«TEATR – BU IBRATXONADUR»
Mahmudxo’ja Behbudiy aytganidek, teatr insonga ham ruhiy ham ma’naviy ozuqa beruvchi maskandir.
Bizni kuzating
#tanlov #universitet_bosqichi
📕 "Kitob mening doʼstim" koʼrik-tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi
Аxborot resurs markazida fakultetlardan gʼolib boʼlgan talabalar oʼrtasida "Kitob mening doʼstim" koʼrik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov nizomga muvofiq, Togʼay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" va Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asarlari boʼyicha 3 ta shart asosida tashkil etildi.
Tanlov yakunlariga koʼra;
🥇Poyonova Dildora (Oʼzbek filologiyasi fakulteti talabasi).
🥈Аbdukarimova Qadriya (Xorijiy filologiya fakulteti talabasi).
🥉Musurmonova Mohinur (Tarix fakulteti talabasi) gʼoliblikni qo‘lga kiritishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra, yuqori o'rinlarni egallagan talabalar universitet ma'muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#xalqaro_aloqalar #qo‘shma_dastur
Termiz davlat universitetining xalqaro aloqalari, qo‘shma ta'lim dasturlari xususida Surxondaryo telekanalining "Kun mavzusi" ko‘rsatuvi orqali batafsil ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
🕐 Ko‘rsatuv bugun soat 18:00 da efirga uzatiladi.
📹 Ko‘rsatuvni onlayn ko‘rish uchun havola: @tvsurxon
Bizni kuzating
#eslatma
🎓Bugun TerDUning xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari uchun qabul jarayonlarining so'nggi kuni.
🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
- Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
- Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar
🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
- Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar
🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 1000)
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 25 nafar.
✅ Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.
Bizni kuzating
#JDS #JICE #TermizDU #Xalqaroamaliyot
👥 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI DEKAN VA DEKAN O'RINBOSARLARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
🇯🇵 JDS (Japan Development Scholarship) Yaponiya universitetlarida PhD (doktarantura)da o'qish uchun grant loyihasi!
📅 Hujjatlar 2024-yil 31-oktabr kunigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. “Inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiyalar" (JDS) loyihasida qatnashish uchun yaxshi imkoniyat!
📝 Ariza topshirish muddati: 2024-yil 31-oktabrgacha.
✅ JDS (Japan Development Scholarship) grant loyihasini qo‘ldan boy bermang!
Yaponiyaga jo‘nab ketish va o‘qishni boshlash 2025-yil 1-sentabrga rejalashtirilgan. Ingliz tilini talab darajasida bilish loyihaning majburiy shartlardan biridir.
🔗 Ariza shakllarini JDS veb-saytidan olish mumkin: http://jds-scholarship.org/country/uzbekistan.
Bizni kuzating
#tanlov
✅TerDUda talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o'rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
📑Tanlov natijalariga ko'ra:
🥇Alisher Ashikov (Milliy libos va san'at fakulteti),
🥈Jonibek Bekkeldiyev (Milliy libos va san'at fakulteti),
🥉Oysanam Safarova (O‘zbek filologiya fakulteti),
🥉Munira Rahmatullayeva (Xorijiy filologiya fakulteti) munosib deb topildi.
Bizni kuzating
Inson qadri — teng imkoniyatlar!
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, afg‘onistonlik Muslih Ahmad Shikib misolida.
Bizni kuzating
#talabaga_yengillik
⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
#tanlov #tadbir
✅Termiz davlat universitetida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o'rtasida "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" mavzusida insholar tanlovi hamda "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzusida she'rlar tanlovi bo'lib o'tdi.
📑Tanlov natijalariga ko'ra yuqori o'rinlarni egallagan talabalar universitet ma'muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
Bizni kuzating
#Haftalik_dayjest
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
O‘zbek tili bayrami keng miqyosda nishonlandi
Ona tilimizni e'zozlashga yo‘naltirilgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Xayrullo Jo‘rayev | 4-son
Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" faoliyat boshladi
Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Registrator ofis xodimlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi
TerDU da talaba-qizlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi o‘rtasida memorandum imzolandi
Termiz yoshlar texnoparkida “Startap Instruktorlarni tayyorlash (CIT)” dasturi davom etmoqda
TerDUning 2 nafar talaba-qizlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Para dzyudo" musobaqasining Respublika birinchiligi bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi
O‘zbekiston 24 | Surxondaryodagi saylov jarayonlaridan
Bizni kuzating
NO COMMENT | LAOSLIK XALQARO KUZATUVCHI KIRIYA BANCHONGPHAKDY– ‘‘O‘ZBEKISTON YOSHLARI SAYLOVDA JUDA FAOL’’
Bizni kuzating
O‘zbekiston 24 | Surxondaryoda saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Maxsus reportaj | TerDUda joylashgan "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi faoliyati
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
25-26-oktyabr Novosibirsk ta’lim forumi
Unda Termiz davlat universitetining ikki nafar o'qituvchisi ishtirok etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi o‘rtasida memorandum imzolandi
Joriy o‘quv yildan Termiz davlat universitetida Jurnalistika yo‘nalishining ochilishi voha ahli uchun katta yangilik bo‘ldi. Endilikda maskur ta'lim dargohida nazariy bilimlarni o‘zlashtirayotgan talabalarga ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tahririyatlarda tajriba orttirish imkoniyati paydo bo'lmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#ichki_turizm
🟢Turizm - talabalar hayotining bir qismiga aylangan
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan xayrli ishga qo‘l urildi.
Bir guruh imkoniyati cheklangan talaba-yoshlarning viloyatimizdagi diqqatga sazovor maskanlar: Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat majmuasi va Qirqqiz qalʼasi boʻylab sayyohati uyushtirildi.
Bizni kuzating
⚡️⚡️⚡️DIQQAT, TANLOV!
Buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi o'tkazilmoqda.
⭐️ Maqolalar hamda muallifning ma’lumotnomasi 2024-yilning 5-noyabrga qadar @bobur_7715 telegram manzili orqali qabul qilinadi.
✅ Maqola shartlari bilan tanishish; https://340.tersu.uz/
🏆Universitet bosqichidan o‘tgan talabalar Respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan g‘olib deb topilgan ilmiy ishlar pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
TerDUning mobil metodik guruhi professor oʼqituvchilari, Oltinsoy tumanidagi maktablarda bo‘lib, oʼquv metodik yordam berishmoqda.
Professor oʼqituvchilar tomonidan
- oʼqituvchilarining toifasini sifat koʼrsatkichlarida oliy jarajaga oshirish;
-bitiruvchilarini kasbga yoʼnaltirish va OTMga kirish qamrovini oshirish;
-fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishishida metodik yordam berish;
-hamkorlikda oʼquv uslubiy qoʼllanmalar, maqolalar, metodik koʼrsatmalar tayyorlash bo‘yicha ilmiy metodik ishlar amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
#natijalar #besh_tashabbus
TerDUda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi fakultetlararo bosqichi yakunlandi
Musobaqalar: yengil atletika, stol tennisi, stritbol, mini-futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Kuni kecha ikkinchi bosqich voleybol musobaqalari yakunlandi.
🏆Unga ko‘ra;
Voleybol (o'g'il bolalar o‘rtasida) 🥇1.Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti 🥈 2. Fizika-matematika fakulteti 🥉3.Yuridik fakulteti
🏆Voleybol (qizlar o‘rtasida) 🥇1.Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti 🥈2.Kimyo fakuiteti 🥉3. Fizika-matematika fakulteti
✅ Ma’lumot o‘rnida, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning uchinchi hududiy va Respublika bosqichlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
#ogohlik_davr_talabi
❗️Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz, hayot uchun xavfli.
Hurmatli yurtdoshlar, oʻzingiz va oila aʼzolaringizni is gazi hamda yongʻin xavfidan himoya qiling. Uyni isitishda ochiq olovdan foydalanmang!
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti rektori huzurida Milliy libos va san’at fakulteti mas’ullari hamda faxriy ustozlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda universitetning mavjud san’at sohasidagi akademik salohiyatidan samarali foydalangan holda respublika va viloyat miqyosidagi ommaviy tadbirlar, anjumanlarni yuqori saviyada tashkil etish, bu jarayonda zarur bo‘ladigan moddiy texnik bazani shakllantirish hamda TerDU qoshidagi “Jayhun” ansamblining imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, konferensiyalardan tortib, yirik ommaviy bayram tadbirlarida milliylik va bag‘rikenglik shukuhi aks etishi lozim. Samimiy muloqotlarda TerDU rektori madaniyat, san’at va sportni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini ta’kidladi.
Bizni kuzating
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" ish boshladi.
Bizni kuzating
#tabassum
TerDU talabalari Fotima Saydullayeva hamda Sumbula Narzullayeva ijrosida bastakor A.Ismoilovning "Hayoli qiz" kuyi
📹 You tube orqali 4K formatda tomosha qilish.
Bizni kuzating
#№38
#Himoya_2024
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Yodgorov Shamsiddin Abduraimovich Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Qur’oni karimning inglizcha tarjimalarida adekvatlik muammosining lingvokognitiv tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
#Mutolaa
📁Hikoyalar: Ikki afsona, Gilam paypoq, Eng og'ir gunoh, Bola yig'isi.
📖O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan
🕐 Davomiyligi: 19:48
🎙Hikoya audiosini Dinara Jumageldiyeva o‘qidi.
Bizni kuzating
G'oyasi bor lekin loyihaga aylantira olmayotgan yoshlar diqqatiga‼️
✅ "INNO X" dasturi yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va ulkan yutuqlarga erishish yo‘lida noyob platforma bo‘lib, kelajakda ularning muvaffaqiyatli innovatorlarga aylanishiga ko‘mak beradi.
🏢 Termiz Yoshlar Texnoparkida "INNO X" dasturi doirasida yoshlarga innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishda keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Dastur ishtirokchilari o‘zlarining innovatsion loyihalarini hayotga tatbiq etish, tajriba almashish hamda sohaning yetakchi mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega.
Qabul jarayoni:📅
18-oktabrdan 28-oktabrgacha davom etadi
Murojaat uchun:
📞+998930020731
@Elbek_Asomiddinov
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bugun viloyat hokimi Termiz davlat universitetida bo‘lib, kuni-kecha faoliyat boshlagan “Yoshlar markazi” ning imkoniyatlari, unda yaratilgan shart-sharoitlar hamda "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi bilan yaqindan tanishdi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating