#OAV_biz_haqimizda
TerDUda “Zamonaviy lingvistika va xorijiy tillarni oʻqitish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#xalqaro_konferensiya
TerDUda «Tarix·San’at·Texnologiya-Ipak yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Unda Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya va Fransiyadan jami 54 nafar arxeolog olimlar ishtirokida, bugungi davrda, madaniy merosni muhofaza qilishning yangi konsepsiyalari, usullari va texnologiyalari bo‘yicha ilmiy almashinuvlar olib borildi.
Xorijiy va mahalliy arxeolog tadqiqotchilar O‘zbekiston-Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” qo‘shma loyihasi doirasida foydalanishga topshirilgan laboratoriya imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, ular Qoratepa, Fayoztepa Zurmala arxeologik yodgorliklari hamda Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#adabiyot
O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam bilan suhbat.
📹 To‘liq suhbat ushbu havolada: https://youtu.be/kQZnGlgys8g
Bizni kuzating
🇺🇿🇨🇳 Termiz davlat universitetining hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda
Bizni kuzating
#bilasizmi #qatag‘on_qurbonlari
1937–1953-yillarda 100 mingdan ortiq qatag‘on siyosati qurbonlari bo‘lgan
Ular atoqli davlat arboblari, ilm-fan namoyondalari, ijodkor ziyolilar, harbiy soha vakillari, sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi dehqonlar va ularning oila a’zolari edi.
Ushbu video orqali ba’zi ajdodlarimiz haqida ma’lumot berilgan.
📺“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...
Bizni kuzating
4-oktyabr kuni "Debat Xoll"da 2024-yilgi saylovlar taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘ladi!
Deputatlikka nomzodlar g‘oyalar va strategiyalar kurashida to‘qnash keladi, ular yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishadi.Ular orasida sizni munosib nomzodligiga ishontira oladigani kim bo‘ladi?
Bu oddiy debatlar emas — bu har birimizning hayotimizga ta’sir qiluvchi qarorlar qanday shakllanayotganini ko‘rish uchun imkoniyat.
Bizni kuzating
Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @TerDUantiCorruption_bot, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limining ishonch telefoni: 76-2217710, uyali aloqa telefonlari 91-5752001, 93-7990101 raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faol aʼzolaridan iborat "Qalqon" jamoatchilik guruhi yangi oʻquv yilidagi o'z faoliyatlarini boshladi.
Ma’lumot o‘rnida, universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 30 nafar ko‘ngilli yoshlari oliygoh va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.
Bizni kuzating
⚡️Termiz nufuzli xalqaro anjumanga hozirlik ko‘rmoqda
🗓 Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
🌍 Xalqaro anjumanda nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya, Qatar, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning 10 ga yaqin mamlakatidan 30 dan ortiq ilm-fan namoyondalari, olimlar, tadqiqotchilar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Buyuk muhaddis Imom Termiziyning 1200 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu nufuzli xalqaro anjumanga barchangizni taklif qilamiz!
Bizni kuzating
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida TerDUda bo‘lgan ijodkorlar oliygohdagi matbuot va axborot xizmati bo‘limi, registratsiya ofisi faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Mehmonlar joriy o‘quv yilidan boshlab Termiz davlat universitetida ochilgan jurnalistika ta‘lim yo‘nalishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilanligini ta’kidlashdi. Ijodkorlar oliygoh kampusi bo‘ylab talabalar va tadqiqotchilarga yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirishdi.
Bizni kuzating
#jarayon
TerDUda "Ma'rifat ulashib" loyihasi
Ayni damda viloyatimiz markazidagi Sa’nat saroyida TerDU rektori A.Toshqulov, O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
Tadbirning asosiy qismi oldidan talaba-yoshlarga Erkin A'zamning “Zabarjad” qissasi asosida suratga olingan shu nomdagi film namoyish etildi.
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi ijodkorlarimiz bilan qator tadbirlar tashkil etish belgilangan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#ustozga_ehtirom
TerDUda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ezgu amallar ko‘lami kengaydi
Termiz davlat universiteti rektori boshchiligidagi mas’ullar oliygohda uzoq yillar faoliyat yuritib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan yoshi ulug‘ faxriy ustozlarning holidan xabar olishib, bayram bilan tabriklashdi.
Ustozlar bilan samimiy suhbat jarayonida ularning nasihatlari o‘gitlariga quloq tutildi. Qo‘llarini duoga ochgan faxriylar xalqimizning dasturxoniga qut-baraka, yoshlarning kelajakdagi o‘qish va ishlariga omad va zafarlar tilashdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
Bizni kuzating
#№35
#Himoya_2024
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Nazarov Yusufjon Eshqobilovich 2024 -yil 5-oktabr kuni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengash huzurida “Noorganik kimyo” va “Fizik kimyo” ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Ba’zi 3d-metallarning tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishlari va fizik-kimyoviy xossalari”mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Yusufjon Eshqobilovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
TerDU mezbonlik qilgan XI xalqaro arxeologiya maktabi loyihasi yakunlandi
Bizni kuzating
TerDUda Respublika OTMlari orasida muqobili yo‘q zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi
Joriy o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilgan Ilmiy-tadqiqotlar markazi negizida zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi tashkil etildi. Uning ramziy ish boshlashi tantanali ko‘rinish oldi.
TerDU rektori A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti vitse-prezidenti Chen Fulin tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov va ikki universitet mas’ullari, talaba-yoshlari ishtirokidagi marosimda, hamkorlik aloqalari amaliy bosqichga o‘tganligi, tomonlar uchun manfaatli ekanligi ta’kidlandi.
Ushbu laboratoriyada paleobotanika, paleozoologiya, antropologiya, restavratsiya, kutubxona va moddiy madaniyat topilmalarini saqlash boʼlimlari mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Oʼzbekiston-Xitoy xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi Bandixon yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Bizni kuzating
#kontrakt_2024 #ikkinchi_mutaxassislik
⚡️2024/2025-o'quv yilida Termiz davlat universitetining Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi boʻyicha ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan talabgorlar diqqatiga!
‼️Universitetda 2024/2025-o'quv yilida Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi boʻyicha ikkinchi oliy ta’lim olish uchun kirish imtihonlari (test sinovi) natijalariga ko'ra to'plagan ballari tasdiqlangan to'lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ball va undan ko'p ball yetmagan hamda 56,7 balldan kam bo'lmagan holda qo'shimcha ravishda o'qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o'quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to'lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan to'lov-kontrakt miqdori universitet Kengashining tegishli qaroriga asosan 6 (olti) barobar etib belgilanganligini ma'lum qilamiz.
To'lov-kontrak shartnomalarini www.kontrakt.edu.uz tizimidan onlayn ariza yuborish orqali olishingiz mumkin.
❗️Termiz davlat universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori kurs (2, 3, 4 va 5-kurs) talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari ushbu havolada berilgan.
Bizni kuzating
#xalqaro_qizlar_kuni
🌍 BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.
📅 Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti talaba-qizlari ishtirokida “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shioiri ostida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorlgida o‘tkazilgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Unga ko'ra:
1-o'rin: Optimum jamoasi,
2-o'rin: Yustitsiya jamoasi,
3-o'rin: Sirus jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida jamoalar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
Ming nafarga yaqin talabalarni qamrab olgan "Marifat ulashib" loyihasidan videolavha.
Bizni kuzating
🟡 Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?
Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
NO COMMENT | Termiz davlat universiteti
Bizni kuzating
"Ma'rifat ulashib" loyihasi TerDU talaba-yoshlariga ijodiy muhit in'om etmoqda
Samimiy muloqotlarda O‘zbek adabiyotida voha maktabining o‘ziga xos jihatlari, namoyondalarining shaxsi, ibratli hayot yo‘llariga nazar tashlandi.
Mushoira kechasi ko‘rinishini olgan tadbirda, ustozlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi, o‘z o‘rnida yosh qalamkashlar ham iste'dodlarini namoyon etishdi.
Tadbir yakunida elimiz ardog‘idagi ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
🖼 Butun kunni qamrab oladigan bitta rasm
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Qaymoqlida qad rostlagan yangi maktab
#ustozga_ehtirom
TerDU pedagoglari faxriy ustozlar holidan xabar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Qadrli ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yosh avlodlarga ilm-ma’rifat ulashadigan, har bir bolani o‘zining farzandidek ardoqlab, ta’lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma’noda fidoyilik namunasidir.
Prezidentimizning sohaga, soha xodimlariga ko‘rsatayotgan e'tiborlari tufayli jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qadri yuksalib, o‘qituvchi degan kasbning nufuzi oshib bormoqda.
O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan Siz –mehridaryo ustozlarni, soha faxriylarini bayram bilan tabriklashdan hamisha faxr hissini tuyamiz.
Fursatdan foydalanib Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X