✅ Termiz davlat universitetida "Korrupsiya rivojlanishimizga toʼsiq" mavzusida Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirokida davra suhbati profilaktik tadbiri oʼtkazildi.
🟢Unda universitetning "Milliy libos va sanʼat", "Kimyo" fakultetlari professor oʼqituvchilari va talaba-yoshlari hamda Аkademik litsey pedagoglari va oʼquvchilari ishtirok etishdi.
🟢TerDUda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish doirasida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish" maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, milliy tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar. Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман иштирокчиларига мурожаати
—
Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам международной научно-практической конференции «Роль научного наследия Имама Термези в исламской цивилизации»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#konferensiya
Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
Ayni damda TerDUda anjuman dasturiga kiritilgan sho‘ba yig‘lishi bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Salohiyatli, iqtidorli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, IHMA faoliyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan tadbirda talabalarga "Keys menejment” faoliyati yoritilgan videorolik namoyish etildi.
Muloqotda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali - https://vacancy.argos.uz, davlat fuqarolik xizmatida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) baholash tizimi hamda IHMA Surxondaryo viloyat boshqarmasi va "Inson" markazlarida ishlash istagini bildirgan bitiruvchilarga sohaga oid ma'lumotlar berildi.
Bizni kuzating
Axborot 24 | «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o'rni» mavzusidagi xalqaro anjuman
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Surxondaryoga keldi
Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Mehmonlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradog‘i, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez kabi taniqli ulamolar bor.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#jarayon
🟢Ayni kunda Termiz davlat universiteti hududidagi barcha yong‘in xavfsizligi burchaklarining holati professor-o‘qituvchi mutaxassislardan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Bizni kuzating
#balli_qizlar
Termiz davlat universitetining 6-sonli talabalar turar joyi hududida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Tarix fakultetining 1-bosqich talaba-qizlari 5 ta shart bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Yakunda ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#tafsilot
TerDU rektori A.Toshqulov universitet kampusini aylanib, ijro intizomi holatini o‘rgandi
Jarayonda universitet rahbariga hududdagi sport inshootlarini joriy ta'mirlash loyihasi taqdim etildi.
Rektor tomonidan loyihachi, quruvchi va soha mas’ullariga rekonsturiksiya ishlaridan tortib, jihozlashgacha bo‘lgan yumushlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida muqobil yoqilg‘i zaxirasi shakllantirilmoqda.
Bizni kuzating
#davra_suhbati
Bugun Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida "Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo'llari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Seminarda mavzuga oid soha xodimlari ishtirok etib, yoshlarga illat ko‘rinishini olgan giyohvandlik iskanjasi bilan bog‘liq hayotiy misollar keltirishdi.
Bizni kuzating
#bilasizmi #saylov2024 #huquqiy_savodxonlik
Aralash saylov tizimi deganda nima tushuniladi?
Bizni kuzating
TerDU rektori A.Toshqulov va mas'ullar Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Evren Rutbil bilan uchrashdi
Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va Termiz davlat universiteti o’rtasidagi madaniy meros yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash sohasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalari ko’p yillik tarixga ega.
Bizni kuzating
📢“ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi uchun arizalar qabuli boshlandi
🖥Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 20-oktyabrda bo'lib o'tsa, ikkinchi Respublika bosqichi esa 17-noyabrda o‘tkaziladi.
❕Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.
✅Olimpiadaning maqsadi — turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir.
#sayohat
15-oktabr kuni Bandixon tumanida TerDU rektori bilan bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgani, rasmiyatchilikdan holi samimiy muloqotlar jarayonida o‘quvchilar universitetning o‘quv-amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishish taklifini bildirgani-yu bu tashabbus rektorimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun erta tongdan 40 nafarga yaqin bandixonlik o‘quvchi-yoshlar TerDUga olib kelindi. Ular mas’ullar hamrohligida universitet kampusi bo‘ylab sayohat qilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni kuzating
#xushxabar
“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ona tili o'zbek tili bo'lmagan xorijlik talaba-yoshlar o'rtasida har yili “O'zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko'rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Bizni kuzating
Reportaj 24 | Imom Termiziy ilmiy merosi: «Taassurotlar va istiqbol rejalari»
Bizni kuzating
"Estetik did: Milliylik va zamonaviylik" universitetimiz talaba qizlari nigohida
O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona madaniyatini yuksaltirish maqsadida O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Milliy liboslar” sayli o‘tkazildi.
Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari mujassam.
Bizni kuzating
Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi o‘nga yaqin davlatlarining olim va ulamolari ishtirok etayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisida Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Toshqulov ham ma’ruza qildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida rejalashtirilgan bir qator tadbirlar ertaga 18-oktabr kuni Termiz davlat universitetida davom etadi.
Bizni kuzating
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.
Anjumanda, shuningdek, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimi “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi orqali jarayonlardan reportajlar berib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
TerDU xorij sahifalarida
Xabaringiz bor, 2024-yil 11-12-oktabr kunlari Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurishgan edi.
Kuni-kecha tashrif tafsilotlari hamkor universitetning rasmiy vebsaytida (https://www.bcu.edu.cn/info/1162/19622.htm) ham e'lon qilindi.
Bizni kuzating
#jarayon
TerDU talabalari zoom dasturi orqali “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostidagi “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etishdi
Bu tadbir Oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
#uchrashuv
Bugun Bandixon tumanida TerDU rektori bilan bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Rasmiyatchilikdan holi samimiy muloqotlar jarayonida har bir bitiruvchini tashvishga soladigan ruhiy holatlar va uning yechimi borasida tavsiyalar berildi.
O‘quvchi-yoshlarning taklifiga ko‘ra, ular yaqin kunlarda Termiz davlat universitetiga olib kelinib, o‘quv-amaliy jarayonlar bilan tanishtiriladi.
Bizni kuzating
🇨🇳🇺🇿 Xitoy delegatsiyasi tashrifi
Termiz davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurishdi
Milliy libos va san'at fakulteti, Tarix fakulteti, Kimyo fakulteti hamda Ilmiy-tadqiqotlar markazlarida bo‘lgan xitoylik mutaxassislar ishtirokida milliy san'at, hunarmandchilik, dizayn va rangtasvir yo'nalishlarini o'z ichiga qamrab olgan yangi tadqiqot markazini ochish borasida kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya a'zolari professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan tayyorlangan san'at asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tarix fakulteti, Milliy libos va san'at fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari uchun maxsus seminar-treninglar va o'quv mashg'ulotlari ham tashkil etildi.
Bizni kuzating
15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.
BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
"QALQON" jamoatchilik mobil guruhi harbiy qismda
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “QALQON” jamoatchilik guruhi Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida 24 soat davomida amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Kun davomida Qalqon jamoatchilik mobil guruhi a’zolari harbiy qismda jismoniy, ma’naviy hamda saf tayyorgarlikdan o‘tishgan bo‘lsa dala maydonida taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi. Shuningdek harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tgan sport estafeta o‘yinlarida esa munosib ishtirok etdilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad esa talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ulardagi Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirishdan iborat.
Bizni kuzating
#kuz_qish #mavsum #tayyorgarlik
TerDU rektori universitetda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi
Mavsumni talafotlarsiz o‘tkazishga mas’ul xodimlar ishtirokida isitish qozonxonalarning shayligi sinovdan o‘tkazilib, yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.
Kuz-qish mavsumini risoladagidek o‘tishini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating