#№_3
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Imomova Muhabbat Volnazarovnaning 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
〽️ Universitet jamoasi nomidan Muhabbat Volnazarovnaning ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimaga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
⚡️⚡️Universitet sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalari o‘rtasida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan harbiy sport o‘yinlari musobaqasida talabalar tosh ko‘tarish, arqon tortish, turnikda tortilishda o‘z kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.
Vatanparvarlar bogʻida boʻlib oʻtgan musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
📣Universitetda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Uchrashuvlarda harbiy orkestrlar tomonidan namoyish etilgan vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, jangovor chiqishlar talabalarda katta taassurot qoldirmoqda.
Batafsil fotolavhada...
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
@taklif_tashabbus_murojaat
Mazkur @TerDU_rektor_bot orqali siz Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulovga ta'lim sifatini yaxshilash borasida murojaat, taklif va tashabbuslaringizni yo'llashingiz mumkin.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" ga bag'ishlab oliygohda tahsil olayotgan talabalar o'rtasida "Mardlar qo'riqlaydi vatanni" shiori ostida rasmlar tanoviga start berildi.
Tanlovda barcha talabar o’z ijod namunalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ijodiy ishlarni @TerduYI_botiga 14-yanvar kuniga qadar yuborishingiz so'raladi.
Yuborilgan rasmlar @TerDU_Yoshlari telegram kanaliga qo’yiladi va like toʻplash hamda tuzilgan ishchi guruh xulosasiga koʻra g’oliblar aniqlanadi.
G'olib bo'lgan talabalar tashkilotchilarning sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#qabul2024
#akademik_litsey
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#so‘rovnoma
Sizning fikringiz muhim!
Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
———
Ваше мнение важно!
Агентством по делам молодежи проводится опрос с целью изучения предложений и пожеланий молодых людей, определения приоритетных направлений работы с ними, а также дальнейшего совершенствования отрасли.
Примите участие в опросе: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimiz universitetlari rektorlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti taklifiga ko‘ra Tehronda bo‘lib o‘tgan “Iran Lab – 2024” 11-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6337
Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар
🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови
🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари
〰️〰️〰️〰️〰️
⚡️ Бу факт:
✅ 10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;
✅ 14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;
✅ Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;
✅ Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️
🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#olimpiada
#natijalar
⚡️Onlayn fan olimpiadasi o'tkazildi
〽️Termiz davlat universiteti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan talabalarning qishki taʻtil davrida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "O'zbek adabiyoti" fanidan onlayn test olimpiadasi bo'lib o'tdi.
Unda 116 nafar talaba ishtirok etib, o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Faol va yuqori natijalarni qayd etgan 9 nafar talaba 1-2-3-o'rinlarni egalladi.
📄Natijalar bilan tanishing!
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#OGOHLIK
#bilasizmi
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!
©️ Manba
___
❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.
Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!
Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#kun_hikmati
Bilganlarimizning cheki bor, bilmaganlarimizning esa had-chegarasi yoʻq.
Per-Simon Laplas
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#kun_hikmati
Ilmdan yaxshiroq xazina boʻlmas, Qoʻlingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdulloh Rudakiy
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Kun_hikmati
O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.
Jozef Juber
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#bilib_oling
“Universitet” va “institut” o‘rtasidagi farq nimalardan iborat❓
Talabalar “universitet” va “institut” o‘rtasida nima farq bor, degan savolni ko‘p beradi.
❕Universitet bir nechta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Ayrim mamlakatlarda universitet kamida 7 ta yo‘nalishni birlashtirgan bo‘lishi kerak.
❕Institut esa muayyan ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasasidir.
“Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan ko‘ra kengroq. Ta’lim imkoniyati va o‘quv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori ta’lim muassasasi hisoblanadi.
G‘arb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida bo‘ladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.
#manba: @tahrir_uz
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot
⚡️Universitet rektori o‘g‘il bolalar istiqomat qiladigan 5-talabalar turar joyiga borib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
U yerdagi talabalar bilan suhbatlashib, yigitlarni 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" bilan tabrikladi.
📎Rektor va talabalar o‘rtasidagi suhbat davomida yotoqxonadagi sharoitlarni yanada yaxshilash borasida ularning takliflari tinglandi. Talabalar rektorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi va bu borada mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Yakunda oliygoh rahbari talabalar turar joylarida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilib, u yerdagi muammolarni o‘rganish, takliflarni tinglash fikrini bildirdi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
🇺🇿Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!
14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanmoqda.
⚡️Ushbu sana munosabati bilan bugun Termiz davlat universiteti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Batafsil...
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
⚡️РАСМИЙ ХАБАРНОМА
🔰 Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан экстремизм ва терроризм ғоялари билан йўғрилган деб топилган, республика ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, тарқатиш ва намойиш этиш тақиқланган материаллар рўйхати
📆 2024 йил 10 январь ҳолатига кўра
📈 Батафсил инфографикада🌐 Дин ишлари бўйича қўмита
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Ахборот хизмати
😀Termiz davlat universiteti fakultet dekanlari bilan tanishing
😀 Abdulloyev Shuhratjon Boboismoilovich
07.04.2023 dan Tarix fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1985-yil, Sariosiyo tumani.
😀 Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich
09.11.2023 dan Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1987-yil, Boysun tumani.
😀 Axmedov Hakim Yarashevich
26.08.2023 dan O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1983-yil, Qiziriq tumani.
😀 Achilov Nuriddin Abbug‘afforovich
08.08.2022 dan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1982-yil, Oltinsoy tumani.
😀 Bakirov Poyon Uralovich
03.02.2019 dan Rus va qardosh tillar fakulteti dekani
Tug'ilgan yili va joyi:
🗺1961-yil, Angor tumani.
😀 Xasanov Ilyos To‘ychiyevich
19.12.2023 dan Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1981-yil, Oltinsoy tumani.
😀 Jumayev Farrux Toshmurodovich
16.12.2023 dan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1987-yil, Termiz tumani.
😀 Po‘latov Mirzohid Qo‘zimurodovich
15.12.2023 dan Yuridik fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1994-yil, Sho‘rchi tumani.
😀 Safarov Abduvohid Shukurovich
23.11.2023 dan Fizika-matematika fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1977-yil, Termiz tumani.
😀 To‘rayev Hayit Xudoynazarovich
03.01.2018 dan Kimyo fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1957-yil, Boysun tumani.
😀 To‘rayev Xumoyiddin Abdug‘afforovich
19.12.2023 dan Milliy libos va san’at fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1991-yil, Denov tumani.
😀 Umbarov Ibragim Omonovich
25.03.2021 dan Arxitektura va qurilish fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1967-yil, Qumqo‘rg‘on tumani.
😀 Xudoyqulov Abdulla Eshquvvatovich
07.01.2021 dan Xorijiy filologiya fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1974-yil, Sho‘rchi tumani.
😀 Xurramov Alisher Shukurovich
18.02.2020 dan Tabiiy fanlar fakulteti dekani
Tug‘ilgan yili va joyi:
🗺1975-yil, Termiz shahri.
➡️ Batafsil ma'lumot
✈️@terdu340
🟩🟩🟩🟩
Termiz davlat universiteti rektorining buyrugʻi bilan Annayeva Zarifa Musurmonqulovna universitet xotin-qizlar kengashi raisi etib tayinlandi.
Zarifa Annayeva 1971-yil Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tugʻilgan.
U 1994-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot #Rektor_soati
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov rahbarligida navbatdagi “Rektor soati” o'tkazilib, universitetda oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yig'ilishda ayni vaqtda universitetda boʻlib oʻtayotgan yakuniy nazoratlarni adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash, baholash sifatini yanada yaxshilash boʻyicha soha prorektorlari va fakultet dekanlariga topshiriqlar berildi.
🔴 Bunga koʻra:
- Yakuniy nazoratlar belgilangan auditoriyalarda oʻz vaqtida olinishini nazorat qilish, talabaning bilimini odilona, shaffof baholash uchun yakuniy nazoratni oʻquv mashgʻulotlarini olib bormagan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshirilishini taʼminlash, fakultetlarda apelyatsiya komissiyasini Nizom talablari asosida shakllantirish va faoliyatini nazorat qilish vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini jonlantirish, ijro intizomi, yangidan joriy etilgan KPI tizimi monitoringini olib borish, haftaning har shanba kunini professor-oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlanish kuni deb belgilash, siyosiy, maʼnaviy mavzularda doimiy ravishda oʻquv darslarini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakunida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha masʼullarga alohida topshiriqlar yuklatildi.
✈️@terdu340
🟥🟥🟥
Termiz davlat universiteti jamoasi adolat va qonun posbonlari bo‘lgan prokuratura xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etadi.
✈️@terdu340
⚠️ Гаджетларга қарамлик: фалокатли оқибатлар олдини олайлик!
Гаджетларга қарамлик – ахборот технологиялари сония сайин ривожланиб бораётган даврда янги тушунча эмас.
Аввало, бу қарамликнинг симптомларини сизда бор-йўқлигини аниқлаймиз.
Кейин эса унинг ортга қайтариб бўлмас "излари" ҳамда қарамликдан халос бўлиш йўллари ва кутилажак натижалар билан танишамиз.
➡️ Батафсил инфографикада
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
🤝🌏👨🏫👩🏫
🇮🇷🇺🇿
Tehron shahrida bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mamlakatning yetakchi oliygohlaridan biri Alloma Tabotaboiy universiteti prezidenti bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka, o‘quv kurslari, ilmiy konferensiya va o‘quv dasturlarini tashkil etish, ilmiy maqolalar va adabiyotlar nashr etish, mahorat darslarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari borasida muzokara olib borishdi.
Muzokarada Alloma Tabotaboiy universiteti rahbari Termiz davlat universitetida fors tili o‘qitilishini rivojlantirish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, onlayn kurslar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: 2023-yilgi Osiyo universitetlari reytingida 143-oʻrinni egallagan mazkur ta’lim dargohida bugungi kunda 17.928 nafar talaba tahsil oladi. 1984-yilda tashkil topgan ATU Ijtimoiy gumanitar, iqtisodiyot va tibbiyot fanlariga ixtisoslashgan.
@terdu340
#xalqaro_hamkorlik
⚡️Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi doirasida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ayni vaqtda Tehron shahrida O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida o‘zaro hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
📄2023-yil natijalariga ko‘ra, milliy reytingda 1-o'rin, xalqaro QS reytingida 334, THE reytingida 301-350 o'rinlarni egallagan, shuningdek, STEM fanlari bo'yicha mamlakatda yetakchi univesitet hisoblangan Sharif texnologiya universiteti Prezidenti bilan uchrashuv davomida memorandum imzolandi.
📎Ushbu memorandum kelgusida ikki oliygoh o'rtasida professor-o'qituvchi va talabalar almashuvi, xalqaro ta'lim dasturlarida hamkrolik, shuningdek, tegishli sohalarda qo'shma ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#№_2
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti O'zbekiston tarixi o'qituvchisi Xurramov Xayitmurod Boboqul o‘g‘lining Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosliklari bo‘yicha “Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi (Germaniya olimlari tadqiqotlari misolida)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
〽️ Universitet jamoasi nomidan Xurramov Xayitmurodni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#№_1
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti arxeologiya kafedrasi o'qituvchisi Toshaliyev Qahramon Boboyorovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha “O‘rta Osiyo daxmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
〽️Universitet jamoasi nomidan Qahramon Boboyorovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.💐💐💐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#seminar_trening
#ikkinchi_bosqich
Universitetda taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oshirish, oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini yanada kengroq joriy etish maqsadida professor-oʻqituvchilar uchun tajribali trener tomonidan o'quv-seminarlar oʻtkazilgani haqida xabar qilgan edik. Uning ikkinchi bosqichida darslarda olingan bilimlar TerDU mas'ullari tomonidan yanada mustahkamlanmoqda.
@terdu340
#kun_hikmati
Har bir insonning qadr-qiymati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida
Abu Rayhon Beruniy
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#tavsiya
Tomoshabinni fikr-mulohaza qilishga undaydigan sahna asari - “Ishlaganday bo‘laylik” spektakli haqida
🎭O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Аʼzam qalamiga mansub “Farrosh kampirning tushi” pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektakli satirik fars janrida bo‘lib, bugungi jamiyatning yuziga oyna tutadi.
🎬Spektakl ayni jamiyatdagi insonlarga sahnada o‘z aksini ko‘rish imkonini yaratadi. Asardagi yarim hazil, yarim chin tarzida bo‘lib o‘tadigan voqealar, aslida asl hayot haqiqati ekanligini tomoshabin asarni tomosha qilgandayoq anglaydi.
📽You tube orqali ko‘rish.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt