Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
Маълумки, ўтган йил июнь ойида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташкил этилган эди.
Ўтган даврда 10 дан ортиқ давлатнинг тажрибаси чуқур ўрганилди, ижтимоий хизмат бўйича мутахассис-экспертлар билан ҳамкорликда соҳанинг аҳволи ўрганилди.
Таҳлил ва ўрганишлар кўрсатганидек, одамлар ташвишини ичига кирмаган, ўзидан ўтказмаган эски тизим тубдан ўзгариши керак ва бу мураккаб, комплекс жараён.
Facebook|Instagram|X
4️⃣4️⃣4️⃣
🗣San'atga qiziquvchi talaba-yoshlar diqqatiga!
⚡️Termiz davlat universiteti "Jayhun" folklor-etnografik xalq ansambli jamoasi a'zoligiga tanlov e'lon qiladi.
📌Arizalar 2024-yil 24-fevralga qadar qabul qilinadi.
✅Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefonlar:
+998915868738 (O.Xakimov),
+998902255040 (Z.Abdullayeva)
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
SABR
Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin koʻtarayotgan bolajonlar birdan jim boʻlishdi. Ustoz oʻrniga joylashib, oʻquvchilardan:
– Qani ayting-chi, sabr nima? – deb soʻradi.
Bilagʻon oʻquvchilar sabr haqida oʻz fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.
Ularning javobini tinglagan muallim:
– Yashanglar, toʻgʻri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar! – dedi-da, oʻzi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni koʻrsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. Oʻsimlik bir zumda koʻrimsiz holga keldi. Keyin muallim oʻsimlikka suv quydi va dedi: – Mana shu oʻsimlikning yangi barglari oʻsib chiqqunicha boʻlgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi oʻsib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek koʻrinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!
@terdu340
#xalqaro_hamkorlik
👥 TerDU Ipak yo'li universtitetlari tarmog'iga a'zo bo'lmoqda
🗣Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi bosh kotibi professor Sungdon Hvang boshchiligida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti qoshidagi Koreya texnologiya va madaniyat instituti professor-oʻqituvchilari universitetimizga tashrif buyurdi.
🟢Uchrashuv davomida Silk Road Universities Network (SUN)ga aʼzo bo'lish maqsadida shartnoma imzolash, dunyoning 28 ta davlatidagi 83 ta a'zo universitetlar bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy hamkorlik, madaniy va ekspeditsiya dasturlari doirasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar oʻtkazildi
Rektor Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi
Rektor A.Toshqulov talabalar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi
Rektor talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ular istiqomat qiladigan 1-talabalar turar joyida bo‘ldi
TerDU talabalari xalqaro sport festivalida ishtirok etadi
Buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabasi tomonidan erta tongdan chizilgan portret
Rektor rahbarligida universitetda tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARI
Rus va qardosh tillar hamda o'zbek filologiyasi fakultetlarida "Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan buyuk" shiori ostida tadbir tashkil etildi
"Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 1000 ga yaqin talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi
Termiz davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida (video)
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumanida oʻzi tahsil olgan va boshqa maktablarda ham bo‘ldi
Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#talabalar_oqshomi
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 1000 ga yaqin talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.
Talabalar "brain-ring", kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
———
Развлекательное мероприятие "Студенческий вечер", организованное первичной организацией Союза молодежи Термезского Государственного Университета, объединило около 1000 студентов.
Студенты состязались в интеллектуальных играх "brain ring", "чтение", "интеллект", "дискуссия", а также в перетягивании каната, поднятии тяжестей, шахматах, шашках и настольном теннисе.
Bizni kuzating
#Tafsilot
🏛 Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.
🟢Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvonlar berilgan professor-oʻqituvchilarga falsafa doktori (PhD) dotsent attestatlari topshirildi.
🟢Shuningdek, Prezident hamda nomdor davlat stipendiyasi tanlovining sohibi boʻlgan 18 nafar talabalar ham ragʻbatlantirildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Chet tilidan sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatini 50 foizgacha qoplash yoʻlga qoʻyiladi
Ayni paytda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Davlat rahbari yoshlarni hunar bilan birga kamida bitta chet tilini egallashlari ularni bandligini taʼminlashda muhim omil ekanligini taʼkidladi.
Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab, bu – til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos, – dedi Prezident.
Bizni kuzating
#№_9
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Xalturayev Xoltura Kuvatovichning Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DS.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha “Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan un, non va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini taʼminlash tadqiqoti” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
“O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida
“Agar zo‘r taʼlim berganimizda, bu suhbatga hojat bo‘lmasdi”, — deydi Termiz davlat universiteti rektori.
Batafsil — http://dy.uz/pXhRu
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
#konferensiya
🗣Termiz davlat universitetida Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🟢Madaniy meros agentligi, viloyat hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yapon faylasufi Daysaku Ikedaning hayot yo’li, O’zbekiston-Yaponiya xalqaro ekspeditsiyaning Surxon vohasidagi buddaviylik yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlari natijalari haqida soʻz bordi.
🟢Konferensiyada O’zbekiston, Yaponiya, Tailand, Italiya va Gretsiyaning yetuk arxeolog olimlari ma'ruza qildilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#talabalar_oqshomi
🟢Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 100 dan oshiq talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.
➡️Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev ochib berar ekan, "Talabalar oqshomi"ni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning madaniy hordiq olishlarini ta'minlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bilim va mahoratini namoyon etishlariga ko'maklashishdan iborat ekanligini ta'kidladi.
➡️Talabalar brain ring, kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚“Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha kitobxonlar uchun “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qilamiz!
🔴Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-fevralga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
📚 “Savdogarlar ustozi” 1-kitobi
(Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li)
📚 “MEN” (Fotih Duman)
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:
⚡️ Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!
Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
➖Vatanparvarlik yo‘nalishida;
➖Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
➖Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1️⃣ Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2️⃣ Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
3️⃣ Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
4️⃣ Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
5️⃣ Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
6️⃣ Kamida HD formatda bo‘lishi.
Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi.
Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
🥇-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
🥈-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
🥉-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site
#Tafsilot
✅Rektor rahbarligida universitetda barcha yoʻnalishlar boʻyicha ish samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab berish: soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda boʻlim boshliqlarining masʼuliyatini kuchaytirishga bagʻishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🟢Yig‘ilishda universitetda hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish, xususan qogʻoz hujjatlar yuritilishidan batamom voz kechish, barcha turdagi hujjatlarni elektron tizim orqali tasdiqlash jarayonini takomillashtirish boʻyicha ko‘rsatmalar berildi.
🟢Yigʻilish davomida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan prorektorlar, boʻlim boshliqlarining hisobotlari tinglandi.
🟢Yakunda kun tartibidan oʻrin olgan masalalar ijrosini qisqa muddat ichida ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#brifing
Bugun, soat 12:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tadi.
🎥 Brifingni Vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
———
Сегодня в 12:00 в АИМК пройдет брифинг по деятельности негосударственных высших образовательных учреждений с участием руководителя пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузовой.
🎥 Смотрите брифинг на официальных страницах министерства и АИМК в Facebook.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#№_10
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi Eshqobilova Dilrabo Turaxonovnaning O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 01.01.04 – “Geometriya va topologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Idempotent ehtimollik o‘lchovlari funktorining tekis fazolar kategoriyasiga ko‘tarish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
#davra_suhbati
👥Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq
➡️Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish”ga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda talabalarga korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi tushuntirildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
📢 Surxondaryo viloyati hokimi bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi
Joriy yil 18-fevral kuni soat 19:00 dan boshlab “Surxondaryo” telekanalining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali vohada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, oldindagi rejalar, vazifalar hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
☎️ Ochiq muloqot uchun savol, taklif va murojaatlar efir studiyasiga bog‘langan quyidagi telefon raqamlari orqali har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinmoqda.
+99876 223 54 58;
+99876 223 54 67.
📥 Shuningdek, murojaatlaringizni +99899 482 00 77 telegram raqamiga ham yo‘llashingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#Tafsilot
Yigʻilish davomida Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli qarori ijrosi boʻyicha Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq to'lashni belgilash boʻyicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan o'rganish natijalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
2024-yilda 206 nafar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar, jumladan 174 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) lavozim maoshining 30 foizigacha, 32 nafar fan doktorlari (DSc) lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.
Endilikda (KPI) mezonlariga muvofiq universitetning 210 nafar professor-oʻqituvchilari 6 oy mobaynida lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.
#Tafsilot
Termiz davlat universiteti rektori viloyatda tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat sektori” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Boysun tumanidagi oʻrta va kasb-hunar maktablarida boʻldi. Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan samimiy muloqot qilib, taʼlim maskanlarida maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirish borasida oʻzining tavsiyalarini berdi.
Tadbir davomida maktablar o‘quvchilari uchun kitoblar, kompyuter, proyektor va sport anjomlari topshirildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Rektor_maktabda
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumanida oʻzi tahsil olgan va boshqa maktablarda ham bo‘lib, ta'lim maskanlarida аmalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
🟢Ustozlar va o‘quvchilar bilan boʻlib oʻtgan samimiy suhbat jarayonida universitet rahbari o‘quvchilik davri, oʻqituvchilarining oʻgitlari, yoshlikda olingan bilimning ahamiyatini so‘zlab berdi. Suhbat davomida universitet rektori o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar orqali javob berdi.
📚A.Toshqulov oʻzi taʼlim olgan maskan oʻquvchilariga badiiy adabiyotlar, sport anjomlarini topshirdi.
✅Tadbir so‘ngida yetuk inson boʻlib yetishish, hayotda oʻz maqsadlariga erishishda yoshlarga faqatgina kitob — eng yaqin do'st ekanligi taʼkidlandi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Rektor_maktabda
🟢Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi.
🟢Dastlab rektor maktabda faoliyat koʻrsatayotgan tikuvchilik sexi faoliyati, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish oʻquv amaliyoti jarayoni, kompyuter va maʼnaviyat sektori xonalari bilan tanishdi. Tikuv sexida 35 nafar qizlar turli tashkilot va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar uchun sifatli va qulay narxda dasturxon va choyshablar tikib, yetkazib berayotgan boʻlsa, pop usulida kashtachilik sir-asrorlarini oʻrganayotgan qizlar oʻz hunari ortidan daromad topshiga ham ulgurishmoqda.
🟢Rektor maktab oʻqituvchilari va xodimlar bilan suhbat qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari xususida maʼlumot berdi.
📌 Universitet tomonidan mazkur kasb-hunar maktabining raqamli axborotlarni qayta ishlash yoʻnalishida tahsil olayotgan oʻquvchilari uchun 20 dan ortiq kompyuter jamlanmasi, proyektor hamda elektron doskalar sovgʻa qilindi.
Endilikda yoshlar nazariy bilimlarini amaliyotda ham qoʻllash orqali o'rganganlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Hurmatli talabalar!
Iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.
➡️Siz ham bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish uchun o‘z fikr, taklif va tashabbuslaringizni bildiring!
📞+998919789737 (telegram orqali)
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#fotoreportaj
#talabalar_oqshomi
🟢"TALABALAR OQSHOMI" ko'ngilochar tadbiridan fotolavha
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Bobur_kuni
👥Rus va qardosh tillar hamda o'zbek filologiyasi fakultetlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan buyuk" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
➡️Talabalar tomonidan Bobur ijodidan ruboiy va g‘azallar hamda ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbirga o'zgacha fayz kiritdi. Tadbir yakunida faol yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Termizda arxeologiya va madaniy merosni asrash masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-fevral kunlari Termizda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Madaniy meros agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#Boburning_541_yilligi
📌 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARI
🟢“Boburnoma” (taxminan 1518/1519-1530) - “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi ko‘plab nomlari ham ma’lum.
🟢 “Mubayyin” – falsafiy-diniy asar. 1521 yili yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek «Mubayyinu-l-zakot» soliq chiqimi kitobini yozgan.
🟢Boburning barcha nazmiy asarlari «Qobul devoni» so‘ngra «Hind devoni»ga jamlangan. Bobur she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan.
🟢«Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi ilmiy asarlar yozgani ma’lum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.
🟢“Muxtasar” (“Aruz haqida risola”) ilmiy asari Sharq adabiyotshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urg‘uli va urg‘usiz, uzun va qisqa bo‘g‘inlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. O‘z qarashlarini arab, fors tojik va turk she’riyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy an’analarini munosib davom ettiradi. Xalq she’riyatiga e’tibor beradi. Ba’zi asarlarida xalq qo‘shiq san’ati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi
🟢Shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shug‘ullangan. Yirik so‘fiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” ya’ni “Ota onalar risolasi”ni she’riy ko‘rinishga tarjima qilgan.
🟢Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qur’oni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#Boburning_541_yilligi
"Umarshayx mirzo avlodi: uch o‘g‘ul besh qiz mirzodin qolib erdi. Bori o‘g‘lonlaridin uluq men – Zahiriddin Muhammad Bobur edi; mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir o‘g‘ul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh kichik eri, aning onasi mug‘ulning tuman beklaridin edi, Fotima Sulton otliq. Yana bir o‘g‘ul Nosir mirzo edi, onasi andijonliq edi, g‘unchachi edi, Umid otliq. Mendin to‘rt yosh kichik erdi"