#100savolga_100javob
19-savol: Magistraturaga qanday hujjatlar talab qilinadi?
Bizni kuzating
Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobar, ya’ni 9 foizdan 42 foizga oshgani bilan yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishi juda pastligi qayd etildi. 2023-yil so‘rovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi shu sohani tanlagan.
Ko‘pgina professor-o‘qituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan. Muhandislik bo‘yicha 9 ming 600 nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan.
Ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘p. Ba’zi universitetlar ilmiy laboratoriyalaridagi uskunaning 50 foizi eskirgan, qo‘shimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjud.
Bizni kuzating
O‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirildi
Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ilm, ta’lim va innovatsiyaga e’tibor tubdan o‘zgardi.
Masalan, o‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shundan muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard so‘m berilgan.
Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uchun xarajatlar 2 barobar o‘sgan. Bu mablag‘larning 41 foizi davlat ulushi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga to‘g‘ri kelgan.
Bizni kuzating
#qabul2024 #doktorantura #sertifikat
Doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati ixtisosliklar kesimida taqdim etilmoqda
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat (ilova)
Bizni kuzating
✅Maqsadingizdan voz kechishga shoshilmang, balki bir qadam qolgandir.
Bizni kuzating
📹 Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #Statistika
⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot
🖥 2024-yil 18-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 288 407 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:
🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 12 860 nafar
👉 Andijon viloyati -- 22 543 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 17 971 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 25 758 nafar
👉 So‘x tumani -- 557 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar
👉 Namangan viloyati -- 16 162 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 19 191 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 27 753 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 30 627 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 10 118 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 10 306 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 4 859 nafar
👉 Toshkent shahri -- 54 939 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 21 093 nafar
🧑🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
👨🏫 joriy yil bitiruvchilari --152 683 nafar
💁♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 135 724 nafar
👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar -- 140 871 nafar
👩🏻🔧 ayollar -- 147 536 nafar
📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 o‘zbek tili -- 249 480 nafar
🇷🇺 rus tili -- 32 356 nafar
🔘 qoraqalpoq tili -- 5 613 nafar
🔘 boshqa tillar -- 958 nafar
4-OVOZLI CHAT: 2024-yil 14-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
Bizni kuzating
2-OVOZLI CHAT: 2024-yil 7-iyun kuni o‘tkazilgan abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish va sertifikatlarning qoʻllanishi bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#abituriyent
❓SAVOL: Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.
Bizni kuzating
✅TerDU talabalari amaliy ko'nikma va tajribalarga ega bo‘lish maqsadida respublikamizning turli yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.
🟢Universitetning 1-bosqich talabalari Qashqadaryo viloyatidagi “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi”, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Uzbekistan GTL” MCHJ, “UNG training” MCHJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari”, 2-3-bosqich talabalari esa Samarqand va Toshkent shahridagi ilmiy markazlarda, jumladan, OʻzMU, ToshKTI, OʻzR FA tarmoqlar institutlari, Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashmoqda.
🟢Amaliy darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, malakali mutaxassislar bilan birga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va nazariy bilimlarini amaliyot yordamida boyitish imkonini beradi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#100savolga_100javob
17-savol: Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?
Bizni kuzating
✅️ Termiz davlat universiteti akademik litseyida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi.
🟠Bitiruv tadbirida universitet rahbariyati tomonidan litseyni aʼlo baholar bilan tamomlagan faol bitiruvchi oʻquvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ma‘lumot uchun: joriy oʻquv yilida akademik litseyni 202 nafar oʻquvchi tamomladi. Ularning 34 nafari imtiyozli diplomlar, 7 nafari oltin va 5 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qoʻyishdi. Quvonarlisi, bitiruvchi oʻquvchilarning 49 nafari ingliz tili fanidan til bilish sertifikatlari, 11 nafari xalqaro IELTS sertifikatlari, 12 nafar oʻquvchilar milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan.
Bizni kuzating
#tabrik
Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!
Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda.
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi.
Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi:
— akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi;
— iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi;
— har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi;
— 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi;
— soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza;
— bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi;
— iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Aziz bitiruvchilar!
Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin!
Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir.
Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so‘m ajratiladi.
Bizni kuzating
Shu bilan birga, oliygohlar fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.
Sababi – oliygoh bilan sanoat o‘rtasida uzilish bor. Rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirildi.
Bizni kuzating
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит инновационный учебно-производственный технопарк «Инно» и проведет видеоселекторное совещание по вопросам подготовки инженерных кадров и дальнейшего совершенствования деятельности вузов.
Bizni kuzating
#qabul2024 #magistratura #sertifikat
Qaysi yo‘nalishga C1 shart?
Qaysi yo‘nalishga B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)
Bizni kuzating
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #Statistika
⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot
🖥 2024-yil 19-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 365 439 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:
🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 16 902 nafar
👉 Andijon viloyati -- 29 015 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 21 721 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 33 613 nafar
👉 So‘x tumani -- 730 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar
👉 Namangan viloyati -- 17 758 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 22 612 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 35 933 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 38 735 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 12 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 14 716 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 6 962 nafar
👉 Toshkent shahri -- 65 947 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 26 611 nafar
🧑🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
👨🏫 joriy yil bitiruvchilari --202 742 nafar
💁♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 162 697 nafar
👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar -- 174 539 nafar
👩🏻🔧 ayollar -- 190 900 nafar
📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 o‘zbek tili -- 317 259 nafar
🇷🇺 rus tili -- 39 198 nafar
🔘 qoraqalpoq tili -- 7 774 nafar
🔘 boshqa tillar -- 1 208 nafar
✔️@terdu340
#100savolga_100javob
18-savol: Yo‘nalishlar bo‘yicha til sertifikatlariga qo‘yiladigan talablar qanday? Filologiya yo‘nalishlari uchun C1 talab qilinadimi yoki B2 ham qabul qilinmoqdami?
Bizni kuzating
❓SAVOL: Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish bepul, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m to‘lashi kerak. Mazkur to‘lov 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
📑 Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Bizni kuzating
3-OVOZLI CHAT: 2024-yil 11-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#TerDU_talabasi
"Kelajakdagi maqsadim - yurtimiz bayrog‘ini har doim yuksaklarga ko‘tarish",— Jahongir Mamatrahimov
Bizni kuzating
Xirmonlarim
Olamda musavvir, mashshoq xalqlar bor,
Ellar tomoshaga navbatda turgan.
Ammo! O‘zbek degan buyuk dehqon bor,
O‘zbek esa doim xirmon ko‘targan.
#Tafsilot
🔘Oʻquv yilining yakuni munosabati bilan universitetda hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi
🟢Kengaytirilgan tarzda oʻtgan yigʻilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi.
🟢Dastlab yakunlangan oʻquv yilida barcha sohalarda erishilgan yutuqlar raqamlar misolida sarhisob qilindi.
🟢Rektor qayd etilgan samarali natijalarda jamoaning mehnati katta ekanligini eʼtirof etib, barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
🟢Shundan soʻng, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟢Jumladan, tez fursatlarda yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanib, dunyoning Top-1000 ta eng yaxshi universitetlar reytingiga kirish asosiy maqsad boʻlishi va bu yoʻlda jamoaning har bir aʼzosi astoydil mehnat qilishi vazifa qilib belgilandi.
🟢Yakunda yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#kun_hikmati
Kimki istasa - yo‘lini topadi,
Kimki istamasa - sabab izlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#konferensiya
✅Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🟢Anjumanda 70 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy mehmonlar, jumladan: akademiklar, fan doktorlari va iqtisodchi olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etishayapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#100savolga_100javob
15-savol: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Bizni kuzating