#sana #32yosh
🇺🇿Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kun
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_imtihonlar
📂 Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ta'lim yo‘nalishlari hamda guruhlar kesimidagi UMUMIY JADVALI.
⁉️ Ushbu jadval orqali imtihonlar bo‘lib o‘tish vaqti, hududi, guruh nomi hamda imtihon jarayonlariga ishtirok etish tartibi kabi ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
📎 Jadvalni yuklab olish.
Bizni kuzating
#sana
🇺🇿O‘zbekiston milliy valyutasi — 30 yoshda!
1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan.
Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги
—
Праздничное поздравление молодежи Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni
⚡️ Barcha yoshlarni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz.
Bizni kuzating
✅ Polotskda TerDU talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi boʻlib oʻtdi
🟢Belorussiyaning Polotsk davlat universitetida qoʻshma dastur asosida tahsil olgan 15 nafar TerDU talabalari bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60210400 - Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60211700 - Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
Prezident: har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.
Bizni kuzating
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
Жамғарма ҳокимлар билан биргаликда 14 та туманни танлаб, “тўртинчи саноат” касбларига ўқитиш маркази очади ва тўлиқ жиҳозлаб беради.
Ушбу марказлар ёш тадбиркорларга 1 йил имтиёзли давр билан 10 йилга ижарага берилади. Марказларнинг ўқув дастурлари халқаро стандартларга мослаштирилади.
Жамғарма Сурхондарё тажрибаси асосида ҳар бир вилоятда биттадан Ёшлар саноат зонасида саноат бинолари қуради.
Бу жойлар “саноат ипотекаси” асосида юқори қиймат яратадиган лойиҳалар учун ёшларга 7 йилда бўлиб тўлаш шарти билан берилади. Бунда ёшлардан биринчи йил учун тўлов ундирилмайди.
Facebook|Instagram|X
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.
Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.
Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.
Bizni kuzating
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
Bizni kuzating
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды группе молодых людей по случаю 30 июня - Дня молодежи, а также проведет видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов проделанной работы в сфере молодежной политики и мерам всесторонней поддержки молодежи.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60211400 - Vokal san'ati (an'anaviy xonandalik) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
#Qabul2024
⚡️ Termiz davlat universiteti o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Bizni kuzating
#Akademik_litsey
#Sharh
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi
🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:
➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Agarda bitta yo‘nalish bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy bali teng bo‘lib qolsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#Qabul_2024
📅 1-iyuldan 30-iyulgacha magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi.
Hujjatlarni magistr.edu.uz orqali topshirishingiz mumkin.
Bizni kuzating
#yoshlar_kuni
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan Termiz davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzating
#№24
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Nuraliyev G‘ayrat Turayevich Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60210800 - Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60210500 - Rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 61010200 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
Президент фаол ёшларга давлат мукофотларини топширди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Yoz mavsumida "Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari" dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.
Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.
Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul "vay-fay" o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Bizni kuzating
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.
Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.
Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.
“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha To‘rtinchi butunjahon anjumani o‘tkaziladi.
Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzating
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.
Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.
Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Bizni kuzating
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating
#ijodiy_imtihon_dasturi
📎 60211500 - Cholg'u ijrochiligi: xalq cholg'ulari (rubob prima, qashqar va afg'on rubobi) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi
📂 Dasturni yuklab olish.
Bizni kuzating