#jarayon
#tdau_yoshlar_ittifoqi
📌 Ayni paytda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan “Besh tashabbus” doirasida talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultetlar hamda universitetga biriktirilgan mahallalardagi Yoshlar yetakchilari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan “Osh chempionati” tanlovi boshlanish arafasida.
Ushbu tanlovga Agrobiologiya fakulteti qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.
📣Toshkent davlat agrar universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi telegram rasmiy sahifalari:
👉Kanalimiz: @TDAU_YI
👉Guruhimiz: @TDAU_Yoshlari
Bugun
5-Dekabr
Butunjahon tuproq kuni
Butunjahon tuproq kuni har yili 5-dekabrda dunyo hamjamiyatiga tuproq resurslarining ahamiyati va ularning ekotizimlarni asrash va inson farovonligi o‘sishini ta’minlashdagi rolini eslatish maqsadida nishonlanadi.
Ushbu kunning tarixi 2002-yilda, Xalqaro tuproq fanlari ittifoqi tomonidan tegishli rezolyutsiya qabul qilingan paytdan boshlanadi. Shundan so‘ng olimlar e’tiborni sayyoramiz tuproq resurslarining xalqaro miqyosdagi ahamiyatini tushunish zarurligiga qaratdilar.
Ularning vazifasi oddiy fuqarolar va dunyoning barcha mamlakatlari hukumatlari tomonidan tuproq resurslarining inson va davlat hayotida, shuningdek, sayyora ekotizimida qanday rol o'ynashini tushunishlarini qayta ko'rib chiqish edi. Sayyoramizning tuproq resurslarini asrab-avaylash muhimligini anglashgina har qanday davlat boshqaruv tuzilmalarining bu boradagi siyosatini tubdan o‘zgartirishi mumkin
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Инсон ақлини чархлаш йўлида кармонини бўшатар экан, ҳеч кимни унинг ақлини олиб қўйолмайди. Билимга сарфланган сармоя энг катта даромад келтиради.
©Бенджамин Франклин
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
4-dekabr – Jizzax viloyatidagi Zarbdor tumani tashkil topgan kun.
Zarbdor tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Sirdaryo viloyati, g'arbda Jizzax tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubda Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km². Aholisi 90 ming kishi. Markazi — Zarbdor shaharchasi.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Bugun
4-Dekabr
Xalqaro Gepardlar kuni
Международный день гепарда
International Cheetah Day
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
✔️Toshkent davlat agrar universiteti, oliygohimizni qo'llab-quvvatlaylik, zero bizning universitet Respublika miqyosida birinchi o'rinni egallashga munosib!😊😊
Читать полностью…#donorlik
Bor mehrimiz senga, Bolajon! 🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸
☄️3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida" Bor mehrimiz senga, Bolajon" shiori ostida o'tkazilgan beg'araz donorlik aksiyasida universitetimiz ko'ngilli yoshlari, professor-o'qituvchilari faol ishtirok etishdi.
🩸🩸🩸🩸🩸🩸
Qalbida ezgulik bilan yashaydigan inson doimo yaxshilik qilishga intilib yashaydi.
🩸🩸🩸🩸🩸🩸
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
#bayramlar
Bugun 1-dekabr - Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
1989-yilning 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Ushbu til turk tillari oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq va noʻgʻoy tillariga yaqin.
Bugungi kunda 400 ming kishidan koʻproq aholi vakillari qoraqalpoq tilida muloqot qiladi. Ushbu tilning shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalari mavjud.
Qoraqalpoq yozuvi 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga oʻtgan.
1940-yilda kirill yozuviga oʻtkazilgan boʻlsa, 1994-yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.
Barcha qoraqalpoq do'stlarimizni til bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
ҚАЙИҚ
ибратли хикоя
Бир қайиқчининг кичик қайиғи бор экан. Қайиқнинг икки эшкаги бўлиб, уларнинг бирида “ният”, иккинчи эшкакда эса “ҳаракат” деб ёзилган. Қайиққа минган одамлар бу ёзувлар сабабини сўраса, қайиқчи шундай жавоб берар экан: “Агар мен фақат “ният” деб ёзилган эшкакни ҳаракатлантирсам, у ҳолда қайиқ бир жойда айланиб қолаверади. Агар фақат “ҳаракат” деб ёзилган эшкакни ҳаракатлантирсам ҳам, қайиқ бир жойда айланаверади. Агар иккаласини баравар айлантирсам, шундагина қайиқ манзилга етади.
Инсон ҳам фақат ният қилса-ю, ҳаракат қилмаса, бир жойда айланган қайиқ каби манзилга етмайди. Мақсадга етиш учун аввал “ният” ва “ҳаракат” бўлиши керак”.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
30-noyabr – Ingliz yozuvchisi Jonatan Svift tavallud topgan kun.
Jonatan Svift 1667-yil 30-noyabrda Dublinda tug'ilgan. Ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi. Ilk asarlari - “Vilyam Senkroftga qasida” (1690) va “Kongrivga qasida” (1693). “Kitoblar jangi” (1697) pamfletining davomi “Bochka haqida ertak” hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan.Svift ijodidagi eng muhim va yagona roman – “Gulliverning sayohatlari” (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o'tkir aybnomadan iborat.Svift 1745-yil 19-oktyabrda vafot etgan.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Ўзбекистонда 2023-йил энг намунали фаолият юритган ОТМ Ректори қайси?(2-босқич)
Сўровнома 28-Ноябрь соат 23:59 гача давом этади.
Сўровномада энг кўп овоз тўплаган 1 нафар ОТМ ректорига сертификат, махсус статуэтка ва қимматбаҳо совға топширилади
👉 ОВОЗ БEРИШ
Bugun 28-noyabr 2023-yil, seshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon shafqat kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇷🇴 Ruminiya - Bukovina kuni.
🇺🇦 Ukraina - Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni.
🇨🇬 Kongo - Respublika kuni.
🇮🇷 Eron - Dengiz kuchlari kuni.
🇹🇩 Chad - Respublika kuni.
🇧🇮 Burundi - Respublika kuni.
🇵🇦 Panama - Mustaqillik kuni.
🇲🇷 Mavritaniya - Mustaqillik kuni (1960).
🇹🇱 Sharqiy Timor - Mustaqillik kuni (1975).
🇦🇱 Albaniya - Mustaqillik kuni (1912); shuningdek Bayroq kuni.
👉 VOQEALAR:
- 936 - Xitoyda Jin sulolasi hukmronligi boshlandi.
- 1520 - Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi.
- 1627 - Polsha-Shvetsiya urushi: Oliva jangi. Rech-Pospolitaning g'alabasi bilan yakunlandi.
- 1660 - London qirollik jamiyati tuzildi.
- 1812 - Berezina jangi.
-1812 - bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada «Times» gazetasi ilk bor chop etildi.
-1821 - Panama Ispaniyadan mustaqillik oldi.
-1843 - Gavayi Qirolligi mustaqilligi Britaniya va Fransiya tomonidan tan olindi.
-1912 - Albaniya Usmonli Turklar davlatidan ajralib chiqdi.
-1917 - Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘z ishini yakunladi.
-1919 - Britaniya parlamenti a’zoligiga tarixda ilk bor ayol kishi saylandi.
- 1943 - Tehron konferensiyasi boshlandi.
- 1950 - "Plan Kolombo" xalqaro tashkiloti tashkil etildi.
- 1958 - Chad, Kongo va Gabon Fransiyadan muxtoriyat oldi.
- 1960 - Mavritaniya Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
- 1964 - Surami yaqinidagi IL-14 halokati (Gruziya SSR). 7 kishi halok bo'ldi.
- 1964 - Marsga Amerikaning "Mariner-4" avtomatik stantsiyasi uchirildi.
- 1975 - FRETILIN Sharqiy Timor Demokratik Respublikasining Indoneziyadan mustaqilligini e'lon qildi.
- 1979 - Antarktidada DC-10 halokati, 257 kishi halok bo'ldi.
- 1987 - Mavrikiy oroli yaqinida Boeing 747 halokati, 159 kishi halok bo'lgan.
- 1989 - Baxmal inqilobi: Chexoslovakiya Kommunistik partiyasining yakkahokimligiga barham berildi.
- 1992 - O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘ldi.
- 2000 - Ukrainada „kasseta janjali“.
- 2014 - Nigeriyaning Kano shahridagi markaziy masjidda sodir etilgan portlashda 120 kishi halok bo‘ldi.
- 2016 - Braziliyaning "Shapekoense" futbol jamoasining aksariyati aviahalokatda vafot etdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1632 - Lyulli Jan Batist (1687) - fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi.
- 1757 - Uilyam Bleyk (1827) - ingliz shoiri, rassom va gravyurachi.
- 1820 - Fridrix Engels (1895) - nemis faylasufi, kommunistik mafkura asoschisi.
- 1821 - Nikolay Nekrasov (1878) - rus shoiri (Eski taqvim bo‘yicha).
- 1837 - Jon Hayat (1920) - amerikalik kimyogar, muhandis, selluloid ixtirochisi.
- 1857 - Alfonso XII - Ispaniya qiroli.
- 1880 - Aleksandr Blok (1921) - “Kumush asr” davri rus shoiri.
- 1881- Sveyg Stefan (1942) - avstriyalik yozuvchi.
- 1915 - Konstantin Simonov (1979) - sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi.
- 1916 - Ramon Xose Velaskes - Venesuela prezidenti.
-1927 - Abdulhalim Muazzamshoh (2017) - saylangan Malayziya sultoni (1900-1975), (2011-2016).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1932 - Malika Abdullaxoʻjayeva (2018) - patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
- 1950 - Rassel Xals - PSR B1913 + 16 ikkilik pulsarini kashf etgan amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1993).
- 1967 - Anna Nikol Smit (2007) - amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
#buguntarixda
Bugun 27-noyabr - Turkiston Muxtoriyati e‘lon qilingan kun
🔹Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi Qo'qon muxtoriyati) — Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917-yil 27-noyabr — 1918-yil 19-fevral).
🔹Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan.
Kun_tarixi_TV24
🔹Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb eʼlon qildi.
🔹Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi.
Markazi — Qoʻqon shahri.
🔹1918-yil 19-fevralda Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag‘darib tashlandi.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
✅ So'rovnoma yakuniga yetdi!
📝 Natijalar bilan tashing!
🥇1-o'rin — Isroilov Sardor | Toshkent davlat agrar universiteti boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi
(1 726 ta ovoz)
🥈2-o'rin — Muxtorova Muazzam | Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi (1 106 ta ovoz)
🥉3-o'rin — Eliboyeva Marjona | Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti boshlang'ich tashkilot yetakchisi (853 ta ovoz)
🎁 G'oliblar yil yakunida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱 Youtube
Келдим, кўрдим, ғалаба қозондим.
© Цезарь
Ҳар доим ўзингиздан кучлилар орасида бўлинг! Қийналасиз, аммо ривожланасиз.
© Уорен Бафет
Билгувчилар амал қилсин, тушунганлар сабоқ берсин.
© Конфуций
Секин ҳаракат қилишдан қўрқманг, қотиб қолишдан қўрқинг.
© Брюс Ли
Имконият музқаймоққа ўхшайди, эриб кетмасидан олдин еб қолиш керак.
© Бодо Шефер
Қўрқсанг бажарма, бажаряпсанми қўрқма, бажардингми ачинма!
© Чингизхон
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
Barchaning diqqatiga!
🇺🇿 6-dekabr kuni soat 14-00 da “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” hamda "O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi" munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida “SHU
AZIZ VATAN BARCHAMIZNIKI” shiori ostida rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar va
talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkaziladi.
🤩Barchangizni ushbu bayram tadbirlariga chorlab qolamiz. Keling, ko'ring, zavqlaning!
Hurmat bilan, Toshkent davlat agrar universiteti matbuot xizmati!
✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati
🌐 WEB-SITE | ✅ TELEGRAM | 📸 INSTAGRAM |💬FACEBOOK | ✅TWITTER | 📹 TDAUrasmiy-gt1ev">YOUTUBE
#muhimsanalar
Bugun 5-dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar (volontyorlar) kuni
1985-yil 17-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 40-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga binoan 5-dekabr Xalqaro ko‘ngillilar (volontyorlar) kuni deb eʼlon qilingan.
Mazkur rezolyutsiyaga muvofiq, BMTga aʼzo davlatlarga ushbu kunni keng nishonlash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lida ko‘ngilli ravishda ish boshlagan volontyorlar xizmatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini kengaytirishga ko‘maklashish tavsiya etiladi.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Eshiklar yopilganda, derazalar ochiladi.
Bu haqiqat...
E'tiboringni yopiq eshikka emas, ochiq derazaga qarat !
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
#kun_tarixi
Bugun 4-dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun.
🔹 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan.
🔹Qoraqalpogiston Respublikasi - O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi Respublika.
🔹O’zbekiston respublikasi Konstitusiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitusiyasiga amal qilinadi.
🔹Qoraqalpogiston o’z Davlat ramzlari: Gerb, Madhiya va Bayrogiga ega.
🔹Qoraqalpogiston Respublikasi Davlat madhiyasining so`zi: Ibroyim Yusupov, musiqasi: Nojimiddin Muhameddinov tegishli.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Uzrlar qidirshni bas qil.
– Uyquga to'ymayapsanmi?
– Ertaroq uxla!
– Semirib ketyabsanmi?
– Sport bilan shug'ullan!
– Kitob o'qishga vaqting yetmayapdimi?
– Televizor ko'rishni bas qil.
– Ishlaring chalkashib ketyapdimi?
– Ularni tartib bilan bajar!
– Bilming yetarli emasmi?
– Ko'proq kitob o'qi!
• Xullas, har bir muammoga yechim bor. Shunday ekan o'zinga uzrlar topishni bas qil!
🔥
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2023»
Анъанавий «ЙИЛ ТАНЛОВИ-2023» ўтказилмоқда.
«2023 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти» деб сиз қайси таълим даргоҳини тан оласиз? (Университетлар — I)
Мазкур номинация Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан ҳамкорликда ўтказилмоқда.
(Танлов ҳақида батафсил)
Эслатма: Ўқув юртларининг номлари қисқартирма шаклида берилган.
➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
Инсон доимо ҳаракатда бўлиши керак:
чунки тўхтаганни ўтиргиси,
ўтирганни ётгиси,
ётганни эса ухлагиси келади.!
©Ал-Хоразмий
Гўзаллик, нигоҳинг тушган нарсада эмас,
балки қараётган нигоҳингда бўлмоғи керак.
Гўзаллик, юз (зоҳир) кўзи билан кўришинг эмас, балки кўнгил кўзи билан кўришингдадир.
©Жалолиддин Румий
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
1-dekabr—Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuni ekanligidan xabaringiz bor. Bundan 42 yil oldin aniqrogi 1981-yilning 5-iyunida tibbiy mutaxasislar sirli va xavfli bir kasallik haqida malum qilib, insoniyatni ogohlikka chorlagan. Tez orada unga nom ham berildi. Inglizchada- “AIDS”, ruschada- “SPID”, ozbekchada esa “OITS”. Bu kasallikga yetaklovchi virus “HIV” immunitet tanqisligi virusi yetib bormagan joy yoq. Aniqlanganidan beri 25 million odamni hayotdan olib ketdi. Lekin uning xavf darajasi pasaydi. Uzoq yillik muntazam ilmiy izlanishlar natijasida SPIDga qarshi kuchli dorilar yaratildi. Muolaja turlari kopaydi, bugun immunitet tanqisligi virusiga uchragan odamning hayotini saqlab qolish mumkin. Kasallik haqidagi aniq malumotlarga tayanadigan bo`lsak, ushbu hastalik olimlarning fikricha, hatto eng kuchli yadro quroli ham bu kasallik oldida ojiz ekan.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
30-noyabr – Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri o‘z faoliyatini boshlagan kun.
Muqimiy Teatri, Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqali drama teatri – O'zbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-yil 30-noyabrda komik aktyor M.Mirokilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatr sifatida tashkil etilib, faoliyatni "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli (rejessyor M.Mirokilov) bilan boshlagan.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
#DIQQAT_IMKONIYAT
Muddatli harbiy xizmatni o'tab imtiyozli o'qishga qabul qilingan talabalar uchun yangilik!
👉 Ittifoq yoki universitet, fakultet tanlovlarida, sport musobaqalarida hamda fan olimpiadalarida ishtirok etganmisiz?
👉 Siz ittifoqning Oliy ta'lim muassasalaridagi yoshlar kengashida faoliyat olib borasizmi?
👉 Kontrakt to'lovini to'lashga qiynalyapsizmi?
📈 O'quv fanlarini 71% va undan yuqori ko'rsatkichga o'zlashtiring, to'lov-kontrakt summasining 35% ini Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan to'lab berilishiga erishing!
🏛 Batafsil ma'lumot uchun Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori M.Himmatovga murojaat qilib olishingiz mumkin.
✅ Murojaat uchun: @mehrojhs
Tel:+998948001999
🏢Toshkent davlat agrar universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi telegram rasmiy sahifalari:
🔰Kanalimiz: @TDAU_YI
🔰Guruhimiz: @TDAU_Yoshlari
Ҳикматлар бўстони
Биз доимо яқин икки йилда кечадиган ўзгаришларга ортиқча баҳо бериб юборамиз, ва кейинги ўн йилдаги ўзгаришларга етарлича баҳо бермаймиз.
©Билл Гейтс
Муваффақиятга кўпинча мағлубиятдан қочиб бўлмаслигини билмаганлар эришади.
©Коко Шанель
Йигирма йилдан кейин учта қилмаган ва учта қилган ишингиз учун афсус чекасиз. Яхшиси, тинч хотиржам ҳаётдан воз кечинг. Олдиндан ҳаракат қилинг! Орзу қилинг! Кашф қилинг.
©Марк Твен
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
Seni o'zgartira oladigan insonni ko'rishni xohlasang unda ko'zguga qara!
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
1980-yil 27-noyabrda Soyuz T-3 kosmik kemasi uchirilgan.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii
🗣Diqqat Diqqat Diqqat🗣
Sizlarni Chorshanba kuni soat 15:00 da bolib otadigan "Zakovat balli" ga taklif qilamiz
🤩Ball 2 bosqichdan iborat bolib🤩
🔵1 bosqich 12 ta mantiqiy savollardan 🧠
🔴2 bosqich 8 ta Yapon "Hokku"topishmoqlaridan iborat 📝
Shartlarimiz quyidagicha:Jamoa 2 kishidan iborat bolishi lozim 1 og'il va 1 qiz va kamanda nomi ballga moslashgan bolishi yani bironta multik qahramonlari yokida kino qahramonlari nomini qoyishingiz kerak boladi👑👑👑
"Zakovat ball"imizga oz parangiz bilan tashrif buyuring va oz bilimingizni sinab koring.
Qatnashmoqchi bolganlar @Smargirl_0625 ga murojat qiling va royhatdan otib qoying ishtirokchilar soni chegaralangan😊🥳
Bugun 25-noyabr 2023-yil, shanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇹🇭 Tailand - Vajiravud kuni.
🇺🇦 Ukraina - Golodomor qurbonlarini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya harbiy tinchlikparvar kuchlari kuni.
🇮🇩 Indoneziya - O‘qituvchilar kuni.
🇸🇷 Surinam - Mustaqillik kuni.
🇧🇦 Bosniya va Gersegovina - Davlatchilik kuni.
🇵🇱 Polsha - Temiryo‘lchilar kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1120 - La-Manshda Oq kema choʻkib ketdi.
- 1177 - Salohiddin Ayyubiy va Quddus Qirolligi oʻrtasidagi jang.
-1225 - Sind daryosi bo‘yidagi mo‘g‘ullarga qarshi jangda mag‘lub bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi 4 ming jangchisi bilan daryodan kechib o‘tdi.
-1487 - Yelizaveta I Angliya taxtiga o‘tirdi.
-1667 - Kavkazda ro‘y bergan zilzilada 80 ming kishi halok bo‘ldi.
-1759 - Bayrut va Damashqdagi zilzilada 40 ming odam halok bo‘ldi.
-1783 - Angliya qo‘shinlari Nyu-York shahrini abadiy qo‘ldan boy berdi.
-1795 - Mustaqil Polshaning so‘nggi qiroli Stanislav Avgust Ponyatovskiy taxtdan ag‘darilib, Rossiyaga surgun qilindi.
-1833 - Sumatra orolidagi 9 ballik zilzila oqibatida yuzga kelgan sunami Indoneziyani vayron qildi.
- 1839 - Hindistonda boʻlgan sunami oqibatida 300 000 dan koʻp odam halok boʻldi.
-1867 - Alfred Nobel dinamitni patentladi.
- 1892 - Per de Kuberten Olimpiya o'yinlarini tiklashni taklif qildi.
-1915 - Prussiya Fanlar Akademiyasida Albert Eynshteyn Nisbiylik nazariyasini namoyish qildi.
-1936 - Germaniya va Yaponiya «Kominternga qarshi bitim»ni izmoladi.
-1947 - Yangi Zelandiya Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
-1975 - Surinam Gollandiyadan mustaqillik oldi.
- 1986 - Bahrayn “Qirol Fahd” koʻprigi orqali qitʻa bilan bogʻlandi.
-1987 - Filippinda sodir bo‘lgan Nina to‘foni oqibatida 1036 kishi halok bo‘ldi.
-1992 - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Eron davlatida bo‘ldi.
-1992 - Chexoslavakiya Federal Assambleyasi mamlakatni Chexiya va Slovakiyaga bo‘lish haqidagi qarorni qabul qildi.
-1993 - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya qirolligida bo‘ldi.
-1994 - Toshkentda Misr ta’lim va fan markazi ochildi.
-1996 - Florida shtatida 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan qor bo‘roni kuzatildi.
-2000 - Ozarbayjon poytaxti Baku sharida sodir bo‘lgan 7 ballik zilzilada 26 kishi halok bo‘ldi.
- 2001 - Qala-i Jangi qal'asida asir olingan Tolibonlar isyoni.
- 2008 - Nisha to‘foni oqibatida Shri Lankada 15 kishi halok bo‘ldi va 90 ming kishi uysiz qoldi.
- 2009 - Saudiya Arabistonining Jidda shahrida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 122 kishi halok bo‘ldi va 350 kishi bedarak ketdi.
👉 TAVALLUDLAR:
-1562 - Lope de Vega - ispan yozuvchisi.
- 1814 - Yulius Mayer Robert (1878) - nemis tabiatshunosi, vrachi va fizigi.
- 1814 - Taras Shevchenko - Ukrain shoiri va rassomi.
-1844 - Karl Bens - Mercedec-Bens asoschisi.
- 1870 - Deni Moris - Fransuz rassomi.
-1887 - Nikolay Vavilov - rus botanik va genetik olimi.
-1889 - Rashod Nuri Guntegin - turk yozuvchisi.
-1895 - Ludvik Sloboda - Chexoslovakiya prezidenti.
-1902 - Rahmatulla Aimov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator.
- 1905 - Ladigin Nikolay - rejissyor, O'zbekiston xalq artisti (1944).
- 1914 - Vohid Zohidov - O'zbek adabiyotshunosi, faylasuf, publisist yozuvchi, jamoat arbobi.
-1923 - Mauno Koyvisto - Finlandiya prezidenti.
-1925 - Xose Duarte - Salvador prezidenti.
- 1925 - Mayya Pliseskaya - Balerina, Baletmeyster. Xalq artisti (1959).
- 1935 - Eson Lutfullayev - O'zbekiston xalq hofizi (1997).
- 1944 -Xojiakbar Nurmatov - O'zbekiston xalq artisti (1989).
- 1946 - Qizlarxon Do'stmuhamedova – raqqosa. O'zbekiston xalq artisti (1984).
- 1949 - Mo'minov Tesha - O'zbekiston xalq artisti (1992).
- 1957 - Mahmudjon Tojiboyev - xonanda va sozanda (tanbur, sato), O'zbekiston xalq hofizi (2000).
- 1981 - Xabi Alonso - Ispaniya terma jamoasi va Germaniyaning Bavariya jamoasi futbolchisi.
-1987 - Odil Ahmedov - O‘zbekistonlik sobiq futbolchi.
💬Kanal:@tdau_talabalari
🗯Guruh:@tdau_talabalarii