#Talabalar_bahori
#velomarafoni
“Talabalar bahori” yoshlar festivali doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar qizg'in davom etmoqda. Ommaviy velomarafonda 3 km masofa sportchilar tomonidan zabt etildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xalqaro_hamkorlik
✅Termiz davlat universiteti Yaponiyaning "Alpha Kokusai Gakuin" instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
🟢Termiz davlat universiteti va “Alpha Kokusai Gakuin” instituti vakillari ishtirokidagi uchrashuvda dastlab Surxondaryoda “Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti”ni tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Tashkil etiladigan universitetda qishloq xoʻjaligi, tibbiyot hamshirasi, stomatologiya, mehmonxona va servis, qurilish sohasi, avtomobilsozlik yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi.
Ma'lumot uchun: yangi universitet faoliyatini Termiz xalqaro savdo markazi hududida olib boradi. Taʼlim davomiyligi 4 yil boʻlib, shundan dastlabki 2 yilda Termizda til va tanlangan yoʻnalish boʻyicha taʼlim beriladi, qolgan 2 yilda oʻqish Yaponiyada davom ettiriladi hamda talabalar oʻz sohasi boʻyicha korxonalarda ish haqi olib amaliyot oʻtaydi.
#№_11
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi o'qituvchisi Boboyeva Nodira To'xtamishovnaning Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy kengashning 06.01.08. – “Oʻsimlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “O‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini parvarishlashda agrotexnik tadbirlarning o‘simlikxo‘r qandalalar zarariga ta'siri” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
#miss_yurist #tanlov
✅Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida “Miss Yurist-2024” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
✔️Ishtirokchi qizlar 4 ta shart doirasida — tanishtiruv, savol-javob, pazandachilik, badiiy chiqish shartlari asosida bellashishdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan qo'shiq, she’r, raqs, o'zbek ayol qahramonlarining obrazlari hakamlar tomonidan yuqori qiziqish bilan baholandi.
🟢Tanlov so'nggida iqtidorli va eng faol qatnashgan qizlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
🗓 Bugun – Surxondaryo viloyati tashkil etilgan kun
Bundan 83 yil oldin, 1941-yil 6-mart kuni – Sobiq SSSR Oliy soveti prezidiumi qaroriga asosan Surxondaryo viloyati alohida ma’muriy birlik sifatida tashkil etildi.
O‘shanda hududda Termiz shahri hamda Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari bo‘lgan.
Keyinchalik, 1960-yil 25-yanvarda Surxondaryo viloyati Qashqadaryo viloyati bilan qo‘shilgan. 1964-yilning fevralida qayta tashkil qilingan.
Ma'lumot uchun, 1941-yil 6-mart kuni Andijon va Namangan viloyatlari ham tashkil etilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#TerDUda_bayram_shukuhi
🟢8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, oliygohdagi talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Doshqozonlarda osh damlanib, 3000 nafarga yaqin talaba-qizlarga dasturxon yozildi.
🗣Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori A.Toshqulov talabalar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, ularni bayram bilan samimiy qutladi.
🟢Badiiy qismda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
Президент Шавкат Мирзиёев бокс бўйича Баҳодир Жалолов мактабидаги шароитлар билан танишди
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями в боксерской школе Баходира Джалолова
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya taʼlim forumi bo‘lib o’tmoqda
Ayni kunlarda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida Ikkinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari mas’ullari va Britaniyaning 8 ta TOP universitetlari delegatlari, shuningdek ikki tomonning tegishli vazirlik hamda idoralari mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Oliy ta’limda sifat va boshqaruv, mahalliy hamda global miqyosdagi talablar va islohotlarga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda transmilliy ta’lim orqali erishish kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilinmoqda.
Tadbirning ilk kunidagi muzokaralarda oliy ta’lim strategiyasi, eng ilg‘or amaliyotlar va hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Yakunda esa O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlashga oid tashkilotlari o‘rtasida anglashiluv memorandumi imzolandi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrugʻi bilan Shaydullayev Alisher Shapulatovich ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Alisher Shapulatovich 1986-yil Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug'ilgan.
U Magistratura va doktorantura bosqichlarida Germaniya va Fransiyaning nufuzli ilmiy-tadqiqot, stajirovka grantlari sohibi, YUNESKOning akademik tadqiqot granti sohibi.
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti arxeologiya kafedrasi dotsenti, Termiz davlat universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Stol tennisi bo'yicha “Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichida TerDU g'oliblikni qo'lga kiritdi
🟢Taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
🟢Qishning soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga qish zavqini ulashdi
🟢Aziz talabalar, is gazidan ogoh boʻling!
🟢Termiz davlat universiteti 70 yilligiga bag'ishlangan logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qilindi
🟢Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova hamda Hamid Olimjon obrazlari talabalar talqinida
🟢“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
🟢"Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovi davom etmoqda
🟢 “Termiz universiteti” gazetasining navbatdagi sonini mutolaa qildingizmi?
🟢“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” bilimlar tanlovi o‘tkaziladi
🟢“Aniq fanlar kechasi” boʻlib o'tdi
🟢Media makonda milliy kontent yaratishda navbatdagi qadamlar
🟢“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi”
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | You tube | Sayt
#aniq_fanlar_kechasi
🗣Termiz davlat universiteti akademik litseyida aniq fanlar yoʻnalishi 1-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Aniq fanlar kechasi” oʻtkazildi.
Unda “Everest”, “Star team” va “Al-Xorazmiy izdoshlari” jamoalari oʻzaro bellashdilar.
➡️Yakuniy xulosalarga koʻra, jamoalar quyidagi natijalarni qoʻlga kiritishdi:
🥇“Everest”
🥈“Al-Xorazmiy izdoshlari”
🥉“Star team”
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#mutolaa #universitet_gazetasi
✅ “Termiz universiteti” gazetasining 2024-yil 29-fevral kungi (357)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
➖“Biz, bolalarimizni kuchli qilib tarbiyalashimiz kerak!”;
➖Bashariyat dahosiga ehtirom;
➖KPI:gʻalvir suvdan koʻtarildi;
➖Maʼnaviyat hal qiluvchi kuch;
➖“Boburnoma”ni oʻqish - tarixni ommalashtirishga xizmat qiladi;
➖Kutubxona - yoshlikning qutlugʻ manzili va boshqa qiziqarli materiallar chop etilgan.
Ha aytgancha oʻzingiz oʻqidingizmi, boshqalarga ham yetkazishni unutmang!
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
🗣Universitetda shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shoiraning ibratli hayoti, oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, insoniy fazilatlari, qoldirgan boy maʼnaviy merosi to‘g‘risida soʻz yuritildi.
🟢Yakunda eng faol talabalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
🟢Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova hamda Hamid Olimjon obrazlari Termiz davlat universiteti talabalari talqinida...
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#Talabalar_bahori
#Yugurish_marafoni
Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali doirasida talabalar ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Unda barcha yoshlar qatorida Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, “Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” istirohat bogʻi chorrahasiga qadar 3 km masofani bosib oʻtdilar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
📣 Termizliklar va shahrimiz mehmonlari diqqatiga!
Avval xabar berganimizdek, ertaga, 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan festival doirasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davomida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan:
⛔️ “Talabalar ommaviy yugurish marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 10:00 gacha Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi, Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahadan “Begoyim” restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan “Barkamol avlod” va “Boboqo‘rg‘on”, shuningdek, “Boboqo‘rg‘on” hamda “Dilnavo” ko‘chalari chorrahasi orqali Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining “Bolajon” bog‘igacha bo‘lgan qismida;
⛔️ “Talabalar ommaviy velomarofoni” hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 24:00 gacha Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining "Temir yo‘l vokzali" yonidagi chorrahasidan “Bolajon” bog‘idagi chorrahasigacha bo‘lgan qismi transportlar harakati uchun to‘liq yopiladi.
❗️“Talabalar bahori” yoshlar festivali ommaviy tadbirlarining xavfsiz o‘tishi hamda tadbir munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ushbu ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, piyodalar hududiga aylantirilishi sababli yo‘lovchilarga piyoda sayr qilishni, haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#infografika #ustuvor_vazifalar
Oliy ta’limda ilg‘or muhandislik maktabini yaratish strategiyasi: ustuvor vazifalar hamda kutilayotgan natijalar
___
Стратегия создания передовой инженерной школы в высшем образовании: приоритетные задачи и ожидаемые результаты
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
✅O‘zbekiston-Buyuk Britaniya taʼlim forumi
🟢Xabaringiz bor, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida ikkinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda. Forum doirasida Termiz davlat universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Norvich til ta'limi instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
NILE - ingliz tilini o'rgatish bo'yicha jahondagi eng yirik ta'lim va rivojlanish provayderlaridan biridir. 1995-yildan beri 60 dan ortiq turli mamlakatlardan 70 000 dan ortiq o'qituvchilarni tayyorlagan. Shuningdek
,Kembrij CELTA va DELTA va ELT o'qituvchilari va trenerlari uchun maxsus qisqa muddatli mutaxassislik kurslari ishlab chiqilgan.
📣 Qadrli surxondaryolik yoshlar!
⚡️ 2024-yilning 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Festival kundaligidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
🕑 soat 08:00 dan 09:00 gacha – Talabalar ommaviy yugurish marafoni (“Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” istirohat bog‘i chorrahasiga qadar 3 km masofaga);
🕑 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Talabalar ommaviy velomarafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab 3 km masofaga);
🕑 soat 10:00 dan 12:00 gacha – “Hashar – biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Ekologik marafon” aksiyasi doirasida “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi (Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida);
🕑 soat 10:00 dan 13:00 gacha – “Muzeylar – yoshlar nigohida” (Termiz arxeologiya muzeyiga sayohat);
🕑 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi (“Surxon” sport majmuasi);
🕑 soat 11:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida kurash musobaqasi (“San’at saroyi” amfiteatrida);
🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “QVZ” ko‘rik-tanlovi (Termiz muhandislik-texnologiya institutida);
🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini (Yoshlar markazi binosida);
🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizg‘a” tanlovlari (Baxshichilik maktabida);
🕑 soat 11:00 dan 18:00 gacha – Kamondan o‘q otish, badiiy gimnastika, stol tennisi, shaxmat, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kuch sinash va milliy sport musobaqalari (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan pavilonlarda);
🕑 soat 12:00 dan 13:00 gacha – “Ekologik loyihalarni amalga oshirilishida chet el tajribasi” mavzusida chet davlatlarda o‘qiyotgan yoshlar bilan ZOOM platformasi orqali muloqot uchrashuvi (Yoshlar markazi binosida);
🕑 soat 14:00 dan 17:00 gacha – Talaba qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa (Termiz davlat pedagogika instituti sport zalida);
🕑 soat 16:00 dan 18:00 gacha – “Ijodimda Vatan timsoli” yosh rassomlar va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tanlovi (“San’at saroyi” favvorasi atrofida);
🕑 soat 17:00 dan 19:00 gacha – “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab);
🕑 soat 17:30 dan 18:30 gacha – Talabalar o‘rtasida “Osh” tanlovi (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan OTM pavilonlarida);
🕑 soat 19:00 dan 21:40 gacha – Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti (“San’at saroyi” old maydonida);
🕑 soat 21:40 dan 22:00 gacha – Festival tanlovlari g‘oliblari va faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi (“San’at saroyi” old maydonida);
🕑 soat 22:00 da – Mushakbozlik va lazer shou (“Sa’nat saroyi” old maydonida).
💫 Barcha qalbi qaynoq, shahdu shiddati, g‘ayratu shijoatli yoshlarimizni ushbu yoshlik va birdamlik festivaliga taklif etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#E'tirof
🟢8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda universitetda faoliyat yuritayotgan 700 nafar muhtarama professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar, hamda faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
🟢To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan dilbar ayollarni dastlab universitet rektori A.Toshqulov nafosat va go‘zallik bayrami bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, bugun universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar har jabhada faollik koʻrsatib, salmoqli natijalarni qayd etishmoqda.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 265 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shundan olimalar soni 90 nafar boʻlsa, ularning 15 nafari 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlardir.
#musobaqa #TerDU
🟢8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetning ayol professor-o'qituvchilar hamda ishchi xodimlar o'rtasida basketbol (savatga to'p tushurish), stol tennisi, darts (nishonga olish) bo'yicha musobaqa tashkil etilmoqda.
🍔 Ishtirokchilar 6-mart kuni soat 09:00 gacha o‘z jamoalarini shakllantirgan holda ro‘yxatdan o‘tishlari so'raladi. Musobaqaga 10:00 da start beriladi.
📍 Universitet sport majmuasi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Tafsilot
✅Universitet rektori Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasining faoliyatini muhokama qildi
🟢Fakultetda tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab oʻquv jarayoni va taʼlim sifati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xato hamda kamchiliklar boʻyicha maʼlumot berildi.
Shundan soʻng jamoaning KPI tizimida qayd etgan natijalarini taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ma'lumot uchun, ushbu fakultet KPI tizimida universitet fakultetlari orasida 8 oʻrinda boʻlib, ilmiy salohiyat 52,38% ni tashkil etadi. Hozirda fakultetdan KPI tizimi boʻyicha 210 nafar oʻqituvchidan bor yoʻgʻi 17 nafar oʻqituvchi ustama haq olmoqda.
Yangi mavsumga start berildi
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Tanlovda ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting! Arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📑Adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi rasmlardan tanishib olishingiz mumkin.
🤝Aziz yoshlar, sizlarning har biringiz oʻz oilangizga avtomobil sovgʻa qilish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun kitob oʻqishingiz va tavlovda gʻolib boʻlishingiz kerak. Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz!
📢 Diqqat e’lon: Ijtimoiy roliklar tanlovi muddati uzaytirildi!
Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ijtimoiy roliklar tanlovi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida ishtirokchilardan kelib tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda videomateriallarni qabul qilish muddati yana bir oyga uzaytirildi.
Yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida “Uyg‘onish sari yo‘l” g‘oyasi asosidagi ijtimoiy roliklar tanloviga videolavhalar quyidagi mavzularda qabul qilinadi:
➖ Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;
➖ Surxondaryo - janub gavhari;
➖ Oila – ma’naviyatimiz tayanchi;
➖ Ota - oila ustuni;
➖ Muallim – jamiyat ko‘zgusi;
➖ Mehr-oqibat — hamjihatlik ifodasi;
➖ Odob oltindan afzal;
➖ Ilm – saodat kaliti, ilmsizlik – jaholatdir;
➖ Asl boylik — qanoat;
➖ Musaffo tabiat;
➖ Qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi;
➖ Halollik vaksinasi.
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
🔹 qisqa lavhalar orqali mavzuni to‘liq yoritib berish;
🔹 mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
🔹 kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
🔹 kamida HD formatda bo‘lishi.
Tanlov uchun materiallar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 31-martgacha qabul qilinadi.
Ishtirokchilar o‘zlari haqidagi qisqacha ma’lumot va materiallarini quyidagi manzillarga yuborishlari so‘raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
+99893 239 00 95;
+99891 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga muvofiq Termiz davlat universitetida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari, vohalik yosh vaynerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun “Media makonda milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Axborot maydonini bugungi kun talabi va xalqimiz ehtiyojiga mos milliy kontent bilan to‘ldirish, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarning boy merosini tarannum etuvchi media mahsulotlarini yaratish, dunyo axborot makonida milliy manfaat va maqsadlarimizni dadil olg‘a surish bilan bog‘liq masalalarda chora-tadbirlar belgilab olindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1908
#Surxondaryo #mediamakon #milliykontent #seminar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#tanlov #talabalar
DIQQAT, TANLOV!
⚡️15-mart — Butunjahon iste'molchilar kuni munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” bilimlar tanlovi o‘tkaziladi.
🟢Tanlovda olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan, bakalavriat (kunduzgi) ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
🔗Batafsil ma’lumot: raqobat.gov.uz
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#QVZ
Talabalar o'rtasida "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovi davom etmoqda
Xabar berganimizdek, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrlash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo ligasi bo'lib o'tmoqda.
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining "Xakkerlar", tarix fakultetining "Tarixdagi bolalar" hamda Ijtimoiy fanlar fakultetining "Pozitiv" jamoalari 3 ta shart asosida bellashdi.
O'zlarining tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etgan "Xakkerlar" va "Tarixdagi bolalar" jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
❤Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarning telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🕊Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat prokuraturasi telegram kanaliga ulanish
🕊Adliya boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Ichki ishlar boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Bojxona boshqarmas kanaliga ulanish
🕊Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Soliq boshqarmasi kanali ulanish
🕊Statistika boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Transport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kanaliga ulanish
🕊Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali kanaliga ulanish
🕊“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali kanaliga ulanish
🕊“O‘zsuvta’minot” AJ viloyat bo‘limi kanaliga ulanish
🕊Tabiat resurslari boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Oila va xotin-qizlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Yuksalish umummilliy harakati viloyat bo‘linmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat universiteti kanaliga ulanish
🕊Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Davlat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi kanaliga ulanish
🕊Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat Pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kanaliga ulanish
🕊Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Termiz muhandislik-texnologiya instituti kanaliga ulanish
🕊Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊"Termiz xalqaro aeroporti" MCHJ kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kanaliga ulanish
🕊Adolat sosial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi kanaliga ulanish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#70_yillik #logotip #tanlov
🗣QADRLI TALABALAR!
Termiz davlat universiteti 70 yilligiga bag'ishlangan logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi. Siz ham ushbu tanlovda o‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
📌 Tanlov shartlari:
- logotipda universitet faoliyati, qadriyatlari va ilmning ahamiyatini ifoda etish;
- betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi;
- zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib oladigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.
Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG hamda asl (ai, psd, cdr) formatda @TerDU_murojaatlar_bot botiga yuborilishi so'raladi.
⏲ Loyihalar 2024-yil 10-mart soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
✅ G'olib tanlov hay'atning yakuniy xulosasi asosida aniqlanib, 2024-yil 15-martda @terdu340 rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi.
🔗Tanlov g‘olibi Termiz davlat universiteti tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi!
Telegram |Facebook | You tube | Sayt