taskinkitoblar | Неотсортированное

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3377

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Подписаться на канал

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✨Eskilar kichik narsalardan topgan baxtni biz bugungi kunda katta imkoniyatlar ichidan ham topa olmayapmiz, chunki shukronalik, qanoat kabi tuyg'ularimiz kundan-kunga kamayib bormoqda. Mol-mulkimiz ortgani sayin ish va masulyatimiz ham ko'payib, ibodatga vaqt ajratolmay qolyapmiz.

Yumshoq muqova;
317 sahifa; 35 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _Mahbublarga ulashing!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🌾Najot yo‘li qaysi? Biz nimalar bilan band bo‘lishimiz kerag-u, nima bilan bandmiz?

Yagona najot yo‘li — butun olam saltanati Sultoniga banda bo‘lishdir. Alloh yerni Odam avlodiga bo‘ysunishi uchun, inson qalbini esa Uning ilohiy ulug‘vorligiga mahkam bog‘lanishi uchun yaratgan.

Biz hozir hayot yo‘lida yovuz nafsga berilib, Alloh yo‘lida panoh topishni unutganlardanmiz!

Yumshoq muqova;
250 bet; 39 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib tanlov_ @TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Farzandlaringiz kelajakda o’z so’ziga ega bo’lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling”.

@TaskinKitoblar nashriyotidan dilbandingiz uchun ajoyib tuhfa!

🍭Yumshoq muqova;
35 sahifa; 10 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob 🐣

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🥁Uzoq kutilgan kitob nihoyat qayta va to‘ldirilgan holda sotuvda!

" Kuchsizlar kuchi " asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini ochib beradi. Asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolish, sof hayotiy qadriyatlar asosida yashash shartlari, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda o‘zlikni asrash ko‘nikmalari ta'sirli misollar bilan yoritiladi.

📒Yumshoq muqova;
160 sahifa; 35 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Jobir roziyallohu anhu Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi:

"Juma o'n ikki soatdir. Undan bir soatda qaysiki musulmon Allohdan biror narsani so'rasa, Alloh azza va Jalla unga o'sha narsani berur. Bas, uni asrdan keyingi oxirgi soatdan izlanglar”.

✨Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin!

Mahbublarga ulashing_ @TaskinKitoblar 💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🌾Yuz yoshga yaqinlashgan, qaddi kamon singari bukilib qolgan bir qari kishi qo’liga hassa ushlab borar edi. Uni bir yigit ko’rib qoldi va masxara qilib:
- Bobo, ushbu kamonni qanchaga sotib oldingiz, men ham olay- dedi.
Qariya shunday javob qildi:
- O’g’lim, sabr qil. Uzoq yashasang bu kamonni senga tekinga berishadi.

Qattiq muqova;
302 sahifa; 59 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌Munosib tanlov _ @TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

⛓Qattiq muqova;
647 sahifa; 39 ming.

Biz aksariyat hollarda ikkilanib, fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Omma oldida hayajon bosib, o’z nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar ham bor. Ularda jo’yali fikr bo’lsa-da, ko’pchilik huzurida bayon etishga ojizlik qilishadi. Deyl Karnegi o’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash haqida so’z yuritadi.

📮@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📌Qattiq muqova;
367 sahifa; 69 ming.

Ushbu asar demokratik va avtoritar davlatlar rivojining tarixiy va zamonaviy tendensiyalariga bag’ishlangan.
Shuningdek, manipulyativ diktaturalar demokratiyada zaifliklar keltirib chiqarishi va ulardan foydalanmaslik uchun chidamlilik yaratish yuzasidan takliflar beriladi.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🎤Qattiq muqova;
287 sahifa; 65 ming.

Yumshoq kuch nima? Bu o’z istagimizni majburlash yoki badal orqali emas, balki qiziqtirish va ishontirish orqali maqsadga erisha olish qobiliyatidir. Strateg Sun Szi “G’alabaning eng a’losi yuz marta jang qilib, yuz marta g’alaba qozonish emas, balki jang qilmasdan g’olib bo’lishdir”, deb aytgan edi. Shu jihatdan kuchning mavjudligi emas, undan qay tarzda foydalana olish juda muhimdir.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz @TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📒Yumshoq muqova;
155 sahifa; 35 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

⚓️Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi.
U o‘zini qudratli va zo‘ravon politsiya apparati mavjud emasday tutadi. Inson huquqlariga rioya qilayotganini surbetlarcha ta’kidlaydi. Muvofiqlikni muvofiqlik ortiga yashiradi.
⚖️U yoki bu diktaturaning faoliyat doirasi qanchalik tor va jamiyat madaniyatsiz bo‘lsa, diktatorning xohish-irodasi ham shunchalik ochiq: aytaylik, "yalang‘och" intizom, "dunyoga murakkablashtirilmagan munosabat" (o‘zining sharafsiz diktator ekanligini dunyo hamjamiyatidan yashirmay totalitar boshqaruvda davom etish) va "o‘z-o‘zini dafn" (ya’ni, diktatura o‘z o‘lim urug‘ini o‘zi bilan olib yuradi) qilish orqali amalga oshiriladi.

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📒Ivan Turgenov |
“Otalar va bolalar”

Qattiq muqova;
234 sahifa; 32 ming.

🔇Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlik va yangilikka intiliah kabi fazilatlarni asarning asosiy g’oyasi sifatida talqin etadi. Kitobdagi voqealar o’sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tag-tugi bilan yo’q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko’rsatib beradi. Kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishga o’rgatuvchi ushbu asar mutolaasi kitobxonga o’zgacha zavq bag’ishlaydi.

💌@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz.

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🚀 Gʻarb oxirgi 400 yilda tabiiy ilmlarda ilgarilab ketgani Xudosizligidan emas, balki tabiiy ilmlarni oʻzlashtirganidandir.

✈️ Xuddi shunday, undan avvalgi ming yil davomida Islom olami tabiiy ilmlarda peshqadam boʻlgani Xudojoʻy boʻlganidan emas, balki tabiiy ilmlarni oʻzlashtirganidandir.

Yaratuvchining borligi masalasini tabiiy fanlar emas, balki metafizika oʻrganadi. Metafizika (ما وراء الطبيعة) - tabiatdan yuqori narsalarni oʻrganuvchi fan.

Ammo bugungi kundagi ayrim odamlar ularda fan va uning predmetlari haqida boshlangʻich tushuncha ham boʻlmagani uchun kimdir tabiiy ilmda kashfiyot qilsa, unga Xudo yoʻqligini isbotlagandek koʻrinaveradi.

🔭Buyurtma berish @TaskinKitob

🛒 Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Moziyga qilingan safarlar har doim insonga kelajak yo’llarini yoritib beradi. O’tmish va kelajak o’rtasidagi aloqalar o’rganilar ekan, ahamiyat berish kerak bo’lgan eng tahlikali tuzoq - o’tmishni yo maqtanish niyatida yoki dushmanlik qilish uchun qurol vazifasini o’tab qolgani tushuniladi. Hayotning faolligini, rivojlanishini anglay olmagan xalq va madaniyatlarning esa tarixda izi qolmaydi. Xuddi bir paytlar musulmonlar dunyoning ongi bo’lib, bugun esa ongga xizmat qilgan narsa qatori bo’lib qolganiday…

Yumshoq muqova;
227 sahifa; 29 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“O’qish uchun berilgan yuklamaning oxirini stiker yopishtirib yoki xatcho’p qo’yib belgilash yaxshi odat. Bu qanchalik oldinga siljish bo’layotganini ko’rsatib turadi. Marra chizig’i ko’rinib turganida ishtiyoq yanada ortadi”.

🌐“Raqamlar uchun yaralgan idrok” | Barbara Oukli

Yumshoq muqova;
349 sahifa; 46 ming.

💌Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

⌛️O'tmishning asiri, kelajakning quli. Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz.

🕰Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz, farzandlarimiz, va qarindoshlarimiz bilan birga bahramand bo'laylik. BAXT – bu «yugurib» hayot kechirish emas, balki yaqinlarimizga vaqt ajratish, ayni lahzalardan unumli foydalanishdir.

❤️‍🩹Hayotimizda roʻy bergan ogʻriqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab oʻtgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi oʻzgaradi. Bu holat bizdan sogʻligʻimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, oʻtmish gʻamlari yodi bilan emas. Shukr sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!

Yumshoq muqova,
317 sahifa; 35ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Payg'ambarimiz alayhissalom: "Kim ummatimga dini bilan aloqador qirqta hadis yodlatsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni faqihlar va olimlar guruhiga kiritadi", deb marhamat qilganlar. Ushbu hadis bashoratidan umidvor salaf ulamolar qirq hadisni ayirib to'plashga, sharhlashga, shogirdlarga o'qitishga katta e'tibor berishgan. Imom Muhiddin Zakariyo ibn Sharaf Navaviy rohmatullohi alayh ana shunday mashhur olimlardandir. U kishi to'plagan "Qirq hadis" bir necha asrlardan beri o'qiladi, o'qitiladi.

📒Qattiq muqova;
197 bet; 34 ming.

Buyurtma:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💌

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🌷Iymon va solih amaldan boshqa suyanchigʻing boʻlmasin. Senga na "qalbingning pokligi" va na otangning "imomligi" foyda beradi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining suyukli qizlariga:

"Ey qizim! Otam paygʻambar, deb nasabingga suyanma, amalingni bilib qil, zero, har bir jon qilgan amaliga qarab mukofotlanadi", deganlar.

Yumshoq muqova;
159 sahifa; 25 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

⚡️“Atom odatlar” — aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma!

Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki notoʻgʻri tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.

Yumshoq muqova; 294 sahifa;
48 ming.
Qattiq muqova - 57ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🔖Hadicha onamizning laqablari “Tohira” bo’lgan. Islomdan keyin esa “Kubro” sifati bilan tanildilar.

🔖Rasul alayhissalomning ilk ayoli, islomni qabul qilgan birinchi inson edilar.

🔖Ular vafot etgan yillari “Mahzunlik yili” deb nomlangan.

🔖Tirikliklarida jannat xabarini olgan bo’lib, o’limlaridan keyin ham dugonalari Habibimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ziyorat qilinganlardan edilar.

🔖Rasululloh tomonidan: “Vallohi, menga undan yaxshisi qaytib berilmadi” deya e’tirof etilgan edilar.

Qattiq muqova;
223 sahifa; 49 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

- Alisher, nechun o’shul kitob ilkingdin tushmaydur? Bugun maktabxonada senga diqqat bilan qarab turdim. Yana “Mantiq ut - Tayr” ni taxta ostina qo’yib, takror o’qiding. Yaxshiki, domla ko’rib qolmadilar. Bo’lmasa, boshingga tayoq kelib tushgusi erdi.
- O’qimaymen desam ham o’qigim kela beradur. Qushlar haqidagi hikoyalar hayolimni chulg’ab olg’on.
- Men Sa’diyning “Guliston” ini afzal ko’rurmen. “Mantiq ut - Tayr” dan o’lsa, o’ligi ortiq.
- Sen qushlar tilini qunt bilan o’qub chiqg’oningda bunday demag’on bo’larding.
- Rosti birla aytsam men bu kitobni o’qidim-u, ma’nisini uqolmadim. Ammo sening aqling joyida, men yurtga podsho bo’lsam, albatta, seni o’zimga vazir qilib olgaymen.

🕯Alisher Navoiy haqida yozilgan qaysi asarlarni mutolaa qilgansiz?

🌴Qattiq muqova;
475 sahifa; 65 ming.

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ko'pincha Oisha onamiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan: "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz?" deb so'rar edilar.
Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallam har gal "Arqon tugunidek" deb javob berardilar.
"Ey Rasululloh, siz aytgan tugun qanaqa bo'ladi?" derdilar Oisha roziyallohu anho.
"Tugundek tugun" deya tabassum qilardilar sollallohu alayhi vasallam.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu: "Islomda eng avvalgi sevgi Nabiy alayhissalomning Oisha roziyallohu anhoga bo'lgan sevgisidir".

📒Qattiq muqova;
288 sahifa; 47 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz _
@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

⚡️"Yomon kitob o'qimoq - xiyonat!
U bizni minglab yaxshi kitoblarni o'qishdan mahrum qiladi".

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoya va jumlalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

📒Yumshoq muqova;
122 sahifa; 19.000

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

-Ey Allohning Rasuli, Yaman elidagi Qaran qishlog’idan Uvays ismli bir zot sizni ziyorat qilish uchun kelgan edi. Muborak jamolingizni ko’rishga intizorlardan biri ekan. Sizni uydan topmagach, g’amga botdi, qaytib ketdi. U ketgach, uyimizdan shunday xushbo’y kela boshladi!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
-Ey Oisha, sen u zotni ko’rdingmi? - dedilar.
-Ha, Allohning Rasuli, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim.
-Unday bo’lsa, sening ko’zlaringni men ham ziyorat qilayin. Ko’rishing va ko’rganing muborak bo’lsin.

Qattiq muqova;
239 sahifa; 39 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz: @TaskinKitoblar 🌾

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Men to’grilik orqasidan bosh ketsa “ih” deydirgan yigit emasman. Garchi men turlik bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham anglashmovchiliklar orqasida ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga oliy bo’lg’on jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, go’l, vijdonlik yigitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir”.
Samarqand. 1926-yil.

📌Qattiq muqova;
394 sahifa; 45 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Inson uchun qullik tasodifiy, erkinlik tug’madir.

Adam Uzkusaning "Tutqun" asaridan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Abdurrahmon Mag’ribiy rohmatullohi alayhdan hikoya qilinadi. U kishi shunday dedilar: “Menga aytib berishdiki, “Xallod ibn Kasir joni chiqqanidan keyin boshlarini tagidan riq’a (xat turi) topildi. Unda “Bu Xallod ibn Kasirga do’zaxdan ozodlik xati”dir deb yozilgan edi. Uning ahlidan “Bu kishining nima amallari bor edi?” deb so’ralganida, ahllari “U kishi juma kuni ming marotaba “Allohumma solli a’la Muhammadin Nabiyyil ummiy” deb salavot aytar edilar” dedi.

✨Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✨Oisha onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqlari haqida so‘rashganida:
“U zotning xulqlari Qur’on edi. Qur’on rozi bo‘lgan ishdan rozi, Qur’on norozi bo‘lgan ishdan norozi bo‘lar edilar”,- deb javob berganlar.

✨Insonga vojib bo‘ladigan narsalarning birinchisi go‘zal axloq bilan xulqlanmoqdir.
Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qiyomat kunida mo‘minning (amallar) me’zonida chiroyli xulqdan ko‘ra og‘irroq amali yo‘qdir”,- dedilar.

Qattiq muqova;
240 sahifa; 47 ming.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! ⚡️

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Qiziq, uch ming jangchi yuz ellik ming kishilik qo’shinga qarshi nima ham qila olishi mumkin, dersiz?
Sarkarda bayroqni o’z qo’liga olib, butun kun davomida jang qildi. Ertasi esa qo’shinning jangovar tartibini o’zgartirdi. G’anim musulmonlarga madad kuchlari kelibdi deb o’yladi. Lashkar bu jangdan juda kam yo’qotish bilan qaytdi. Jangchilar shaharga kirib kelganlarida musulmonlar ularni malomat qilib, “qochoqlar” deb atadi. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning gaplarini to’g’riladilar va: “Ular yana qaytguvchilardir. Xolid ibn Valid - Allohning qilichlaridan bir qilich!” dedilar.

📒Qattiq muqova;
683 sahifa; 68 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

To’xta! Yolg’on muomala va munofiqlikdan to’xta! Bahosi qanday bo’lmasin, haqiqatni gapir. Shunda ko’pchilik sendan uzoqlashadi. Sen bilan qolganlar bitta qo’lning barmoqlaridan oshmaydi, ammo shular sen bilan toabad birga bo’lishadi.

Yumshoq muqova;
127 sahifa; 20 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Alloh meni sen uchun Bayyina surasini o’qib berishimni buyurdi”,- deganlaridan ta’sirlanib, “Alloh meni ismimni tilga oldimi, ya Rasululloh, Robbul Olamiynning huzurida zikr qilindimmi?”
-Ha!
-Uning ko’z yoshlari to’kildi.
“U mening ismimni aytdimi”,- dedi va ho’ngrab yig’lab yubordi.

✨U kishi Ubay ibn Kaab roziyallohu anhu edilar.

Qattiq muqova;
236 sahifa; 56 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!

Читать полностью…
Подписаться на канал