#musobaqa
🏆 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlab 25-,27-sentabr kunlari Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol (erkak va ayollar) hamda stol tennis (erkak va ayollar) turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
📅 25-,27-sentabr
⏰ soat 14:00
Bizni kuzating
#jarayon
Ayni vaqtda TerDUda universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalari e’loni, uning fakultet, kafedralar kesimidagi umumiy tahlili hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
Bugun Termiz davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi – Prokuratura, Adliya va Sud organlari vakillari hamda Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm”, “Kimyo”, “Sport faoliyati va boshqaruvi” va “Ijtimoiy fanlar” fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’ruza qilishdi.
✈️ @terdu340
#ustozga_ehtirom
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, TerDU talabasi Shahnoza Qarayevaning ustozlariga ehtiromi...
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetida “Termiz yoshlar markazi” tashkil etiladi
Universitet rektori A.Toshqulov BMT taraqqiyot dasturi Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, klaster rahbari K.Muhamedxanova va daxildor mas’ullar ishtirokida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Ma’lumot o‘rnida ushbu loyiha Yaponiya davlati va Termiz davlat universiteti mablag‘lari asosida hayotga tadbiq etilmoqda.
Markazda:
✅ tematik treninglar va seminarlar;
✅ chet tili kurslari;
✅ yuridik klinika;
✅ biznes treninglar;
✅ psixologik kurslar;
✅ IT kurslar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, markazda hududiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
#rasmiy_xabar
⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim
🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:
➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;
➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;
➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;
➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.
✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.
Bizni kuzating
#tafsilot
Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi
Jarayonda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, universitetda talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yich prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari va pedagoglari uchun ma’ruza qilib seminar trening mashg’lotlarini o‘tdi.
✈️@terdu340
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi
TerDU rektori A.Toshqulov va Novosibirsk viloyati ta'lim vaziri M.Jafyarova hamda mas’ullar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar, tashabbuslarni o‘rtaga tashlashdi. Muzokaralar so‘ngida anglashuv memorandumi imzolandi. Taomilga ko‘ra mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida bo‘lgan viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirsk viloyatida bo‘lishib, hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha, muzokaralar o‘tkazishib “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan edilar.
Bizni kuzating
🇺🇿🤝🇷🇺 Surxondaryo va Novosibirsk o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi darajada rivojlantirmoqda
Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Surxondaryoga tashrifining birinchi kunida xalqaro erkin savdo zonasi va transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏢 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 2025-YIL UCHUN OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIMGA QABUL E’LON QILADI
📝Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma.
📀 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma.
🪪 One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘llanma.
✅ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
❓Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha ko‘p so‘raladigan savollar va ularga javoblar.
⏰ Hujjatlar 2024-yil 15-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#olimpiada
Abu Ali ibn Sino aytganidek, "Aql tarozisiga solinmagan har qanday bilim asosizdir".
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Kuni kecha, TerDUda joriy yilning 23-24 sentabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston-Italiya ta'lim forumi doirasida Termiz davlat universiteti hamda Italiyaning Salento universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Termiz davlat universiteti hamda Salento universiteti o'rtasida arxeobotanika va arxeozoologiya mutaxassisliklari bo'yicha magistratura bosqichida qo'shma ta'lim dasturi "1+1" tashkil qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi.
✈️@terdu340
#qulaylik #registratsiya_ofisi
TerDUda o‘ndan ortiq davlat tashkilotlari va muassasalari bilan elektron axborot almashish imkoniyatiga ega, Registratsiya ofisining faoliyat boshlashi evaziga, talabalar va pedagoglarga 7 ta yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Bizni kuzating
#teatr
🗣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-406-son qarorining ijrosi doirasida Termiz shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz davlat universiteti talabalari ham ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishdi.
Bizni kuzating
🇺🇿 Yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan "Xon atlas" haftaligi Termiz davlat universitetida ham koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida talaba-qizlar atlas, adras va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan go‘zal liboslar bilan milliyligimizni tarannum etib, o‘zbekona kiyinish san'atining o‘ziga xosligini namoyish qildilar.
Oʻzbek milliy matolari xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odatlari, an'analarini o'zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Bizni kuzating
#Tafsilot
TerDUda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar belgilanib, KPI natijalari tahlil etildi
Videokonferensaloqa tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilishda universitet rektori A.Toshqulov pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalarining umumiy tahlili hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumotlar slaydlar ko‘rinishida fakultet, kafedralar kesimida taqdim etilib, jarayonda erishilgan yutuqlar asnosida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham tilga olindi.
Masalan, 2024/2025 o‘quv yilida mavjud 71 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 15 tasi, 43 ta magistratura mutaxassisliklaridan 14 tasi yangidan tashkil etilgan. Viloyatda birinchi marta bo‘lib jurnalistika yo‘nalishi, yuridik yo‘nalishining 2-mutaxassisligi ochilib, kadrlar tayyorlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida universitetga 47 nafar professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilingan, shundan 26 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, 30 nafardan ortiq tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarini himoya qilishgan. Yil boshidan beri 56 nafar ilmiy salohiyatli kadrlar pedagoglar safiga qo‘shildi. Ayni vaqtda universitet ilmiy salohiyati 41,3 foizni tashkil etmoqda.
Bizni kuzating
#talabalar_oqshomi
➡️Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 6-TTJ hovlisida "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi bo'lib o'tdi
🟢Yuqori saviyada tashkil etilgan ko‘ngilochar konsert talaba-yoshlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligidagi musiqiy kecha chinakamiga bayramona dasturga aylandi.
Bizni kuzating
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.
👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
BaholashUz">
Bizni kuzating
#ijodiy_uchrashuv
"Ma'rifat ulashib" loyihasi
📣 Termiz davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
📅 Uchrashuv vaqti: 2-oktabr
📍Manzil: Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi"
Barcha talaba-yoshlarni ushbu unutilmas uchrashuvga taklif etamiz!
Bizni kuzating
#OTM #besh_tashabbus
😀 TerDUda talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining 2024/2025 oʻquv yilidagi bahslariga start berilmoqda.
🖐Musobaqalar 5 ta sport yo‘nalishida: yengil atletika, stol tennisi, stritbol, mini-futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
🟢Birinchi bosqich — 20-,30-sentyabr kunlari guruhlararo fakultet bosqichi;
🟢Ikkinchi bosqich — 3-,26-oktabr kunlari fakultetlararo OTM bosqichi;
🟢Uchunchi bosqich — 1-,23-noyabr kunlari hududiy hamda Respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadi.
Barcha talabalarni ushbu sport musobaqalariga chorlab qolamiz.
✈️@terdu340
#sport #kurash
🏆 TerDUda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
🟢 Talabalar ligasi doirasida, sportning "Milliy kurash" turi bo‘yicha Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti birinchiligi o‘tkazildi.
🟢"Milliy kurash" musobaqasiga 120 nafardan ortiq sportchi talaba- yoshlar faol ishtirok etishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025 oʻquv yilida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida "Talabalar ligasi" sport musobaqalari sportning (futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash) turlari boʻyicha o‘kaziladi.
✈️ @terdu340
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇷🇺 TerDUda bo‘lgan Novosibirsk viloyatining ta’lim vaziri va Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori universitetda talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yich prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari va pedagoglari uchun ma’ruza qilib seminar trening mashg’lotlarini o‘tdi.
Bizni kuzating
Mafkuraviy kurash fronti. Oʻzbek tarixchilarining Temur shaxsiyatini tiklash va oqlash yoʻlidagi harakatlari
Jadid maʼrifatparvarlari yangi usul maktablarida tarix fani oʻqitishni, millat farzandlarini xolis oʻtmish bilan tanishtirishni oʻzlarining muqaddas burchi sifatida bilgan. Ular sovet mafkurachilarining buyuk o‘zbek tarixiy shaxslarini qoralash kampaniyasiga qarshi chiqqan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3032
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
#olimpiada_natijalari
🔔 Termiz davlat universitetida o'tkazilgan xorijiy (Ingliz, nemis, fransuz) tillari fan olimpiadasi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining birinchi OTM bosqichi natijalari e'lon qilindi.
Natijalar bilan tanishish: Xorijiy-tillar-fan-olimpiada
Termiz davlat universiteti olimlari samarali bo‘yoq turini yaratishdi
Avtomobil yo‘llarida harakat ishtirokchilari havfsizligini ta’minlash hamda transportlar harakatini tartibga solishda yo‘l yotiq chiziqlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa o‘z navbatida yotiq chiziqlarning ko‘rinarli holatda uzoq muddat saqlanishi zarur.
Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan yo‘llarda yotiq chiziqlarni chizishda ishlatish uchun yangi bo‘yoq turi yaratildi. Avvalgi bo‘yoqlar xorijdan keltirilgan bo‘lib, chizilgandan keyin ikki oy muddatgacha turgan. Vohamiz olimlari yaratgan bo‘yoqlar esa xorijdan keltiriladigan bo‘yoqlardan 3 baravar arzon bo‘lib, chizilgan yotiq chiziqlar 6 oygacha saqlanib turishi bildirilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu bo‘yoqdan sinov tariqasida Termiz davlat universiteti atrofidagi avtomobil yo‘llaridagi piyodalar yo‘lakchalarini chizishda ishlatilmoqda. Sinovlar samarali natija bersa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda barcha yo‘llarda foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining joriy o‘quv yili boshida universitet faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida olimlar tomonidan ushbu bo‘yoq turini yaratish jarayonlari taqdimot qilingan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🤝 TerDUning matbout va axborot boʻlimi xodimlari iqtidorli yoshlarni hamkorlikka chorlaydi.
🎯 Qobilyatingiz va tashabbuslaringizni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan imkoniyatlardan samarali foydalaning!
Bizni kuzating
#Haftalik_dayjest
✅ Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqea va hodisalar dayjesti
“Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida yangi oʻquv yili koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab yangidan qurib foydalanishga topshirilgan Sport majmuasida amaliy mashg‘ulotlarga kirishildi.
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.
TerDU da yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan tadbir tafsiloti.
TerDU ta’lim yo‘nalishlarini bitirib qaysi sohalarda faoliyat yuritish mumkin?
«Hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligi: muammolar, tahlil va natijalar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi.
2024/2025 o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolar qabuli davom etmoqda!
TerDUda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ta'lim bo'yicha Amerika Kengashining FEP (Faculty Enrichment Program) dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Termiz davlat universiteti jamoasi yangi o‘quv yilini ezgu an'ana bilan qarshilamoqda.
Termiz davlat universiteti rektorining buyrugʻi bilan Yusupov Oybek Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi - matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.
TerDUda “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
TerDU yuridik fakultetida 1-kurs talabalari ishtirokida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
TerDUning hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlar xususida.
Xushxabar: Surxondaryolik uch polvonimiz g‘oliblar qatorida.
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI.
“Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Termiz davlat universiteti raqamlarda.
"Talabalar ligasi" sport musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
"Xon atlas" haftaligi Termiz davlat universitetida ham koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Termiz davlat universitetiga o'qishga kirish maqsadida ro'yxatdan o'tgan "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tegishli tavsiyanoma"ga ega abituriyentlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
Ekologiya 24 | Termiz hayvonot bog‘ida birinchi marotaba Buxoro bug‘usi bolaladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#suhbat #5yil_staj
📎Avval xabar berganimizdek, bugun TerDUda 2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetiga o'qishga kirish maqsadida ro'yxatdan o'tgan "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tegishli tavsiyanoma"ga ega abituriyentlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Unda 2024/2025-o'quv yili uchun
- Buxgalteriya hisobi;
- Iqtisodiyot;
- Psixologiya;
- Tarix;
- Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar ishtirok etishdi.
Bizni kuzating