Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.
Anjumanda, shuningdek, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimi “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi orqali jarayonlardan reportajlar berib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
TerDU xorij sahifalarida
Xabaringiz bor, 2024-yil 11-12-oktabr kunlari Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurishgan edi.
Kuni-kecha tashrif tafsilotlari hamkor universitetning rasmiy vebsaytida (https://www.bcu.edu.cn/info/1162/19622.htm) ham e'lon qilindi.
Bizni kuzating
#jarayon
TerDU talabalari zoom dasturi orqali “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostidagi “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etishdi
Bu tadbir Oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
#uchrashuv
Bugun Bandixon tumanida TerDU rektori bilan bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Rasmiyatchilikdan holi samimiy muloqotlar jarayonida har bir bitiruvchini tashvishga soladigan ruhiy holatlar va uning yechimi borasida tavsiyalar berildi.
O‘quvchi-yoshlarning taklifiga ko‘ra, ular yaqin kunlarda Termiz davlat universitetiga olib kelinib, o‘quv-amaliy jarayonlar bilan tanishtiriladi.
Bizni kuzating
🇨🇳🇺🇿 Xitoy delegatsiyasi tashrifi
Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurishdi
Milliy libos va san'at fakulteti, Tarix fakulteti, Kimyo fakulteti hamda Ilmiy-tadqiqotlar markazlarida bo‘lgan xitoylik mutaxassislar ishtirokida milliy san'at, hunarmandchilik, dizayn va rangtasvir yo'nalishlarini o'z ichiga qamrab olgan yangi tadqiqot markazini ochish borasida kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya a'zolari professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan tayyorlangan san'at asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tarix fakulteti, Milliy libos va san'at fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari uchun maxsus seminar-treninglar va o'quv mashg'ulotlari ham tashkil etildi.
Bizni kuzating
15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.
BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
"QALQON" jamoatchilik mobil guruhi harbiy qismda
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “QALQON” jamoatchilik guruhi Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida 24 soat davomida amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Kun davomida Qalqon jamoatchilik mobil guruhi a’zolari harbiy qismda jismoniy, ma’naviy hamda saf tayyorgarlikdan o‘tishgan bo‘lsa dala maydonida taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi. Shuningdek harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tgan sport estafeta o‘yinlarida esa munosib ishtirok etdilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad esa talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ulardagi Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirishdan iborat.
Bizni kuzating
#kuz_qish #mavsum #tayyorgarlik
TerDU rektori universitetda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi
Mavsumni talafotlarsiz o‘tkazishga mas’ul xodimlar ishtirokida isitish qozonxonalarning shayligi sinovdan o‘tkazilib, yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.
Kuz-qish mavsumini risoladagidek o‘tishini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Tahlilnoma | Surxondaryoda Prezident avtomobil boshqargan yo‘l: Masofani 120 km ga qisqartirib, 1 mln aholiga qulaylik beradigan loyiha
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Mutolaa
📁Oq oydin kechalar (hikoya)
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 2:52
Asardan parcha: Yulduz to‘lа оsmоngа tikilаmаn. Ehtimоl, оsmоndаgi eng yorqin yulduzlаr оnаlаrning jоnidir. Ehtimоl, оnаlаrning so‘ngаn yulduzlаri birlаshib quyoshgа аylаngаndir. Оftоbni оnа deyishlаri, ehtimоl, shundаndir.
Bizni kuzating
"Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya - Yangi O'zbekiston poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitetning “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Termiz shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, 1-son maktab internati o'quvchilari hamda talaba-yoshlari tashrif buyurishdi. Ularga muzeyning yaratilish tarixi hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
⚡️9-12-oktyabr kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent Open xalqaro turnirda Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etishmoqda
👥 60 kg vaznidagi bahslarda dzyudochimiz Hasan Boynazarov 3-o'rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 73 kg vaznda Muzaffar Xurramov 2-o'rini egaladi.
🟢Sporchilarimizning ushbu muvaffaqiyati bilan universitet jamoasi tabriklaydi.
Bizni kuzating
#konferensiya
Termiz davlat universitetida Biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan "Zoologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar va istiqbolli yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
🟢Anjumanning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, respublikamiz OTM professor-o‘qituvchilari, hamkasblari, shogirdlari ishtirok etishib, ustozning sermahsul hayot yo‘llariga nazar tashlashdi.
🟢Konferensiyada ishtirokchilar:
1-sho‘ba — Hayvonot dunyosining xilma-xilligi va uni saqlash: muammo va istiqbolli yechimlar,
2-sho‘ba —Tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlikning dolzarb muammolari,
3-sho‘ba — Biologiyani oʻqitish boʻyicha tadqiqotlar: muammo va yechimlar sho’balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.
Bizni kuzating
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Surxondaryoga keldi
Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Mehmonlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradog‘i, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez kabi taniqli ulamolar bor.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#jarayon
🟢Ayni kunda Termiz davlat universiteti hududidagi barcha yong‘in xavfsizligi burchaklarining holati professor-o‘qituvchi mutaxassislardan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Bizni kuzating
#balli_qizlar
Termiz davlat universitetining 6-sonli talabalar turar joyi hududida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Tarix fakultetining 1-bosqich talaba-qizlari 5 ta shart bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Yakunda ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#tafsilot
TerDU rektori A.Toshqulov universitet kampusini aylanib, ijro intizomi holatini o‘rgandi
Jarayonda universitet rahbariga hududdagi sport inshootlarini joriy ta'mirlash loyihasi taqdim etildi.
Rektor tomonidan loyihachi, quruvchi va soha mas’ullariga rekonsturiksiya ishlaridan tortib, jihozlashgacha bo‘lgan yumushlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida muqobil yoqilg‘i zaxirasi shakllantirilmoqda.
Bizni kuzating
#davra_suhbati
Bugun Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida "Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo'llari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Seminarda mavzuga oid soha xodimlari ishtirok etib, yoshlarga illat ko‘rinishini olgan giyohvandlik iskanjasi bilan bog‘liq hayotiy misollar keltirishdi.
Bizni kuzating
#bilasizmi #saylov2024 #huquqiy_savodxonlik
Aralash saylov tizimi deganda nima tushuniladi?
Bizni kuzating
TerDU rektori A.Toshqulov va mas'ullar Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Evren Rutbil bilan uchrashdi
Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va Termiz davlat universiteti o’rtasidagi madaniy meros yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash sohasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalari ko’p yillik tarixga ega.
Bizni kuzating
📢“ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi uchun arizalar qabuli boshlandi
🖥Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 20-oktyabrda bo'lib o'tsa, ikkinchi Respublika bosqichi esa 17-noyabrda o‘tkaziladi.
❕Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.
✅Olimpiadaning maqsadi — turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir.
🏆 WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!
WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.
Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
🥇 1-o‘rin — 20 million so‘m;
🥈 2-o‘rin — 15 million so‘m;
🥉 3-o‘rin — 10 million so‘m.
✍️ Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.
Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.
Bizni kuzating
#tabassum
TerDU talabasi Shahnoza Axmatova ijrosida bastakor Sh.Fayzullayevning "Tabassum" kuyi
📹 You tube orqali 4K formatda tomosha qilish.
Bizni kuzating
#InnoWomen_week
“INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi qizlarning innovatsion haftaligi doirasida TerDU da olima ayollar ishtirokida ilmiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda olima ayollar o'zlarining tadqiqot ishlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, tadbirda bir guruh olima ayollarimiz diplom va esdalik sovg'alar bilan tag'dirlandilar.
Surxondaryo viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti mas’ullari ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilar oliygohda tadqiqotchilar, uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bizni kuzating
#OAV
Termiz davlat universitetida taniqli olim, biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Bizni kuzating
❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!
🎓Termiz davlat universiteti quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari uchun qabul jarayoni boshlanganligini ma'lum qiladi!
🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
- Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
- Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar
🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
- Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar
🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 1000)
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 25 nafar.
✅ Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.
Bizni kuzating
#Xushxabar
TerDUning 4 nafar talaba-qizlari Termiz shahrida o‘tkazilgan "Para dzyudo" viloyat birinchiligi bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi
Qariyib100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan xotin-qizlar 52-62-70-82 kg vazn bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘kazishdi.
Bizni kuzating