terdu340 | Неотсортированное

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

17462

🌍 http://www.tersu.uz/ ✅ https://t.me/terdu340 ✅ facebook.com/tersuuzrasmiy ✅ instagram.com/tersu.uz/ ✅ https://bit.ly/2TVYmVD Murojaat uchun: @TerDU_rektori_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Подписаться на канал

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_TRK

🪟Diyor yangiliklari | Joylarda “Ma’naviyat sektor"lari tashkil etilmoqda

https://youtu.be/8PcXTZSdkxw

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#bitiruv_oldi_amaliyoti

👥Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakulteti bino inshootlari taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari bitiruv oldi amaliyotini tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida oʻtashmoqda.

➡️Ayni vaqtda ular oʻquv reja va oʻquv dasturiga muvofiq nazariy koʻnikmalarini yanada mustahkamlash, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun maʼlumot toʻplash va tizimlashtirish ishlarini olib borishyapti.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#NavoiyDay

Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.
A.Navoiy


🗣Buyuk mutafakkir olim, shoir, gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligini keng nishonlash maqsadida Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar va kimyo fakultetilarida tadbir tashkil etildi.

➡️Yigit-qizlar Navoiy ijodini nechogʻlik bilishlarini oʻqigan gʻazal va ruboiylari misolida namoyish etishdi. Uchrashuvlarda Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiy tilli xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxs ekanligi eʼtirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ichkiturizm #ziyorat #batafsil

Universitet tarixiga muhrlanuvchi unutilmas lahzalar

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#NavoiyDay

✔️Tarix fakultetida oʻtkazilgan tadbirda gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning oʻzbek tili rivojiga qoʻshgan hissasi, oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning ruboiy va gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

👥Xuddi shunday ma'naviy-ma'rifiy tadbir ''Navoiyga ehtirom'' mavzusida ostida Termiz tumanidagi harbiy qismlardan birida ham tashkil etildi. Unda talabalar Navoiy ijodiga oid g'azallardan o'qib, buyuk mutafakkirning dostonlaridan sahna ko'rinishlarini maromiga yetkazib ijro etishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

0️⃣0️⃣0️⃣

“Termiz universiteti” gazetasi yana siz bilan!

⚡️Yangi format, yangicha dizayn bilan nashr etilayotgan “Termiz universiteti” gazetasi orqali ilm-fan, taʼlim sohasiga oid eng soʻnggi yangiliklar, universitet hayotiga oid qiziqarli voqealarni kuzatib boring.

🔽Gazetada oʻz maqolalari chop etilishini xohlagan talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilm ahlini hamkorlikka chorlaymiz.

📞Aloqa uchun: +998937920224

Ha aytgancha oʻzingiz oʻqidingizmi, boshqalarga ham yetkazishni unutmang!



Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Navoiyga_ehtirom #chellenj

Termiz davlat universiteti talabalari 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlab “Navoiyga ehtirom” chellenjini boshlab berishdi.

___

Студенты Термезского государственного университета дали старт челленджу «Уважение Навои», посвященный 583-летию Алишера Навои – великого поэта, мыслителя, известного государственного и общественного деятеля.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim #Profta’lim

Kollej, texnikum va oliygohlarni uzviy bog‘laydigan yangi tizim joriy qilinadi
——

Будет внедрена новая система, обеспечивающая связанность колледжей, техникумов и университетов.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim #Profta’lim

Yig‘ilishda 50 ming kollej-texnikum o‘quvchisini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish topshirildi.

Bu ishlar, avvalo, to‘qimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yo‘nalishlarida boshlanadi.

Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim vazirligiga bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.

Aniq va fundamental fanlar bo‘yicha ilg‘or darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim

Shu kabi kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjud. Masalan, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim.  Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президент раислигида ижтимоий соҳадаги устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

Соҳа учун масъул 13 та вазирлик ва идора ҳамда 223 нафар ҳоким ўринбосарлари бор.

Лекин таълим, тиббиёт, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларидаги ислоҳотларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда камчиликлар йўқ эмас.

Масалан, мактабгача ва мактаб таълимида эришилган катта ўзгаришлар билан бир қаторда боғча билан мактаб, мактаб билан коллеж ва олийгоҳ ўртасида узвийлик етарли даражада эмас.

Маҳалла раиси мактабда тарбия ва давомат масалалари, ота-оналар билан ҳамкорлик қилиш билан қизиқмаса, туман ҳокимлари, ёшлар ва ижтимоий масалага масъул ўринбосарлари мактабда маънавият ва спорт тадбирларини ташкил этишга эътиборсиз бўлмоқда.

Шу боис, ўтган ҳафта мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосарлар тайинланди. Уларнинг олдига таълим, тарбия ва маънавият бўйича мактабларга янги муҳит олиб кириш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Haftalik_dayjest

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti

🟢 Rektor universitet KPI platformasiga ma’lumotlar joylashtirilishi bo‘yicha ishlarning bajarilish holati bilan tanishdi.

🟢“Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.

🟢Rektor yuridik fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun «Adolat — hayotimiz bosh mezoni» mavzusida mahorat darsini o‘tdi.

🟢Universitetda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi.

🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.

🟢Bolajonlarga quvonch ulashishdi.

🟢Yaponiyadagi Takarazuka universiteti xalqaro markazi direktori Junichi Nakamura bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🟢Axborot xizmati tomonidan 2024-yilning yanvar oyida taqdim etilgan axborotlar infografikasi bilan tanishing.

🟢Rektor rahbarligida 2024-yilgi xalqaro va milliy reytingda yuksalish: xalqaro hamkorlik, taʼlim sifati, ilmiy salohiyat va maʼnaviy muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🟢Kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida "Bir haftada bir kitob" tanlovi oʻtkazildi.

🟢"Shashlik day" festivali o'tkazildi.

🟢KPI — Yuksalish sari ildam qadamlar.

🟢O'tgan hafta Togʻay Murod va uning asarlarini oʻqish haftaligi boʻldi.

🟢Rektor boshchiligida universitetning yoshi ulug‘ ustozlari jamoasi uchun ziyorat tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#TerDU

🗣Termiz davlat universitetining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga a‘zo bo‘ling hamda oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

🕊Telegram
📱Facebook
📺You tube
Rasmiy sayt

✈️Murojaat, taklif va shikoyatlar uchun bot: @TerDU_murojaatlar_bot
✈️Rektorga murojaat uchun bot: @TerDU_rektor_bot

Bizni kuzatishda davom eting!

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunini imzoladi

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.


↗️ “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining to’liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#IELTS
#ingliz_tili

🗣2024-yil universitetimizda "Xorijiy tillarni o'rganish yili".

Ingliz tili o'rganuvchilari uchun ajoyib imkoniyat - IELTS imtihonini universitetimizda topshiring.

Imtihon sanasini belgilang, ro'yxatdan o'ting va orzular sari birinchi qadamni tashlang.

📍Manzilni 37.2346145,67.2875365,21z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffa62e3067:0x594c13a993273bcf!8m2!3d37.2346363!4d67.2875485!16s%2Fg%2F11g6w1js3h?entry=ttu">Google xarita orqali aniqlash.

🔖 IELTS - Britaniya Kengashi (British Council) bilan sifatliroq.

Izoh: Kalendarda qizil rangda berilgan sanalar universitetda bo'lib o'tadigan imtihon kunlarini ko'rsatadi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№_7
#Himoya_2024

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Kulbasheva Xurshida Xasanovnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Epoksidlangan o‘simlik moylari asosida polivinilxlorid uchun ikkilamchi plastifikatorlar olish va qo‘llash” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!


✔️Universitet jamoasi nomidan Xurshida Xasanovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Talabalar_ligasi
#basketbol

🏆 Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida basketbol bo'yicha o'tkazilgan "Talabalar ligasi" musobaqasining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Termiz davlat universiteti talabalari ham ishtirok etib, hududiy bosqich g'olibiga aylanishdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko'ra:

🥇1 - o'rin —
Termiz davlat universiteti;

🥈2 - o'rin —
Denov tadbirkorlik va Pedagogika universiteti;

🥉3 - o'rin —
Termiz tibbiyot akademiyasi jamoasiga nasib etdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_TRK

🟢Viloyat hokimi U.Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig`ilishda “Ma’naviyat sektori"ni tashkil etishning maqsad va vazifalari, uni oila va mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktablarda, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#ziyorat

Universitet tarixiga muhrlanuvchi unutilmas lahzalar

📹Batafsil ko‘rish...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|You tube|Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

E’lon!

Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish boʻyicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.

Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:
👉
@pedagog_supportbot
___
Внимание!

Начат прием документов через платформу
pedagog.edu.uz для аттестации педагогических кадров, работающих в средних специальных и профессиональных образовательных учреждениях, и присвоения им квалификационной категории.

Для подачи документа через платформу
pedagog.edu.uz необходима регистрация в системе One ID.

Примечание: Согласно установленному порядку прием документов от педагогических кадров будет остановлен 1 марта текущего года.

Бот для вопросов по процессу аттестации:
👉@pedagog_supportbot

#attestatsiya #raqamlashtirish #akademiklitsey #kasbhunarmaktabi #kollejtexnikum

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

BIZNES SEMINAR

👥 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da oʻz biznesingizni yoʻlga qoʻyishga tayyormisiz?

Unda aynan siz uchun tashkil etilayotgan seminarda ishtirok etib, zaruriy bilimlarni egallang va millionlar egasiga aylaning!

Seminarda yoshlarni zamonaviy biznes va sohalarga tayyorlash boʻyicha quyidagi maʼlumotlar beriladi:

🟢 Xalqaro moliya bozorlari;
🟢 Startup loyihalar;
🟢 Biznes gʻoyalar;
🟢 My biznes 2024;
🟢 IT – dasturlash.

🗓 Seminar 2024-yilning 8-fevral kuni axborot texnologiyalari binosining 105-xonasi faollar zalida, soat 16:00 da boʻlib oʻtadi.

🔗 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/gxrspUrK8KyRgEQP8

Murojaat uchun:
+998905203012
+998338082028

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim muassasalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi, uni amalga oshirish mexanizmlari va chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.

“Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishning maqsad va vazifalari, uni oila va mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va uslubiy masalalari, amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1844

#Surxondaryo #Manaviyatsektori #konsepsiya #mexanizmlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim

OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqiladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.

El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim

Kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratiladi

O‘tgan yili Davlat test markazi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etildi. Lekin, agentlik haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanmoqda.


Shu bois, professional va oliy ta’limda kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi.

Umuman, ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish bor. Shuning uchun kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratiladi.

Endilikda Loyiha ofisi rahbari bir vaqtning o‘zida Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish respublika kengashiga rahbar bo‘ladi. Bandlik vazirligi tizimidagi Mehnat tadqiqotlari instituti ham Loyiha ofisiga biriktiriladi.

Ular Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda o‘zimizda zamonaviy konstruktor, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan muhit olib kirishga mas’ul bo‘ladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Prezident #yig‘ilish #ta’lim

Professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi


Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Davlatimiz rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.

Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах образования, здравоохранения, цифровизации, культуры и спорта на 2024 год.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#audio_hikoya

🎧 Bola — loy, ota-ona — kulol emasmi?

Audio tinglash stress gormonlari ishlab chiqaruvchi kortizol faoliyatini pasaytirish orqali surunkali stress xavfini kamaytiradi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Jarayon

👥Bugun rektor boshchiligida universitetning yoshi ulug‘ ustozlari jamoasi uchun ziyorat tashkil etildi.

🟢Universitet rektori tashabbusi bilan oliygohda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan faxriy professor-oʻqituvchilar hamrohligida Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlariga ziyorat uyushtirildi.

➡️Universitet jamoasi sayʼ-harakati bilan "Open Budjet" portali orqali yutib olingan avtobusning birinchi manzili Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi boʻldi.

🟢 Shundan so'ng, sayohat Sulton Saodat majmuasida davom etdi va bu yerda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, restavratsiya ishlari bilan yaqindan tanishgan faxriylar, viloyatimizning yanada obod, koʻrkam goʻshaga aylanib borayotganini eʼtirof etishdi.

🟢Samimiy suhbat oqsoqollar uchun yozilgan dasturxon atrofida davom etdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🔔Bugun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod tugʻilgan kun

“…Men shu niyat yoʻlida imorat solmadim, mashina olmadim, mansab egallamadim, shon-shuhrat qizgʻanmadim. Men dunyo talashmadim! Faqat izlandim, faqat oʻqidim… Men oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman!”

👥Adib ijodini yoshlar orasida keng targʻib etish maqsadida oʻzbek filologiya fakultetida ushbu hafta Togʻay Murod va uning asarlarini oʻqish haftaligi oʻtkazildi. Talabalar ijodkorning asarlarni oʻqish barobarida “Men oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman” mavzusida tadbir tashkil etishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Конгратбай Авезимбетович Шарипов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига тасдиқланди.

Бундан илгарироқ К.Шарипов номзоди Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан маъқулланган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Шарипов Конгратбай Авезимбетович утвержден на должность министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура К.Шарипова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…
Подписаться на канал