#tanlov
👨💻 Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlaringizni topshiring!
Tanlov yo'nalishlari:
🟢dastgohli rangtasvir;
🟢rangtasvir (turlari bo'yicha);
🟢grafika va miniatyura;
🟢haykaltaroshlik (turlari bo'yicha);
🟢amaliy san'at (turlari bo'yicha);
🟢dizayn (turlari bo'yicha);
🟢san'atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo'yicha)
Nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 10-iyun sanasiga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari zarur.
📝 Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish.
Qo'shimcha ma'lumot va murojaatlar uchun telefon: +998912356111
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#xushxabar
Hamyurtimiz Harvard universitetida fan doktorlikni himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi
Iqtisodchi Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ushbu universitetning ilk o’zbekistonlik fan doktoriga aylandi.
Botir Qobilovni ilmiy faoliyatidagi katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Bu ilmiy hamjamiyatimiz uchun katta muvaffaqiyat va bu bilan faxrdamiz. Kelgusida ularning safi kengayishiga umid bildiramiz.
___
Наш соотечественник стал первым узбекистанцем, защитившим степень доктора наук в Гарвардском университете
Экономист Ботир Кобилов успешно защитил научную диссертацию на получение степени доктора наук и стал первым доктором наук в настоящем вузе из Узбекистана!
Мы искренне поздравляем Ботира Кобилова с большим успехом в научной деятельности! Это огромный успех для нашего научного сообщества. Желаем расширения их рядов в дальнейшем.
Bizni kuzating
Buyuk Britaniyaning “Collins Dictionary“ inglizcha lugʻati sunʼiy intellekt (AI) soʻzini 2023-yilning asosiy soʻzi, deya tan oldi. Lugʻat sunʼiy intellektga “kompyuter dasturlari yordamida inson aqliy funksiyalarini modellashtirish” deb taʼrif bergan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Malakaviy_amaliyot
🍃100 nafarga yaqin talabalar malakaviy amaliyotni oʻtash uchun “Darband oʻquv amaliyot bazasi”ga jo‘nab ketishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Umarolarning ulamolarga ehtiromi
Alloma Taftazoniy Amir Temurning majlisida oyoqlarini og‘riq tufayli uzatib o‘tirgan edilar. Ba’zilar: «Bu sizga hurmatsizlik qilyapti!», deb, u kishini Temurga shikoyat qilishdi.
Amir Temur ularga qarata: «Nima qilayin? Mening saltanatim yetmagan joylarga uning kitoblari yetgan», deb javob qildi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#inklyuziv_ta’lim
Oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qancha o’quv qo’llanma, darslik va majmualar ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga joriy qilib kelmoqda.
Xususan, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi.
📚 O‘quv-metodik materiallar bilan ushbu havolalar orqali tanishish mumkin.
1. Imo-ishora nutqi segmentatsiyasi
2. Daktilologiya va imo-ishora nutqi
3. Inklyuziv ta’lim nazariya va metodika
4. O‘quv-metodik majmua
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)
Bizni kuzating
🎵 #Hisobot_konserti
Termiz davlat universitetining “Hisobot konserti” bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”da o'quv yilining yakuniga bag'ishlab tashkil etilgan konsertda universitet qoshidagi “Jayxun” folklor etnografik xalq ansambli, “Istiqlol yoshlari” orkestr jamoasi hamda estrada xonandalari o‘z ijod namunalari bilan chiqish qilishdi.
Konsertda talabalar professor-oʻqituvchilar, shahrimiz aholisi ishtirok etib, iqtidorli talabalarimizning chiqishlarini olqishlar bilan qarshi olishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Konferensiya
🇹🇯Tojikistondagi Sadriddin Ayniy nomli pedagogika universitetida I darajali Spitamen ordeni sohibi, tojikistonlik birinchi nemis tili oʻqituvchisi Rahim Burxonovning 115-yilligiga bagʻishlangan “Xorijiy tillarni oʻqitishni shakllantirish va rivojlantirishda kompetentli yondashuv” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Mazkur konferensiya anjumanida Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi Umida Imomova ham qatnashib, “Interkulturelle Kommunikation im Fremdsprachenunterricht” mavzusida maʼruza qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅Kun tartibidagi muhim masalalardan biri — ilmiy sohadagi ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalar tinglanib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.
Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining “Scopus” bazasidagi jurnallarda 2024-yilning bugungi kuniga qadar 40 ta maqolasi indekslandi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 50% ga koʻp. 2024-yilning oxiriga qadar har bir fakultetning professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan kamida 60% “Scopus” bazasidagi jurnallarda maqola nashr etish topshirigʻi yuklatildi.
Rektor: oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, pedagogik mahoratini oshirib borishida “Ustoz-shogird” usuli kutilgan natijani berishini bugungi davrning oʻzi koʻrsatib turibdi. Ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib oʻtib kelayotgan ustoz-shogirdlikni tizimga aylantirish taʼlim samaradorligini oshirishda yaxshigina natija beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konsert
Termiz davlat universiteti milliy libos va san'at fakultetining 2023-2024-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan "YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGRAR YANGI NAVOLAR" deb nomlangan hisobot konsert dasturi tashkil etilmoqda
📍Manzil: Vatanparvarlar bog'i
🕔Vaqt: 20-may soat 18:30
🔗Konsert dasturi bilan tanishish
Barcha talabalar va xodimlarni konsert dasturiga taklif qilamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#xushxabar
🎓Toshkent shahrida milliy va xorijiy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasi o‘tkazildi. Barcha hududlardan saralangan 98 nafar kurashchi talabalar chempionlik uchun kurash olib borishdi.
🏆Bellashuvlarda Termiz davlat universitetining 4 nafar sportchilari ham faol ishtirok etib, bitta oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ogʻir vazn toifasidagi Jahongir Mamatraximov raqiblarini yengib faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
pedagog.edu.uz axborot tizimidan oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish uchun attestatsiya imtihonlariga kirish ruxsatnomalarini yuklab olish tartibi bilan tanishing.
Bizni kuzating
18-may — Xalqaro muzeylar kuni
📷 O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohatni amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan bir qancha muzeylar havolasi:
🟢O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
🟢O‘zbekiston amaliy sanʼat muzeyi
🟢O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi
🟢O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi
🟢Temuriylar tarixi davlat muzeyi
🟢Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
🟢Qurolli Kuchlar muzeyi
🟢Shon-Sharaf muzeyi
🟢Temir yo‘llar tarixi muzeyi
🟢Abdulla Qahhor uy-muzeyi
🟢Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi
🟢Oybek uy-muzeyi
🟢Tamara Xonim uy-muzeyi
🟢O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
🟢Sergey Yesenin uy-muzeyi
🟢Sergey Borodin uy-muzeyi
🟢Yunus Rajabiy uy-muzeyi
📌Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman ishida xorij va mahalliy mutaxassislardan iborat 180 nafardan ortiq qatnashchi oflayn hamda onlayn tarzida ishtirok etishdi.
🟢Konferensiyada umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi uzviy va uzluksiz hamkorlik aloqalarining ahamiyatini ilmiy-nazariy asoslash, yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashda raqamlashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalanish muammolarining yechimi haqida soʻz bordi.
🟢Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini 4 ta shoʻbalarga bo'lingan holda davom ettirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Gʻoliblarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev va boshqa masʼullar diplom va sertifikatlarni topshirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/12409
Bizni kuzating
📍 "38.2493755,67.0302301,353m/data=!3m1!1e3!4m12!1m5!8m4!1e2!2s111445219399981436906!3m1!1e1!3m5!1s0x3f4adfc761c89bfd:0x1c7a7f851c31475d!8m2!3d38.2495147!4d67.0315482!16s%2Fg%2F11v0b4ccmp?entry=ttu">Darband oʻquv amaliyot bazasi" yosh tadqiqotchilar uchun qulay maskanga aylanmoqda
Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalar oliygoh tasarrufidagi "Darband oʻquv amaliyot bazasi"da dala amaliyotiga joʻnab ketishgani haqida xabar bergan edik.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#oʻquv_kursi
20-22-may kunlari Termiz davlat universitetida tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy bòlinma mutaxassislarining malakasini oshirish va kasbiy kònikmalarini rivojlantirish maqsadida 18 soatlik òquv kursi tashkil etildi.
Unda Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari trener sifatida yoshlar siyosati, oila va xotin-qizlar, qurilish, kommunikatsiya, ekologiya kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar qilishdi. Oʻquv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
TerDUda nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda
🌱 Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarga Surxondaryoning tog‘li hududida joylashgan oliygoh tasarrufidagi Darband o‘quv amaliyot bazasida auditoriyada o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishlari uchun mos muhit yaratildi.
Joriy 2023/2024 o‘quv yili yakunida universitetning 400 ga yaqin talabalari uchun ularning xavfsizligi taʼminlangan holda ushbu maskanda dala amaliyoti tashkil etildi.
Dastlabki amaliyotga boruvchi 100 nafar talabalar universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida tantanali tarzda kuzatib qo‘yildi.
Kuzatuv jarayonida rektor talabalarga amaliyotni o‘tash davrida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, vaqtdan unumli foydalanib, amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🎼 Termiz davlat universitetining “Hisobot konsert” dasturidan qisqacha videolavha
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Oʻzbekning shoira ayoli
🟢O‘zbek filologiyasi fakultetida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekning shoira ayoli” mavzusida adabiy kecha oʻtkazildi.
🟢Unda shoira oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi, oʻzbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelganligi eʼtirof etildi. Talabalar tomonidan shoira sheʼrlari mahorat bilan ijro etilib, hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar keltirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🗣💬👍
"Har kuni ertalab sizda ikkita tanlov bor: orzularingiz bilan
uxlashni davom ettirish yoki uyg'onib, ularni ta'qib qilish."
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi
🟢Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvon va darajalar berilgan o'qituvchilarga professor, dotsent hamda falsafa doktori (PhD) attestat hamda diplomlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti🟢
🟢Sejong universitetida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishni istaysizmi? (video)
🟢Rektor “Ilgʻor texnologiyalar ilmiy-tadqiqot markazi”ni foydalanishga topshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (video)
🟢15-may – Xalqaro oila kuni
🟢Anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyada 700 nafar yosh tadqiqotchi talabalar ishtirok etishdi
🟢Universitet mas’ullari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
🟢Akademik bilan tarixiy uchrashuv
🟢“Baxtli oila — saodat kaliti” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢"Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Scopus va Web of Science) foydalanish" mavzularida tashkil etilgan seminar-trening tafsiloti
🟢TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi
🟢 “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi g'oliblari aniqlandi
🟢Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🟢Termiz davlat universitetida o'tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasidan reportaj (video)
🟢Biz korrupsiyaga qarshimiz
🟢“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida bo'lib o'tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiya haqida (video)
🟢Professor-oʻqituvchilarning qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#LIVE
⚡️Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining pedagoglari uchun attestatsiya test sinovlari bo'lib o'tmoqda
🔘 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilinmoqda va jarayonlarni quyidagi havolaga o‘tgan holda onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
http://imtihon.tersu.uz/#Test
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
🟢Ilmiy-amaliy konferensiya fakultetlar miqyosida 26 ta sho‘ba bo‘yicha o‘tkazildi. Unda 600 dan oshiq professor-o‘qituvchilar sho‘balar bo‘yicha bellashib, har bir sho‘ba bo‘yicha 1-, 2-, 3-orinlar belgilandi. O‘rin olgan o‘qituvchilar maqolalari to'plamga kiritildi va to‘plam o‘qituvchilarga tarqatildi.
🟢 Bugun Ilmiy-amaliy konferensiyaning yakuniy qismida fakultetlarda o'rin olgan professor-o‘qituvchilar 4 ta (aniq va tabiiy fanlar, iitimoiy-gumanitar fanlar, tillar, muhandislik, san’atshunoslik va sport) sho‘balarda o'zaro bahslashdi va yakunda g‘oliblar aniqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz
🟢Termiz davlat universiteti akademik litseyi I va II kurs o‘quvchilari ma’naviyat soatida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusi yuzasidan fikr-mulohazalar yuritdilar. Shuningdek, o‘quvchilar guruh rahbarlari bilan korrupsiyaga qarshi chellenjlar tashkil etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating