✅ Termiz davlat universitetining bitiruvchi talabalari!
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari qanday oʻtyapti?
👍 - hammasi yaxshi
🔥 - ajoyib
👏 - yana bir haftadan soʻng soʻrang
🤔 - oyning yarmi qorongʻu, yarmi yorugʻ: qayta topshiraman
Smayliklar orqali fikringizni bildiring.
✅Termiz davlat universiteti Akademik litseyida qabul davom etmoqda
🟢2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga 10-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
📌Oʻquvchilarga taklif etilayotgan ta’lim yoʻnalishlari:
🟢3910001-Aniq fanlar (matematika, fizika);
🟢3910002-Aniq fanlar (matematika, xorijiy til);
🟢3920001-Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo);
🟢3930001-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (ona tili va adabiyot, xorijiy til);
🟢3930004-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, geografiya);
🟢3930005-Ijtimoiy-gumanitar fanlar (huquqshunoslik, xorijiy til);
🟢3940000-Xorijiy filologiya (ingliz tili, ona tili va adabiyot)
Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998 91 978 08 11
📞 +998 93 796 34 34
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy darvoza ko‘chasi 15-uy.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#shaxmat
➡️ Sportni yanada ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari oʻrtasida Termiz muhandislik-texnologiya institutida shaxmat boʻyicha “Rektor ochiq kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.Viloyatdagi barcha OTMdan 30 nafarga yaqin havaskor shaxmatchilar o‘zaro bellashishdi.
➡Yakuniy natijalarga koʻra erkak professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Temur Boboqulov (Termiz muahndislik-texnologiya instituti)
2-oʻrin — Asomiddin Ximoyiddinov (Termiz davlat unversiteti)
3-oʻrin — Kamoliddin Abduraxmonov (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)
➡Ayol professor-oʻqituvchilar oʻrtasida:
1-oʻrin — Xolniso Saydaliyeva (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Lobar Muxtarova (Termiz davlat pedagogika instituti)
3-oʻrin — Onorxol Amonova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
➡Talaba qizlar oʻrtasida:
1-oʻrin — Dildora Turdimurodova (Termiz davlat unversiteti)
2-oʻrin — Sevinch Turdiqulova (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
3-oʻrin — Laylo Chorshanbiyeva (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Qabul2024
⚡️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish
Bizni kuzating
#kun_hikmati
O'qishni hech qachon majburiyat deb emas, balki go'zal va ajoyib bilimlar dunyosiga kirib borish uchun imkoniyat deb biling!
Bizni kuzating
🔘 Ayni paytda Surxondaryo teleradiokanalining “Soʻz sizga” koʻrsatuvi orqali 2024/2025-oʻquv yili uchun qabulga oid barcha savollarga oydinlik kiritilmoqda.
Telegram orqali kuzatish: /channel/tvsurxon
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
DIQQAT, TANLOV!
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi
Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2024@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyoti va elektron o‘quv adabiyoti;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqolalar: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Batafsil...
Bizni kuzating
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim
⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi
Bizni kuzating
#qabul2024
Kasbiy-ijodiy imtihonlar bu yil qanday oʻtadi?
Bizni kuzating
#xushxabar
🎇 TerDU talabalaridan ishonchli g'alaba
🇮🇷 6-10-iyun kunlari Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida kurash boʻyicha XIII Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda qitʼamizning 20 ga yaqin mamlakatlarining milliy federatsiyalaridan 200 nafarga yaqin vakillar ishtirok etishdi.
✅ Chempionatda Termiz davlat universitetining ikki nafar talabalari ham Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, gilamda kuch sinashdi.
✅Erkaklar terma jamoasi tarkibida 100 kg vazn toifasida kurashgan Jandriyev Shermuhammad oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Komila Qahorova kumush medaliga loyiq topildi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatli yutuqlari bilan muborakbod etamiz💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✅Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
🟢O‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talabalar amaliyot rahbarlari bilan birgalikda tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborildi.
🟢Ular respublikamiz sanoat markazlari, xususan, Toshkent shahri va viloyatidagi, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Akademik_litsey
#Qabul_2024
⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
Bizni kuzating
Eng qiyini – harakat qilishni boshlash, qolgan hammasi faqatgina qatʼiyatingizga bogʻliq.
Ameliya Erxart
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Rektor_kubogi
🏆Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasidan videolavha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul2024
📞 Termiz davlat universiteti qabul komissiyasining aloqa markazi (Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.
Sizni ham qabul to'g'risida qandaydir savol qiynayotgan bo'lsa, 76 228 03 40 raqamiga qo'ng'iroq qiling va huquqiy tushuntirishlar oling.
Ma'lumot uchun: TerDU “Call-center” operatorlari 08:00dan 18:00ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.
Dam olish kuni: Yakshanba
Tushlik vaqti: 13:00-14:00
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Yoshlar sayli konsert tomoshalariga marhamat!
⚡️“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘lab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida 2024-yil 15-iyun kuni soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar sayli doirasida estradamiz yulduzlari Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shoxrux, “Bojalar” guruhi va boshqa taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert dasturlari namoyish etiladi.
📍 Manzil: Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi.
❗️Konsert dasturlari tomoshasiga kirish mutlaqo BEPUL.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⏰ Siz kun tartibingizni qanday tuzgansiz?
➡️ Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.
➡️ 6:00 dan keyin - tanamizni faol uyg‘onishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.
➡️ Ertalab 500 ml suv ichib, jismoniy mashqlar qilsangiz, stress gormonlari yuvilib ketadi.
➡️ 7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.
➡️ 10:00 - 14:00 oralig‘ida neyrogormon darajasi cho‘qqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.
➡️ 14:00 - 16:00 oralig‘ida - 20 daqiqa uxlash o‘sish, yoshlik va go‘zallik gormonini rag‘batlantiradi.
➡️ 17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashg‘ulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin bo‘ladi.
➡️ 21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor bo‘ladi.
Bizni kuzating
📹 Termizda Jalinga – interaktiv video studiyasi ish boshladi
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi.
Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin.
Studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bu esa dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#100savolga_100javob
13-savol: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
12-savol: Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?
Bizni kuzating
#Qabul2024
#Professional_taʼlim
⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Bizni kuzating
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Termiz davlat universiteti huzuridagi Uzun qishloq xoʻjaligi texnikumi 2024/2025-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11-sinf, akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini o‘qishga qabul qiladi!
✅Kunduzgi bo‘limga:
🟢Moliya,
🟢Buxgalteriya hisobi va audit,
🟢Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash,
🟢Dasturiy injiniring,
🟢Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi,
🟢Veterinariya meditsinasi,
🟢Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va servis texnik texnologi,
🟢Axborot xavfsizligi.
✅Dual taʼlim shakli:
🟢Maktabgacha taʼlim tashkilotlar maishiy masalalari menejeri.
📌 Ta’lim berish 2 yil muddatda: kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga o‘zi o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha suhbat asosida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#100savolga_100javob
11-savol: Bugungi kunda yurtimizdagi oliygohlarda xorijlik fuqarolar ham oʻqish istagini bildirishmoqda. Ularni oʻqishga qabul qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Bizni kuzating
#fan_olimpiada
Biologiya va kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadalari g‘oliblari aniqlandi
7–8-iyun kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston milliy universitetida Biologiya, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyo fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Ularda 100 dan ortiq bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
1-bosqich olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar testni har bir fan boʻyicha olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshirdilar.
Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar keyingi bosqichda fanlar asosida laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Unda berilgan topshiriqlarni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik berildi.
Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-bosqich davomida toʻplagan baliga qarab aniqlandi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi.
Biologiya fani boʻyicha:
🥇1-o‘rin: Ochilov Lochinbek Xusniddin o‘g‘li (O‘zMU);
🥈2-o‘rin: Ruyiddinov Asilbek Husan o‘g‘li (QarDU);
🥉3-o‘rin: Hamidova Umida Farhod qizi (O‘zMU).
Kimyo fani boʻyicha:
🥇1-oʻrin: Bebitova Komila Elmurod qizi (SamDU);
🥈2-o‘rin: Xolmatov Muzaffar Xidiraliyevich (TerDU);
🥉3-o‘rin: Yashnarov G‘olibjon Obidjon o‘g‘li (O‘zMU).
Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.
Bizni kuzating
#Akademik_litsey
#Qabul_2024
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Bizni kuzating
📝 Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:
❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):
🟢 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
🟢 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
🟢2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):
🟢 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
🟢 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#Haftalik_dayjest
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
🟢Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda (video)
🟢Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish tartiblari qanday?
🟢Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
🟢2024/2025-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibiga aylaning
🟢“Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi
🟢5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlandi (brifing)
🟢Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda (videoqo'llanma)
🟢Termiz davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi (video)
🟢Bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan o'tishmoqda
🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Rektor A.Toshqulov rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi
🟢"Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi (video)
🟢Taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sunʻiy intellektni joriy etish istiqbollari
🟢Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#qabul_2024
#infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
8-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 45 ming 981 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 29 ming 964 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 16 ming 017 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
🌎 Pedagogik taʼlim boʻyicha X Xalqaro forum oʻtkazildi
🟢Qozon federal universitetida o'tkazilgan Pedagogik taʼlim boʻyicha “Pedagogik taʼlimni tadqiq qilish: anʼanalar-innovatsiyalar asosi sifatida” nomli X Xalqaro forumning asosiy mavzusi BRIKS mamlakatlarida oʻqituvchilar taʼlimini standartlashtirish boʻldi. Unda Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni qatorida Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Xususan, Termiz davlat universiteti oʻqituvchilari Elvira Davlatova, Raʼno Mardonova ham qatnashdi.
🟢Xalqaro forumda 2022-2024-yillarga rejalashtirilgan ishlar natijalari va kelgusi 2025-2030-yillarga moʻljallangan bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha takliflar taqdim etildi. Jumladan, kadrlar tayyorlash sifatini baholash tizimini takomillashtirish, raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilib, davlat raqamli xizmatlarini shakllantirish, talabalar va oʻqituvchilarni ular bilan ishlashga oʻrgatish zarurligi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating