#konferenisya
Termiz davlat universiteti “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.
Bizni kuzating
🗣Diqqat e’lon! Siz muddatidan oldin magistr bo‘lmoqchimisiz? Chet tillarni puxta o‘zlashtirganmisiz? Unda bu taklif aynan siz uchun!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab" tillari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi e’lon qilindi.
#jarayon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-292-sonli "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida TerDUda “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda respublikamizning taniqli tarix va filolog olimlari ishtirok etayapti. Anjumanda universitet rektori A.Toshqulov Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganishda olimlar ilmiy xodimlarning oldida turgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Konferensiya asnosida yigirmadan oshiq mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilinib muhokamalar tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
#jarayon
Birozdan so‘ng, Termiz davlat universitetida “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlanadi.
@terdu340
#Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrugʻi bilan Yusupov Oybek Majitovich Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi - matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Oybek Majitovich 1983-yil Surxondaryo viloyatida tug'ilgan, tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
TerDUda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ta'lim bo'yicha Amerika Kengashining FEP (Faculty Enrichment Program) dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Akademik malaka oshirish dasturida oliy ta'lim o'qituvchilariga pedogogik mahorat va kasbiy, intizomiy bilimlarni egallash imkoniyati beriladi.
FEP dasturida ishtirok etish istagidagi pedagoglardan arizalar 2024-yil 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza qoldirish: https://americancouncilsnetwork.org/fep/
Bizni kuzating
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-sentyabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
📌 Batafsil tanlov nizomi
Bizni kuzating
#konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-292-sonli "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida "Termiziy allomalarning ilmiy-ma'naviy merosi: o‘tmish va bugun" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada shonli o‘tmishimiz boy ma'naviy merosimiz haqidagi ilmiy xulosalar, qo‘llanmalar, izlanishlar mahsuli xususida ma'ruzlar qilinadi.
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti
🕔 Vaqti: 12-sentabr soat 10:00
Bizni kuzating
ТерДУ таълим йўналишларини битириб қайси соҳаларда фаолият юритиш мумкин?
Қуйидаги ҳаволалар орқали бакалавриат таълим йўналишлари бўйича бакалаврларнинг касбий фаолияти ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин:
● 60410500 – Молия ва молиявий технологиялар
● 60310300 – Психология
● 60210500 - Рангтасвир (дастгоҳли)
● 60410300 – Солиқлар ва солиққа тортиш
● 60310400 – Социология
● 60230200 – Таржима назарияси ва амалиёти (инглиз тили)
● 60220300 – Тарих
● 61010100 – Туризм ва меҳмондўстлик
● 60530500 – Физика
● 60420100 – Юриспруденсия
Diyor24.uz расмий канали👇
You tube | Telegram | Facebook | Instagram
#№29
#Himoya_2024
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari kafedrasi o‘qituvchisi Berdiyeva Xurshida Karimovna O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan "10-11 yoshli gandbolchi qizlarni tayyorlashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash samaradorligi" mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Xurshida Karimovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#jarayon
Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab yangidan qurib foydalanishga topshirilgan Sport majmuasida amaliy mashg‘ulotlarga kirishildi.
Bizni kuzating
“Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda”
Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Termiz davlat universitetida ham “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov nutq soʻzlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar boʻlgani bilan tabrikladi. Ularga yangi oʻquv yilida yangi marralar, natijalarga erishishlarini tilab, oʻquv yilini rasman ochdi.
Tadbirda soʻz olganlar yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlagan talabalar auditoriyalarga kuzatildi. Ularga Univesitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan mustaqillik darslari o‘tiladi.
Bizni kuzating
Hurmatli talabalar!
Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.
Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.
Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!
Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!
Hurmat bilan,
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
#videoyo‘riqnoma
✅ One ID (my.gov.uz) tizimdagi login va parolni qayta tiklash tartibi.
Bizni kuzating
#talabalar #kutib_olish
🏠 Termiz davlat universitetida talabalar munosib kutib olinib, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirilmoqda. Bugunga qadar jami 1 ming 367 nafar talaba turar joy bilan ta'minlandi.
Bizni kuzating
Termiz davlat universitetining yuridik fakultetida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar ishtirokida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Unda talabalarga
- ilmiy faoliyat bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish;
- xorijiy grantlar, dasturlar, malaka oshirish va stajirovka dasturlari;
- davlat stipendiyalariga tayyorlanish;
- ilmiy maqolalar va tezislar yozish hamda chop etish bo‘yicha ham tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tildi.
Bizni kuzating
#prezident #yig‘ilish
Prezident: Har bir kambagʻal oilada, ayniqsa xotin-qizlar orasida kamida bir nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit qilib beramiz
Bizni kuzating
#№30
#Himoya_2024
✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xaitova Yulduz O‘ktamovna Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda "O‘zbek adabiyoti" ixtisosligidan “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkor shaxs ruhiyati va badiiy talqin uyg‘unligi (Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Yulduz O‘ktamovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. 💐💐💐
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
#birinchi_kurs #uchrashuv
Termiz davlat universiteti jamoasi yangi o‘quv yilini ezgu an'ana bilan qarshilamoqda.
Universitet rahbariyati tomonidan har kuni 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar ishtirokida mana shunday ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
#Qabul2024
#Xorijiy_fuqarolar
2024/2025 o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolar qabuli davom etmoqda!
📝Termiz davlat universitetida o'qish istagida bo'lgan xorijiy fuqarolar quyida berilgan havolalar orqali ariza formasini 2024-yilning 30-sentabrigacha to'ldirishlari mumkin.
Ariza to'ldirish
———————————
Приём иностранных граждан на 2024/2025 учебный год продолжается!
📝Иностранные граждане, желающие учиться в Термезском государственном университете, могут заполнить заявку по ссылкам ниже до 30 сентября 2024 года.
Заполнение заявки
————————————
Admission of foreign citizens for the 2024/2025 academic year continues!
📝Foreign citizens who wish to study at Termez State University can fill out the application form using the link below until September 30, 2024.
Apply
—————————————
Contact: 📞+998919109696 👍@shohabbos_bozorov
Bizni kuzating
#birinchi_kurs #uchrashuv
Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi
Universitet rektori prorektorlar bilan talabalikka qabul qilingan har bir talabaga bittadan kitob sovg‘a qilib samimiy muloqotga kirishishdi. Uchrashuv jarayonida yozuvchi O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" deb nomlangan kitobining mazmun-mohiyati xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
E’tiborli tomoni mazkur kitobda talabalar uchun ezgu tilaklar bildirilishi barobarida 2054-yil 25-sentabr kuni universitetning tashkil etilganligiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirga taklifnoma ekanligi keltirib o‘tilgan. Uchrashuv so‘ngida esdalik uchun suratga tushildi.
Ma’lumot o‘rnida 2024-2025 o‘quv yilida TerDU da qariyib 3000 ming nafarga yaqin talabalar birinchi bosqichga o‘qishga qabul qilindi. Universitet ma’muriyati tomonidan ularning har biri bilan mana shunday muloqotga kirishish rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
#konferensiya
Termiz davlat universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan
«Hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligi: muammolar, tahlil va natijalar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya.
Anjumanda TerDU rektori A.Toshqulov ishtirok etib, respublikamizning turli nufuzli oliygohlaridan tashrif buyurgan ishtirokchi professor-o‘qitvchilarning ishlariga omad tiladi.
Va ta’kidlandiki, konferensiya doirasida tilimizning sofligini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolar o‘rtaga tashlanib yechimlari bo‘yicha ilmiy qo‘llanmalar yaratiladi.
Ishtirokchilar 7 ta sho’baga bo‘lingan holda o‘zbek, qoraqalpoq, tojik turk tillarida jami 84 ta mavzu bo‘yicha tilimizning sofligini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar qilishdi.
“Surxondaryo oʻzbek shevalarida oʻzlashgan soʻzlar”, “Namangan viloyati qipchoq shevalari leksikasidagi sinonimlar”, «Tog‘ay Murod badiiy nutqida «inson—borliq» munosabatining semantik tasnifi»
Bu mavzularda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va fan nomzodlari tomonidan qilingan ma’ruzalar asosida ilmiy qo‘llanmalar yaratiladigan bo‘ldi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
TerDU da yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan tadbir tafsiloti
Bizni kuzating
#bilasizmi #eslatma
📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mustaqillik_darsi
😀 Termiz davlat universitetida ham 2024/2025 o‘quv yili “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida oʻquv jarayonlari boshlandi.
Bizni kuzating
#taklifnoma
Hurmatli ota-onalar, aziz talabalar!
Barchangizni 9-sentabr kuni soat 8:30da yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan bayram dasturiga taklif qilamiz.
📍Manzil: 37.2379776,67.2876492,16.17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352dffc61512e5:0xa9327e0cb650584f!8m2!3d37.2343581!4d67.2859916!16s%2Fg%2F11cn8t5rnt!5m1!1e4?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDkwNC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Termiz davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti binosi hovlisi.
Bizni kuzating
#diqqat_e'lon #5_yil_ish_staji #suhbat
🔈 2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetiga o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tegishli tavsiyanoma"ga ega boʻlgan abituriyentlar diqqatiga!
✔️Universitetda 2024/2025-o'quv yili uchun quyidagi:
- Buxgalteriya hisobi;
- Iqtisodiyot;
- Psixologiya;
- Tarix;
- Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga joriy yilning 14-sentyabr kuni soat 09:00 da suhbat jarayonlari bo'lib o'tadi!
☄️Suhbat jarayonlari universitetning Axborot texnologiyalari fakulteti (Qabul komissiyasi joylashgan) binosida boʻlib oʻtadi.
⚡️Suhbat jarayonlariga qatnashish uchun abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va belgilangan tartibdagi kerakli hujjatlar (diplom va ilova (asli), tavsiyanoma (asli), ish staji to'g'risidagi hujjat (tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi))ni olib kelishlari lozim.
❗️Suhbat jarayonlariga oʻz vaqtida kechikmasdan keling!
📞 Murojaat uchun tel: 76 228 03 40
Bizni kuzating
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tumanning Qorayontoq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi xonadonlari bilan tanishildi. Hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida tumandagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish borasida Surxondaryo tajribasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.
🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2211
#Surxondaryo #Jarqurgon #tadbirkorlik #bandlik #taqdimot #aholixonadonlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#diqqat_e'lon #ikkinchi_mutaxassislik
🔈 2024/2025 o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetining quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun o‘qishga tavsiya etilganlar diqqatiga!
🚩Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha)
- mas'ul: dekan o'rinbosari Umidulla Isarov (+998 99 677 30 45);
🚩Biologiya (turlari bo’yicha)
🚩Geografiya
- mas'ul: dekan o'rinbosari Quvonch To'rayev (+998 93 549 00 86);
🚩Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
- mas'ul: dekan o'rinbosari Muhammad Rahmonov (+998 91 582 25 25);
🚩Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
🚩Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
🚩Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🚩Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
🚩Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
- mas'ul: dekan o'rinbosari Mirsaid Norqulov (+998 94 517 77 76);
🚩🚩Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili
- mas'ul: dekan o'rinbosari Jahonnur Javliyev (+998 94 209 00 60);
🚩🚩Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)
- mas'ul: dekan o'rinbosari Ilxom Shaymardonov (+998 91 576 82 28);
🚩🚩Matematika
- mas'ul: Begzod Xo'jamqulov (+998 90 984 87 94);
🚩🚩Professional taʼlim: axborot tizimlari va texnologiyalari
- mas'ul: dekan o'rinbosari Mamayusuf Abdullayev (+998 90 747 67 80);
Bizni kuzating