#suhbat
TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan talabgorlar birinchi bosqich suhbat jarayonlaridan o‘tkazildi
Xabaringiz bor, TerDU 🇷🇺 Vladimir davlat universiteti, 🇧🇾Polotsk davlat universiteti hamda 🇨🇳Szyansu universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Yuqorida keltirilgan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar universitetning maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar keyingi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili imtihonida ishtirok etadilar.
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan treningda filial xodimi Aziza Nuriddinova tomonidan mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, unda ishtirok etish hamda ariza yuborish tartiblari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
‼️ TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING QO'SHMA TA'LIM DASTURLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Hurmatli abituriyentlar,
2024-yil 20-noyabr kuni Termiz davlat universiteti va nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha birinchi bosqich suhbat imtihoni bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.
🕐 Suhbat imtihonlari quyidagi tartibda o'tkaziladi:
Ertalab soat 8:00 da:
- Turizm va mehmondo'stlik
- Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili
- Iqtisodiyot
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun.
Soat 14:00 da:
- Lingvistika: ingliz tili
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti binosi, 105-xona.
📌 Mo'ljal: Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali ro'parasi.
❗️Abituriyentlardan quyidagilar talab etiladi:
✅ O'z vaqtida belgilangan joyga yetib kelish;
✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelish;
✅ Imtihon jarayoni tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilish.
ℹ️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
Tel: +998 93 638 80 26, +998 93 076 22 25
Telegram: @Normuminov_Salokhiddin, @Iskandar_Salimov
Har bir noto‘g‘ri qaror halollikdan uzoqlashtiradi. Korrupsiya hayotingizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymang!
Bizni kuzating
#InnoWeek2024
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblari sharaflandi
Tantanali marosimida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Sherali Xolmamatov “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#Iftixor
🇺🇿 Davlatimiz bayrog‘i — har bir o‘zbekistonlikning g‘urur va iftixor manbai.
Bizni kuzating
#bayroq33
🇺🇿 Bayrogʻimizning 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari professor-o‘qituvchilarni o‘zgacha kutib olishdi.
Bizni kuzating
🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor hissini in'om etadi. Jonajon yurtimiz bayrog'ining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Talabalar uchun ajoyib amaliyot imkoniyati! Young Professional Internships Program 2025 (YPIP 2025).
🎯 Xalqaro amaliyot dasturida ishtirok eting va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangizni boshlang!
Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (ACIE) vakillari YPIP dasturiga oid taqdimot uchun Termiz davlat universitetiga tashrif buyuradi. Ushbu taqdimotda siz:
🟢YPIP dasturining maqsadi va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olasiz;
🟢Real amaliyot tajribasi uchun qanday sharoitlar mavjudligi bilan tanishasiz;
🟢Dasturga ariza topshirish bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.
✅YPIP dasturi 2024-yilning yozida 105 nafar talaba uchun kichik va o‘rta biznes korxonalarida 3 oy muddatli amaliyot imkonini yaratadi. Dasturda ingliz tilidan kamida B2 darajasiga ega yuqori kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.
⏰ ACIE mutaxassislari bilan uchrashuv: 2024-yil 18-noyabr kuni soat 11:00 da
📍Manzil: Termiz davlat universiteti, Yuridik fakulteti, faollar zali.
Bizni kuzating
TerDUda Yapon tili kursi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Surxondaryo viloyati hokimligi va Termiz davlat universitetida Yaponiyalik mutasaddilar bilan olib borilgan muzokaralar mahsuli sifatida universitetning yoshlar markazida Yapon tili to‘garagi tashkil etilmoqda.
🎯 N5 guruh (noldan yapon tili darsi) dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 13:00 da
✅Bu guruhda siz o'rganasiz:
🟢 Yapon tili alifbosi (hiragana, katakana, va boshlang'ich kanji);
🟢 Yapon tili sertifikati boshlang'ich daraja, JLPT N5 uchun zarur grammatika va lug'at boyligi;
🟢 Yapon tilida boshlang'ich muloqot ko'nikmalari;
🟢 Yapon tilida qisqa metrajli anime va videolarni tarjima qilish;
🙋 Qabul qilinadigan o'quvchilar soni - 15 nafar,
❗️ Darslarga qabul tugash sanasi: 23-noyabr,
🇯🇵 Yaponiyada grantda o'qiyman degan maqsadingiz bo'lsa hamda Yapon tili va madaniyatiga qiziqsangiz, unda bu kurs siz uchun!
🔗Murojaat uchun: @Yodgorova95
Bizni kuzating
#ijara_xonadonlari
TerDU mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganildi
Termiz davlat universiteti birinchi prorektori O.Shofiyev boshchiligidagi mas’ul vakillar ijara xonadonlarida talabalarning dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Xonadon egalariga kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish choralarini ko‘rish va talabalarga zarur qulayliklar yaratish borasida tavsiya va maslahatlar berildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bizni kuzating
Vohamizda ijodiy safarda bo‘lib turgan Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatr jamoasi muhtasham san’at saroyida TerDU talabalari uchun ko‘ngilochar dastur namoyish etishdi.
"Kulgi va shodlik" kechasida Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrining bir necha mahoratli aktyor, aktrisalari va raqqosalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq, raqs va sahna ko'rinishlari talaba-yoshlarga xushnudlik, ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni kuzating
#inson_huquqlari #ijtimoiy_rolik
Meni ham eshiting!
📹Mening ismim O‘g‘iloy. Yoshim o‘n yettida. Orzum o‘qishga kirish…
Bizni kuzating
#natijalar
🎓 “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g'oliblari aniqlandi
Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Kuni kecha tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2348
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#jarayon
🔘Ayni damda TerDUning sport bazasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining voleybol turlari bo‘yicha hududiy bosqichi o‘tkazilayapti.
Unda viloyatimizdagi 6 ta OTM talabalari o‘zaro bellashishmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Kun_hikmati
Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur!
✍️ Jaloliddin Rumiy
🇺🇿Davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari o‘rtasida eng yaxshi videorolik, insholar va tasviriy san’at asarlari tanlovlari o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra,
🟢Insholar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Bahodirova Marjona (O‘zbek filologiyasi fakulteti);
2-o‘rin: Turdiyeva Aziza (Tarix fakulteti);
3-o‘rin: Ochilova Marjona (O‘zbek filologiyasi fakulteti).
🟢Videoroliklar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Akmurotov Otamurod (Yuridik fakulteti);
2-o‘rin: Olimnazarov Xayotbek (Yuridik fakulteti);
3-o‘rin: Oltibayeva Mohira (Fizika matematika fakulteti).
🟢Rasmlar tanlovi bo‘yicha:
1-o‘rin: Bekkeldiyev Jonibek (Milliy libos va san'at fakulteti);
2-o‘rin: Abduraxmonova Xurshida (Milliy libos va san'at fakulteti);
3-o‘rin: Xolmurodov Abdumanon (Milliy libos va san'at fakulteti).
Tashkil etilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#insholar_tanlovi
TerDUning professor-o‘qituvchilari Janubiy-g‘arbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘lishib, "Jadidlarda milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzusida insholar tanlovini o‘tkazishdi
Ma’lumki, armiya nafaqat qurol-aslaha, balki ona Vatan uchun jonini fido qilishga tayyor o‘g‘lonlari bilan qudratlidir. Harbiylarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishda albatta ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik madaniyatining o‘rni beqiyos, tanlov ham ayni jihatlar inobatga olingan holda tashkil etildi.
Bizni kuzating
ТеrDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
ТеrDU rektori Termiz shahri "Tinchlik" MFY hududidagi universitetga qarashli manzilda bo‘lib, quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi. Jarayonda mas'ullarga hududni obodonlashtirish, har bir qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 14.06.2024-yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida TerDUda qo‘shimcha 1000 kVt stansiya qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.
Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sana
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻining 33 yilligi munosabati bilan Xitoyda tahsil olayotgan TerDU talabalari so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Bizni kuzating
#Mutolaa
📁Hikoyalar: Mahallaning "Shayxi", "Toy", Qanoat
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 16:15
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
#behi_sayli
📹 Termiz davlat universiteti hududidagi bog‘da behi sayli.
📹You tube: https://youtu.be/7CNyTOryNmM
Bizni kuzating
#sana
📅 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni
TerDUda sana munosabati bilan "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz", "Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligi sharti" mavzularida ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Unda ishtirok etgan madaniy markazlar mas’ullari, universitetning professor-o‘qituvchilari "Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik — umrboqiy qadriyatlar" mavzusida ma’ruzalar qilishdi. Shuningdek, turli millatga mansub talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bizni kuzating
#Innoweek_2024 #taqdirlash
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni egalari taqdirlandi
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 14 nafar yosh innovatorlarni tabriklab, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi:
• Qoraqalpog‘iston — Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi
• Andijon — Xashimjon Xalimov Xamidjanovich
• Buxoro — G‘aniyev Baxtiyor Shukurullayevich
• Jizzax — Musayev Sharof Mamarajabovich
• Navoiy — Shodiyev Asliddin Faxriddin o‘g‘li
• Namangan — Meliboyev Miraʼzam Foziljon o‘g‘li
• Qashqadaryo — Toshmamatov Bobur Mansurovich
• Samarqand — Safarova Lola O‘lmasovna
• Sirdaryo — Alijonov Jasurbek Rustambek o‘g‘li
• Surxondaryo — Xolmamatov Sherali Rustam o‘g‘li
• Toshkent viloyati — Rashidov Quvonchbek Turg‘unboy o‘g‘li
• Toshkent shahri — Baymuradov Shoxrux Maxmudovich
• Farg‘ona — Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich
• Xorazm — Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27678
Bizni kuzating
TerDUda yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” va “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutor hamda 400 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi. Muloqotlarda korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan omil ekanligi hayotiy misollar bilan izohlandi.
Bizni kuzating
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar!
Mamlakatimizda 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabr sanasiga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Bizni kuzating