#InnoWeek2024
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblari sharaflandi
Tantanali marosimida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Sherali Xolmamatov “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#Iftixor
🇺🇿 Davlatimiz bayrog‘i — har bir o‘zbekistonlikning g‘urur va iftixor manbai.
Bizni kuzating
#bayroq33
🇺🇿 Bayrogʻimizning 33 yilligi munosabati bilan TerDU talabalari professor-o‘qituvchilarni o‘zgacha kutib olishdi.
Bizni kuzating
🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor hissini in'om etadi. Jonajon yurtimiz bayrog'ining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Talabalar uchun ajoyib amaliyot imkoniyati! Young Professional Internships Program 2025 (YPIP 2025).
🎯 Xalqaro amaliyot dasturida ishtirok eting va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangizni boshlang!
Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (ACIE) vakillari YPIP dasturiga oid taqdimot uchun Termiz davlat universitetiga tashrif buyuradi. Ushbu taqdimotda siz:
🟢YPIP dasturining maqsadi va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olasiz;
🟢Real amaliyot tajribasi uchun qanday sharoitlar mavjudligi bilan tanishasiz;
🟢Dasturga ariza topshirish bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.
✅YPIP dasturi 2024-yilning yozida 105 nafar talaba uchun kichik va o‘rta biznes korxonalarida 3 oy muddatli amaliyot imkonini yaratadi. Dasturda ingliz tilidan kamida B2 darajasiga ega yuqori kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.
⏰ ACIE mutaxassislari bilan uchrashuv: 2024-yil 18-noyabr kuni soat 11:00 da
📍Manzil: Termiz davlat universiteti, Yuridik fakulteti, faollar zali.
Bizni kuzating
TerDUda Yapon tili kursi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Surxondaryo viloyati hokimligi va Termiz davlat universitetida Yaponiyalik mutasaddilar bilan olib borilgan muzokaralar mahsuli sifatida universitetning yoshlar markazida Yapon tili to‘garagi tashkil etilmoqda.
🎯 N5 guruh (noldan yapon tili darsi) dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 13:00 da
✅Bu guruhda siz o'rganasiz:
🟢 Yapon tili alifbosi (hiragana, katakana, va boshlang'ich kanji);
🟢 Yapon tili sertifikati boshlang'ich daraja, JLPT N5 uchun zarur grammatika va lug'at boyligi;
🟢 Yapon tilida boshlang'ich muloqot ko'nikmalari;
🟢 Yapon tilida qisqa metrajli anime va videolarni tarjima qilish;
🙋 Qabul qilinadigan o'quvchilar soni - 15 nafar,
❗️ Darslarga qabul tugash sanasi: 23-noyabr,
🇯🇵 Yaponiyada grantda o'qiyman degan maqsadingiz bo'lsa hamda Yapon tili va madaniyatiga qiziqsangiz, unda bu kurs siz uchun!
🔗Murojaat uchun: @Yodgorova95
Bizni kuzating
#ijara_xonadonlari
TerDU mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganildi
Termiz davlat universiteti birinchi prorektori O.Shofiyev boshchiligidagi mas’ul vakillar ijara xonadonlarida talabalarning dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Xonadon egalariga kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish choralarini ko‘rish va talabalarga zarur qulayliklar yaratish borasida tavsiya va maslahatlar berildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bizni kuzating
Vohamizda ijodiy safarda bo‘lib turgan Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatr jamoasi muhtasham san’at saroyida TerDU talabalari uchun ko‘ngilochar dastur namoyish etishdi.
"Kulgi va shodlik" kechasida Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrining bir necha mahoratli aktyor, aktrisalari va raqqosalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq, raqs va sahna ko'rinishlari talaba-yoshlarga xushnudlik, ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
Malayziya safari chog‘ida TerDU rektori Perlis universiteti va Perlis shtatining Valiahd shahzodasi bilan ham uchrashib, muzokaralar olib bordi.
Muzokaralardan so‘ng mas’ullar axborot texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishdek ustuvor masalalarni o‘z ichiga olgan shartnoma imzolashdi.
Bizni kuzating
#Innoweek_2024
Poytaxtimiz Toshkentda “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi
“InnoWeek-2024”– xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligiga TerDU mas‘ullari hamda olimlari universitetimizda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari namunalari bilan qatnashmoqda.
Bizni kuzating
#ishchi_guruh
Respublika ishchi guruhi tomonidan TerDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyati o‘rganildi
Mas'ullar universitetda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi faoliyati, maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi hamda talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlarni, shuningdek, talaba-qizlarni oilaga tayyorlash, intelektual qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qator klublar faoliyatini batafsil o‘rganishdi.
Bizni kuzating
#xushxabar
🏆 Toshkent shahridagi Universal sport majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kurash sport turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" ning final bosqichi yakunlandi.
🥇 Ushbu bellashuvlarda TerDU talabalari ham munosib ishtirok etdi. Abdulla Amirov va Xurshida Abduvohidova o‘z vaznlari bo‘yicha bittadan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bosh prokuror kubogi" bahslarida Surxondaryo viloyati 6 ta oltin, 1 ta kumush medalini qo'lga kiritib, Bosh prokuror kubogiga sazovor bo'ldi.
Bizni kuzating
13-noyabr – Xalqaro “Oq hassa” ko‘zi ojizlar kuni.
Sana munosabati bilan Termiz davlat universitetida O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Surxondaryo viloyat bo‘limi mas’ullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Talaba-yoshlar, tyutorlar mutasaddilar ishtirok etgan tadbirda, ko‘zi ojiz insonlarning jamiyatdagi o‘rni va ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Yakunda bir qator yoshlar jamiyatda erishgan yutuqlari uchun O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Surxondaryo viloyat bo‘limi mas’ullari tomonidan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, qator maktablarda biriktirilgan oliygohlar tomonidan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada vazifalar ijrosi, Oltinsoy tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishdan so‘ng, 9-sonli bog‘cha sharoitlari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2298
#Surxondaryo #maktab #oliygoh #biriktirish #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
ТеrDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
ТеrDU rektori Termiz shahri "Tinchlik" MFY hududidagi universitetga qarashli manzilda bo‘lib, quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi. Jarayonda mas'ullarga hududni obodonlashtirish, har bir qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 14.06.2024-yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida TerDUda qo‘shimcha 1000 kVt stansiya qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.
Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sana
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻining 33 yilligi munosabati bilan Xitoyda tahsil olayotgan TerDU talabalari so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Bizni kuzating
#Mutolaa
📁Hikoyalar: Mahallaning "Shayxi", "Toy", Qanoat
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 16:15
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
#behi_sayli
📹 Termiz davlat universiteti hududidagi bog‘da behi sayli.
📹You tube: https://youtu.be/7CNyTOryNmM
Bizni kuzating
#sana
📅 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni
TerDUda sana munosabati bilan "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz", "Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligi sharti" mavzularida ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Unda ishtirok etgan madaniy markazlar mas’ullari, universitetning professor-o‘qituvchilari "Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik — umrboqiy qadriyatlar" mavzusida ma’ruzalar qilishdi. Shuningdek, turli millatga mansub talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bizni kuzating
#Innoweek_2024 #taqdirlash
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni egalari taqdirlandi
InnoWeek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 14 nafar yosh innovatorlarni tabriklab, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi:
• Qoraqalpog‘iston — Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi
• Andijon — Xashimjon Xalimov Xamidjanovich
• Buxoro — G‘aniyev Baxtiyor Shukurullayevich
• Jizzax — Musayev Sharof Mamarajabovich
• Navoiy — Shodiyev Asliddin Faxriddin o‘g‘li
• Namangan — Meliboyev Miraʼzam Foziljon o‘g‘li
• Qashqadaryo — Toshmamatov Bobur Mansurovich
• Samarqand — Safarova Lola O‘lmasovna
• Sirdaryo — Alijonov Jasurbek Rustambek o‘g‘li
• Surxondaryo — Xolmamatov Sherali Rustam o‘g‘li
• Toshkent viloyati — Rashidov Quvonchbek Turg‘unboy o‘g‘li
• Toshkent shahri — Baymuradov Shoxrux Maxmudovich
• Farg‘ona — Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich
• Xorazm — Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27678
Bizni kuzating
TerDUda yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” va “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutor hamda 400 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi. Muloqotlarda korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan omil ekanligi hayotiy misollar bilan izohlandi.
Bizni kuzating
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar!
Mamlakatimizda 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabr sanasiga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Bizni kuzating
🇺🇿🇲🇾#xalqaro_hamkorlik
Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning Perlis universitetida tashkil etilgan hamkor universitetlarning mas’ullari ishtirokidagi hisobot anjumanida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi
Bizni kuzating
#ijtimoiy_rolik
❗️ Is gazi va chaqnash bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishda sizning ham hissangiz bor!
Bizni kuzating
#kuz
🍂 TerDUda "oltin kuz" tarovati
Bizni kuzating
🇲🇾🇺🇿#xalqaro_hamkorlik
Universitetimiz rahbariyati tomonidan Malayziyaning Utara universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ham manfaatli kelishuvlarga erishildi
❗️ Qo‘shma ta’lim dasturiga asosan ta’lim jarayonlari "3+5" shaklida tashkil etiladi. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar 3 semestr davomida TerDUda va 5 semestr davomida Malayziyaning Utara universitetida tahsil olishadi.
🟢O'qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar ikki universitet diplomlariga ega bo‘lishadi.
Bizni kuzating
🇲🇾🇺🇿#xalqaro_hamkorlik
Endilikda talabalarimiz akademik mobillik dasturi bo'yicha bir semestr davomida Malayziyaning Utara universitetida o'qib kelishlari mumkin
📎 Talabalarimizning Utara universitetida tahsil olishlari mobaynida hamkor oliygoh tomonidan to'lov-kontrakt miqdori va turar-joy bo'yicha imtiyozlar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturga hujjat topshirish dekabrda yakunlanadi va talabalar 2025-yilning mart-iyul oylarida Utara universitetida tahsil olishadi. Qolaversa, Malayziyaning nufuzli kompaniyalarida ularning amaliyot o‘tashlari rejalashtirilgan.
🔗 Qo'shimcha ma'lumot uchun TerDU xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo'limiga murojaat qiling.
Bizni kuzating
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonuni:
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi.
Bizni kuzating