-210-son, 05.06.2024-y.) qabul qilindi

Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, DUKlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonun bilan quyidagi shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:

🟢davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

🟢davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;

🟢davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.

Qonun 6 oydan soʻng kuchga kiradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Rektor_kubogi

🏆Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi.

Mini futbol musobaqasida jami 16 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi. Ammo gʻoliblik faqatgina kuchlilarga nasib etdi.

🟢Mini futbol boʻyicha:
1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi;
2-oʻrin - Universitet rahbariyati jamoasi;
3-oʻrinni - Fizika-matematika fakulteti jamoasi egalladi.

🟢Ayollar oʻrtasidagi voleybol bellashuvlarida jami 11 ta jamoa kuch sinashdi. Natija esa quyidagicha:

1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi;
2-oʻrin - Xorijiy filologiya;
3-oʻrin - Tabiiy fanlar fakulteti sharafini himoya qilgan jamoalarga nasib etdi.

🟢“Rektor kubogi”da gʻolib boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar hamda QVZ, Zakovat, Brain ring, milliy kurash tanlov va bellashuvlarida faxrli oʻrinni egallagan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2024
#uzbekiston24

“O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari
2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.

Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.


02:55 ➡️Kasbiy ijodiy imtihonlar bu yil qanday o‘tadi?

05:22 ➡️Chet tili imtihonlarida qanday o‘zgarish bor?

06:18 ↪️Kvotalar taqsimlanishi joriy yilda qanday amalga oshiriladi?

09:25 ➡️Joriy yilda talabalarga qanday qo‘shimcha imtiyozlar beriladi?

10:35 ➡️Ijtimoiy grant nima degani?

12:55 ↪️OTMga kira olmaganlar professional ta’lim tashkilotlariga qanday qabul qilinadi?

14:00 ↪️Davlat grantini bir o‘quv yili uchun ajratish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

15:38➡️ Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?

16:58 ➡️Bu yil qancha abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda?

17:35 ↪️Yoshlar qaysi sohalarda ko‘proq qiziqish bildiryapti?

18:30 ➡️Nima uchun abituriyentlar soni yildan yilgacha oshib bormoqda?

19:14 ➡️OTMlari va talabalar soni nechta?

22:10 ↪️O‘zbekiston OTMlarining QS reytingiga kirishining ahamiyati nimada?

25:40 ↪️Magistraturaga qabulda qanday o‘zgarishlar kiritildi?

27:03 ➡️Qabul jarayonida abituriyentlar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркияга ташрифи қардош мамлакатларимиз ўртасидаги кенг қамровли стратегик шериклик ривожида навбатдаги муҳим қадам бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2024
#callcenter

⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Call-center” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududlar kesimida OTM “Call-center”lari 👉 BU YERDA

“Call-center” ish faoliyati:
dushanba-juma – 09:00-18:00
shanba – 09:00-17:00
yakshanba – dam olish kuni

___

Вниманию абитуриентов и их родителей!

Для удобства абитуриентов и их родителей в процессе приёма на
2024/2025 учебный год и оперативного ответа на их вопросы в высших образовательных учреждениях запущена услуга «Call-center».

«Колл-центры» вузов в разрезе регионов 👉
ЗДЕСЬ

Деятельность «Колл-центра»:
Понедельник-Пятница – 09:00-18:00
Суббота – 09:00-17:00
Воскресенье выходной день


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№_22
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Yuldashev Normat Temirovich Andijon davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligida “Cho‘lpon she’riyati poetikasi” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Normat Temirovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

✅Ayni paytda Termiz davlat universitetida kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida
2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishi himoyalari bo'lib o'tmoqda.

🟢Yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtishi ta'minlangan.

Jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri onlayn kuzatish http://imtihon.tersu.uz/#home

Imtihonlar joriy yilda kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklini tamomlayotgan 8 ming 123 nafar talabalar uchun bosqichma-bosqich o'tkazilyapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

“Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi

🟢Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlari va tyutorlar uchun Termiz davlat universitetida “Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

Trenerlar tomonidan “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”, “Maʼnaviy targʻibot texnologiyalari” kabi mavzularda ma’ruzalar oʻqildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2024
#akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari
va o‘qitish tillari bo‘yicha
tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi.

Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал