“Nimagaki erishgan boʻlsam, nimaki topgan boʻlsam, hammasini kitobdan deb bilaman...”
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#e’lon
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.
Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.
Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.
Bizni kuzating
#mutolaa #universitet_gazetasi
🗣 “Termiz universiteti” gazetasining 2024-yil 19-aprel kungi 360-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
➖Rektorlar forumidan reportaj;
➖Muhim masalalar muhokamasi;
➖Aziza Xolboyevaga — Tahsin;
➖Millat o'z tarixini o'zi yozsin;
➖“Yutuqlarimizning muallifi o'zimiz;
➖Aslida tyutor kim va boshqa qiziqarli materiallar chop etilgan.
📰Elektron shaklini yuklab olish.
Bizni kuzating
#Boysun_bahori
“Boysun bahori” - milliy qadriyatlar qadr topgan ushbu festival xorijlik sayohlar nigohida boʻlib turibdi.
Termiz davlat universiteti pavilonida namoyish etilayotgan folklor chiqishlar, hunarmandchilig-u, turli san’at namunalari, milliycha bezatilgan qora uylar bayram jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur festival 7-may kuniga qadar davom etadi.
#Boysun_bahori
Festivaldagi Termiz davlat universitetining paviloni ishtirokchilar e'tiborida.
@terdu340
#Boysun_bahori
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni qiziqarli taassurotlar bilan boshlandi
Bir tomonda havo sharlari uchirish tadbirlari, velo marafon musobaqalari o'tkazilayotgan bo'lsa, yana bir tomonda esa milliy taomlar ko'rgazmasi turli qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz namoyish etilmoqda.
Bularning barchasi xorijlik sayyohlarning "Ochiq osmon ostidagi muzey" hisoblangan Boysun tumaniga bo'lgan qiziqishlarining oshishiga sabab bo'lmoqda.
Bugun kun davomida xorijlik folklor jamoalarning chiqshlari, milliy hunarmanchilik koʻrgazmalari, gala konsert va bir qator tadbirlar oʻtkaziladi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari
Bugun “Boysun bahori” festivali Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#xalqaro_konferensiya
🟢“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Termiz davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
🔗 Konferensiya haqida batafsil...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#LIVE
Konferensiyaning boshlanish jarayonlaridan lavha...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#boysun_bahori
🗣"Boysun bahori" festivali ishtirokchilarini Termiz davlat universitetining paviloniga chorlab qolamiz!
Unda oliygoh qoshidagi «Jayxun» folklor etnografik ansamblining chiqishlari, milliy libos va rasmlar hamda kulolchilik namunalari ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari va turli tomoshalar o‘rin olgan. Festival shukuhini his qilishingiz uchun Termiz davlat universiteti paviloniga albatta tashrif buyuring.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
🟢Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Boysun bahori” festivaliga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Fan_olimpiadasi
✅Prezidentimizning “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorlari asosida har yili oʻtkazib kelinayotgan fan olimpiadasiga start berildi.
🟢Yoshlar orasida kimyo va biologiya boʻyicha iqtidorli, qobiliyatli va isteʼdodlarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning roʻyobga chiqishiga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Termiz davlat universiteti tomonidan viloyatdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada 1000 nafardan ortiq bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 72 nafar o‘quvchilar viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu olimpiadaning viloyat bosqichida 1-2-3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar Davlatimiz rahbarining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 2 kun qoldi.
Ushbu festival doirasida Termiz davlat universitetida milliyligimizni o'zida aks etgan qator tadbirlar o'tkazilmoqda.
Milliy libos va sanʼat fakultetida “Surxon fashion day” liboslar namoyishi boʻlib oʻtdi. Unda mazkur fakultetda tahsil olayotgan dizayner talabalar milliy matolarimizdan foydalangan holda yaratgan ijod namunalarini namoyish etishdi.
Koʻrgazmada ishtirok etgan Toshkent toʻqimachilik va Yengil sanoat instituti professor-oʻqituvchilari yosh dizaynerlarning ishlarini yuqori baholashdi hamda fikr-maslahatlarini berishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_konferensiya
⚡️TRIGGER loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida “Markaziy Osiyo sharoitida universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirishda TRIGGER loyihasining targʻibot faoliyati” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Unda TerDU xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi xodimi, hamkor oliy taʼlim muassasalari vakillari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etib, loyiha doirasida atroflicha soʻz yuritishdi.
Konferensiyada dastlab TRIGGER loyihasi doirasida TerDUda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, natijalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, maʼruzachilar “Tadbirkorlik taʼlimi va koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha tajribalar”, “Talabalarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirish”, “Raqamli texnologiyaning afzallik va kamchiliklari” mavzularida ma'ruzalar qilishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar hamda iqtisodiyot va turizm fakultetlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish“, ”Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish" mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda talabalarga mazkur illatning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonlariga talabalarni ham keng jalb etish, uni butunlay yoʻq qilishda barcha birdek harakat qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Akademik va talabalar uchrashuvi
🟢Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv tashkil etildi.
Universitet rektori ochib bergan ushbu tadbirda tarixchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazmunli kechgan uchrashuv davomida vatanparvarlik va fidoyilik kabi mavzularda suhbat olib borilib, akademik tomonidan talabalarga kerakli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🗣 Korrupsiya haqida xabar berganlarga nimalar kafolatlanadi?
📝O'zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_19
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Tadjiyeva Mastura Fayzullayevnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bо‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida Love/Muhabbat konseptining reprezentatsiyasi” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi.
Viloyat rahbari mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdi.
Shuningdek, turizm kompleksi hududidagi mehmonxonaning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Ayni vaqtda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
No comment | Surxoncha raqslar va kuy-qo‘shiqlar, milliy urf-odatlar, liboslar hamda hunarmandchilik namunalari namoyishi
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkazilayotgan turizm kompleksi hududida tashkil etilgan shahar va tumanlar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlarida tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланди.
Форумнинг ялпи сессиясида БМТ Бош котиби ўринбосари Татяна Молчан, Қирғизистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси Ақилбек Жапаров, Туркия вице-президенти Жавдат Йилмаз, Саудия Арабистони энергетика вазири Абдулазиз бин Салмон Ол Сауд, Сингапур Парламенти Спикери Сиа Киан Пенг, Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо, ОПЕК Халқаро тараққиёт жамғармаси президенти Абдулҳамид Ал-Халифа ҳам қатнашмоқда.
Сессияга CNN телеканали журналисти Ричард Квест модераторлик қилмоқда.
Айни дақиқаларда ялпи сессияда Президентимиз нутқ сўзламоқда.
Facebook|Instagram|X
#sana
📅 2014-yilning aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1-may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Aynan shu kuni mamlakatimizdagi barcha favvoralar o‘z ishini boshlaydi.
Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti hovlisida ham favvoralar ishga tushurildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
“Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda.
Universitet rektori ochib bergan anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva hamda Fransiya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan olimlar va Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilm-fan vakillari o‘z ma'ruzalari bilan chiqish qilishmoqda.
Konferensiya davom etayapti...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#LIVE
⭕️Birozdan soʻng Termiz davlat universitetida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bagʻishlangan “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining 1-kuni tadbirlari bilan tanishing:
🗓 1-may, 2024-yil:
🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Termiz xalqaro aeroporti va Boysun temir yo‘l vokzalida festival mehmonlarini tantanali kutib olish;
🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#dala_amaliyoti
🍃 "Darband oʻquv amaliyot markazi”da talabalar uchun ilk bor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi
✅Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari botanika kafedrasi professor–oʻqituvchilari rahbarligida Boysun tumanidagi “Darband oʻquv amaliyot markazi”da oʻquv mashgʻulotini olib borishdi.
Talabalar “Oʻsimliklar qoplamiga geobotanik tavsif berish”, “Dorivor oʻsimliklarni tur-xillarini aniqlash”, “Togʻ, adir, yaylov oʻsimliklari, ularning morfologiyasi, tarqalishi va ekologiyasi” mavzulari doirasida yangicha yondashuv asosida dorivor va kamyob oʻsimliklarni oʻrganishdi hamda nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumani Mustaqillik va Chorchinor mahallasidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammolarini tingladi.
Muloqot davomida yoshlar, tadbirkorlik, o‘zini-o‘zi band qilish bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal etish masalalarida murojaat qilishdi. A.Toshqulov har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berib, ijrosi bo‘yicha aniq muddat belgilab berdi. Shuningdek, ular uchun Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga sayohat tashkil etish rejalashtirildi.
Mazkur uchrashuv Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
#so‘rovnoma
📣 Joriy yilning 29-30-aprel kunlari talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maqsadida so'rovnoma o'tkazilmoqda.
Mazkur so'rovnomada Termiz davlat universiteti talabalari, professor-oʻqituvchilarni ham faol ishtirok etishga chorlaymiz.
❗️Soʻrovnomada ishtirok etish uchun survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiriting va oʻz fikringizni bildiring.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv
Biz korrupsiyaga qarshimiz
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Tyutorlar uchun oʻquv kurslari tashkil etildi
Rektor talabalarga mahorat darsini oʻtdi
Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv
Termiz davlat universiteti va Qozon federal universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi
"Ilmiy-tadqiqot markazi"ga 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi
“Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tafsiloti
Yoshlar va ekologiya
Rektor A.Toshqulov "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etilgan universitet pavilionini ko'zdan kechirdi
“Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tdi
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
📣 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat!
Barcha ilm-fan vakillarini “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun taklif etamiz.
2024-yil 1-may kuni Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.
Mazkur konferensiyada to'g'ridan-to'g'ri hamda onlayn ishtirok etishingiz mumkin.
☎️ Anjumanda masofadan ishtirok etish istagini bildiruvchi talabgorlar, quyidagi +99897-244-16-00 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Boshlanish sanasi va vaqti:
🗓 1-may, soat 14:00;
Manzil: 📍Termiz davlat universiteti
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter