terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#Haftalik_dayjest

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti

🟢Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi

🟢TerDU oʻqituvchisi Tojikistonda o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada maʼruza qildi

🟢Oʻzbekning shoira ayoli

🟢“Hisobot konserti”dan reportaj (video)

🟢TerDUda “Boʻlajak sudya” tanlovi bo‘lib o‘tdi

🟢Nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda (video)

🟢O'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

🟢Taʼlimda sunʼiy intellekt

🟢 "Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda

🟢Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi?

🟢Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi

🟢Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi

🟢“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi

🟢“Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

🟢Ijtimoiy fanlar fakultetida "Karyera kuni” o'tkazildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Rektor_kubogi
#Kurash

Talabalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada 122 nafar kurashchi 10 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Boynazarov;
2-oʻrin - Gʻ.Xurramov;
3-oʻrin - A.Sa’dullayev, A.Abdumuzaffarov.

66 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - M.Abdurahmatov;
2-oʻrin - J.Shomirzayev;
3-oʻrin - R.Toʻraqulov, D.Karimov.

73 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - A.Qurbonov;
2-oʻrin - B.Shoyimov;
3-oʻrin - S.Xolmatov, O. Xalilov.

81 kg vazn toifasida:
1-oʻrin -X.Xurramov;
2-oʻrin - J.Axmedov;
3-oʻrin - A.Vallamatov, Oʻ.Choʻtboyev.

90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Mengtoʻrayev;
2-oʻrin - A.Joʻrayev;
3-oʻrin - S.Egamberdiyev, A.Qurbonnazarov.

+90 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - J.Mamatrahimov;
2-oʻrin - S.Yaxshiboyev;
3-oʻrin - M.Xudoyqulov, A.Boʻriyev.

Qaizlar oʻrtasida 52 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - S.Niyozova;
2-oʻrin - A.Qurbonova;
3-oʻrin - F.Boboqulova, M.Toʻrayeva.

57 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - R.Jumayeva;
2-oʻrin - M.Ergasheva;
3-oʻrin - G.Abduvohidova, N.Toyloqova.

63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - X.Abduvohidova;
2-oʻrin - S.Panjiyeva;
3-oʻrin - M.Rahmatqulova, Sh.Hasanova.

+63 kg vazn toifasida:
1-oʻrin - Y.Roʻziboyeva;
2-oʻrin - Y.Ustoyeva;
3-oʻrin - J.Toʻraboyeva, F.Choriyevalarga nasib etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#talabalar_amaliyotda

📍 "Darband oʻquv amaliyot bazasi" talabalarga amaliy ko'nikmalarni puxta egallashlari uchun muhim tajriba maydoniga aylanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi

🟢Toʻrt kun davom etgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining final bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Quvonarlisi mazkur tanlovda Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

🟢 Xadicha Faxriddinova - Kimyo fakulteti;
🟢 Farzona Usmonova - Kimyo fakulteti.
🟢 Kayhon Atoyev - Tabiiy fanlar fakulteti;
🟢 Nurali Murodullayev - Tabiiy fanlar fakulteti;

✅️Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov, Mirzo Ulugʻbek jamgʻarmasi raisi akademik O.Salimov va yana bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.

Talabalarimiz maxsus sertifikat hamda 6 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ular Italiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida imtihonsiz o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi. Ushbu yutuq va muvaffaqiyat bilan talabalarimizni tabriklaymiz
.💐💐💐

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi...

🟢Termiz shahridagi 14-umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O'quv yili davomida faol bo'lgan pedagog xodimlar va o'zlarining namunali xulqi, a'lo baholari, turli tanlovlarda faol ishtiroki uchun o'quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlandi.


“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida katta hayot ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan yoshlarga puxta bilim bergan ustozlar, ota-onalar oq yo‘l tilashdi.

Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tanlov

👨‍💻 Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlaringizni topshiring!

Tanlov yo'nalishlari:
🟢dastgohli rangtasvir;
🟢rangtasvir (turlari bo'yicha);
🟢grafika va miniatyura;
🟢haykaltaroshlik (turlari bo'yicha);
🟢amaliy san'at (turlari bo'yicha);
🟢dizayn (turlari bo'yicha);
🟢san'atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo'yicha)

Nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 10-iyun sanasiga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari zarur.

📝 Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish.

Qo'shimcha ma'lumot va murojaatlar uchun telefon:
+998912356111

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xushxabar

Hamyurtimiz Harvard universitetida fan doktorlikni himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi

Iqtisodchi Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ushbu universitetning ilk o’zbekistonlik fan doktoriga aylandi.

Botir Qobilovni ilmiy faoliyatidagi katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Bu ilmiy hamjamiyatimiz uchun katta muvaffaqiyat va bu bilan faxrdamiz. Kelgusida ularning safi kengayishiga umid bildiramiz.
___

Наш соотечественник стал первым узбекистанцем, защитившим степень доктора наук в Гарвардском университете

Экономист Ботир Кобилов успешно защитил научную диссертацию на получение степени доктора наук и стал первым доктором наук в настоящем вузе из Узбекистана!

Мы искренне поздравляем Ботира Кобилова с большим успехом в научной деятельности! Это огромный успех для нашего научного сообщества. Желаем расширения их рядов в дальнейшем.


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Buyuk Britaniyaning “Collins Dictionary“ inglizcha lugʻati sunʼiy intellekt (AI) soʻzini 2023-yilning asosiy soʻzi, deya tan oldi. Lugʻat sunʼiy intellektga “kompyuter dasturlari yordamida inson aqliy funksiyalarini modellashtirish” deb taʼrif bergan.


💻 "Taʼlimda sunʼiy intellekt" — TerDUda shu mavzudagi seriyali vebinarning birinchisiga start berildi. Vebinar masofaviy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro darajadagi ekspert Odilbek Kattayev tomonidan olib borildi.

Trening davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining muhim jihatlari, xususan, o‘quv jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy tendensiyalari, afzalliklari va kamchiliklari haqida so'z bordi.

Vebinarda ishtirok etib, sunʼiy intellekt atamasi robotlarning inson bilan oʻrin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishga qaratilgan degan fikrga keldim, — deydi universitet xodimi Mirqosim Tilovov — Sunʼiy intellektdan foydalanish uchun ham intellekt kerak.

Shuningdek, ishtirokchilar ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun materiallarini tayyorlashda sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan qidiruv, tezkor savol-javob va oʻrganish tizimlari borasida yangi bilim va tajribalarga ega boʻlishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Malakaviy_amaliyot

🍃100
nafarga yaqin talabalar malakaviy amaliyotni oʻtash uchun “Darband oʻquv amaliyot bazasi”ga jo‘nab ketishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️

Umarolarning ulamolarga ehtiromi


Alloma Taftazoniy Amir Temurning majlisida oyoqlarini og‘riq tufayli uzatib o‘tirgan edilar. Ba’zilar: «Bu sizga hurmatsizlik qilyapti!», deb, u kishini Temurga shikoyat qilishdi.

Amir Temur ularga qarata: «Nima qilayin? Mening saltanatim yetmagan joylarga uning kitoblari yetgan», deb javob qildi.


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#inklyuziv_ta’lim

Oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qancha o’quv qo’llanma, darslik va majmualar ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga joriy qilib kelmoqda.

Xususan, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi.

📚 O‘quv-metodik materiallar bilan ushbu havolalar orqali tanishish mumkin.

1. Imo-ishora nutqi segmentatsiyasi
2. Daktilologiya va imo-ishora nutqi
3. Inklyuziv ta’lim nazariya va metodika
4. O‘quv-metodik majmua

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🎵 #Hisobot_konserti

Termiz davlat universitetining “Hisobot konserti” bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”da o'quv yilining yakuniga bag'ishlab tashkil etilgan konsertda universitet qoshidagi “Jayxun” folklor etnografik xalq ansambli, “Istiqlol yoshlari” orkestr jamoasi hamda estrada xonandalari o‘z ijod namunalari bilan chiqish qilishdi.

Konsertda talabalar professor-oʻqituvchilar, shahrimiz aholisi ishtirok etib, iqtidorli talabalarimizning chiqishlarini olqishlar bilan qarshi olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Konferensiya

🇹🇯Tojikistondagi Sadriddin Ayniy nomli pedagogika universitetida I darajali Spitamen ordeni sohibi, tojikistonlik birinchi nemis tili oʻqituvchisi Rahim Burxonovning 115-yilligiga bagʻishlangan “Xorijiy tillarni oʻqitishni shakllantirish va rivojlantirishda kompetentli yondashuv” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Mazkur konferensiya anjumanida Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi Umida Imomova ham qatnashib, “Interkulturelle Kommunikation im Fremdsprachenunterricht” mavzusida maʼruza qildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tafsilot

Kun tartibidagi muhim masalalardan biri — ilmiy sohadagi ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalar tinglanib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining “Scopus” bazasidagi jurnallarda 2024-yilning bugungi kuniga qadar 40 ta maqolasi indekslandi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 50% ga koʻp. 2024-yilning oxiriga qadar har bir fakultetning professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan kamida 60% “Scopus” bazasidagi jurnallarda maqola nashr etish topshirigʻi yuklatildi.


Yigʻilishda “Ustoz-shogird” tizimining mazmun-mohiyati, uni anʼana sifatida shakllantirish - uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirishning muhim omili ekanligi taʼkidlanib, talabalarni ustoz-shogird tizimi boʻyicha professor-oʻqituvchilarga biriktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Rektor: oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, pedagogik mahoratini oshirib borishida “Ustoz-shogird” usuli kutilgan natijani berishini bugungi davrning oʻzi koʻrsatib turibdi. Ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib oʻtib kelayotgan ustoz-shogirdlikni tizimga aylantirish taʼlim samaradorligini oshirishda yaxshigina natija beradi.


Yigʻilishda masʼullarga yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik koʻrish, shaffof va adolat prinsiplariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazish, yangi 2024-2025-oʻquv yili uchun kafedra yuklamalari va taqsimotlarini oʻz vaqtida shakllantirish boʻyicha vazifalar berildi.

Yigʻilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʻullarga zaruriy topshiriqlar yuklatildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.


✍️ Abu Ali ibn Sino

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#QVZ

TerDU talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrklash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2024-yilgi mavsum final bosqichi bo’lib o’tdi.

🟢Xorijiy filologiya, iqtisodiyot va turizm, fizika-matematika va
tarix fakultetlari sharafini himoya qilgan jamoalar bellashgan tanlovda tarix va iqtisod fakulteti talabalari gʻolib chiqishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);

🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

🟣Bunda:
✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tabrik

Bitiruvchi yoshlarmizga tabrik


Qadrli o‘quvchi-yoshlar!
So‘nggi qo‘ng‘iroq...
Oldinda esa imtihonlar, sinovlar va katta hayot! Tez orada sizning umr daftaringizning yangi sahifasi ochiladi – kasb egallash yo‘lida sizni yurtimizning oliygohlari, professional ta’lim maskanlari kutmoqda. Har biringiz o‘z orzungizdagi kasbni egallab, Vatanimiz, oilangiz va yaqinlaringiz koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishasiz. Mutaxassis sifatida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun mehnat qilib, qadr topishingizga ishonaman.

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish niyatida bo‘lgan yoshlarga sinovlar o‘tgan yilgidan o‘zgacha bo‘ladi. Bir qarashda murakkabroq – o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 ball etib belgilanadi. Shu bilan birga, sinovlar yanada adolatli bo‘ladi – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi. Bu yuqori ball olgan abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek, grantda o‘qish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyentlar esa test sinovlari natijasiga ko‘ra texnikum yoki kasb-hunar maktablariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu fursatdan foydalanib, sizlarni tarbiya qilgan, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlagan ota-ona va yaqinlaringizga, bilim va tarbiya bergan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman.

Aziz yoshlar, katta hayot oldida turarkansiz, endi ulg‘ayganingizni, mas’uliyatni ham boshqacha his qilayotganingiz aniq. Orzularingizga, o‘z kuchingizga ishoning, yangi marralar sari intiling, oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishishda kuch va g‘ayrat hamisha sizga yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz bunyodkorlari sizlarsiz!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Gʻoliblarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev va boshqa masʼullar diplom va sertifikatlarni topshirdilar.

Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/12409

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

UzA | Surxondaryo katta o‘zgarishlar sari yuz tutmoqda

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📍 "38.2493755,67.0302301,353m/data=!3m1!1e3!4m12!1m5!8m4!1e2!2s111445219399981436906!3m1!1e1!3m5!1s0x3f4adfc761c89bfd:0x1c7a7f851c31475d!8m2!3d38.2495147!4d67.0315482!16s%2Fg%2F11v0b4ccmp?entry=ttu">Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda

Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalar oliygoh tasarrufidagi "Darband oʻquv amaliyot bazasi"da dala amaliyotiga joʻnab ketishgani haqida xabar bergan edik.


🟢Ayni paytda talabalar uchun amaliyot qizgʻin davom etmoqda. Ular dala amaliyoti davrida oʻzlariga biriktirilgan amaliyot rahbari yordamida mintaqaning oʻsimliklar qoplami, tur tarkibi, tarqalish areali va oʻsimliklarning morfologik, anatomik tuzilishi toʻgʻrisida izlanishlar olib borishmoqda.

Tabiiy sharoitda oʻsayotgan oʻsimlik turlari ustida kuzatuv ishlarini olib borayotgan amaliyotchilarga gerbariy materiallarini tayyorlash, ularni turlarga ajratish boʻyicha berilgan topshiriqni katta qiziqish bilan bajarishmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#oʻquv_kursi

20-22-may kunlari Termiz davlat universitetida tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy bòlinma mutaxassislarining malakasini oshirish va kasbiy kònikmalarini rivojlantirish maqsadida 18 soatlik òquv kursi tashkil etildi.

Unda Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari trener sifatida yoshlar siyosati, oila va xotin-qizlar, qurilish, kommunikatsiya, ekologiya kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar qilishdi. Oʻquv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDUda nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda

🌱 Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarga Surxondaryoning tog‘li hududida joylashgan oliygoh tasarrufidagi Darband o‘quv amaliyot bazasida auditoriyada o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishlari uchun mos muhit yaratildi.

Joriy 2023/2024 o‘quv yili yakunida universitetning 400 ga yaqin talabalari uchun ularning xavfsizligi taʼminlangan holda ushbu maskanda dala amaliyoti tashkil etildi.

Dastlabki amaliyotga boruvchi 100 nafar talabalar universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida tantanali tarzda kuzatib qo‘yildi.

Kuzatuv jarayonida rektor talabalarga amaliyotni o‘tash davrida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, vaqtdan unumli foydalanib, amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

https://youtu.be/-2iMfadU9Y4

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🎼 Termiz davlat universitetining “Hisobot konsert” dasturidan qisqacha videolavha

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Oʻzbekning shoira ayoli

🟢O‘zbek filologiyasi fakultetida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekning shoira ayoli” mavzusida adabiy kecha oʻtkazildi.

🟢Unda shoira oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi, oʻzbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelganligi eʼtirof etildi. Talabalar tomonidan shoira sheʼrlari mahorat bilan ijro etilib, hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar keltirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🗣💬👍

"Har kuni ertalab sizda ikkita tanlov bor: orzularingiz bilan
uxlashni davom ettirish yoki uyg'onib, ularni ta'qib qilish."

📝Karmelo Entoni

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Tafsilot

Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi

🟢Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvon va darajalar berilgan o'qituvchilarga professor, dotsent hamda falsafa doktori (PhD) attestat hamda diplomlari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал