⚡️“Nafsingni xorlamaguningcha aziz bo’lmaysan”!
Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.
Yumshoq muqova; 176 sahifa,
26 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Husning ko‘zlarni charchatishi mumkin, ammo go‘zal xulqing har vaqt insonni o‘ziga maftun etaveradi. Go‘zal xulq qancha ulashsang ham kamaymaydigan boylikdir…
-Birovning nuqsonini gapirishdan o‘zingizni tiying, bundan nima foyda? Shuni bilingki, bu bilan uning aybi kamayib qolmaydi, ammo sizning aybingiz ko‘payadi. Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz. Hisob qiluvchi Zot hisob qilib oladi, siz hech kimni hisob qilmang, xulosa chiqarmang, ustidan hukm o‘qimang. Siz odamlarning ustidan qozi emassiz. Kimni g‘iybat qilsangiz, o‘z savoblaringiz bilan uni bahramand qilib, yelkasidagi gunohlariga sazovor bo‘lasiz.
Erkak uchun dunyo — uy, ayol uchun uy — dunyo. Erkakning qismati jabr, ayolning qismati sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib-baxt...
"Ey qizim" kitobidan
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Nega sevgi-muhabbat davomli boʻlmaydi?
Chunki u doimo aybli odatlar va “harom ekanlik” qonunlari ortida yashirinishga majbur. Buning aksi boʻlmish nafrat esa, hammaning koʻz oʻngida jamiyat bilan oʻynashadi.
Hayoting boʻyi doim yugurasan, yetishganing esa faqatgina nasibangdir...
Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri: seriallardagi yoki ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqatlari deb oʻylashlari, kattalardan yetarlicha tajriba hikoyalari va haqiqatlari, xotiralarini eshita olmasliklari sababli yuzaga kelayotgan tajribasizlikdir. Shuning uchun ular mehr muhabbat bilan gapirgandek koʻringan har qanday insonga aldanadilar. Ushbu kitob Ishq imtihonida aldanib qolmaslikka, taqdiri bo‘lmagan bilan o‘ralashib amal daftariga dog‘ tushirib qo‘yishdan qo‘rqadiganlar uchun bir yo‘lchiroq bo‘lishiga umid qilamiz...
''Ishq imtihoni yoxud ko‘rganingga ishonma''
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Hech qaysi oʻlimning ortidan Andalusiyaning ortidan yigʻlangani kabi yigʻlanmadi. Hech qaysi qabr toshi Andalusiyaning qabr toshiday hoʻl boʻlmadi”
Tarixga nazar solsak, uning koʻp burilish nuqtalarida aynan bir inson yoki bir jamiyatning qilgan safarlarining taʼsiri boʻladi.
"Safar" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Qattiq va yumshoq kuch oʻrtasidagi farqni yanada yaxshiroq tushunishning yagona usuli qaysi bir kuch vositasidan oʻz oʻrnida va samarali foydalanishni chuqur oʻrganish bilan chambarchas bogʻliq. Boshqacha aytganda, siz menga kuch yoki iqtisodiy sanksiyalar bilan tahdid qilib, imkoniyatlarimni cheklash orqali tanlovimni oʻzgartirishga majburlashingiz, yo buni buyurishingiz mumkin. Yoki aksincha, munosabatlarimizdagi joziba, sevgi va burch tuygʻusiga murojaat qilib, koʻzlangan umumiy qadriyatlar va maqsadlarga erishishning adolatli yoʻliga ishontirishingiz ham mumkin. Agar meni hech qanday aniq tahdid yoki almashinuvsiz, nomoddiy jalb qilish orqali koʻndira olgan boʻlsangiz, mana shu yumshoq kuchning ishlash prinsipini anglatadi.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Umuman olganda, texnologiyadagi rivojlanish manipulyativ diktaturalarning ham samaradorligini oshirdi. Internet qulayligi sabab bugun diktatorlar katta kapital sarf qilmasdan turib butun aholining axborot iste’moliga ta’sir ko’rsata oladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat tomonidan ishlab chiqilgan propaganda aholining muayyan qismlariga maxsus shaklda yetkazilib, hukumatning legitmligi mustahkamlanadi.
Oqibatda, yangi informataion texnologiyalar manipulyativ diktaturalarni klassik diktaturalarga nisbatan ko’proq mustahkamlaydi.
📘Qattiq muqova;
367 sahifa; 69 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ishqni topgan nimani axtaradi?
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...
"Muhabbat anatomiyasi"
Audio parcha
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Rohmatan Lil A’lamiyn” ya’ni “Olamlarga rahmat” edilar.
Faqatgina “Rohmatan Lil Muslimiyn” ya’ni “Musulmonlarga rahmat” bo’lib kelmagandilar. U zot musulmonga ham, g’ayridinga ham, hayvonot olamiga ham birdek rahmat o’laroq yuborilgan edilar.
📘Qattiq muqova;
318 sahifa; 49 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz!
Nega erkaklarga jannatda hurlar va’da qilingan va bu aniq bayon qilingan, ayollarning mukofoti aytilmagan?
Bir arab hikmati bor:
Ba’zan sukut so’zdan ko’ra balandroq va aniqroq yangraydi.
Alloh taolo bu haqida sukut saqlab, mukofot yo’qligini emas, balki, uning ta’rifiga so’z ojizligini bildirmoqda.
Ularning ajrlari Robbilari huzuridadir.
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
Musulmonlar Uhuddan qaytayotib yo’lda Hamna binti Jahshga duch keldilar.
Unga akasi Abdulloh ibn Jahshning shahid bo’lganini aytishdi. U istirjo aytib, akasi haqqiga istig’for aytdi.
So’ng tog’asi Hamza ibn Abdulmuttalibning shahid bo’lganini aytishdi. Unga ham istirjo va istig’for aytdi.
Keyin eri Mus’ab ibn Umayrning shahid bo’lgani xabari aytildi. Shunda u faryod ko’tarib, yig’lab yubordi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishining qalbida eri alohida o’rin tutadi” deb qo’ydilar.
@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing! 💌
1918-1920-yillarda Fargʻonaning minglab erksevar yigitlari boshini bir qilib, din va millat shaʼni uchun kurashdi. Mana shu kurash Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” romanida badiiylashtirildi. Bu asar nafaqat kurash, balki soʻngsiz afsus-nadomatlar, armonlar haqida hamdir. Millatimizning qora kunlarga batamom hukm qilinishi haqidagi bir tarixdir. Bu armonli kechmishni har bir musulmon oʻqishi lozimdir. Zero, tarix ulugʻ murabbiydir!
📒Qattiq muqova;
496 bet; 55 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Ey ummatim! Juma kunlari menga ko'p salovat ayting. Chunki ummatimni Juma kuni aytgan salovotlari menga taqdim etiladi".✨
Allohumma solli a’laa sayyidina Muhammad!
@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing! 💌
Shayton dunyoni qanday chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydiki, biznikilar ham mol-mulk, boylik kuyida, martaba-mansab ilinjida boʻlib qoldi. Yaxshi maoshli kasblar, hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalar... Bizga nima boʻldi, doʻstim?
📒Yumshoq muqova;
202 sahifa; 38 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov! 💌
📘 Ali Chankirilining mazkur asari yosh ota-onalar uchun mo'ljallangan. Mutolaa jarayonida kitobxonlar bolalarini har tomonlama yetuk, qobiliyatli, keng dunyoqarashga ega qilib tarbiyalash borasida amaliy tavsiyalar olishadi.
🧩Kelinglar, bugundan boshlab bolalarimizni biroz gadjet, ijtimoiy tarmoq va katta ekranlardan uzoqlashtirib, ularda o'zimiznikiga o'xshagan, o'yin va kulgilarga boy bolalik xotiralarini qoldirishga birgalikda harakat qilamiz!
Yumshoq muqova;
238 bet; 34 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
-Islomofobiya haqida nima deya olasiz?
Bizning ota-onalarimiz aslida, musulmon bo’lishimizdan unchalik ham bezovta bo’layotganlari yo’q. Chunki musulmon bo’lganimizdan keyin dunyoning eng yaxshi insoniga aylanayotganimizga guvoh bo’lmoqdalar. Muammo shakllangan tamaddunda, insonlarimizda emas. Tamaddunning 24 soatlik ish kuni faqat islom diniga nafrat uyg’otish bilan o’tmoqda. Amalda esa G’arbda odamlar islom diniga dushman bo’lishdan ko’ra, islomga qiziqishmoqda, uni qidirishmoqda.
“Jannatga taklifnoma” kitobidan.
🌾@TaskinKitblar _ Mahbublarga ulashing!
Bir bolaning sinf ichida kaltaklanishi, qolgan oʻttizta oʻquvchiga ham kaltak yeyish kayfiyatini, “mazasini” beradi...
Borligi ham yoʻqligi ham ogʻir imtihondir!
Bola tarbiyasi: Uydagi omonatlarimizdan ortib ozmi koʻpmi bu maydonda kimgadir zarracha foydamiz tegsa maqsadimizga yetgan boʻlamiz.
BOLA - bizning soyamiz. Egri daraxtning toʻgʻri soyasi boʻlmaydi, deganlar...
Agar qiyshiq boʻlsak, soya ham qiyshiq
Toʻgʻri boʻlsak u ham toʻgʻri.
Alloh bizni va “soya” larimizni toʻgʻrilardan qilsin!
“Bolam uchun” ana shu yoʻlda sizga yordamchilardan boʻlsin!
Pedagog, tarjimon Noila Holmuhammad dan Bolam uchun kitobi...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Dunyoning eng goʻzal 3 ayoli:
Onam, soyasi va oynadagi aksi.
Men hali ham faqir faqirligidan uyalmaydigan, balki boy boyligi bilan faxrlanishdan uyaladigan jamiyatni orzu qilaman.
Kambagʻal odam (koʻpincha) chin oshiq boʻladi. Chunki uning qalbidan boshqa beradigan narsasi yoʻq.
"Kesik qanotlar" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hakan goʻshakni tutqazib, prezident Erdoʻgʻan men bilan gaplashmoqchi ekanligini aytdi...
''Tutqun'' romanidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Сиси ўз ёрдамчиларининг биридан сўради:
- «Мен зўрманми ёки Носирми?»
Ёрдамчиси:
- «Албатта сиз зўрсиз. Чунки, Носир Исроилдан қўрқарди. Сиз эса қўрқмайсиз».
Жавобдан хурсанд бўлган Сиси яна сўради:
- «Мен зўрманми ёки Анвар Садатми?»
Ёрдамчиси:
- «Сиз зўрсиз. Анвар Садат "Ихвонул муслимийн"дан қўрқарди, сиз эса қўрқмайсиз»
Сиси бу жавобдан янаям ғурурланиб, энди бироз жиддий саволга ўтди:
- Айтчи, Умар (розияллоҳу анҳу) зўрми, менми?
Ёрдамчиси: «Албатта, сиз зўрсиз. Чунки, Умар розияллоҳу анҳу Аллоҳдан қўрқарди. Сиз Ундан ҳам қўрқмайсиз».
(Абдул-Фаттах Ас-Сиси Миср Араб Республикасининг 6-президенти)
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Yurak siqilishi gunohdandir. Uning ketishi esa tavba sababli boʻladi...
Sevgimiz munosabatlarimizda aks etsagina mazmunli va qimmatli! Ichimizda yashiringan sevgi koʻmilgan va yoʻqolgan xazina kabidir...
''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kishilarning dilidagi islomiy ahkomlarga nisbatan bo’lgan shubhalar haqida yaxshilab o’ylab ko’rsangiz, hammasining asosiy sababi shuki, Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’zimi va muhabbati qalblardan ko’tarilib ketdi. Muhabbat va ta’zim qolmagach, har bir hukmda yuzlab savollar paydo bo’laveradi. Davlatda biror qonun o’rnatilsa, mana bu qonunning qanday hikmati bor deb so’rashga hech kim jur’at etmaydi. Agar birortasi so’ragan taqdirda ham, javob beruvchi “qonun qoida shunaqa” deyishdan nariga o’tmaydi. Lekin islomning hukmlari va qonunlari haqida so’z borganida hech kim “Alloh taolo va Rasulullohning hukmlari shunday” degan gapni yetarli hisoblamaydi. Buning hammasi Alloh va uning Rasuli ta’zimi dillarda kamayib ketganiga dalolat qiladi.
📘Qattiq muqova;
638 sahifa; 86 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
⚡️Kitobni yoqishdan ham yomonroq jinoyatlar bor. Misol uchun: uni o’qimaslik…
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💌
“Tushunmay bajarilgan har qanday ish qusrli bo‘lur”.
⚡️Barchaga bir xil vaqt berilgan, biroq vaqtidan va imkoniyatlaridan oqilona foydalana olganlargina muvaffaqiyatga erishadilar.
⚡️Harakatlaringiz samarali bo‘lishi uchun istalgan ishni tushunib bajarish lozimdir.
⚡️Mazkur kitob orqali muvaffaqiyat yo‘lining asosiy bosqichlarini o‘rganing va mohiyatini anglab yetmasdan hozirda amalga oshirayotgan ba’zi harakatlaringiz yo‘nalishini to‘g‘rilang.
📒Yumshoq muqova;
304 sahifa; 39 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz! 💌
“Hidoya”
⚡️“Ertaga tavba qilishni bugundan ko’ra oson bo’ladi, deya o’ylayotgan bo’lsang, adashasan”.
📒Qattiq muqova;
160 bet; 45 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✨Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ikkisi uchrashib qolsa, bir-biriga “Asr” surasini o’qib bermay turib ajralmas edilar.
Imom Shofe’iy rohimahulloh aytdilar: “Agar “Asr” surasidan boshqa sura nozil bo’lmaganida ham insonlarga kifoya qilardi”.
Ya’ni “Asr” surasi o’zida jamlagan ma’no hamda hikmatlarni o’rganish kishining Haqni topishiga va o’zini zalolatdan qutqarishiga kifoya qiladi.
📒Qattiq muqova;
336 bet; 46 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
Yuraging toshni teshgulik bo'lib yig'layotganida bilginki, Alloh ko'z yoshlaringni sanayabdi. Hayot to'xtab qolganday, vaqt zararingga yurayotganday bo'lsa, bilginki, Alloh seni kuzatib turibdi. Orzularing yakson bo'lib, umidsizlikka tushsang va o'zingni nega bunday bo'ldi deb tinmay so'roqqa tutayotgan bo'lsang, bilginki, Alloh javobini biladi. O'ziga tavakkal qilsang, aslo tashlab qo'ymaydi.
🌾“Iymon va huzun” kitobidan.
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
Millatni ongi saviyasizlik botqog‘iga botgani sabab chirkinlik muhabbat kabi ko‘rinayapti. Najot esa ilmda. Qodiriy tariflagan Kumushdagi ilm, hozirgi "Zulfiya" mukofoti sovrindorlarida ham yo‘q. Yoshlar shu sabab tufayli ikki og‘iz shirin so‘zga aldanishayapti...
"Ishq imtihoni yoxud ko‘rganingga ishonma" kitobidan...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Tutqun” | Adam Uzkusa
Kimlardir oʻzini haq uchun qurbon qilishi oson, bunday insonlarni tarbiyalash ham qiyin emas. Asosiy masala - mana shu insonlarning fidokorligiga ega chiqadigan xalq topiladimi, yoʻqmi...
📒Yumshoq muqova;
218 sahifa; 38 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar
Imom Omir Shaʼbiy: “Biror narsani eshitsangiz, devorga boʻlsa ham yozib qoʻying. Shu sizga sahifadagi holatidan koʻra yaxshiroqdir. Bir kun kelib oʻzingizga kerak boʻlishi muqarrar”.
Qur’oni Karim suralarini oyatma-oyat ko’chirishingizda sizga ko’makchi bo’ladigan qo’llanma o’zgacha va mukammal ko’rinishda e’tiboringizga havola etilmoqda.
✨Yumshoq muqova;
30-pora; 29 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💌