Ham Allohni, ham mahbubini, ham oʻzini rozi qiladigan, tom ma’nodagi muhabbat madrasasining formulasi ushbudir.
Ishqi tushmagan odamga mehr berishga oʻzni majburlash manzili yoʻq yoʻlga oʻxshaydi. Yuraverasan, ammo manzil qayerda, qachon kelishini bilmaysan. Oxiri yoʻq yoʻl esa odamni ezib tashlaydi.
Bemehrga ishqi tushgan odamning holi esa qorda muzni yoqishga urunishga oʻxshaydi. Qancha urinma, u baribir yonmaydi.
Ishq talpinish, mehr esa avaylash. Mana shu formula toʻgʻri ishlasagina, oilada muhabbat madrasasi quriladi. Bundan u ham, siz ham va sizlarning baxtli holingizni koʻrgan Alloh ham sizdan rozi boʻladi, inshaalloh.
Allohning joriy qilgan qonuniyatlariga, ya’ni ishqsiz va mehrsiz oila qurib, undan muhabbat madrasasini kutish, huddi qalampir ekib qulupnay unib chiqishini kutishga oʻxshaydi.
"Muhabbat madrasasi"
📖"Muhabbat madrasasi" kitobi hozircha faqat @Taskinkitoblar dagina sotuvda mavjud!🔥
Sizga eng yaqin pochta filialigacha yetkazib berish 5ming.📦
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ushbu kitob tabiatning mo'jizasi boʻlgan O'rdak bobo va Odiljon- ning bir-biridan qiziq suhbatlari asosiga qurilgan. Odiljon aqlli bola, lekin biroz o'yinqaroqligi bor, shu sabab o'qishlari orqada, onasi xafa. Sehrli o'rdak esa Odiljonning ana shu kamchiliklaridan xalos bo'lishini istaydi.
Nima deb o'ylaysiz, Odiljon dangasalik, yalqovlik kabi yomon odatlaridan qutula olarmikan?
Kitobni o'qish davomida bolajonlar rang-barang ertaklar-u rivoyatlar orqali juda ko'p ilmlarni o'zlashtiradilar. Bular aslida, oddiygina hikoyalar emas, kattalar tomonidan bolalarga aytilishi kerak bo'lgan gaplardir.
Yumshoq muqova, 320 sahifa, 34ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
150 yil avval yozilgan, shaxsiy rivojlanishga doir ko‘plab kitoblarning asosi bo‘lib kelgan "Fikrlayotgan odam" risolasidan videoparcha...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Мен бахтлиман, чунки...
Чунки одамлар китоб ўқиш учун пул сарфлашса, менга китоб ўқиганим учун пул тўлашади 😄
Яқинда ана шунақа зўр китобни "ўқиб" чиқдим. Китоб 150 йил олдин ёзилган ва қисқа қилиб айтганда, одамни тўғри ўйлашга, тўғри фикрлаш орқали одатлари, ҳаётини яхшилашга ўргатади. Яхши томони, китобни э-энг дангаса китобхонлар ҳам осонгина ўқиб, осонгина тушуниб олади.
Кучли тавсия қиламан, нархи бор-йўғи 25 минг сўм, ўзи кичкина, фойдаси ка-атта китоб (китоб кичкиналигидан ярмига инглизчасини босишибди, тил ўрганувчиларга ҳам асқотади). Буюртма бериш учун: @TaskinKitob
“Bechora inson bolasi!
Agar faqirlikdan qoʻrqqanidek, jahannamdan qoʻrqqanida edi, ikkisidan ham qutulgan boʻlar edi!”
Imomi Gʻazzoliy
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kim oz narsaga erishmoqchi bo‘lsa, oz narsani boy beradi. Ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘lgan odam esa ko‘p narsani boy beradi. Ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqchi bo‘lgan
odam katta qurbonliklar qilishga tayyor turishi kerak.
Jeyms Allen "Fikrlayotgan odam" _ Bir asr avval yozilgan asar!
Hayot u haqida uzun matn yozishdan koʻra qisqaroq...
Jeyms Allen "Fikrlayotgan odam" _ Bir asr avval yozilgan asar!
Ushbu kitob Horis al-Muhosibiyning «Fahmus-Solat» (Namozni to‘g‘ri anglash) nomli asarining tarjimasi bo‘lib, unda namozdagi har bir ruknning izoh va hikmatlarini idrok qilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Bu asarni mutolaa qiluvchi har bir kitobxon ushbu asarni o‘qigach, Rasululloh (s.a.v.)ning: «Namoz mo‘minning Me’roji hisoblanadi», deb ta’kidlagan hikmatlarini yana ham yaxshi tushunib oladi. Qo‘shimcha ravishda musulmon olamining, jumladan xalqimizning namozga tegishli bilim va tushunchalarini boyitish, ishtiyoqmandlarni namozga undash, namozni ado etish shakllarini o‘rgatish, namoz asnosida kechadigan tafakkur va hissiyotlarni jilovlash, erkak va ayollarning namoz asnosida e’tibor berishlari kerak bo‘lgan qoidalarni eslatish, o‘tmish olimlari va sahobalarning namozdagi holatlarini o‘rgatishni osonlashtirish kabi maqsadlar asosida kitob ona tilimizga tarjima qilindi.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Heeech kelmaydigan ertani kutib yashaydiganlar uchun⌛️
⏳Vaqt hech qachon davo bo‘lolmaydi. U bor- yo‘g‘i odatlanib qolishga imkon beradigan kenglikdir xolos.
Muvaffaqiyatli insonlarning ham kuniga 24 soat vaqti bo‘ladi, biroq ular mana shu hammaga teng taqsimlangan imkoniyatdan bizdan ko‘ra biroz unumliroq foydalanganliklari sabab ma’lum bir natijaga erishadilar.
Vaqt baribir o‘tadi, undan afsus-u nadomat qoladigan ishlarda foydalansak ham va aksincha o‘zimiz va yaqinlarimiz (insoniyat) uchun foydali bo‘lgan ishga yo‘naltirsak ham...
Kalomdan gapiradigan bo‘lsak: "Zarra miqdor yaxshilikka ham, zarra miqdor yomonlikka" ham javobgar ekanmiz, soniyalarnida behuda ishlarga sarflashimiz ayanchli oqibatga olib kelishi aniq. Oqibat deyilganda yaxshi kasb va komfort sharoitda yashash nazarda tutilmayapti, behuda umr sabab abadiyat manzilida afsuslanib qolishdan ogohlantirilayapti!⌛️
Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Oʻqituvchi meni bir soatda men yashaydigan yerning boʻlagi ”Vatan” deb atalishiga ishontira oldi. Men esa bu Vatanni oʻttiz yildan beri ”inson” ekanimga ishontira olmadim...
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Islom tarixining yorqin sahifalarini o‘rganish, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayotini yanada chuqurroq anglash uchun yangi imkoniyat! "Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ahli ayollari" kitobi sizni bu muhim mavzu bilan tanishtiradi.
Ushbu kitob, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayotidagi ayollarning o‘rni va ahamiyatini keng qamrovli tarzda yoritadi. Kitobda, Payg‘ambarimizning xotinlari, qizlari va boshqa yaqin ayollarning shaxsiyati, ularning tarixiy roli, ijtimoiy ahamiyati va Payg‘ambarimizga bo‘lgan hurmati bilan bog‘liq barcha muhim jihatlar batafsil ko‘rib chiqiladi.
Nima uchun ushbu kitobni o‘qishingiz zarur?
Tarixiy haqqoniyat: Kitob, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ahli ayollarining hayoti va ular bilan bog‘liq voqealarni ilmiy asosda o‘rgatadi.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Jannatga taklifnoma","Safar" kitoblari muallifi Adam O‘zkosaning "Tutqun" kitobi arab tiliga tarjima qilinibdi. Yozuvchining kitoblari shu vaqtgacha o‘ndan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi...
Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...
Qattiq muqova, 295 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Vanihoyat Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi yoxud muhabbatning 55 muammosi" kitobini kitobsevarlar hukmiga havola etamiz🔥🎉
Kitobdan muallifning "Shayton uyimizda yashaydi" asari ham joy olgan.
Qattiq muqova, 286 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Atrofingizdagi insonlar sizni asabiylashtiradimi? 🤔
Tomas Eriksonning «Atrof to'la ahmoqlar» kitobi bu muammoga yechim beradi!
Muvaffaqiyat va baxtning kaliti
- odamlarni ajrata olishda!
Kitobda insonlar to‘rtta xarakter turiga bo‘lingan bo‘lib, ularni qanday tushunish va ular bilan qanday munosabat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar berilgan. 💡 Agar muloqotlaringizni samaraliroq qilishni xohlasangiz, bu kitob aynan siz uchun! 📚
Qattiq muqova, 350 sahifa, 44ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir.
Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda, maktab va universitetlarda, umuman hamma yerda Yolgʻon hukmronlik yurgizadi, olomon oʻz tomonida ekanligi haqiqatidan o'zini baxtli va qulay his etadi...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Olamdagi dastlabki qotillik eng ulkan gunohlardan biri bo’lmish hasad tufayli yuzaga kelgani bizga otamiz Odam alayhissalomning farzandlari «Qobil va Hobil» qissasidan ma’lum.
Bu tuyg’u toki dunyo bor ekan, mavjudligicha qolib, shaytonning sinmas qurollaridan biri bo’lib qolaveradi.
Ushbu asarda hasadning qabohatlari, undan xalos bo’lish yo’llari ko’rsatilgan. Kitobda qabohati jihatidan hasaddan ham qolishmaydigan g’azab xususida ham so’z boradi.
G’azabning ham illatlari ishonchli dalillar orqali ochiqlab berilgan.
Yumshoq muqova, 28ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍Musibat sening musibating boʻlmaganda sabr haqida soʻzlash qanchalar oson.
✍«Qishloq ahlining iymoni sust,» – dedi Shayx. Men esa unga: «Axir siz ham o‘sha qishloq ahlidansiz,» – demoqchi bo‘ldim. Shayx esa qovog‘ini solganicha, uzoq o‘ylanib, boshini egib oldimga keldi. Men uning og‘irini yengil qilmoqchi bo‘ldim. Lekin u buni qanday qabul qilishini bilmasdim. Unga tasalli bermoqchi bo‘ldim-u, biroq menga tanbeh berishidan qo‘rqdim.
✍Inson yo‘qotgan narsasini istaydi, biz esa topgan narsamizdan boshqasini istamaymiz.
✍Yo‘qotganida afsus-nadomat qiladigan – topganida xursand bo‘lgan odamdir.
✍Barcha narsaga egalik qilding, boyliging qani?! Hech narsang qolmadi, bo‘yningda faqatgina amal daftaring qoldi-ku!
✍Sen egalik qilgan narsa senga egalik qiladi. Zohid bo‘l, boy bo‘lasan.
📚Ayman Attumning "Xitob" romanidan.
Ayriliq ikki turli bo'ladi:
Biri majburlikdan
Biri esa kibrdan
Birinchisi sog'intiradi, talpintiradi , muhabbatni alangalaydi, sadoqatni mustahkamlaydi.
Ikkinchisi esa adovat va g'ashlikni kuchaytiradi. Chunki takabbur odam o'z xatolari va dilxiraliklarini tan olmaydi. O'zini aybdor ekanini e'tirof qilishga xudbinligi yo'l bermaydi va kechirim so'rab murosa qilishga, yo'qotilgan vaqtlarga achinmaydi.
Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" kitobidan.
Oldindan buyurtma berish @TaskinKitob
Sen shunchalik qadrlisanki! Seni na o'tmishdagilarga, na kelajakdagilarga alishmoqni istamayman!
Sen har kungi hozirim bo'lib yashaysan...
Muhabbat tilamchilarga beriladigan sadaqa emas. Duch kelgandan sadaqa soʻrab koʻchaga chiqolmaganing kabi muhabbatni ham ehson qiling deb boʻlmaydi...
© "Ichxasta" kitobidan
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, o'zligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy ko'lamda oʻrganadi. Adibaning fikricha, ayollarda iste'dod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablag' va erkinlik boʻlsa, o'zlarini to'la namoyon etishlari mumkin. Vulf o'zidan avvalgi adibalar - Jeyn Ostin, opa-singil Brontelar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga to'xtaladi, ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi.
Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda o'rnini topib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun yozilgan, ayol va ijod masalasi chuqur, yuksak badiiyatda qalamga olingan mashhur asar sifatida sizni qiziqtirishiga ishonamiz.
Qattiq muqova, 292 sahifa, 33ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Faqat pul ortidan yugurish xotirjam hayot oldida zarracha qiymatga ega emas. Xotirjam hayot – adolat ummonida, to‘lqinlar ustida, bo‘ronlar yetib bora olmaydigan yerda mangu osoyishta kechgan umrdir!
Jeyms Allenning "Fikrlayotgan odam"
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Islom tarixining yorqin sahifalarini o‘rganish, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayotini yanada chuqurroq anglash uchun yangi imkoniyat! "Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ahli ayollari" kitobi sizni bu muhim mavzu bilan tanishtiradi.
Ushbu kitob, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayotidagi ayollarning o‘rni va ahamiyatini keng qamrovli tarzda yoritadi. Kitobda, Payg‘ambarimizning xotinlari, qizlari va boshqa yaqin ayollarning shaxsiyati, ularning tarixiy roli, ijtimoiy ahamiyati va Payg‘ambarimizga bo‘lgan hurmati bilan bog‘liq barcha muhim jihatlar batafsil ko‘rib chiqiladi.
Nima uchun ushbu kitobni o‘qishingiz zarur?
Tarixiy haqqoniyat: Kitob, Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ahli ayollarining hayoti va ular bilan bog‘liq voqealarni ilmiy asosda o‘rgatadi.
Yorqin tafsilotlar: Ahlidagi har bir ayolning hayot yo'li va ularga nisbatan Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning mehr-muhabbati batafsil yoritilgan.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Ota-onalar farzandlariga tavozedan koʻra koʻproq sharaf va qadr-qimmat toʻgʻrisida, itoatkorlikdan koʻra koʻproq jasorat toʻgʻrisida, marhamatdan koʻra koʻproq adolat toʻgʻrisida taʼlim berishlari kerak.
Oʻz yoʻlida yurishda davom etadigan va bu uchun hechkimdan izn so'ramaydigan sharafli nasl ulgʻaytirmoqlari lozim".
Aliye Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
Ushbu asarda antikvar buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati haqida so'z boradi. Uning orzularga to'la qalbi bor edi, yoshlik chog'laridan qadrdon do'sti Surayyo bilan uzoq-uzoqlarga ketishni orzu qilardi. Ayni paytda umri iztiroblar, kaltaklar ostida o'tayotgan onaizorning dardlariga sherik, otasiga esa davomchi kerak edi. Orzularga to'la kelajak va iztiroblardan so'zlovchi o'tmish - ikki o'rtada qolgan qahramonimizni yillar tarbiyaladi.
Asarning har satri antikvarchining o'tmishi haqida hikoya qiladi. Nadomatga to'la umr sarhisobida kim hokimu, kim jabrdiyda va nega? Yozuvchi bu asar orqali munosabatlardagi noqisliklar oqibatidan ogoh etadi va shuning barobarida qahramonlar dardiga darmon istaydi. Halovatga eltuvchi yo'llarni ko'rsatadi.
Bahodir Yenishehirlio’g’li,
📓«Antikvarchi»
Qattiq muqova, 256 sahifa, 37ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!