🇹🇷🇺🇿#xalqaro_forum
Turkiya - O‘zbekiston III ta’lim forumi
Istambulda bo‘lib turgan TerDU rektori A.Toshqulov Bursa Uludağ Universiteti bilan memorandum imzoladi. Shuningdek, forumda Turk Tili Jamiyati o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Mazkur forumda respublikamizning 30 ga yaqin oliygoh rektorlari hamda ularning jamoasi ishtirok etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Surxondaryoning boy turistik salohiyati Tojikistonda namoyish etildi
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.
Kuni kecha Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.
Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#ustozlarga_ehtirom
Bugun erta tongdan TerDUda professor-o‘qituvchilar ehtirom bilan kutib olindi
Oliygohda 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni oldidan talabalar tomonidan ustozni ulug‘lovchi, mehnatlarini madh etuvchi tadbirlar tashkil etish odatga aylangan.
O'zbek filologiyasi fakultetida "Ustozlar qalb nuri" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#musobaqa
Xabaringiz bor, Termiz davlat universitetida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning voleybol (erkak va ayollar) hamda stol tennis (erkak va ayollar) turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda.
Ayni damda 14 ta erkaklar va 13 ta ayollar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg’in pallaga kirgan.
Pedagoglar stol tennisi bo‘yicha ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
📺 Siyosiy partiyalar raislarining debatlari tashkil etiladi
Mazkur tadbir 27-sentabr kuni soat 17:00da jonli efirda Zo‘r TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 kanallarida uzatiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏆 Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Surxondaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi
Unda 30 ta jamoa vakillari egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, yakunda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
🥇DXX CHQ “Yosh chegarachilar” HAL
🥈IIV Surxondaryo Akademik litseyi
🥉TerDU Akademik litseyi
☑️ Ushbu jamoalar oktabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqaning respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jamoalarga respublika bosqichida ham omad tilaymiz.
Bizni kuzating
#Bayram_muborak
Bugun 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!
Sohada xizmat olib borayotgan barcha vatandoshlarimizni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
#karyera
Termiz davlat universiteti bitiruvchisi Sho'rchi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Akbarali Ishmurzoyev 1982-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2003- va 2009-yilda Termiz davlat universtetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
TerDU mezbonlik qilayotgan “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasi doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Oliygohning majlislar zalida Termiz davlat universiteti hamda Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻrtasida 2026-yildan boshlab qoʻshma taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, arxeologiyaning ixtisoslashgan yoʻnalishlari, jumladan paleobotanika va paleozoologiya sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy jurnallar chop etish, talabalar almashinuvi hamda professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, tegishli hujjatlar almashildi.
Bizni kuzating
#stajirovka
TerDUning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Abdulazizova Belarus davlat universitetida
Bizni kuzating
TerDU “Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
Oliygohning majlislar zalida 8 ta davlatning bakalavr, magistr, aspirant va yosh arxeolog olimlarini jamlagan tadbirning plenar majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar joriy yilning 06-oktabr sanasiga qadar, Termiz davlat universiteti bazasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Termiz davlat universiteti, Samarqand arxeologiya instituti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi milliy arxeologiya markazi, Tatariston Respublikasi fanlar Akademiyasi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida Rossiya, Qirg'iziston, Qozog'iston, Pokiston, Xitoy, Misr, Bolgariya davlatlaridan arxeolog tadqiqotchilar ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzating
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 17-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida joriy yil boshida TerDUda quvvati 1000 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda bu stansiya orqali TerDUning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanib, 145 833 kVt energiya hududiy ET korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 720 so‘mdan sotilmoqda.
Prezidentning 14.06.2024 yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida yana 1000 kVt stansiya qurilishi rejalashtirilgan.
Oliygoh hududidagi avtoturargohlarning tom qismida ham quyosh panellarini o‘rnatilishi orqali yana oyiga 33 ming 600 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#davra_suhbati
TerDUda talaba-yoshlarga unutilmas uchrashuvlarni in'om etayotgan "Ma'rifat ulashib" loyihasiga qizq‘in hozirlik ko‘rilmoqda
Xabaringiz bor joriy yilning 2-oktabr kuni Termiz davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu loyiha doirasida O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari va o‘qituvchilari "Erkin A'zam ijodi, yozuvchining o‘zbek adabiyotida tutgan o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil etishib, qimmatli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va talaba-yoshlar!
✨Barchangizni 2024-yil 27-sentyabr kuni soat 18:00 da universitetning bosh binosi (2-bino) hovlisida Milliy libos va san'at fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan "MEHNATI ELDA AZIZ USTOZLAR" deb nomlangan ijodiy ko'rgazmasi va konsertiga taklif etamiz.
💥Eslatma: ijodiy ko'zgazma va konsertga oila a'zolaringizni ham taklif etishingiz mumkin.
Bizni kuzating
#arxeologiya_maktabi
Xabaringiz bor, TerDU “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
⚡️ Ayni kunlarda 8 ta davlatning tadqiqotchilari 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda amaliy mashg’ulot olib borishmoqda:
1-seksiya; Qadimgi mehnat qurollarini eksperimental va trassologik tahlil qilish tamoyillari,
2-seksiya; Qadimgi metal va sopol singari arxeologik mehnat qurollarining konservatsiyasi va restavratsiyasi,
3-seksiya; Arxeologik inshootlar va arxitektura obidalarini fotogrammetriya, restavratsiya va 3D modellashtirish funksiyalari.
📅 Ishtirokchilar joriy yilning 6-oktabr sanasiga qadar Termiz davlat universiteti bazasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#Turizm
TerDUda 27-sentabr — Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan festival tashkil etildi
Unda universitet talabalari, viloyat Turizm boshqarmasi va Turizm politsiyasi xizmati vakillari o‘z yo‘nalishlari va faoliyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. So‘z olgan mas’ullar yurtimizning turistik salohiyatini ro‘yobga chiqarishda talaba-yoshlar va jamiyatimiz vakillari oldida turgan muhim vazifalar hususida to‘xtalishdi. Festival doirasida turkman, tojik hamda rus milliy madaniy markazlari vakillari ko‘rgazmalar tashkil etishib, badiiy chiqishlar qilishdi.
Ma'lumot o‘rnida, ayni kunda TerDU Iqtisodiyot fakultetida turizim va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasida bakalavr hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 310 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#Ma‘rifat_ulashib
"Nimagaki erishgan bo‘lsam, nimaki topgan bo‘lsam, hammasini kitobdan deb bilaman..."
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam bolaligida o‘qigan ilk kitoblari haqida
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
#№33
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi Saatmurotov Shohrux Zafar o‘g‘li Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda «08.00.06 - Ekonometrika va statistika» ixtisosligidan “Mintaqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Shohrux Zafar o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#sport
TerDUda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda
"Besh tashabbus olimpiadasi" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari talabalar o‘rtasidagi jamoaviy birdamlikni ham mustahkamlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur sport bellashuvlariga 11 ming nafardan oshiq talaba-yoshlar qamrab olinadi.
Bizni kuzating
#jarayon
📹Termiz davlat universiteti “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasiga mezbonlik qilmoqda
Bizni kuzating
Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda
Ushbu forumda Italiyaning 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etib, muzokaralar olib bormoqda.
Jarayonda Termiz davlat universiteti rektori hamda Italiyaning Salento universiteti rahbariyati bilan memorandum imzolandi.
Endilikda ushbu huhuqiy hujjatga asosan Termiz davlat universiteti hamda Salento universiteti o'rtasida arxeobotanika va arxeozoologiya mutaxassisliklari bo'yicha magistratura bosqichida qo'shma ta'lim dasturi "1+1" tashkil qilinadi. E’tiborli tomoni nafaqat TerDU talabalari xorijiy oliygohda tahsil oladi, balki Salento universiteti talabalari ham TerDUda bilim olishadi.
Termiz davlat universiteti va Salento o'rtasida 2 ta loyiha yo'lga qo'yilmoqda:
1. Magistratura qo'shma ta'lim dasturi
2. Jarqo'ton yodgorligida arxeologik qazishma ishlarini olib borish bo'yicha loyiha
Telegram|Instagram|Facebook|You tube|Sayt
“Akademik harakatchanlik” dasturining 2024-yilgi g‘olib yosh olimlari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha 37 ta loyihalar qabul qilindi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 13 nafar yosh olimning loyihalari g‘olib topilib, moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilind. Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 4-nafar doktoranti ham go'lib deb topildi.
1. Loyiha rahbari: Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna
Loyiha nomi: Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan antipiren-antiseptiklar sintezi, tadqiqoti va ularning qo‘llanishi
Loyiha mablagʻi: 43 790 000 so'm
2. Loyiha rahbari: Mukimov Abdullo Soatovich
Loyiha nomi: Organomineral qo‘shimchalar asosida yuqori markali sementlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
Loyiha mablagʻi: 47 100 000 so'm
3. Loyiha rahbari: Eshmurodov Xurshid Esanberdiyevich
Loyiha nomi: Kremniy organik birikmalar va ular asosida modifikatsiyalangan qurilish yelimlari olish hamda qo‘llash
Loyiha mablagʻi: 47 630 000 so'm
4. Loyiha rahbari: Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li
Loyiha nomi: Mahalliy hom-ashyolar asosida olingan ionitlardan nanog‘ovakli membranalar olish va ularning taqdqiqoti
Loyiha mablagʻi: 53 213 000 so'm
Barcha doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz!!!
Bizni kuzating
🇺🇿🇮🇹#xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda.
Ushbu forumda Termiz davlat universiteti rektori ham ishtirok etib, Italiyaning bir nechta nufuzli oliygohlari rahbariyati bilan
muzokaralar olib bormoqda.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
#startaplar_tanlovi
🚀$10 000 dollar sovrin jamg‘armasiga ega “Ijodiy startaplar tanlovi” o‘tkazilmoqda
Yo‘nalishlar:
— San’at
— Dizayn
— Moda
— O‘yinlar
— Interaktiv media
— Badiiy kontent yaratish
— Aqlli shaharlar va shaharsozlik
Sovrinlar:
🥇1-o‘rin $5 000 dollar.
🥈2-o‘rin $3 000 dollar.
🥉3-o‘rin $2 000 dollar.
💰Venchur investorlardan investitsiya jalb qilish imkoniyati.
🏕 1 haftalik startap campga yo‘llanma.
🤝Tanlov Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “IT Park Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
#apparat_yig‘lish
TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘lish bo‘lib o‘tdi
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi. Unda universitet rektorati, fakultetlar, kafedralar o‘rtasida intigratsiya yetarlicha yo‘lga go‘yilmaganligi, misollar bilan keltirildi. Yigilishda shuningdek, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlashda, mas’ullar oldiga qator vazifalar qo‘yildi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalanib, inson omilisiz, korrupsion hatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladigan loyiha mualliflarining mehnatlari etirof etildi.
Rektorning taklifiga ko‘ra, endilikda universitetda Ijro apparati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
#mahalla_yangiliklari
Surxonlik olimlar yangi bo'yoq turini kashf etishdi.
🗓 20.09.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv