"Boysun bahori" xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, mehmonlarni kutib olish hamda shahar hududini obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 4 kun qoldi.
Bugun rektor A.Toshqulov Termiz davlat universiteti pavilionini ko'zdan kechirib, tayyorgarlik ishlarini yakunlash bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar berdi.
@terdu340
Termiz davlat universitetida “Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda Rossiya, Tojikiston, Qozigʻiston, Belarussiya, Polsha mamlakatlari olimlari, Respublika OTMlaridan ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikni rivojlantirish sohasidagi ilmiy yutuqlarni koʻrsatish, ilmiy tadqiqot natijalarini taʼlim amaliyotiga integratsiyalashning samarali mexanizmlarini izlash maslalarini muhokama qilishdi.
“Zamonaviy, jadal rivojlanayotgan kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari dunyosida baʼzilar til va adabiyot oʻz ahamiyatini yoʻqotgan deb oʻylashadi, ammo bu haqiqatdan uzoqdir" — dedi, konferensiyada ishtirok etgan rektor A.Toshqulov.
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
📹Talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish hamda badiiy savodxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvdan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#OAV #xaqaro_hamkorlik
Termiz davlat universiteti va Qozon federal universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Ijodiy_uchrashuv
Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan inson. U nafaqat nazmda, balki nasrda ham oʻzining alohida oʻrniga ega.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_uchrashuv
📹Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid ishtirokida talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvdan...
Bizni kuzating
#Tyutorlar_oʻquv_kursi
⚡️Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida faoliyat yuritayotgan 51 nafar tyutorlarning malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari olib borilmoqda.
Maxsus seminarlar tashkil etilib, malakali trenerlar tomonidan “Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati”, “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar”, “Besh muhim tashabbus — yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish mexanizmi”, “Axborot xurujlari va mediamadaniyat” kabi mavzularda jami 42 soatlik maʼruzalar o'tilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_uchrashuv
📣TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda
Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Rektor Abduqodir Toshqulov tadbirni ochib berar ekan, shoirning mazmunli ijod va hayot yoʻli haqida toʻxtalib, uning sheʼrlarida oʻrganish lozim boʻlgan mavzular juda koʻp ekanligini eʼtirof etdi.
Vatan, Ona, tinchlik, sadoqat, muhabbat kuychisi S.Sayyid talabalar bilan samimiy suhbat chogʻida bolalik yillari, adabiy muhit, sheʼrlarining yaralish tarixi haqida soʻzlab berdi.
Uchrashuv yakunida shoir talabalar uchun universitet kutubxonasiga oʻz kitoblaridan sovgʻa qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_18
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovichning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda 03.00.06 – «Zoologiya» ixtisosligi bo‘yicha «Surxondaryo suv havzalarining baliqlari (Actinopterygii: Teleostei) faunasi» mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#boysun_bahori
Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Ushbu xalqaro festival doirasida Termiz davlat universitetiga ajratilgan pavilionda ham festivalni yuqori saviyada o'tkazish uchun universitet jamoasi tomonidan tayyorgarlik ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
@terdu340
#jarayon
📣 Anjuman doirasida Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shodurdi Meredev Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz arxeologiya muzeyida boʻlib, bu yerda saqlanayotgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan "MAXTUMQULI FIROG‘IY - DO‘STLIK KUYCHISI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
#uchrashuv
Termiz davlat universiteti Akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Otalarning farzand taʼlim-tarbiyasidagi masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Akademik litseyida navbatdagi “Otalar bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etilib, unda otalar va nuroniylar hamda oʻqituvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘quv yili davomida alohida faollik ko‘rsatgan Isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarning natijalari eʼtirof etilib, ularning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_anjuman
📣Termiz davlat universitetida “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#hordiq
⚡️Termiz davlat universitetida “Mutolaa” loyihasi taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tdi. Oliygoh talabalari ushbu film namoyishini juda katta qiziqish bilan onlayn tomosha qildilar.
Bizni kuzating
#davra_suhbati
Termiz davlat universitetida “Yoshlar va ekologiya” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev, universitet rektori Abduqodir Toshqulov, partiya faollari hamda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida ekologik ta’lim va qonunchilik, yoshlarning tabiatni muhofazalashga oid loyihalarda faolligini oshirish, bu borada davlat, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada kuchaytirish, atrof-muhit muhofazasida yoshlarning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Bizni kuzating
TerDUdagi "Ilmiy-tadqiqot markazi"ga arxeologiya yo‘nalishi uchun 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi
Universitetda ilm-fanni rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy texnik bazasini boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bizni kuzating
#brifing
Bugun, soat 14:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida 2024/2025-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarini tashkil etish holati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tadi.
🎥 Brifingni Vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari hamda "O‘zbekiston" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
___
Сегодня в 14:00 в АИМК пройдет брифинг по вопросам организации приема в профессиональные образовательные учреждения на 2024/2025 учебный год с участием руководителя пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузовой.
🎥 Смотрите брифинг на официальных страницах министерства и АИМК в Facebook.
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/
Bizni kuzating
Men dunyoda nima qildim? Oʻzing yorugʻ jahonim.
Oʻzimga xon, oʻzim sulton, Sen – taxti Sulaymonim...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#mahorat_darsi
Rektor A.Toshqulov tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talabalariga mahorat darsini oʻtib berdi
Erkin va rasmiy formatdan yiroq boʻlgan ushbu uchrashuvda talabalarga Vatan rivojiga hissa qoʻshish, harakat va qatʼiylikka intilish, oʻz ustida izlanish, xorijiy OTM muassasalarida taʼlim olish, hayotni oʻzgartirishga undovchi eng sara asarlarni mutolaa qilish boʻyicha zarur tavsiyalarini berdi.
A.Toshqulov: oʻz bilimingiz, salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz, innovatsion gʻoyalaringiz bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishingiz uchun universitet sizni hamisha qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Ассалому алайкум,
Ҳурматли профессор-ўқитувчилар ва талабалар!
Шарқ подстанциясида таъмирлаш ишлари амалга оширилаётганлиги сабабли университет ҳудудидаги кўпгина биноларда, жумладан, 2-3-4-5-8-9-ўқув бинолар, Спорт мажмуаси, АРМ биноси, Илмий тадқиқот маркази (7-ўқув биноси), Ахборот технологиялари биноси (13-ўқув бино), 1-2-3-4-6-ТТЖларда бугун (24.04.2024) соат 13:00 гача электр энергиясида узилиш бўлишини маълум қиламиз.
#ijodiy_uchrashuv
"Ma'rifat ulashib" loyihasi
📣 Termiz davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi shoirlar bilan uchrashuv o'tkaziladi.
Loyiha mehmonlari sevimli ijodkorlarimiz: O'zbekison xalq shoiri Usmon Azim va shoir Dadaxon Muhammadiyev.
📅 Uchrashuv vaqti: 25-aprel, soat 10:00
📍Manzil: Rektorat binosi, katta majlislar zali
Barcha talaba-yoshlarni ushbu unutilmas uchrashuvga taklif etamiz!
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
⚡️Termiz davlat universiteti talabalari hamda barcha adabiyot ixlosmandlarini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan oʻtkaziladigan ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.
📅Sana: 23-aprel, soat 10:00
📍Manzil: Rektorat binosi, katta majlislar zali
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
“Biz korrupsiyaga qarshimiz”
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_anjuman
📹 Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Maxtumquli – do‘stlik kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
“Maxtumquli - doʻstlik kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini davom ettirmoqda
Ushbu xalqaro anjuman ishida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shodurdi Meredev, Oʻzbekiston Respublikasi Turkman madaniyat markazi raisi Guldona Avezdurdiyeva hamda Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Afgʻoniston va mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlaridan professor–oʻqituvchilar, tadqiqotchilar oflayn va onlayn tarzda ishtirok etmoqdalar.
Batafsil...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan "MAXTUMQULI FIROG‘IY - DO‘STLIK KUYCHISI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlanish arafasida.
@terdu340
#eslatma
📣Barcha ilm-fan, ta’lim sohasi vakillarini Termiz davlat universitetida “Maxtumquli - doʻstlik kuychisi” mavzusidagi Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
📅Sana: 2024-yil, 20-aprel
⏱Vaqti: soat 10:00
📍Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_anjuman
📣Termiz davlat universitetida “Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda zamonaviy psixologik tadqiqotlar: muammolar, yеchimlar, istiqbollari sohasida erishilayotgan yutuqlarni umumlashtirish, ularni mamlakatimizning taraqqiy etishiga yo‘naltirish, oila mustahkamligini ta'minlashga innovatsion-psixologik yondashuvlar, ijtimoiy psixologik muammolarni bartaraf etishning pеdagogik-psixologik shart-sharoitlarini o‘rganish anjumanning asosiy maqsadi qilib olingan.
Ushbu konferensiyada 4 ta shoʻba asosida xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan 10 nafar, respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar oflayn va onlayn tarzda oʻz maʼruzalari bilan qatnashib, yakunda shoʻbalar asosida o'z taklif va tavsiyalarini berishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating