#davra_suhbati
TerDUda kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Unda viloyat FVB Termiz shahar bo‘limi xodimi Sanjar Ochilov, universitetning yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasiga mas’ul mutasaddilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar oliygohning fakultetlari kesimida tashkil etilib, “Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va huquqiy asoslari” yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
#xushxabar
📕 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Muhiddin Xidirov oilasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Universitet jamoasi nomidan Xidirovlar oilasini ushbu yutugʻi bilan qutlab, ularga respublika bosqichida ham omad tilaymiz.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | TerDUda mamlakatimizdagi OTM orasida muqobili yo‘q zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi
Bizni kuzating
#xalqaro_seminar
TerDUda “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy meros obidalarini saqlashda zararsiz usullardan foydalanish” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 6-13-oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan ushbu seminarda Rossiya, Xitoy, Qirg’iziston, Qozog’iston, Belarussiya, Gruziya, Hindiston, Indoneziya, Misr, Bolgariya, Suriya, Meksika singari 13 ta davlatning 50 nafardan ortiq tadqiqotchilari ishtirok etishadi.
Bu vaqtda tadqiqotchilar 4 ta seksiyaga bo‘lingan holda ilmiy-amaliy mashg’lotlar olib borishadi.
Ma’lumot o‘rnida, YUNESKO ning «Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti» tomonidan “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy meros obidalarini saqlashda zararsiz usullardan foydalanish” mavsusida e’lon qilingan mazkur grand loyiha, Qozon federal universiteti va TerDUning professor o‘qituvchilari hamkorligida yutib olingan.
Bizni kuzating
#xalqaro_konferensiya
📹 TerDUda o‘tkazilgan «Tarix·San’at·Texnologiya-Ipak yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish» mavzusidagi xalqaro konferensiyadan videolavha
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
TerDUda “Zamonaviy lingvistika va xorijiy tillarni oʻqitish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xalqaro_konferensiya
TerDUda «Tarix·San’at·Texnologiya-Ipak yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Unda Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya va Fransiyadan jami 54 nafar arxeolog olimlar ishtirokida, bugungi davrda, madaniy merosni muhofaza qilishning yangi konsepsiyalari, usullari va texnologiyalari bo‘yicha ilmiy almashinuvlar olib borildi.
Xorijiy va mahalliy arxeolog tadqiqotchilar O‘zbekiston-Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” qo‘shma loyihasi doirasida foydalanishga topshirilgan laboratoriya imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, ular Qoratepa, Fayoztepa Zurmala arxeologik yodgorliklari hamda Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#adabiyot
O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam bilan suhbat.
📹 To‘liq suhbat ushbu havolada: https://youtu.be/kQZnGlgys8g
Bizni kuzating
🇺🇿🇨🇳 Termiz davlat universitetining hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda
Bizni kuzating
#bilasizmi #qatag‘on_qurbonlari
1937–1953-yillarda 100 mingdan ortiq qatag‘on siyosati qurbonlari bo‘lgan
Ular atoqli davlat arboblari, ilm-fan namoyondalari, ijodkor ziyolilar, harbiy soha vakillari, sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi dehqonlar va ularning oila a’zolari edi.
Ushbu video orqali ba’zi ajdodlarimiz haqida ma’lumot berilgan.
📺“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...
Bizni kuzating
4-oktyabr kuni "Debat Xoll"da 2024-yilgi saylovlar taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘ladi!
Deputatlikka nomzodlar g‘oyalar va strategiyalar kurashida to‘qnash keladi, ular yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishadi.Ular orasida sizni munosib nomzodligiga ishontira oladigani kim bo‘ladi?
Bu oddiy debatlar emas — bu har birimizning hayotimizga ta’sir qiluvchi qarorlar qanday shakllanayotganini ko‘rish uchun imkoniyat.
Bizni kuzating
Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limining ishonch telefoni: 76-2217710, uyali aloqa telefonlari 91-5752001, 93-7990101 raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faol aʼzolaridan iborat "Qalqon" jamoatchilik guruhi yangi oʻquv yilidagi o'z faoliyatlarini boshladi.
Ma’lumot o‘rnida, universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 30 nafar ko‘ngilli yoshlari oliygoh va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.
Bizni kuzating
#saylov2024
Mening tanlovim — obod Vatanim!
🇺🇿 2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi saylov bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644
Bizni kuzating
#tanlov
“Eng faol yil talabasi” KO‘RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI START OLDI
✅ Tanlovda ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon qiling. Hujjatlar har bir fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz hujjat va arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 2024-yil 30-oktyabr.
📝 Batafsil ma’lumotlarni Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” tanlovining NIZOMIdan olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣ 1️⃣1️⃣1️⃣
😀 TerDUning sportchi yoshlari diqqatiga!
🖐 9-oktabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika, stol tennisi turlari bo‘yicha 2-bosqichiga start beriladi.
🔔 Universitet birinchiligi musobaqalarini o‘tkazib yubormang.
Bizni kuzating
#natijalar
TerDUda 2024-2025-o‘quv yili uchun “Universitet stipendiyasi” tanlovi o‘tkazildi.
Unda barcha fakultetlardan jami 65 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Talabgor talabalarning 32 nafari tuzilgan maxsus komissiya tomonidan universitet stipendiyasiga tavsiya etildi.
Endilikda ularga bir o‘quv yili davomida bir bazaviy hisoblash miqdorida stipendiya to‘lab boriladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
Bizni kuzating
#№35
#Himoya_2024
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Nazarov Yusufjon Eshqobilovich 2024 -yil 5-oktabr kuni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengash huzurida “Noorganik kimyo” va “Fizik kimyo” ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Ba’zi 3d-metallarning tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishlari va fizik-kimyoviy xossalari”mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Yusufjon Eshqobilovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
TerDU mezbonlik qilgan XI xalqaro arxeologiya maktabi loyihasi yakunlandi
Bizni kuzating
TerDUda Respublika OTMlari orasida muqobili yo‘q zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi
Joriy o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilgan Ilmiy-tadqiqotlar markazi negizida zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi tashkil etildi. Uning ramziy ish boshlashi tantanali ko‘rinish oldi.
TerDU rektori A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti vitse-prezidenti Chen Fulin tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov va ikki universitet mas’ullari, talaba-yoshlari ishtirokidagi marosimda, hamkorlik aloqalari amaliy bosqichga o‘tganligi, tomonlar uchun manfaatli ekanligi ta’kidlandi.
Ushbu laboratoriyada paleobotanika, paleozoologiya, antropologiya, restavratsiya, kutubxona va moddiy madaniyat topilmalarini saqlash boʼlimlari mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Oʼzbekiston-Xitoy xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi Bandixon yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Bizni kuzating
#kontrakt_2024 #ikkinchi_mutaxassislik
⚡️2024/2025-o'quv yilida Termiz davlat universitetining Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi boʻyicha ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan talabgorlar diqqatiga!
‼️Universitetda 2024/2025-o'quv yilida Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi boʻyicha ikkinchi oliy ta’lim olish uchun kirish imtihonlari (test sinovi) natijalariga ko'ra to'plagan ballari tasdiqlangan to'lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ball va undan ko'p ball yetmagan hamda 56,7 balldan kam bo'lmagan holda qo'shimcha ravishda o'qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o'quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to'lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan to'lov-kontrakt miqdori universitet Kengashining tegishli qaroriga asosan 6 (olti) barobar etib belgilanganligini ma'lum qilamiz.
To'lov-kontrak shartnomalarini www.kontrakt.edu.uz tizimidan onlayn ariza yuborish orqali olishingiz mumkin.
❗️Termiz davlat universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori kurs (2, 3, 4 va 5-kurs) talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari ushbu havolada berilgan.
Bizni kuzating
#xalqaro_qizlar_kuni
🌍 BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.
📅 Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti talaba-qizlari ishtirokida “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shioiri ostida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorlgida o‘tkazilgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Unga ko'ra:
1-o'rin: Optimum jamoasi,
2-o'rin: Yustitsiya jamoasi,
3-o'rin: Sirus jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida jamoalar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
Ming nafarga yaqin talabalarni qamrab olgan "Marifat ulashib" loyihasidan videolavha.
Bizni kuzating
🟡 Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating