taskinkitoblar | Неотсортированное

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3377

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Подписаться на канал

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?!

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi...
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...


Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bolaning qalbi aslida oppoq bir qogʼozga oʼxshaydi. Nima narsa naqshlangan, chizilgan boʼlsa, oʼsha qogʼozda shundoqqina qolib ketaveradi. Undagi naqshlarni chizadigan zot ota bilan onadir. Yoinki ota bilan onaning beparvoligi tufayli koʼchadagi boshqa odamlar chizib qoʼyadi. Ota oʼz farzandini iymonli boʼlib ulgʼaytirish uchun nima qilishi kerak? Men bilaman deydigan odamlar oʼzini ovutish uchun qoʼliga maza qilib gazeta, jurnal oladi, bekorchi vaqtini shunga sarflaydi. Mening nasihatomuz gaplarimni ular oʼziga qattiq oladi, gaplarimni eshitgisi ham kelmaydi. Bunday odamlarga koʼproq qaysidir artistning qanaqa qilib kiyinishligi, qanaqa qilib boʼyanishligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kerak. Ular goʼyo yaxshi odamlar yomonlikning oldidan oʼtayotganlarida koʼzlarini yumib, oʼzlarini koʼrmaganlikka olib beparvolik bilan oʼtganidek bolani yaxshi, iymon- eʼtiqodli qilib tarbiyalash toʼgʼrisidagi gaplarga eʼtiborsiz boʼladilar...

"Ey qizim" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Zoe bolishimiz tabiiy. Biz oyoq kiyim tanlashda ko'p vaqtimizni safrlab qo'ydik. Ammo yuradigan yo'lni tanlashni unutdik!"

Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

Adam Uzkusaning "Jannatga taklifnoma" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Turkiylarning ayblari shuki, o‘z tarixlarini bilishmaydi, ular o‘z shaharlari haqida juda ham kam ma’lumotga egalar...”

“Sizlar dushmanni ayblamang, balki xotirjam bo‘lganingiz uchun o‘zingizni koying va taslim bo‘lganingiz sabab o‘zingizdan nafratlaning”.

📖 “Turkiston kechalari”

— Najib Kiyloniy

Yumshoq muqova, 192 sahifa,
30 ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Osmoningni yig‘lat, Yeringni yig‘lat,
Onani bolam deb yig‘latma, Xudo!

🎙Mohidil Fozilova

💞Qalblarga malham

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hazrati Yusufni oldin quduqdan, keyin esa zindondan qutqargan Alloh albatta, bizni ham bu asoratdan qutqarishiga ishonardim. Yusuf surasini o’qigan sari bunga ishonchim ortardi. Fua qishlog’ida asir sifatida tutilganimiz bu uyda Qur’oni Karim oyatlari charchoq va mahzun qalblarimizga shifo bo’layotgandi. Bu qiyin kunlarimizda qo’limizdan hamma narsani olsang ham, bizni Qur’onsiz qoldirma, yo Robbim!” deya duo qilardim.

📗Yumshoq muqova;
220 bet; 38 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob
☎️+998997217008

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ushbu kitob mamlakatimizdagi turli soha va qatlam vakillarining intellektual salohiyatini oshirishda, ayniqsa, yoshlarning yetuk aql-idrok egasi bo’lib yetishishlarida muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimizning turli sarhadlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning maktublari va boshqa manbaalar asosida to’plam holiga keltirilgan.

🕒Yumshoq muqova;
har bir kitob 319 betdan iborat; to’plam holida 90 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob
☎️+998997217008

❓Yaratgan ikki marta tekinga beradi, uchinchisini pulga olamiz.
Savol: U nima?

📝Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Munosib tanlov _ @TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Rizq inson manfaatiga xizmat qilish uchun yaratilgan ne’matlar ichida shu qadar muhimki, u bilan bog’liq masalalarni har qancha chuqur o’rganib, ularga amal qilib borilsa u insonga faqat foyda beradi.

“Rizq haqida risola” zarur tushuncha va ma’lumotlarni o’zida jamlagan muxtasar asar bo’lib, o’quvchilarimizning “rizq” haqidagi tushuncha va bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

📘
Yumshoq muqova;
271 bet; 39 ming.

📮Buyurtma berish:
@TaskinKitob
☎️+998997217008

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ushbu kitobda har birimiz uchun namuna bo’lgan onalarimizning fazilatlari, hayotlari, odob-axloqlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ularning shaxsiyati haqida yaqindan tanishib, ulardan ibrat olishimiz zarur. Zero, ularning hayoti bilan tanishish qalblarni nurlantiradi, Nabiy alayhissalomning sunnatlarini teran anglashimiz, ularga ixlos bilan amal qilishimizda chiroyli vosita bo’ladi, inshaalloh.

📘Qattiq muqova;
272 bet; 55 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob
☎️ Bog’lanish uchun: 997217008

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

...Odamlar Xudoning qandayligini O'zidan kelgan kitobdan o'rganmasdan, o'z o'lchovlariga xos Xudo istashadi. "Shunday xudo bo'lsinki, mening ishlarimga aralashmasin" deyishadi. Lekin Tangriga buyurtma berilmaydi. Shunday ekan, Allohni o'z qamrovimizda tasavvur qilmaylik. Yer milliard yillardan beri tegirmon toshidek bir tomondan ustiga odamni chiqaradi - da, keyin yana ostiga oladi. Bu charxpalakka o'xshagan dunyoga insonlarning kelib-ketishi davom etadi. Shu milliardlab insonlar nega yana yer yuziga chiqadi deysiz? Allohning qudrati yangi dunyolar yaratishga yetmaydimi? Aslida, bularni aytishning ham hojati yo'q. Alloh o'z holiga tashlab qo'ygan joy cho'kadi, chiriydi, yo'q bo'ladi. O'zingiz ham buni bilasiz. Dinni davlatdan uzib qo'yish Alloh dunyo ishlarini bilmaydi, deganday bo'ladi. Nima deb o'ylaysiz, shunchalik ham be'manilik bo'lishi mumkinmi?

#islohimizuchunrukni

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing! 💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Barchamizda muhabbat degan tuyg‘u bor, biroq barchamiz bu tuyg‘uni o‘z o‘rnida ishlata olmaymiz, demakki bu borada maslahatga muhtojmiz.
Ba'zilar muhabbat bilan qariydi, ba'zilar esa aksincha, muhabbatni qaritishadi.
Shu o‘rinda aytishimiz lozimki insonning har narsaga, insondan tortib moddiyat olamigacha muhabbati bo‘ladi va bu muhabbat insonni qanday hayot kechirishga tasir o‘tkazadi...

Muhammad Bo‘zdag‘ning "Muhabbat anatomiyasi" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Safiya roziyallohu anhoning tuyalari birdan yotib qoldi. Onamiz yig’ladilar. Nabiy alayhissalom bundan xabar topgach, darrov yetib kelib, onamizning ko’zyoshlarini qo’llari bilan artdilar.
Ehtimol, u zotdan boshqa odam bo’lganida xotinining tuyasi cho’kkanida yig’laganiga urishar, tanbih berar edi. Ammo butun olamga rahmat o’laroq yuborilgan zot birgina so’z bilan yupatish mumkin bo’lgan o’rinda bu bilan kifoyalanmasdan, muborak qo’llari ila onamizning ko’zyoshlarini artib qo’ydilar. Bu bilan go’yo “Sening ko’zyoshlaring qadrli, ey Safiya”, demoqchi bo’ldilar.

📘Qattiq muqova;
455 bet; 49 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

- Muso, sening Robbingga ishondim!
Cho’kdi, chiqdi, yana baqirdi:
- Muso, sening Allohingga ishondim, qutqar!
Suvdan qaytib chiqmadi.
Otlar odamlar g’arq bo’lgani sayin suv yuziga har xil rangdagi kiyimlar chiqa boshladi. Hazrati Muso namoz boshlab, Allohga shukr etarkan, hamma o’zidan kechgan, yerlarda ag’anar, yig’lar, ingrar, yerni mushtlardi.
Go’yo bir qavm uzoq uyqudan turayotgandi:
-Fir’avn yo’q endi!
…Yangi bir kun bilan birga yap-yangi dunyo tug’ildi.

📘Qattiq muqova;
188 bet; 36 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✨ Tafakkur olamiga chorlagan Hamza

Keng omma e’tiborini televizor degan narsaga jalb qilishdi, u esa zamonaning iblisiga aylandi. Qisqa vaqt ichida hammaning uyida oʻz televizori boʻldi. Asosiy vaqtni uning qarshisida oʻtkazib, bilib-bilmay uning mutesiga aylanishdi. Unda aytiladigan har qanday gapga ishonadigan boʻlishdi. Fahmlaganingizdek, modernizm va kapitalizmning barcha jihatlarini qoʻllab koʻrishdi. Shuningdek, musulmonlar orasiga odam ajratish degan baloni ham yoyishdi, odamlar soʻrab ham oʻtirmay fisq-fujurga ishonadigan boʻldi. Xalqni, odamlarni bir-biriga bogʻlab turgan doʻstlik oʻrtadan koʻtarildi.

Yillar davomida talaba boʻla olmay, bir qancha urinishlardan keyin talabalik baxtiga muyassar boʻlgan Hamza oʻqish imkoniyatidan voz kechdi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi? Nima uchun?🧐

Javobini asar oʻqish jarayonida bosh qahramonning oʻzidan bilib olishingiz mumkin.

Yumshoq muqova, 202 sahifa, 42ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hamma zolim bilib qoʻysinki, ortida uning ismini tarixga yozib qoʻyadiganlar turibdi...

Koʻplab suriyalik yoshlar singari, men ham isyon paytida oʻlib ketishim mumkin. Lekin bir yoshli qizim bu yurtda biz kabi qul boʻlib yashamaydi. Men qizimga erkin yashashi mumkin boʻlgan mamlakatni sovgʻa qilmoqchiman. Ota qiziga ozodlikdan ortiq sovgʻa bera oladimi?

Adam Uzkusaning ''Tutqun'' kitobi sotuvda🎉

Yumshoq muqova, 220 sahifa, 38ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

- Quyosh botgach Yevropada qorongʻulik hukmronlik qilardi.
Ammo Qurtubada umumiy chiroqlar koʻchalarda ziyo tarqatar edi.

- Yevropa isqirt edi. Qurtubada mingta hammom bor edi.

- Yevropa havosi hashorotga toʻla edi.Qurtuba esa har kuni kiyimini almashtirar edi.

- Yevropa balchiqda yurar edi.Qurtuba koʻchalarida toshlar terilgan edi.

Adem Ukusaning "Safar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

💎 Oilashunos adibadan tuhfa!

Kelinim ko'p andishali, halol, mehnatkash qiz, ammo taom pishirishlarga usta emas. Uni ovqatga urinayotganini ko'raman-da, eh, yana o'xshamay qolsa-ya, deb qo'yaman ichimda. Shu asnoda qo'shni chiqib qoladi-yu, paytdan yutaman: "Bolam kelib, qo'llarim uzayib qoldi, och qolsam, boqadiganim bor endi!" Shu gap bilan kelinchagimdan ko'p yaxshi ishlar kutayotganimni bildiraman.
Bir kun qo'shnim : "Keliningiz qiziquvchan ekan, mendan falon taomlarning retseptini yozib chiqib ketdi", dedi. Bir quvondim...demak, ish jildi. Kattadan botmaydigan bir ishora bas, kichik u yog'iga o'zi g'ildirab ketaveradi.

📮 Buyurtma berish:
@TaskinKitob
☎️
+998997217008

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Inson resurslarini boshqarish kitobining yangi ikkinchi nashri inson resurslarini boshqarishning ganday amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan. Siz qanday lavozim yoki martabaga intilishingizdan qat'i nazar, inson resurslarini boshqarish amaliyotini tushunishingiz, faoliyat yuritayotgan tashkilotingiz va shaxsiy muvaffaqiyatingizni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Inson resurslarini boshqarishda ish o'rinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish, potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini o'qitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini baholash, mehnatiga ko'ra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi ko'nikmalar o'zlashtiriladi.

📚Inson resurlarini boshqarish

Yumshoq muqova, 396 sahifa, 289ming.
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

​​
Oruellning 1984 dagi muhit Hakslining “Yangi ajib dunyo” asaridagiga o’xshab ketsada, bu asarlar bir-biridan juda farq qiladi.

• Oruell kitoblar kun kelib butunlay taqiqlanishidan qo'rqardi. Haksli esa kitoblarni taqiqlash uchun hech qanday sabab bo'lmasligidan qo'rqardi. Chunki bu hech kim ularga qiziqmasligini, taqiqlash uchun hojat ham qolmaganligni anglatardi.

• Oruell hech qanday tanlovi yo’q ommaga aylanib qolishimizdan qo'rqardi. Haksli tanlovlar qarshisida, befarqlik dengiziga cho'kib ketishimizdan qo'rqardi.

• Oruell bizni ma'lumotlardan mahrum qilinishimizdan qo'rqardi. Haksli bizga shunchalik ko'p narsa beriladiki, biz passivlik va xudbinlikka botib qolamiz, deb qo'rqardi.

• Oruell bir o'lchovli madaniyatga aylanib qolishimizdan qo'rqardi. Haksli ta’sirchanlik, fohishalar va rang-barang suratlar bilan ovora bo'lgan ahamiyatsiz madaniyatga aylanib qolishimizdan qo'rqardi.

Xulosa qilib aytganda, Oruell biz yomon ko'radigan narsa, bizni yo'q qilishini tasvirlashga uringan. Haksli esa biz sevgan narsa, bizni yo'q qilishidan ogohlantirgan. Asosan 1984 tilga olinsada, biz ko’proq “Yangi ajib dunyo” tomon ketmoqdamiz. Haksli “zavqni” ommaviy boshqaruv quroliga aylanishini yaxshi ochib berolgan.

© shisha bino

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR!

...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq.
Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarini eshitadilar: “Oʻrningizdan qimirlamanglar!”
Farzandlarini namoz, roʻza va goʻzal axloq ila tarbiya qilayotgan aziz onalar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Farzandlaridan “Amma yatasaaʻalun” porasini soʻrayotgan aziz otalar! Siz bizni ortdan kelib zarba beradiganlardan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Bu avlodni tarbiyalasa, yana Abu bakrlaru umarlaru usmonlar chiqishiga ishonadigan karamli ustozlar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizni tashlab ketmanglar!
Farzand parvarishiga tayyorgarlik oʻlaroq oʻzlarini iffat asosida tarbiyalayotgan mastura qizlar! Sizlar bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizda mahkam turinglar!
Bomdod namozining yoshlari! Qurʼon darslari ishqibozlari! Ilm majlislari oshiqlari! Sizlar bizning mustahkam qalqonimizsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Har birimiz oʻzimiz haqimizda oʻylab koʻrsak, bu dinning xodimi va askari ekanimizni anglaymiz. Har birimiz muhim bir oʻrindamiz. Qandaydir boʻshliqni toʻldiramiz, xatarni daf qilamiz. Alloh bizning har birimizni bir oʻringa qoʻygan. Gardanimizga omonat va masʼuliyat yuklagan.
OʻRNIMIZDAN QIMIRLAMAYLIK!

Adham Sharqoviyning “Nabaviy tarbiya” kitobidan.

Qattiq muqova, 435 sahifa, 49ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nima qilganini bilib, lekin nimaga qilganini bilmaguningizcha hech kimni yaxshi yoki yomonga chiqarmang...

Inson muhabbat qoʻymas ekan hech narsani komillikka yetkiza olmaydi. Haqqa, uning elchilariga va unga oshiqlarga, yaqinlaridan tortib begonalarga bo'lgan munosabati bilan sinaladi, "Muhabbat qoʻymoqlik Haq istaganidek (begunoh holda) koʻrmoqlikdir" deyilganidek ushbu kitob ham sizdek kitob oshiqlarining muhabbati qadardir. Qalbingizga nazar soling, muhabbatingiz qay holda?

"Muhabbat anatomiyasi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Iblisni Iblis qilgan narsa nima, bilmaysizmi? Hasad. “Nima uchun men emas, u” dedi Iblis. Allohga borar yo’lda har doim nimadir kechib o’tiladi. Alloh bizni boshqasi bilan sinaydi. Iblisning Allohga borar yo’lida Odam bor edi. U Odamga yopishib oldi. Hasad qildi. Hasad qalbni o’ldiruvchi og’uga o’xshaydi. Qalbga tushishi bilan butun hislarni zaharlaydi.

📘Qattiq muqova;
237 bet; 39 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob
☎️ +998997217008

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Hech qaysi oʻlimning ortidan Andalusiyaning ortidan yigʻlangani kabi yigʻlanmadi. Hech qaysi qabr toshi Andalusiyaning qabr toshiday hoʻl boʻlmadi”

Tarixga nazar solsak, uning koʻp burilish nuqtalarida aynan bir inson yoki bir jamiyatning qilgan safarlarining taʼsiri boʻladi.

"Safar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📌Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Eng barakali nikoh - harajatlari yengil bo‘lganidir".

📌"Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimga amal qilmasa, mendan emasdir. Uylaninglar. Chunki men (qiyomat kunida) sizlarning ko'pligingiz bilan faxrlanaman".

📌Nikoh islomga, oilaviy muhit G’arbga ko’ra asoslangan bo’lsa, bunday oilada muammolar tugamaydi. Oiladagi muammolar qarorlar bilan emas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’limotlari bilangina barham topadi.

Yumshoq muqova;
160 bet; 25 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yusuf alayhissalom zindonband etilgandan keyin zindonlar hikmat uyiga aylangan...

Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida ''Kuchli akalarim bor, hech kim meni urolmaydi!'' deb yurardim Alloh meni sizlarga urdirdi...
Allohdan o‘zgaga suyanishning oqibatini ko‘rib kulyapman...

Adam Uzkusaning "Tutqun" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Chuqur ketmaylik” deymiz. Bilmaymizmiki, bizning bu “chuqur”larimiz naqadar sayoz, qanchalar yuzada...

® B.Fazliddin

Itbaliq ko‘lmagini olam deb bilganidek inson ham o‘ziga katta baho berib qo‘yadi. "Hamma bir xil fikrlasa, hech kim firklamayotgan bo‘ladi" deyilgandi bir hikmatda. Faylasuf Jubron Xalil ham oqimga qarshi suzadigan, borliqqa boshqacha nuqtai nazardan boqishga harakat qiladigan inson edi. Taqdim etilayotgan ushbu risoladan uning "Sayyoh", "Qum va ko‘pik", "'Telba" kitoblari o‘rin olgan bo‘lib, sizni olamga odatdagidan boshqacharoq boqishga, yanada teran fikrlashga majbur etishiga ishonamiz...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Sen: "Allohga duo qilinglar yoki Rohmanga duo qilinglar - qay biriga duo qilsangiz ham baribir. Eng go'zal ismlar Unikidir".
(Isro surasi, 110 - oyat)

Rivoyatlarda kelishicha, bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning "Yo Alloh! Yo Rohman!" deb duo qilayotganlarini mushriklar eshitib qolib, darhol: "Muhammad yakka xudolikka chaqirar edi, o'zi bo'lsa ikkita xudoga duo qilmoqda", deb gap tarqatishibdi.
Ularning bu johilona tushunchasi va tasarrufining javobiga yuqoridagi oyat nozil bo'lgan ekan. Bu oyatda mazkur noto'g'ri tushuncha to'g'rilanmoqda.
Ism ko'paysa, Zot ham ko'payib qolmaydi. Eng go'zal ismlar Unikidir!

#siyratdansuhbatlar

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan bo’lib, yil davomida o’qilishi uchun unda 365 tarbiyaviy hikoya, masal va boshqalar o’rin olgan. Hikoyalar mavzusi ham turli xil. Bu o’quvchida zerikishni keltirib chiqarmaydi. Har bir hikoya oxirida qissadan hissa tarzida qisqagina saboqlar berilgan.

📘Qattiq muqova;
312 bet; 55 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bir kuni Oisha onamiz Rasulullohdan: “Siz uchun Uhuddan ham ogʻirroq kun boʻlganmi?” deb soʻradi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toif kuni haqida gapirdilar: “U yerdan juda ham gʻamga botgan holda chiqdim. Faqat Qarnus saʼolibga yetganimda oʻzimga keldim. Boshimni koʻtarsam, bulutlar orasida Jabroil turibdi...”

Eʼtibor bering, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qarnus saʼolibga yetganimda oʻzimga keldim”, demoqdalar.
U zot dinlari bir kun gʻolib boʻlishini, Alloh u zotni tashlab qoʻymasligini yaxshi bilar edilar. Ammo inson baribir inson ekan-da. U kishi ham xafa boʻladilar, qalblari siqiladi, gʻamga botadilar. Hatto Toifdan xayollari parishon holatda chiqib, Qarnus saʼolib degan joyga yetgunlaricha oʻzlariga kelolmadilar. Bu joy 46 chaqirimcha uzoqlikda joylashgan. Toifdan chiqqanlarida qadamlari qayoqqa olib ketayotganini ham bilmaganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning iymonlari bilan barchamizning iymonimiz tarozida tortilsa, u zotniki bosib ketadi. U zotning ishonchlari bizning ishonchimizdan juda-juda salmoqli! U zotning sabrlari bizning sabrimizdan juda katta. U zotningki holati shunday ekan, endi, bizning baʼzida sinib qolishga haqqimiz yoʻqmi?! Muvozanatdan chiqib ketishga haqsizmizmi?!
Baʼzan insonni insonlik tabiatidan chiqaradigan, muvozanatini buzib yuboradigan, kuchli deb bilingan aqlini quvib soladigan lahzalar haqida hech oʻylab koʻrganmisiz?
Doʻstimizni gʻam ustida koʻrganimizda uning gʻami ustiga gʻam qoʻshmasligimiz lozim. Balki, doʻstimiz uchun gʻamlar nihoyasiga yetadigan “Qarnus saʼolib” kabi boʻlaylik. Bizni koʻrib doʻstimiz ochilsin. Uning mahzunligini ehtirom qilaylik. Yolgʻiz qolishni istasa, yolgʻiz qoldiraylik. Tinchlanganidan soʻng yelkasidan tutaylik, qalbiga hamdard boʻlaylik. U bilan koʻngildan soʻzlashaylik. Ruhimiz ruhi orqali gaplashsin. Mantiqni biroz chekkaga qoʻyib turaylik. Nafs singan paytida nasihatga emas, qaynoq quchoqqa ehtiyoj sezadi. Ruh adashgan paytida maʼruzaga emas, hamdardga muhtoj boʻladi!
Biz iymonning ozligidan emas, hayotning beshafqatligidan zaiflashamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning iymonlari Toif kunida kuchsiz emas edi. Ammo oʻshanda hayot beshafqat edi. Alloh taolo u zotning ogʻriqlari koʻlamini, siniqqanlarini bildi. Mahzun boʻlganlari uchun tanbeh bermadi. “Menga boʻlgan iymoning qani?!” demadi. Balki u zotni himoya qilishi va yordam berishi uchun farishtalarini yubordi. Alloh taolo Rasulining ham inson ekanini bilar edi. Alloh taolo insonga bechoralik yetganida u faylasufning aqli yoki xatibning tiliga emas, mushfiq qalbga ehtiyojli ekanini bilar edi!

Adham Sharqoviyning "Nabaviy tarbiya" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…
Подписаться на канал