#Karyera_kuni #Job_Fair2024
✅Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Karyera_kuni #Job_Fair2024
✅Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi
💻Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi.
🎓2022/2023-oʻquv yilida Termiz davlat universitetini tamomlagan bitiruvchilarning bandligi 87,4% ga taʼminlangan. Joriy oʻquv yilida universitetni 9000 nafardan ortiq bitiruvchi tamomlab, diplom oladi. Mazkur mehnat yarmarkasi ushbu bitiruvchilarga oʻzlari uchun munosib ish oʻrinlarini topishlariga imkon berdi.
👥Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar bilan korxona, tashkilotlar vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlashga xizmat qildi.
Yarmarka doirasida tashkil etilgan koʻrgazmadan 13 ta fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalarning ijod namunalari, ishlanmalari oʻrin olgan boʻlib, ish beruvchilar tomonidan katta qiziqish bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#repertuar
🎙TerDU tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishi talabalari “Yozma tarjima”, “Badiiy tarjima” fani darslarida sheʼriy matnlarni tarjima qilishda faollik ko'rsatishmoqda. Bu borada ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Joʻraali Solijonov yaqindan yordam bermoqda. Shu orqali talabalarda ijodiy matnlar, qoʻshiq va sheʼrlarni amaliy tarjima qilish qobiliyati shakllantirilyapti.
I remember when
I remember, I remember when I lost my mind
There was something so pleasant about that place
Even your emotions have an echo in so much space...
Men aqldan ozdim,
Men o'zimdan tondim,
Men aqldan ozdim(mi?)
Ehtimol?
Does that make me crazy?
Does that make me crazy?
Does that make me crazy?
Possibly...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#TRIGGER_loyihasi
✅ Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
🟢Qozog'iston Respublikasidagi Yevroosiyo milliy universitetida o'tkazilgan tadbirda univetsitetimiz rahbariyati tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot berildi, loyiha sub-lideri sifatida hamkor Yevropa va Markaziy Osiyo OTMlari oldida turgan ustuvor vazifalar ta'kidlab o'tildi, loyihaning jozibadorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.
🟢Ma'lumot uchun, TRIGGER loyihasi Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, 20 ga yaqin Yevropa va Markaziy Osiyo oliygohlarini o'zida birlashtirgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#№_20
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Shoymardonov Ilhom Alixonovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligida “Surxon vohasi bolalar folklori (o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va badiiyati)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Xalqaro_oila_kuni
🗓Termiz davlat universitetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Baxtli oila — saodat kaliti” mavzusida Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi malaka oshirish markazi Surxondaryo mintaqaviy filiali hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda oilaparvarlik, oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uni asrash hamda mustahkamlash xususida talabalarga tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ijro etilgan mavzuga doir sahna koʻrinishlari yigʻilganlarni fikr-mulohaza yuritishga chorladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Tafsilot
✅Universitet mas’ullari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda o‘quv jarayonlarining yakuni, davlat attestatsiyalari va yakuniy nazoratlarning shaffof hamda yuqori saviyada o‘tishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va qabul parametrlarning taqsimotlari ham ko‘rib chiqildi. Yakunda mas’ullarga ko‘rilgan masalalar bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#talabalar_konferensiyasi
✅ Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida oʻtkazilgan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasida 700 nafar yosh tadqiqotchi talabalar faol ishtirok etib, oʻz ilmiy salohiyatini namoyon etishdi.
🎓Magistr va bakalavr bosqichi talabalari konferensiyaning 25 dan ortiq shoʻbalarida oʻz maʼruzalari, ilmiy maqolalari bilan qatnashib, ilm-fan sohasining dolzarb muammolari, vazifalari va istiqbollari haqida fikr almashdilar.
📌 Tadbirda 75 nafar iqtidorli talabalar faxrli o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅ Yaqindagina qurib bitkazilgan Termiz davlat universitetining “Ilgʻor texnologiyalar ilmiy-tadqiqot markazi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv...
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#uchrashuv
📹Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti professori, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universiteti talabalari Sejong universitetida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi
Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti professor, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda mazkur universitet imkoniyatlari, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlari, Sejong universiteti qabul jarayonlari, yangi mutaxassisliklar, taʼlim grantlari toʻgʻrisida taqdimot qilindi.
Maʼlumot uchun, xalqaro THE reytingida 250, QS reytingida 436-oʻrinni egallagan Sejong universiteti elektronika va axborot, mehmonxona va turizmni boshqarish, raqs, animatsiya va badiiy gimnastika yo'nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ajralib turadi.
Shuningdek, uchrashuvda TerDU va Sejong universiteti o‘rtasida AI Finance MBA dasturini va talabalarimizni Sejong universitetida 6 oy yoki 1 yil davomida imtiyozli o‘qish dasturlarini yo'lga qo'yish haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Talabalar Sejong universitetida taʼlim olish shartlari, grantning afzalliklari boʻyicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga professordan batafsil javob olishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Vazir_kubogi
✅Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash milliy sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ilmiy_seminar
✅ Universitet ilmiy majmuasi tashabbusi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot grant tanlovlari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, mahalliy va xalqaro loyihalar hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish kabi mavzularda seminar-trening tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga universitet pedagog xodimlarining mehnat samaradorligini belgilovchi tizim — KPI (Key performance indicator)ning “ilmiy-innovatsion faoliyat” qismi boʻyicha tushunchalar berildi.
📌Ma’lumot uchun, bu kabi treninglar universitetning har bir fakultetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Milliy_qadriyatlar_sayli
✅Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni kashf etish maqsadida “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#taqdirlash
✅ Avvalroq Termiz davlat universiteti ilmiy majmuasi tomonidan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
🟢Bugun mazkur konferensiyada oʻz maʼruza va ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan 75 nafar talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Har bir shoʻba boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Yoshlarning ilmiy ishlarini toʻplam holatida nashr etish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🌐 #xalqaro_hamkorlik
🇰🇿🇺🇿 Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda yangi xalqaro loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so'ng A.Toshqulov Yevroosiyo milliy universitetidagi taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishib hamkor universitet professor-o‘qituvchilarini Termiz davlat universitetining 70 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga taklif etdi.
📌 Maʼlumot o‘rnida: QS reytingida 335-o‘rinni egallagan Yevroosiyo milliy universiteti bilan Termiz davlat universiteti o‘rtasida 2021 yilda shartnoma imzolangan bo‘lib, bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz ushbu universitet talabalariga maʼruzalar o‘qishgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. 24 nafar talaba portret janrida ijod qilib, milliy obrazlarni yaratishdi. Ranglar uygʻunligi va mavzular xilma-xilligi orqali ishtirokchilar oʻz isteʼdodini namoyish etishdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
🥇-oʻrin — Sarvinoz Boltayeva, Moxichehra Abdurahmonova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs)
🥈- oʻrin Nasiba Xurramova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs) hamda Shahzoda Jumayeva (Amaliy sanʼat yoʻnalishi 3-kurs)
🥉-oʻrin Madina Adirova (Rangtasvir yoʻnalishi 3-kurs) hamda Zubayda Karimova (Dizayn yoʻnalishi 1-kurs)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#seminar_trening
✅Universitetning ilmiy majmuasi tomonidan milliy libos va san'at hamda yuridik fakultetlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda magistrlari uchun "Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Scopus va Web of Science) foydalanish" mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida ilmiy tadqiqot loyihalari (fundamental, amaliy va innovatsion)ni shakllantirishdagi muammolar yechimi, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirish tartiblari va loyiha topshirishdagi texnik xatoliklarni bartaraf etish hamda Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish, soxta jurnallarni qanday farqlash shuningdek, H-indeksini yuqorilash bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qiziqarli_faktlar
✅️ Chumolilar o'z og'irligidan ellik baravar ko'proq narsani ko'tarishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Akademik bilan tarixiy uchrashuv
🟢Tarix fakultetida tarix fanlari doktori, professor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi.
Ahmadali Asqarov 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shu jumladan 16 ta monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston hududidagi ilk shahar va ilk ibodatxona qoldiqlari aniqlangan Jarqoʻton yodgorligining kashfiyotchisi. Dunyo tamaddunida beshinchi sivilizatsiya – Oks sivilizatsiyasini ilmiy isbotlagan olim.
Uchrashuvda zahmatkash olim oʻz faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bugungi Yangi Oʻzbekistonning tarixini yozish davomida paydo boʻlgan gʻoyalari va qarashlari bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy va savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda talabalar akademikdan arxeologik ekspeditsiyalarda kechgan yillari, ilmiy izlanishlari, tarixiy voqealar haqida soʻzlab berishlarini soʻrashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#eslatma
Qadrli vohadoshlar, aziz talabalar!
🧳 Sizni joriy yilning 17-may kuni universitetimizda tashkil etiladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.
🔎“Karyera kuni”da 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishadi. Ushbu yarmarkada faol ishtirok etib, o‘zingiz istagan kasbga ega bo‘ling!
📅 Sana: 2024-yil, 17-may
🕔Vaqti: 08:30
📍Manzil: 37.2345173,67.2848891,17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffc61512e5:0xa9327e0cb650584f!8m2!3d37.2343581!4d67.2859916!16s%2Fg%2F11cn8t5rnt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti 2-bino hovlisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
15-may – Xalqaro oila kuni
1993-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro oila yili toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasiga asosan 1994-yildan boshlab 15-may – Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Ushbu ilmiy markaz taʼlimdan boshlab, ilmiy ishlarni tijoratlashtiradigan yirik laboratoriyaga aylanadi — A.Toshqulov
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Kun_hikmati
Agarda, sevgan kasbingni tanlagan bo‘lsang, hayoting davomida bir kun ham ishlamaysan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Qadrli vohadoshlar, aziz talabalar!
🧳 Sizni joriy yilning 17-may kuni universitetimizda tashkil etiladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.
🔎“Karyera kuni”da 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishadi. Ushbu yarmarkada faol ishtirok etib, o‘zingiz istagan kasbga ega bo‘ling!
📅 Sana: 2024-yil, 17-may
🕔Vaqti: 08:30
📍Manzil: 37.2345173,67.2848891,17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffc61512e5:0xa9327e0cb650584f!8m2!3d37.2343581!4d67.2859916!16s%2Fg%2F11cn8t5rnt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti 2-bino hovlisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#e’lon #attestatsiya
Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi.
Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
#Vazir_kubogi
✅Yoshlarning kurash sportiga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.
🏆 Gilamda 120 nafardan ziyod yosh polvon yigit-qizlar jami 7 ta vazn toifasida oʻzaro bellashishdi. Gʻoliblarni TerDU rektori A.Toshqulov taqdirladi va musobaqaning keyingi bosqichida sharafli oʻrinlarni egallashlariga ishonch bildirdi.
✅ Yakuniy natijalarga koʻra:
🟢66 kg vazn toifasida
1-oʻrin D.Egamov (Termiz davlat pedagogika instituti)
2-oʻrin I.Ergashev (TerDU)
3-oʻrin M.To'raqulov, M.Abdurahmatov (TerDU)
🟢73 kg vazn toifasida
1-oʻrin D.Norqobilov (TerDU)
2-oʻrin E.Hikmatullayev (TerDU)
3-oʻrin M.Xurramov (TerDU), D.Xalilov (TerDU)
🟢81 kg vazn toifasida
1-oʻrin A.Abdulxatov (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
2-oʻrin J.Ahmedov (TerDU)
3-oʻrin M.Erkinov (TerDU), X.Joʻrayev (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
🟢+81 kg vazn toifasida
1-oʻrin J.Mamatrahimov (TerDU)
2-oʻrin X.Mamajonov (Termiz davlat pedagogika instituti)
3-oʻrin S.Egamberdiyev (TerDU), S.Mengtoʻrayev (TerDU)
👧🏻Qizlar oʻrtasida kechgan bahslarga koʻra:
🟢52 kg vazn toifasida
1-oʻrin U.Mamarajapova (Termiz davlat pedagogika instituti)
2-oʻrin S.Niyozova (TerDU)
3-oʻrin A.Qurbonova (TerDU), K.Boʻriyeva (TerDU)
🟢63 kg vazn toifasida
1-oʻrin X.Abduvohidova (TerDU)
2-oʻrin G.Abduvohidova (TerDU)
3-oʻrin Sh.Xontoʻrayeva (TerDU), R.Jumayeva
🟢+63kg vazn toifasida
1-oʻrin Y.Roʻziboyeva (TerDU)
2-oʻrin S.Toʻrayeva (TerDU)
3-oʻrin J.Toʻraboyeva (TerDU), Y.Ustoyeva (TerDU)
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xushxabar
🏆Sportchi talabamizdan yana bir g'oliblik
Toshkent viloyatining Angren shahrida parayengil atletika boʻyicha o'tkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti talabasi birinchilikni qo'lga kiritdi.
Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti 3-bosqich sirtqi ta'lim yoʻnalishi talabasi Azizbek Eshmatov 400 metrga yugurish bo'yicha 1-oʻrin, 100 metrga yugurish bo'yicha 3-oʻrinlarni egalladi.
Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Президент раислигида маҳаллий саноат тармоғидаги ички имкониятларни сафарбар этиш орқали аҳолини ишли ва даромадли қилиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
Ҳозирда амалга оширилаётган йирик инвестиция лойиҳалари билан бирга тез фурсатда маҳаллада юзлаб иш ўрни ва экспортбоп маҳсулот яратадиган, юқори даромад келтирадиган кичик ва ўрта корхоналар кераклиги таъкидланди.
Бу борада энг катта захира маҳаллий саноат тармоқлари ҳисобланади. Шу муносабат билан учта муҳим соҳа – чарм, гилам ва пиллачилик саноатида ҳал қилиниши лозим бўлган муаммолар бор.
Facebook|Instagram|X