#buguntarixda
1-may – O’zbekistonda dastlabki gidroelektr stansiya qurilgan kun
Bo’zsuv GES (Bog’ishamol ko’chasi) O’zbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiya.
Toshkentning Bo’zsuv kanalida 1923-yilda qurilishi boshlanib, 1926-yilda 1-mayda ishga tushirilgan.
Quvvati 4 ming kVt.
1930-yillarda uning quvvati O’zbekistonda mavjud bo’lgan barcha GESlardan yuqori bo’lgan va Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporti va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Bo’zsuv GES to’la avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
💬Guruh:@tdau_talabalarii
🟩🟩🟩
YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHI!
📌 Bugun, Toshkent davlat agrar universitetida Komplayns nazorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti hamkorligida talaba yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 2024-yilda amalga oshiriladigan "Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish" boʻyicha universitet chora-tadbirlar rejasi 8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" shiori ostida Insholar tanlovining univerisitet bosqichi oʻtkazildi.
✅ Ushbu tanlovda Komplayns nazorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i T.Azizxo‘jaev, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi D.Mustafakulov, О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dotsent S.Xolmirzayeva, Univerisitet Yoshlar Yetakchisi S.Isroilov,
Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi uslubchisi N.Raimbayeva, hamda Fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori, kengash aʼzolari hamda tanlovning Universitet bosqichiga oʻtgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.
📈 Tanlovdan asosiy ko'zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi yoshlarimizda ma'naviy va aqliy immunitetni oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va har bir inson bunga qarshi kurashish madaniyatini hosil qilishdan iboratdir.
#foydali
Nok daraxtiga zararkunandalardan nok shira burgasi, meva kanasi, kasalliklardan kalmaraz (parsha) zarar keltiradi
🍐Nok shira burgasiga qarshi erta bahorda Syepimetrin 25 % 10 litr suvga 20 gramm qo‘shib purkaladi. Ushbu preparatlar bo‘lmaganda tamaki qaynatmasidan foydalanish mumkin.
Nok daraxti hosilini yig‘ib olishda mevalari bandiga zarar yetkazmasdan teriladi. Ba’zi mahalliy navlar terilganidan so‘ng mahsus issiq sharoitda saqlanganida o‘ziga xos yumshoqlikka ega bo‘ladi. Kechki navlar terilganidan keyin saqlashga qo‘yilsa, ular bir necha hafta o‘tgach pishib, iste’molga yaroqli bo‘ladi.
👔Manba: t.me/agro_hayot
🌐Kanal 💬Guruh
👍🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Koordinatorlar faoliyatidan gapiramiz...
📌 Toshkent davlat agrar universiteti Agrobiologiya fakukteti Yoshlar ittifoqi Koordinatorlari A.Bekchanov hamda B.Mirzayevlar boshchiligida 13-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbati davomida talabalarga Universitetda joriy qilingan Ichki stipendiya va tanlovlar haqida maʼlumotlar berildi, ularga qay tartibda ishtirok etish kerakligi aytib oʻtildi.
✅B.Mirzayev tomonidan Munozara haqida tushunchalar berildi, shuningdek, talabalarga Ibrat farzandlari orqali chet tillarini oʻrganish kerakligi va "Mutolaa" dasturi va undan foydalanish haqida tushunchalar berib oʻtildi.
✅Suhbat yakunida ichki tartib qoidalarga rioya qilishi,talabalarning dars vaqtlariga oʻz vaqtida chiqishlari va belgilangan vaqtda oʻz xonalarida boʻlishligi aytib oʻtildi, uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#bayramlar
Bugun 29-aprel - Xalqaro raqs kuni
🔹1982-yil Xalqaro raqs kengashi tomonidan mashhur Fransuz raqqosi Jan-Jorj Noverr tavallud kuni munosabati bilan ushbu sana yil taqvimiga “Xalqaro raqs kuni” sifatida muhrlangan.
🔹 Ushbu muhim sana munosabati bilan har yili dunyoning koʻplab mamlakatlarida raqs jozibadorligini tarannum etuvchi turli tadbir, konsert va festivallar tashkil etiladi.
🔹 1992-yildan buyon ushbu sana munosabati bilan “Benua raqsi” xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
💬Guruh:@tdau_talabalarii
🔠🔠🔠🔠🅰️🔠
🔠🔠🔠🔠🔠
♾♾♾Odamlar-u odamlar eshitmadim demanglar, bu spektaklni ko'rganlar darmonda, ko'rmaganlar armonda!
🎭 Toshkent davlat agrar universitetining "Isteʼdod" teatr jamoasi Toshkent davlat madaniyat institutida 27-aprel sanasi soat 9:00da boʻlib oʻtadigan viloyat bosqichida jamoamizni tomoshabin sifatida qo'llab quvvatlab uchun taklif etamiz!
🏆Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa "Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovida 3-o'rinni egallagan.
📌Xullas, ming marta gapirgandan bir marotaba o'zingiz ko'rganingiz ma'qul!
🏆 Universitetimiz shanini yanada, birgalikda koʻtaraylik aziz yoshlar!
📞 Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin:
+998333696000
@aslbek_080
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
✈️ Telegram 📒 Facebook
📷 Instagram🖤 TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">YouTube
26-aprel – Xalqaro kotibalar kuni
Xalqaro kotibalar kuni, shuningdek, ma'muriy professionallar kuni sifatida ham tanilgan, kotibalar, ma'muriy yordamchilar, resepsiyonistlar va boshqa yordamchi xodimlar kabi ma'muriy mutaxassislarning ishini e'tirof etish va qadrlash kunidir. U har yili aprel oyining oxirgi haftasining chorshanba kuni nishonlanadi.
Bu kun birinchi marta 1952-yilda AQShda Milliy kotibalar haftaligi sifatida nishonlangan va keyinchalik Xalqaro kotibalar kuni sifatida kengaygan. Ushbu kunni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad korxona va tashkilotlarda ma’muriy soha mutaxassislarining muhim rol o‘ynashini e’tirof etish, ularning mehnati va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirishdir.
Xalqaro kotibalar kunida ish beruvchilar o'zlarining ma'muriy xodimlariga minnatdorchilik bildirish uchun sovg'alar, gullar yoki kartalar berishlari mumkin.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
📌Guruh:@tdau_talabalarii
⛔️⛔️⛔️⛔️📢📢📢📢
🇺🇿 Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi Boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatorligi tashabbusi bilan "Munozara" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tadi.
📍Manzil: Bosh bino 2-qavat
⏰ 25-aprel soat: 14:00
👏Mazkur oʻyinda qatnashish istagi bor talabalar fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori hamda Intellektual loyihalar koordinatorlariga murojaat qilishlari mumkin.
✅ Mazkur "MUNOZARA" oʻyiniga barchani lutfan taklif etamiz!
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
✈️ Telegram 📒 Facebook
📷 Instagram🖤 TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">YouTube
25-aprel – Xalqaro DNK kuni
Xalqaro DNK kuni har yili 25-aprelda nishonlanadi. Bu kun 2003-yilda Amerika Qo'shma Shtatlari Genetika Assotsiatsiyasi tomonidan 1953 yilda Jeyms Uotson va Frensis Krik tomonidan "Nature"da nashr etilgan DNK tuzilishi haqidagi ilmiy maqola nashr etilgan kunni nishonlash uchun tashkil etilgan. Ushbu maqola irsiyat haqidagi tushunchamizni sezilarli darajada o'zgartirdi va zamonaviy molekulyar biologiyaning rivojlanishiga olib keldi.
Xalqaro DNK kuni Yerdagi hayot uchun DNKning o‘ziga xosligi va ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, molekulyar biologiya va genetika yutuqlarini ommalashtirishga qaratilgan. Shu kuni turli tadbirlar, ma’ruzalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib, bu muhim fan sohasiga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
24-aprel – Butunjahon laboratoriya hayvonlari kuni
Butunjahon laboratoriya hayvonlari kuni har yili 24-aprelda nishonlanadi. Ushbu kun hayvonlardan ilmiy va tibbiy tadqiqotlarda foydalanish masalasiga e'tibor qaratish va muqobil sinov usullarini ishlab chiqishni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Laboratoriyalarda hayvonlar tajribalar o'tkazish, yangi dori-darmonlar va kosmetika vositalarini sinab ko'rish, kasalliklarni o'rganish va boshqalar uchun ishlatiladi. Biroq, bunday foydalanish ko'pincha hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik bilan bog'liq bo'lib, ular og'riq, stress va o'zlarining tabiiy xatti-harakatlarini ko'rsatish uchun kam imkoniyatga ega.
Butunjahon laboratoriya hayvonlari kunining maqsadi hayvonlardan ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun yanada axloqiy va insonparvarlik muhitini yaratish, ilmiy jamoatchilik e'tiborini hayvonlardan foydalanishni talab qilmaydigan muqobil sinov usullarini ishlab chiqishga qaratishdir.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
#kun_tarixi
12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni
Bugun 12-aprel – Yuriy Alekseyevich Gagarin insoniyat tarixida birinchi marotaba ochiq koinotga parvoz qilgan kun.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
#buguntarixda
1370-yil 11-aprel sanasida Temuriylar davlati tashkil topdi.
🔹 Ikki kun avval Temur tavalludi nishonlangan edi.
🔹 11-aprel kuni esa Sohibqiron Movarounnahr amiri sifatida saylangan kun.
🔹 Uning davlati tarixda "Temuriylar davlati" nomi bilan atalgan bo'lsa-da ba'zi tarixchilar uni 2 qismga bo'lishadi:
1⃣ Amir Temur davri
2⃣ Temuriylar davri
🔹 Amir Temur davlati haqida qisqacha:
- Poytaxti - Samarqand, (keyin Hirot ham)
- Tili - turkiy chig’atoy va fors
- Dini - islom
- Maydoni - 4 mln 600 ming km²
- Temur 27 ta davlatni bo'ysundirgan.
- Temuriylarning O'rta Osiyodagi oxirgi hukmdori - Badiuzzamon.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
📌RAMAZON HAYITI MUBORAK BO'LSIN!
Aziz ustozlar! Qadrli hamkasblar! Talaba yoshlar! Yurtimiz mo'min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug' va muborak ayyom Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog'lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar quyidagi kitoblarni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
➡️ TANLOVDA ISHTIROK ETISH
✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
#bayramlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Respublika.
O‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga amal qilinadi.
Shuningdek ushbu sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasining gerbi ham tasdiqlangan.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
1-may – Xalqaro mehnatkashlar kuni
Xalqaro mehnatkashlar kuni har yili 1-mayda nishonlanadi va jahon mehnat harakatining asosiy bayrami hisoblanadi. Bu kun 1889-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Xalqaro sotsialistik kongressda 1886-yilning 1-mayida Chikagoda ishchilar 8 soatlik ish kunini belgilash talabi bilan koʻchalarga chiqqan tartibsizliklar xotirasiga bagʻishlangan.
Bugun 1-May dunyoning ko'plab mamlakatlarida, odatda, ishchilar va kasaba uyushma tashkilotlarining ko'plab mitinglari va namoyishlari bilan nishonlanadi. Bu kun 100 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.
Xalqaro mehnatkashlar kunining asosiy maqsadi mehnatkashlar muammolariga e'tiborni qaratish va ularning huquqlarini himoya qilishdir. Ushbu kunda odamlar odatda mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilarni ijtimoiy himoya qilish talablari yozilgan plakatlar bilan ko'chalarga chiqishadi.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
💬Guruh:@tdau_talabalarii
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi.
✅ Mukofot jamg'armasi 375 million!
🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi.
G'oliblar:
🔢- o'rin 150 mln. so'm;
🔢- o'rin 125 mln. so'm;
🔢- o'rin 100 mln. so'm.
🖥 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring.
Batafsil ma'lumotlar:
🔵 Rasmiy kanal
🤖 Rasmiy bot
📞+998330007133
30-aprel – Xalqaro Jaz kuni
Xalqaro jazz kuni har yili 30-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram 2011-yilda YUNESKO tomonidan jazzning madaniy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikdagi o‘rniga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan.
Jazz 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQShning Nyu-Orlean va Chikago kabi shaharlarida paydo boʻlgan. Bu Afrika va Yevropa madaniy anʼanalari elementlarini oʻzida mujassam etgan musiqa janri. Jazz erkinlik va ijodkorlik ramziga aylandi, u ijrochilarning kayfiyati va hissiyotlarini aks ettiradi.
Xalqaro jazz kuni - bu butun dunyo bo'ylab kontsertlar, ko'rgazmalar, ma'ruzalar va boshqa tadbirlar seriyasidir. Bu musiqa janriga keng jamoatchilikni jalb etish, u haqidagi bilimlarni oshirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
💬Guruh:@tdau_talabalarii
29-aprel – Argentinada hayvonlar kuni
Argentinada Hayvonlar kuni 29-aprelda nishonlanadi. Ushbu kun 1908-yilda Argentina zoologiya jamiyati tashabbusi bilan jamoatchilik e'tiborini hayvonot va hayvonot dunyosini saqlash va muhofaza qilish muammolariga qaratish maqsadida tashkil etilgan.
Shu kuni hayvonlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, anjumanlar, tabiat va hayvonlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan rasmlar tanlovlari kabi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, yovvoyi tabiatni muhofaza qilish foydasiga xayriya uchun ehson yig'ish kampaniyalari ham mavjud.
Hayvonlar kunining maqsadi - biologik xilma-xillikni himoya qilish va saqlash zarurligi va har bir inson ushbu muhim ishni qo'llab-quvvatlash uchun nima qilishi mumkinligi haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishdir.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
💬Guruh:@tdau_talabalarii
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
Hurmatli talaba-yoshlar diqqatiga!
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Mutolaa" loyihasining onlayn taqdimotiga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
📚Ochilish marosimida loyiha doirasida 3 ta kitob-kino formatida hujjatli-badiiy film suratga olingan bo'lib, aynan shu filmdan biri bo'lmish "Qo'rqma" kitobi asosida olingan film premyerasi namoyishiga taklif etamiz!
📍Manzil: Bosh bino Harakatlar strategiyasi xonasi
🤩 Premyera namoyishi mutloqo bepul!
Kirish vaqti 17:00 , Shoshiling aziz talaba yoshlar!
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">Youtube
#kunkishisi
Bugun 26-aprel - O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun.
Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida dunyoga kelgan. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980-1986), Gʻafur Gʻulomnomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986-95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995-1997-yillar „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri, 1997-2001-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari. II- chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
2001-yil 31-iyul 47 yoshida vafot etgan.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
📌Guruh:@tdau_talabalarii
#bayramlar
Bugun 26 aprel - Butunjahon intellektual mulk kuni
Ushbu xalqaro kun sanasi tasodifan tanlanmagan.
1970-yil 26-aprel kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tashkil etilgani to’g’risida Xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Unga muvofiq BIMT - bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijod va intellektual mulk bo'yicha ixtisoslashgan agentligi bo'lib, uning faoliyati asosan butun dunyoda muvozanatli va erkin xalqaro intellektual mulk tizimini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.
2000-yil sentyabr oyida esa Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh assambleyasi Xalqaro intellektual mulk kunini ta'sis etdi.
Shunday qilib, "Xalqaro intellektual mulk kuni" 2001-yildan boshlab nishonlana boshlandi.
Yangi g'oyalar va texnologiyalarni himoya qilish, intellektual mulk ahamiyatini oshirish maqsadida har yili "Intellektual mulk kuni" dolzarb sohani rivojlantirishga bag'ishlanadi.
🌐Kanal:@tdau_talabalari
📌Guruh:@tdau_talabalarii
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar!
💉Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talaba yoshlar o‘rtasida bugun 25-aprel sanasi soat 10:00 dan boshlab donorlik aksiyalari oʻtkazilmoqda.
🚑Qon aksiyalari davomida 10 dan ortiq qon analiz tahlillarni bepul olish mumkin.
✅Ushbu aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba yoshlar o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Talabalar oshxonasi yoniga kelishlarini so‘raymiz!
✔️Aksiyada faol qatnashing;
✔️Nonushta qilib keling;
✔️Yoningizda Pasport bo'lsin;
✔️Xar bir donorga imtiyozlar bor;
✔️Bepul 8 xil analiz va sovg'a sifatida gemotogen, choy va bulochkalar beriladi.
UNUTMANG! SIZ TOPSHIRGAN QON KIMNINGDIR HAYOTINI SAQLAB QOLISHI MUMKIN!
ZERO, YAXSHILIKNI HAR KIM HAR KUNI QILMOG'I LOZIM
✍️Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati
🌐Web-site | ✅Telegram |📸Instagram | 💬Facebook | ✅Twitter
🟦🟦🟦
Butunjahon kitob kuni bilan, aziz kitobxonlar!
Jahon kitob va mualliflik huquqi kuni yoki Xalqaro kitob kuni sifatida ham tanilgan ushbu sanada har yili kitob oʻqish, nashr etish va mualliflik huquqini targʻib qilish maqsadida YUNESKO tomonidan tadbirlar o‘tkaziladi.
🎗Toshkent davlat agrar universitetining "ENG FAOL" fakultet koordinatoriga ovoz bering
‼️Maʼlumot oʻrnida: Yuqoridagi nomzodlar 1-bosqichda eng koʻp ovoz toʻplab, 2-bosqichga oʻtgan
O'zingiz munosib nomzodga ovoz bering. Natijalar rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi.
🏆G'olib maxsus sovg’a va diplom bilan taqdirlanadi.
Ovoz berish jarayoni 22-aprel soat 16:00 ga qadar davom etadi.
👉 OVOZ BERISH
11-aprel – Qizil kitobga kiritilgan quyon turi topilgan kun.
"Sehrli quyon” deb nom olgan antiqa quyonning turi Ili Pika deb ataladi. U Qizil kitobga kiritilgan noyob jonivorlardan biri sanaladi. Uzunligi 20 santimetr bo'lgan "Sehrli quyon”ning yashash tarzi haqidagi ma'lumotlar juda kam. Tyan-Shan tog'larida yashovchi ushbu quyon turini oxirgi bor 1983-yili 11-aprelda tabiatni muhofaza qilish xizmati vakili Li Veydun ko'rgan va suratga olgandi. 22 yil o'tib, ushbu quyon turi yana odamlarga o'zini ko'rsatdi. Bu quyon turi yo'qolib borayotgan tur sanaladi. Ma'lumotlarga ko'ra, ular tabiatda jami 1000 donaga yaqin qolgan.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii
🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠❕
Toshkent davlat agrar universitetida bahor tarovati🤩
Photo by: M.Himmatov, S.Muhammadaminov
📌Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐TELEGRAM 🌐FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 🌐TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">YOUTUBE
📣Hurmatli talabalar!
📌O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta'lim muassasalarining talaba yoshlari o'rtasida "Yоshlаr va innovatsion qishloq xo'jaligi" tanlovi haqida bilasizmi?!
✅Ushbu tanlov g'oliblari quyidagi yutuqlarga erishishi mumkin:
1-o'ringa - Rivojlangan davlatlarning biriga, Italiyaga xorijiy tajribalarni o'rganishga va sayohatga yo'llanma.
2-o'ringa - Noutbuk (Jamoa a'zolarining har biriga);
3-o'ringa - Planshet (Jаmоа а'zоlаrining har biriga).
1-shart. Tanishtiruv sharti.
2-shart. Jamoa sаrdоrlаri bellashuvi.
3-shart. Qishloq xo'jaligi sohasidagi innovatsion rivojlantirishga oid loyihalar (taqdimot vа videorоlik ko'rinishida) taqdimoti.
4-shart. Erkin mavzu
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar quyidagi kitoblarni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
➡️ TANLOVDA ISHTIROK ETISH
✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
⚡️ Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.
🖇Kanal:@tdau_talabalari
🖊Guruh:@tdau_talabalarii