taskinkitoblar | Неотсортированное

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3377

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Подписаться на канал

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Muhoraba san'ati

Dushmanga tartibsizdek boʻlib koʻrina olish asl intizomdir. Dushmanga qoʻrqqan boʻlib ko‘rina olish asl jasoratdir. Dushmanga zaif koʻrina olish asl qudratdir.

Yumshoq muqova, 94 sahifa, 11ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ogoh boʻl! Dunyo bir zindon, u zindondan seni Iymon qutqaradi, xolos...

​​– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.

– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.

©Halqa

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bilganlarimiz ma’rifat uchqunlaridan tashkil topgan.
Bizni qurshab olgan bilim shu’lalari ulkan bilim tog‘larining cho‘qqisi, xolos. Kishi hamma narsani bilaman deb
o‘ylashi bilganlari bilan kifoyalanishini anglatadi. Bu o‘rganishni to‘xtatish demakdir, shunday emasmi?

  Eng avvalo, hozirning o‘zida o‘zingizga nazar soling. Oldingidek bilimga chanqoq o‘zligingizni toping. Har tomchida, har gulda, har jonzotda yashiringan bilimni izlang. Mana shuning o‘zi bir moʻjiza.

"Tushun va bajar"📖

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Manzilingiz qayer?

Ushbu kitobda Quroni Karimda zikr etilgan manzillarimiz haqida oyatlar va ularning tafsirlari keltirilgan.

(commentda kitob haqida fotoreportaj)

Yumshoq muqova, 45 rangli sahifalar, 19ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Шиллиқуртнинг ўзига хос гижжа паразити бўлар экан. Ўша паразит шиллиқурт ичини роса ер аммо ўлдирмас экан! Чунки ўлдирса ташқи муҳитда ўзича яшай олмас экан. Ҳалиги паразит ўз эгасини бу аҳволга солиб бўлгандан кейин, кўпайиш учун шароит қидириб қолар экан. Бу шароит эса, осмондаги учар қушнинг ичаги экан. Энди тасавур қилинг! Паразит нима қилиши керак: у ўт орасида ўрмалаб юрган кичкинагина ҳашорат ичида, қуш эса баланд осмонда, ҳаёт эса давом этиши керак! Сиз нима ўйлаб топган бўлар эдингиз?
Аллоҳ таоло бу махлуқига ато қилган “хунарига” қаранг! Паразит шиллиққуртнинг миясини айнита бошлар экан, натижада шиллиққурт бечора беркиниб юриш ўрнига ўзини очиқ сатхга, барглар, шохлар учига паразит таъсири остида олиб чиқа бошлар экан! Бу ҳам камдек, паразит шиллиққуртнинг шохчаларига кириб олиб алвон турли ранглар берар ва бетўхтов пульсация қилиб қимирлатиб турар экан! Натижада бу расвоси чиққан шиллиқуртни ҳар қандай қуш ҳам баланд парвозда ҳам топиб олиши ҳеч гап бўлмай қолар экан. Қуш таёр овқатни тутиб еб юборади-ю, ўлжаси ичидаги паразитни ўз ичагига жойлаб олади. Шиллиққурт халок бўлади, паразит эса орзу қилган жойида, мазза қилиб қуш ҳисобидан кун кечираверади. Жуда кўпайиб кетса, қуш ахлати билан ташқи дунёга тушиб кетади, ерда эса шиллиқуртлар кўп, насиб қилса албатта биттасининг ичига кириб олади. Мана шу ҳаёт доираси қиёматгача бетўхтов давом этиб бораверади.

Янги дунё китобидан

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg'og'iga chiqishibdi. Daryo bo'yida avliyolardan Bahlul qumdan qasr yasayotganini ko'rgan xalifa undan so'rabdi:
- Ey, Bahluli Dono hazratlari, nima qilyapsiz?
Qumdan uy quryapman.
- Uni nima qilasiz?
- Uy qurayapman, kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga Xorun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, oʻtib ketaveribdi. Xalifaning orqasidan yetib kelgan xotini
Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so'rabdi.
- Uy quryapman, begim. Kim sotib olsa, uni duo qilaman,
Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
- Qurgan uyingizning narxi necha pul?
- Bir dinor.
Zubayda bir dinorni unga berib, duo olibdi. Kechqurun xalifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qoʻyilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib koʻray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
- Bu yerga kimning ismi yozilsa, o'sha kiradi deb, xalifani ko'ksidan itarib yuboribdi...

@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Қўлингизда турган ушбу рисола сизни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг замонларига беихтиёр саёҳат қилдиради. Китобни ўқир экансиз, башариятнинг энг афзали бўлмиш Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ўз аҳли аёллари, саҳобалари, болалар ҳатто душманлари билан бўлган муносабатларидаги олий хулқларига, олижанобликларига ҳамда мусибату машаққатларга тўла ҳаётдаги ҳикматли тутумларига гувоҳ бўласиз.

Yumshoq muqova, 272 sahifa, 34ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklarsari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Нигоҳим узоқ-узоқлардаги боғларга қадалган, кузни эслайман, кейин яна баҳорни. Шу пайтгача қандай қилиб кўрмадим атрофимдаги тирилишни? Ҳар кузда дарахтлар бирма-бир япроқларини тўкиб, ўт-ўланлар сарғайганидан кейин баҳорда қандай жон киради уларга? Жаннат мисоли эмасми, Аллоҳим? Дунёда тўккан япроқларимиз эвазига очилувчи жаннат гуллари. Шундай эмасми? Юрагим гўё бўғзимда ураётгандек, тўхта дейман, узоқдаги боғлардан нажот излама, аввал кўз ўнгингга боқ. Боқ ва тингла, ўз боғингда сенга кўп нарсани шивирлайдиган ҳаётлар бор...

Онур Қоплоннинг "Хайрлиси" китобидан

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

-Birovning nuqsonini gapirishdan o‘zingizni tiying, bundan nima foyda? Shuni bilingki, bu bilan uning aybi kamayib qolmaydi, ammo sizning aybingiz ko‘payadi. Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz. Hisob qiluvchi Zot hisob qilib oladi, siz hech kimni hisob qilmang, xulosa chiqarmang, ustidan hukm o‘qimang. Siz odamlarning ustidan qozi emassiz. Kimni g‘iybat qilsangiz, o‘z savoblaringiz bilan uni bahramand qilib, yelkasidagi gunohlariga sazovor bo‘lasiz.

"Ey qizim" 📖

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Jamiyatning munofiq fuzalolaridan koʻrgan musibati, qattol jinoyatchilaridan koʻrgan koʻrgiliklaridan alamliroq boʻladi.

Shayx Muhammad Gʻazoliy, “Muslimlar xulqi” kitobidan

Qattiq muqova, 403 sahifa, 53ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nafs nimadir?...

Suxandon: Mohidil Fozilova

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum

Agar xattotlikni o’rganish istagida bo’lsangiz-u, mohir xattot topa olmayotgan bo’lsangiz, ustozim @Alijon_Baymuradov talab va istaklarga binoan yangi guruh olyabdilar, ularga murojaat qilib saboq olishingiz mumkin. Bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Yaxshi ustoz-ne’mat!

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Chiroyli xatni o’zingizga lozim tuting, chunki u rizq kalitidir”

@TaskinKitoblar_tolibi ilmlarga ulashing✒️📜

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yusuf Q ning Niyat va ixlos kitobi

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

​​​​Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi.

''Ular mening g'oyalarimni o'g'irlaganlari meni qiziqtirmaydi. Menga ularning o'z g'oyalari yo'qligi qiziq''

Nikola Tesla _ Men anglagan haqiqatlar

Yumshoq muqova, 143 sahifa, 39ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nafs nimadir? kitobidan...

Suxandon: 🎙 Mohidil Fozilova

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ey qizim kitobidan

Suxandon /channel/sevayuss

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Muhabbat anatomiyasi kitobining muallifi Muhammad Bo‘zdag‘ ning ''Tushun va bajar'' kitobi sotuvda!

Ushbu kitob o‘quvchiga qilayotgan amallarining mohiyatini anglashga va shu amallarini yanada go‘zal va mukammal holda bajarishi uchun yordamchi bo‘lishiga ishonamiz.

''Tushunmay bajarilgan ish qusurli bo‘lur'' deyiladi kitobda, hayotingizda uchraydigan muammolar, vaqtingizni va asabingizni o‘g‘irlaydigan vaziyatlar ayni shu hikmatni anglamay bajarilgan amallar sabablidir. Yo‘l chetiga noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobil necha necha haydovchilarni, kezi kelganda yo‘lovchilarnida vaqtini, asab tolalarini qurbon etadi, haydovchi bu ishi uni ikki dunyoda ham zarariga ishlashini bilganidami?
Masjid imomi namoz vaqtida kulgan bolakayga tanbeh berib uni masjidda, chuqurroq tafakkur qilinsa islomdan bezdiradi, bilmaydiki bu ishi bir insonnigina emas, unga bog‘liq bo‘lganlarni ham (shu sabab boshqa masjidga qadam bosmasa keyinchalik farzandlarini masjidga yaqinlashtiradi deb o‘ylaysizlarmi?) islomdan bezdiradi...

Bu ikki misol xolos, atrofimizda bu kabi holatlar juda ko‘p.

Nashr bo‘lishida hissa qo‘sha olganimiz ushbu ''Tushun va bajar'' kitobi manaviy xazinangizga kichik bo‘lsada dur bo‘lib qo‘shilishidan umidvor xodimingiz @TASKINKITOBLAR

Assalomu alaykum va rohmatulloh...

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Дарвешхоналарда кечалари икки савол берилар экан:
— Бугун бир кўнгилга озор бердингми?
— Намозларингни адо этдингми?
Биринчи саволга "ҳа" деб жавоб берганга иккинчи савол берилмас экан.

Бир бор дилозорлик қилган бўлсанг, ўқиган намозинг намоз эмас.

Аввалгилар: "Дилшикасти ҳасмуллоҳ", яъни "Дилозор — Аллоҳнинг душмани" деган эканлар...

Бугун тилимиздан, қўлимиздан, назаримиздан, ўйимиздан биров оғринмадимикан?..

✍️@umidaaziz — ҳаловат маскани

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

– Ота-онанинг болага: “Лапашанг”, “Аҳмоқ”, “Одобсиз” каби ёқимсиз сўзлар билан мурожаат қилиши энг катта хатодир. Аслида камчилик фарзанднинг ўзида эмас, ишида;
– уриб-сўкиб тарбиялаш. Фарзанд нотўғри иш қилганида танбеҳ бериш, уриш-сўкишдан кўра яхши кўрган нарсаларидан маҳрум қилиш, гапирмаслик ёки қовоқ уйиш самарали бўлади;
– нотўғри рағбатлантириш. Ота-она болалаларининг яхши ишларини мукофотлашда ширинлик ёки пул бериш билан бирга савоб бўлишини, эвазига жаннатга эришишини ҳам уқтирсин;
– болаларни бир-бирига қарама-қарши ўстириш. Бир оилада туғилиб ўсган болаларнинг ҳам шахсияти турлича бўлади. Уларни зеҳни, қобилияти паст-баландига қараб йўналтириш лозим. Акс ҳолда бир-бирига солиштириш билан оралари бузилиши мумкин;
– ёмон дуо қилиш. Фарзанди жаҳлини чиқарса, айрим оналар дарров қарғашга тушади. Бунинг оқибати жуда ёмон
– Ота-она ваъдасида турмаса, ишончини йўқотади. Масалан, “Кел, урмайман”, дейди. Аммо келганида уради. “Бундай қилсанг, уни олиб бераман”, дейди, лек сўзида турмайди.

@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Бир боланинг синф ичида калтакланиши, қолган ўттизта ўқувчига ҳам калтак ейиш кайфиятини, "мазасини" беради...

👩‍🍼Болам учун🐣

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Али Тантовийнинг "Ислом динига умумий таъриф" деб номланган китобининг ўзига хос жиҳат шуки, у содда тилда ёзилган бўлиб, исломий ҳақиқатлар турли мантиқий асослар ҳамда ҳаётий мисоллар орқали очиб берилган. Унда Аллоҳ таолонинг бирлиги, сифатлари, охират, қайта тирилиш, ҳисоб, жаннат ва дўзах, пайғамбарлар ва самовий китобларга иймон келтириш каби муҳим мавзулар ёритилган.

Qattiq muqova, 336 sahifa, 51ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

#БУЮК_ЖАНГ

Ё Аллоҳ!
Пойитахтдан офият ва омонликни кўтармагин!

Туркия давлатининг Истанбул шаҳридаги Бейўғли туманида жойлашган Таксим майдонига олиб чиқувчи тарихий Истиқлол кўчасида портлаш содир бўлди. Вафот этганлар ва ярадорлар сони ҳали баён қилинмади.

Портлаш худкушлик ҳужуми натижасида амалга ошгани тахмин қилинмоқда.

Эрдўғон ҳукуматнининг ютуқлари бирма-бир саботаж этилмоқда. Сайлов яқин. Бу сайлов курашаётган икки маданият учун ҳал қилувчи сайловдир. Эрдўғон ва партиясига зарар бериш ва халқни норози қилиш учун энди бу ва бу каби ҳодисалар янада кўпайиш эҳтимоли юксак.

Саботажлар:

1. Иқтисод чўкмоқда, лира қадрсизланмоқда...
2. Соғликни сақлаш сектори чўкмоқда, нархлар осмонда, доктор ва ҳаста орсида тўқнашувлар кўпаймоқда...
3. Сиғинмачилар, муҳожирлар ва хорижий қочқинлар адади кўпайиб кетмоқда ва ерли аҳолининг норозилиги ва ўзаро тўқнашувлар, ирқчилик чақириқлари юксалмоқда...
4. ПКК террор хуружлари... Полиция ва аскар орасида шаҳидлар берилмоқда...
5. Диндор ва муҳофазакорларнинг Туркия Жумҳурияти ва отатуркчилик ва секуляризм принцпларига қарши чиқишлари ва «иртижо» фаолиятлари урчимоқда...
6. Антидемократик сиёсий тутумлар авж олди, журналистлар, мустақил ОАВлар, ижтимоий тармоқларга нисбатан цензуралар, қамоққа олишлар ва ЛГБТ, феминизм, Очиқ Жамият Институти каби «социал» ҳарактлар ва жамиятларнинг ҳаракатларига қаршилик ва шарқий минтақалардаги курд этникасининг тазйиққа учраши ҳали ҳамон давом этмоқда...
7. Туркия ташқи давлатлардаги ички низолари ёки минтақавий тўқнашувларда иштирок этмоқда...
7. Ўрта Ер денгизидаги ва хусусан Юнонистон билан олов олиб бораётган зидииятлар авж олмоқда...ва ва ва ва....

Хуллас шу ва шу каби ҳақиқати бузиб кўрсатилаётган айбловлар, тухматлар ва медиатик манипуляциялар билан Туркиянинг йўлига тикон терилмоқда, турк халқи учун буюк тузоқлар қурилмоқда.

Аллоҳ басиратларини очсин-у, аммо бу ерда яшаш ва ерли аҳолининг турли табақалари билан бўлган мулоқотларимдан кўриниб турган зоҳирий аҳвол шуки, турк халқининг аксариятининг савияси воқеаларнинг ҳақиқатини ва моҳиятини англашдан ожиз, манипуляцияга ўта очиқ, вазият қўрқинчили ва ташвиланарли аҳволда...

Абдулҳамидхоннинг орзуларини бирма-бир рўёбга чиқарган Эрдўғоннинг оқибати ҳам султонники каби бўлишдан Аллоҳ асрасин!

A. Azhariy

Commentda izoh)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Toshni teshgan tomchilar

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Allohga bogʻlab turgan rishtalar uzilishi bilan hamma narsa uzilib ketadi. Bu rishta qanday qilib uziladi demaslik kerak, chunki nimadir noziklashsa, uni muhofaza qilish mushkullashadi, keyin esa rishtalar uziladi. Mana shunaqa.

Shuning uchun ham gunohlarimning kichikligiga aldanib qolmasligim kerak, chunki bu binoni, katta saroyni va ulkan olamni ham bittagina gugurt donasi yoqib, kulini koʻkka sovurishi mumkin.
Oʻt ketgan oʻrmonlarni bir tasavvur etib koʻrgin-a, kichik uchqunlar qanday ulkan alangalarga aylangan...

''Xayrlisi'' Onur Qoplon

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nafs insonni halokatga yetaklovchi tuygʻulardandir. Ulamolar nafsni jilovlashga alohida eʼtibor beradilar. Alloh taolo paygʻambarlariga yuklagan muhim vazifalardan biri nafsni poklashdan iborat boʻlgan.

Muhammad Zohid Qutquning “Nafs nimadir” kitobida nafsga qul boʻlmaslik uchun muhim tavsiyalar keltirilgan. Bu asar Siz va yaqinlaringiz uchun muhim manbalar qatoridan joy oladi, insha Alloh.

Robbimiz “Fajr” surasida marhamat qiladi: “Ey xotirjam nafs! Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holda qayt! Bas, bandalarim ichiga kirgin! Va jannatimga kirgin!” degan...

''Nafs nimadir'' kitobidan.

Qattiq muqova, 336sahifa, 52ming
Buyurtma uchun
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nafsing gapirishni xohlaganida, uni sukuting bilan tarbiyala.

Oʻlim — ayrimlar bayram, baʼzilar uchun esa toʻy emish. Va shuni angladimki, koʻnglida Ishqi boʻlmaganlar oʻlimdan qoʻrqarmish.

Oʻlimni oʻzi bilan omonatdek koʻtarib yurgan kishiga oʻlim gʻam keltirmaydi.

Buyurtma berish @TaskinKitob
Yumshoq muqova, 299 sahifa, 47ming


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

-Gaplarimni yaxshilab eshitib ol. Bu dunyoda Allohni yaxshi ko'radiganlar juda ko'p. Lekin sen ularning "Alloh" deyishlariga ishonma. Unaqalar doim ikkiyuzlamachi bo'ladi. Diniy amallarning orasiga biror dunyoviy manfaat kirib qolsa, ishlar mutlaqo o'zgarib ketadi.

Chaqmoq gapga qo'shildi:

- Men bir mutaassibdan eshitdim, ayollarning boshi ochiq yurishi qiyomatdan darak ekan deydi, bu qanaqasi og'a?

Sakkizoyoq kulib, Chaqmoqqa qaradi.

- Allohning Qur'onida ayollar boshi ochiq holda begona erkaklarga ko'rinmasligi kerakligi to'g'risida oyat bor, yengi kalta, oyog'i ochiq ko'chaga chiqib bo'lmaydi, deyilgan. Bu mutaassibning emas, Allohning amri. Mana shuni teskari tushunish esa mutaassiblik bo'ladi. Musulmonlar buni ham tushunishmaydi, g'ofillar. Hojining qizi, mullaning nabirasi bo'lgan qancha odamlarni bilaman, qizi-yu nabirasi, hatto xotini ham ko'chalarda boshi ochiq, yengi kalta ko'ylakda, shim kiyib yuradi, mahramsiz sayohatlar qiladi, bu yoqda ota-buvasi esa masjidda zikr bilan band. Xullas, musulmonchiligimiz juda soxta bo'lib ketgan. Ortiqcha gapirmaylik. Yagona nasihatim shu - peshonasiga yozilgan qismatiga rozi bo'lsin, boshiga tushganini ko'rsin, harom-halol deb ajratishga urinmasin, bularning hammasi bekorchi gaplar! Alloh tuyg'usi yuraklardan o'chib ketganiga ancha bo'ldi, faqatgina tillarda qoldi. Bularni vaqti kelib, tushunib olasan, keyin baribir Sakkizoyoq amakingning fikriga qo'shilasan. Hali kichkinasan, shuning uchun har qancha aqlli bo'lsang ham, o'zingni qiynama.

Muso bu gaplarni jon qulog'i bilan tingladi, lekin ko'p narsa tushunmadi. Bular Allohga qarshi shekilli. Lekin "Alloh yo'q" degan bilan U Zot yo'q bo'lib qolmaydi-ku?





Muso boy bo'lish nimaligini bilmas edi, buni ham otasidan so'radi.

- Xohlagan narsasini sotib oladigan, kambag'allik nimaligini bilmaydigan, puli ham, moli ham juda ko'p bo'lgan odamlar boy deyiladi, - degan javobni olgach, so'radi:

- Bizda boylar ko'pmi? Unda nega masjidning oldiga shuncha ko'p faqirlar to'plangan? Nega ularni kiyintirishmaydi, qornini to'ydirishmaydi? Shuncha pulni nima qiladi boylar?

Vali tog'a kulib yubordi, lekin bolaning bunday mantiq bilan fikrlashiga hayron qolib, Musoni maqtab qo'ydi.

Vali tog'a gapni shu yerda to'xtatdi. Faqatgina xazinasini to'ldiradigan, nafsi uchun katta pul sarflaydigan, atrofidagilarga qaramaydigan, och qo'shnisiga bir luqma non bermaydigan odam har qancha boy bo'lsa ham, aslida faqirlardan ham battar faqir ekanini aytmadi. Bu gaplarni Muso gapirmadi.



- Siz Allohga ishonmaysizmi, siz musulmon emasmisiz, ota?

Vali tog'a bolaga hayrat bilan qaradi:

- Musulmonlikka musulmonman, lekin Allohning amrlarini to'liq bajara olmayapman-da. Lekin Alloh kechirguvchi, meni ham kechirsa kerak.

Muso otasining bu gaplaridan ham hech qanday ma'no chiqara olmadi. Otasi Allohning buyruqlarini bajarmas ekan-da, yana keyin Undan kechirim so'rar ekan! "Axir bunday bo'lishi mumkin emas-ku!" Bola shunday deb lablarini burishtirdi. Muso yangrayotgan azonni shirin entikish bilan tinglab, kichkina yuragi orziqib ketdi. (Azon tugagach, otasiga qaradi:)

"Muqaddas Azob" Raif Jilasun

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Селфимания - ўзини ҳаддан зиёд яхши кўриш касаллигининг ижтимоий тармоқларда акс этиши. Ўзини намоён қилавериш орқали одамларни назарига тушиш, уларга танилиб олиш истагининг ижтимоий тармоқларда зоҳир бўлиши селфиманиядир. Бу қалб касаллиги бўлган риё ва ужбнинг очиқ кўринишидир.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum

Toshkent shahridan zudlik bilan qon kerak. Qon guruhining ahamiyati yo’q.


+998884917700 ga murojaat qilishingizni so’raymiz.


@Taskinkitoblar

Читать полностью…
Подписаться на канал