#xalqaro_hamkorlik
TerDU mezbonlik qilayotgan “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasi doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Oliygohning majlislar zalida Termiz davlat universiteti hamda Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻrtasida 2026-yildan boshlab qoʻshma taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, arxeologiyaning ixtisoslashgan yoʻnalishlari, jumladan paleobotanika va paleozoologiya sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy jurnallar chop etish, talabalar almashinuvi hamda professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, tegishli hujjatlar almashildi.
Bizni kuzating
#stajirovka
TerDUning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Abdulazizova Belarus davlat universitetida
Bizni kuzating
TerDU “Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
Oliygohning majlislar zalida 8 ta davlatning bakalavr, magistr, aspirant va yosh arxeolog olimlarini jamlagan tadbirning plenar majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar joriy yilning 06-oktabr sanasiga qadar, Termiz davlat universiteti bazasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Termiz davlat universiteti, Samarqand arxeologiya instituti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi milliy arxeologiya markazi, Tatariston Respublikasi fanlar Akademiyasi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida Rossiya, Qirg'iziston, Qozog'iston, Pokiston, Xitoy, Misr, Bolgariya davlatlaridan arxeolog tadqiqotchilar ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzating
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 17-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida joriy yil boshida TerDUda quvvati 1000 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda bu stansiya orqali TerDUning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanib, 145 833 kVt energiya hududiy ET korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 720 so‘mdan sotilmoqda.
Prezidentning 14.06.2024 yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida yana 1000 kVt stansiya qurilishi rejalashtirilgan.
Oliygoh hududidagi avtoturargohlarning tom qismida ham quyosh panellarini o‘rnatilishi orqali yana oyiga 33 ming 600 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
Bizni kuzating
#musobaqa
🏆 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlab 25-,27-sentabr kunlari Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol (erkak va ayollar) hamda stol tennis (erkak va ayollar) turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
📅 25-,27-sentabr
⏰ soat 14:00
Bizni kuzating
#jarayon
Ayni vaqtda TerDUda universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalari e’loni, uning fakultet, kafedralar kesimidagi umumiy tahlili hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
Bugun Termiz davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi – Prokuratura, Adliya va Sud organlari vakillari hamda Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm”, “Kimyo”, “Sport faoliyati va boshqaruvi” va “Ijtimoiy fanlar” fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’ruza qilishdi.
✈️ @terdu340
#ustozga_ehtirom
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, TerDU talabasi Shahnoza Qarayevaning ustozlariga ehtiromi...
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida “Termiz yoshlar markazi” tashkil etiladi
Universitet rektori A.Toshqulov BMT taraqqiyot dasturi Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, klaster rahbari K.Muhamedxanova va daxildor mas’ullar ishtirokida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Ma’lumot o‘rnida ushbu loyiha Yaponiya davlati va Termiz davlat universiteti mablag‘lari asosida hayotga tadbiq etilmoqda.
Markazda:
✅ tematik treninglar va seminarlar;
✅ chet tili kurslari;
✅ yuridik klinika;
✅ biznes treninglar;
✅ psixologik kurslar;
✅ IT kurslar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, markazda hududiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
#rasmiy_xabar
⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim
🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:
➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;
➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;
➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;
➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.
✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.
Bizni kuzating
#tafsilot
Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi
Jarayonda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, universitetda talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yich prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari va pedagoglari uchun ma’ruza qilib seminar trening mashg’lotlarini o‘tdi.
✈️@terdu340
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi
TerDU rektori A.Toshqulov va Novosibirsk viloyati ta'lim vaziri M.Jafyarova hamda mas’ullar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar, tashabbuslarni o‘rtaga tashlashdi. Muzokaralar so‘ngida anglashuv memorandumi imzolandi. Taomilga ko‘ra mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida bo‘lgan viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirsk viloyatida bo‘lishib, hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha, muzokaralar o‘tkazishib “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan edilar.
Bizni kuzating
🇺🇿🤝🇷🇺 Surxondaryo va Novosibirsk o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi darajada rivojlantirmoqda
Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Surxondaryoga tashrifining birinchi kunida xalqaro erkin savdo zonasi va transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“Akademik harakatchanlik” dasturining 2024-yilgi g‘olib yosh olimlari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha 37 ta loyihalar qabul qilindi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 13 nafar yosh olimning loyihalari g‘olib topilib, moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilind. Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 4-nafar doktoranti ham go'lib deb topildi.
1. Loyiha rahbari: Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna
Loyiha nomi: Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan antipiren-antiseptiklar sintezi, tadqiqoti va ularning qo‘llanishi
Loyiha mablagʻi: 43 790 000 so'm
2. Loyiha rahbari: Mukimov Abdullo Soatovich
Loyiha nomi: Organomineral qo‘shimchalar asosida yuqori markali sementlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
Loyiha mablagʻi: 47 100 000 so'm
3. Loyiha rahbari: Eshmurodov Xurshid Esanberdiyevich
Loyiha nomi: Kremniy organik birikmalar va ular asosida modifikatsiyalangan qurilish yelimlari olish hamda qo‘llash
Loyiha mablagʻi: 47 630 000 so'm
4. Loyiha rahbari: Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li
Loyiha nomi: Mahalliy hom-ashyolar asosida olingan ionitlardan nanog‘ovakli membranalar olish va ularning taqdqiqoti
Loyiha mablagʻi: 53 213 000 so'm
Barcha doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz!!!
Bizni kuzating
🇺🇿🇮🇹#xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda.
Ushbu forumda Termiz davlat universiteti rektori ham ishtirok etib, Italiyaning bir nechta nufuzli oliygohlari rahbariyati bilan
muzokaralar olib bormoqda.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
#startaplar_tanlovi
🚀$10 000 dollar sovrin jamg‘armasiga ega “Ijodiy startaplar tanlovi” o‘tkazilmoqda
Yo‘nalishlar:
— San’at
— Dizayn
— Moda
— O‘yinlar
— Interaktiv media
— Badiiy kontent yaratish
— Aqlli shaharlar va shaharsozlik
Sovrinlar:
🥇1-o‘rin $5 000 dollar.
🥈2-o‘rin $3 000 dollar.
🥉3-o‘rin $2 000 dollar.
💰Venchur investorlardan investitsiya jalb qilish imkoniyati.
🏕 1 haftalik startap campga yo‘llanma.
🤝Tanlov Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “IT Park Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
#apparat_yig‘lish
TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘lish bo‘lib o‘tdi
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi. Unda universitet rektorati, fakultetlar, kafedralar o‘rtasida intigratsiya yetarlicha yo‘lga go‘yilmaganligi, misollar bilan keltirildi. Yigilishda shuningdek, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlashda, mas’ullar oldiga qator vazifalar qo‘yildi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalanib, inson omilisiz, korrupsion hatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladigan loyiha mualliflarining mehnatlari etirof etildi.
Rektorning taklifiga ko‘ra, endilikda universitetda Ijro apparati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
#mahalla_yangiliklari
Surxonlik olimlar yangi bo'yoq turini kashf etishdi.
🗓 20.09.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#Tafsilot
TerDUda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar belgilanib, KPI natijalari tahlil etildi
Videokonferensaloqa tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilishda universitet rektori A.Toshqulov pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalarining umumiy tahlili hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumotlar slaydlar ko‘rinishida fakultet, kafedralar kesimida taqdim etilib, jarayonda erishilgan yutuqlar asnosida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham tilga olindi.
Masalan, 2024/2025 o‘quv yilida mavjud 71 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 15 tasi, 43 ta magistratura mutaxassisliklaridan 14 tasi yangidan tashkil etilgan. Viloyatda birinchi marta bo‘lib jurnalistika yo‘nalishi, yuridik yo‘nalishining 2-mutaxassisligi ochilib, kadrlar tayyorlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida universitetga 47 nafar professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilingan, shundan 26 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, 30 nafardan ortiq tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarini himoya qilishgan. Yil boshidan beri 56 nafar ilmiy salohiyatli kadrlar pedagoglar safiga qo‘shildi. Ayni vaqtda universitet ilmiy salohiyati 41,3 foizni tashkil etmoqda.
Bizni kuzating
#talabalar_oqshomi
➡️Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 6-TTJ hovlisida "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi bo'lib o'tdi
🟢Yuqori saviyada tashkil etilgan ko‘ngilochar konsert talaba-yoshlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligidagi musiqiy kecha chinakamiga bayramona dasturga aylandi.
Bizni kuzating
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.
👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
BaholashUz">
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
"Ma'rifat ulashib" loyihasi
📣 Termiz davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
📅 Uchrashuv vaqti: 2-oktabr
📍Manzil: Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi"
Barcha talaba-yoshlarni ushbu unutilmas uchrashuvga taklif etamiz!
Bizni kuzating
#OTM #besh_tashabbus
😀 TerDUda talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining 2024/2025 oʻquv yilidagi bahslariga start berilmoqda.
🖐Musobaqalar 5 ta sport yo‘nalishida: yengil atletika, stol tennisi, stritbol, mini-futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
🟢Birinchi bosqich — 20-,30-sentyabr kunlari guruhlararo fakultet bosqichi;
🟢Ikkinchi bosqich — 3-,26-oktabr kunlari fakultetlararo OTM bosqichi;
🟢Uchunchi bosqich — 1-,23-noyabr kunlari hududiy hamda Respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadi.
Barcha talabalarni ushbu sport musobaqalariga chorlab qolamiz.
✈️@terdu340
#sport #kurash
🏆 TerDUda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
🟢 Talabalar ligasi doirasida, sportning "Milliy kurash" turi bo‘yicha Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti birinchiligi o‘tkazildi.
🟢"Milliy kurash" musobaqasiga 120 nafardan ortiq sportchi talaba- yoshlar faol ishtirok etishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025 oʻquv yilida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida "Talabalar ligasi" sport musobaqalari sportning (futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash) turlari boʻyicha o‘kaziladi.
✈️ @terdu340
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 TerDUda bo‘lgan Novosibirsk viloyatining ta’lim vaziri va Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori universitetda talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yich prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari va pedagoglari uchun ma’ruza qilib seminar trening mashg’lotlarini o‘tdi.
Bizni kuzating
Mafkuraviy kurash fronti. Oʻzbek tarixchilarining Temur shaxsiyatini tiklash va oqlash yoʻlidagi harakatlari
Jadid maʼrifatparvarlari yangi usul maktablarida tarix fani oʻqitishni, millat farzandlarini xolis oʻtmish bilan tanishtirishni oʻzlarining muqaddas burchi sifatida bilgan. Ular sovet mafkurachilarining buyuk o‘zbek tarixiy shaxslarini qoralash kampaniyasiga qarshi chiqqan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3032
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
#olimpiada_natijalari
🔔 Termiz davlat universitetida o'tkazilgan xorijiy (Ingliz, nemis, fransuz) tillari fan olimpiadasi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining birinchi OTM bosqichi natijalari e'lon qilindi.
Natijalar bilan tanishish: Xorijiy-tillar-fan-olimpiada