🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.
✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
Oliy ta’lim muassasalari talabalari:
Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:
Bizni kuzating:
#xalqaro_hamkorlik
Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" faoliyat boshladi
BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimi bayramona ko‘rinish kasb etdi.
Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, TerDU rektori, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi, BMT taraqqiyot dasturi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Markaz universitet qoshida alohida kompleks sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilida turli-xil mavzularda munozaralar o’tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridir klinika va multimedia xonalari zamonaviy qulay mebel jihozlari, elektron va boshqa qurilmalar bilan ta'minlangan.
Loyihaning ikkinchi qismi doirasida Surxondaryo viloyatidagi yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ularning bandligini oshirish maqsadida tematik treninglar va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning chet tillarini bilish darajasini oshirish, yuridik klinika faoliyati orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berish, biznes trenerlarni jalb qilgan holda ularni oʻqitish va oʻzlarining startap loyihalarini boshlab olishlariga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.
Bizni kuzating
Bugun kun davomida Termiz davlat universitetida ona tilimizni e'zozlashga yo‘naltirilgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Talabalar tomonidan tayyorlangan ona tilimizni madh etuvchi badiiy va sahna ko‘rinishlari, o‘zbek milliy maqomini maromiga yetkazib kuylagan maqomchi qizlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga bir olam zavq ulashdi.
Zero, til ajdodlardan avlodlarga qolgan beqiyos milliy boylik, milliy qadriyatdir. Bu tengsiz merosni asrash, uning barhayotligini ta'minlash har bir shaxsning chin insoniylik burchidir.
Bizni kuzating
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan bayramona shukuh viloyatimiz markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimiga ulanib ketdi.
Viloyat mutasaddilari boshqarma va tashkilot rahbarlari TerDUning mas’ullari va ilmiy hodimlari ishtirok etgan tadbirda A.Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ona tilimizga bo'lgan ehtirom namoyon etildi.
San’at saroyi majmuasida davom etgan tadbirdaTermiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham so‘zga chiqib, tilimizning sofligini ta'minlashda bugungi avlod vakillarining oldida turgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirning badiiy qismida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi sahna asarlaridan parchalar namoyish etildi hamda vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalarining chiqishlariga keng o‘rin berildi.
Bizni kuzating
#sana
👍 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda o‘zbek tili bayrami munosabati bilan bugun erta tongdan Termiz davlat universiteti bayramona ko‘rinish kasb etdi.
🟢O‘zbek filologiyasi fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ushbu bayram bilan barchani samimiy tabriklashib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar “Yozuv tamoyillariga amal qilamizmi?” mavzusida soʻrovnomalar oʻtkazishdi. E’tiborli tomoni bu kabi tadbirlar kun davomida tashkil etiladi.
Bizni kuzating
#besh_tashabbus
🖐 TerDUda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining mini futbol, stritbol turlari bo‘yicha 2-bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra:
👥Mini futbol 1.Axbarot texnalogiyalari 2.Fizika-matematika fakuiteti 3. Kimyo, Sport faoliyati fakulteti
👥Stritbol (O'g'il bolalar) 1.Tarix fakulteti
2. Milliy libos fakulteti
3. Sport faoliyati fakulteti
👥Stritbol (qiz bolalar)
1.Xorijiy filologiya fakulteti
2.Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti
3. Fizika-matematika fakuiteti.
Ushbu sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning OTM lari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarida ishtirok etishadi.
Bizni kuzating
✅ Termiz davlat universitetida "Korrupsiya rivojlanishimizga toʼsiq" mavzusida Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirokida davra suhbati profilaktik tadbiri oʼtkazildi.
🟢Unda universitetning "Milliy libos va sanʼat", "Kimyo" fakultetlari professor oʼqituvchilari va talaba-yoshlari hamda Аkademik litsey pedagoglari va oʼquvchilari ishtirok etishdi.
🟢TerDUda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish doirasida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish" maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, milliy tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar. Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман иштирокчиларига мурожаати
—
Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам международной научно-практической конференции «Роль научного наследия Имама Термези в исламской цивилизации»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#konferensiya
Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
Ayni damda TerDUda anjuman dasturiga kiritilgan sho‘ba yig‘lishi bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Salohiyatli, iqtidorli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, IHMA faoliyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan tadbirda talabalarga "Keys menejment” faoliyati yoritilgan videorolik namoyish etildi.
Muloqotda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali - https://vacancy.argos.uz, davlat fuqarolik xizmatida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) baholash tizimi hamda IHMA Surxondaryo viloyat boshqarmasi va "Inson" markazlarida ishlash istagini bildirgan bitiruvchilarga sohaga oid ma'lumotlar berildi.
Bizni kuzating
Axborot 24 | «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o'rni» mavzusidagi xalqaro anjuman
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Surxondaryoga keldi
Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Mehmonlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradog‘i, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez kabi taniqli ulamolar bor.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#jarayon
🟢Ayni kunda Termiz davlat universiteti hududidagi barcha yong‘in xavfsizligi burchaklarining holati professor-o‘qituvchi mutaxassislardan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Bizni kuzating
#balli_qizlar
Termiz davlat universitetining 6-sonli talabalar turar joyi hududida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Tarix fakultetining 1-bosqich talaba-qizlari 5 ta shart bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Yakunda ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#№36
#Himoya_2024
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Shaymardanova Aziza Raimjanovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda o‘zbek tili ixtisosligidan “O‘zbek tili ichki lakunalarining lingvistik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
—
Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ona_tilimizni_sofligicha_asraylik
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Bizni kuzating
#Mutolaa
📁Hikoyalar: Tasalli, Tush, Haqqush, Qarz
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 8:23
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
TerDUda o'zbek tili bayramiga bag'ishlanib qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda
Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida 21-oktabr o'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlanib, "Ona tilim - faxrim" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Unda talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sahna ko'rinishlari, she'rlar, kuy va qo'shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, tadbirga Surxondaryo viloyati milliy gvardiya xodimlari ham ishtirok etib, tashkilotchilariga o'zlarining tashakkurnomalarini topshirdi.
Bizni kuzating
#sayohat
15-oktabr kuni Bandixon tumanida TerDU rektori bilan bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgani, rasmiyatchilikdan holi samimiy muloqotlar jarayonida o‘quvchilar universitetning o‘quv-amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishish taklifini bildirgani-yu bu tashabbus rektorimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun erta tongdan 40 nafarga yaqin bandixonlik o‘quvchi-yoshlar TerDUga olib kelindi. Ular mas’ullar hamrohligida universitet kampusi bo‘ylab sayohat qilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni kuzating
#xushxabar
“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ona tili o'zbek tili bo'lmagan xorijlik talaba-yoshlar o'rtasida har yili “O'zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko'rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Bizni kuzating
Reportaj 24 | Imom Termiziy ilmiy merosi: «Taassurotlar va istiqbol rejalari»
Bizni kuzating
"Estetik did: Milliylik va zamonaviylik" universitetimiz talaba qizlari nigohida
O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona madaniyatini yuksaltirish maqsadida O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Milliy liboslar” sayli o‘tkazildi.
Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari mujassam.
Bizni kuzating
Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi o‘nga yaqin davlatlarining olim va ulamolari ishtirok etayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisida Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Toshqulov ham ma’ruza qildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida rejalashtirilgan bir qator tadbirlar ertaga 18-oktabr kuni Termiz davlat universitetida davom etadi.
Bizni kuzating
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.
Anjumanda, shuningdek, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimi “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi orqali jarayonlardan reportajlar berib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
TerDU xorij sahifalarida
Xabaringiz bor, 2024-yil 11-12-oktabr kunlari Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurishgan edi.
Kuni-kecha tashrif tafsilotlari hamkor universitetning rasmiy vebsaytida (https://www.bcu.edu.cn/info/1162/19622.htm) ham e'lon qilindi.
Bizni kuzating
#jarayon
TerDU talabalari zoom dasturi orqali “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostidagi “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etishdi
Bu tadbir Oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.