Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh meni sen uchun Bayyina surasini o’qib berishimni buyurdi”,- deganlaridan ta’sirlanib, “Alloh meni ismimni tilga oldimi, ya Rasululloh, Robbul Olamiynning huzurida zikr qilindimmi?”
-Ha!
-Uning ko’z yoshlari to’kildi.
“U mening ismimni aytdimi”,- dedi va ho’ngrab yig’lab yubordi.
✨U kishi Ubay ibn Kaab roziyallohu anhu edilar.
Qattiq muqova;
236 sahifa; 56 ming.
📮Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
📋 Lotin | krill alifbosida
Sahobalarni bilmayman-u, ammo munofiq Ubay ibn Salulning oʻzining iflos maqsadi yoʻlida bomdod namozini qoldirmaganini bilaman. Uning budilnigi boʻlmagan. Oʻsha davrda oʻzini musulmon koʻrsatib yurgan munofiqning ahvoli shunaqa boʻlgan. Ixlosli sahobalarni qoʻyavering.
Ajoyib narsa oʻqigan edim. Bir kishi buvisi haqida yozgan edi: “Buvim bizni bomdod namoziga uygʻotib: “Turinglar! Jannatda sonimiz kamayib qolishini istamayman!”, der edilar!”.
Yumshoq muqova;
122 sahifa; 20 ming.
💌 @TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz!
O’qituvchilarning mutolaadagi o’rni haqida…
Litseyda o’qiyotganimda Mustafo Otash degan o’qituvchimiz bo’lib, uning gaplari bizga qattiq ta’sir qilardi. Hatto darslardan qochib, bilyardxonadan beri kelmaydigan o’quvchilar ham o’sha o’qituvchining darsiga albatta, qatnashardi. Jamol Kuntoy aytganidek: “Insonlar maktablardan emas, o’qituvchilar qo’lidan chiqadi. Maktab muhim, ammo o’qituvchi undan ham muhim”.
#islohimizuchunrukni
@TaskinKitoblar 💎
Faqihlarimiz odamlarning og'zilaridan chiqadigan har bir so'zning farqini va undan chiqadigan hukmlarni o'rganishni ajoyib tarzda yo'lga qo'yganlar.
Eski faqih kitoblarimizda "Otdan tushsam, xotinim taloq bo'lsin", deb ont ichgan odamning hukmi nima bo'ladi, degan masala o'rtaga qo'yilgan. Otdan tushmasa, bo'lmaydi. Otdan tushsa, xotini taloq bo'ladi. Faqihlar uchun bu masalani yechish hech gap emas. Ular : "O'sha odamning otini biror daraxtga yaqin olib borilsin va u otdan emas, daraxtdan tushsin, hech narsa bo'lmaydi", deydilar.
Mana sizga fiqh ilmining ahamiyati!
Mana sizga faqihlarning xizmati!
📌Qattiq muqova;
1-2-3-qismlar 230 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥀 “Qalbingni isloh qil”
Aytishlaricha, sen o’zing bog’lanib qolgan inson yoki narsadan yaxshirog’ini topmaguningcha uni qo’yib yubora olmas ekansan. Qalbni ozod qilish uchun soxta qaramliklarimizni yakunlash haqida ko’p gapiramiz. Lekin har doim oldimizda “qanday qilib?” savoli ko’ndalang turadi. Yolg’on tuyg’u tobora kattalashib borganda undan qanday qutilamiz? Nima uchun o’zimiz sevgan nimanidir qurbon qilishda juda ko’p muammolarga duch kelamiz?
✨Savollar bisyor, yechim Yagona.
O’qing va qalbingizni isloh eting.
📖Yumshoq muqova; 156 sahifa;
23 ming.
@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
✨ ”Sunani Dorimiy”
Nabiy alayhissalom: “Sizga Allohdan qo’rqishni, garchi, habash banda boshliq bo’lsa ham unga quloq solish va itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki mendan keyin yashaydiganlar tez orada ko’p ixtiloflarni ko’radi. Shunda siz mening sunnatim va to’g’ri yo’ldagi xulofoi roshidinning yo’lini lozim tuting. Uni oziq tishlaringiz bilan tishlang. Dinda yangi paydo bo’lgan ishlardan saqlaning. Chunki dinda yangidan paydo bo’lgan har narsa bid’atdir” dedilar.
Qattiq muqova; 638 sahifa;
86 ming.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“O‘zing bilan olib kelasan”
Bir kuni Bahlul dono Horun ar-Rashid saroyiga ust-boshi changga botib, g‘amgin ahvolda kirib bordi.
Uni bu holda ko‘rgan xalifa xavotirlanib:
– Bu nima ahvol, qayerdan kelyapsan? – deb so‘radi.
Bahlul unga:
– Jahannamdan kelyapman, – deb javob berdi.
Xalifa hayron bo‘lib:
– Jahannamga nega bording, ey Bahlul? – dedi.
Bahlul dono:
– Olov olib kelishga borgandim, – dedi.
Xalifa:
– Xo‘sh, olov olib keldingmi? – deb so‘radi.
Bahlul:
– Yo‘q, maloikalar berishmadi, “Bu yerda olov bo‘lmaydi olovni dunyodan o‘zing bilan olib kelasan deyishdi”, – dedi.
Xalifa boshini egib:
– Haq gap aytding, ey Bahlul. – dedi va ko‘p yig‘ladi.
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 📖
Safar | Adem Uzkusa
🛳 Safar qilishda sog'lik hamda ruhiy tetiklik uchun ham ko'p manfaatlar bor. Chunki safar tabiatan harakatga bog'liq bo'ladi va tabarruk joylar ziyorati kishiga ruhiy quvvat bag'ishlaydi.
Arab tilidagi "safar" so'zining yana bir ma'nosi ham "kashf etmoq, ko'rsatmoq"dir.
🪂Sayohat qilasiz - kashf qilasiz.
Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalam hadisi shariflarida: "Safar qilinglar, sog'lom va rizq-u nasibali boʻlasizlar", deb marhamat qilganlar.
🧗🏼Yumshoq muqova; 223 sahifa; 29 ming.
@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...
"Jannatga taklifnoma" kitobidan.
(Yusuf alayhissalom uzoq muddatli ayriliqdan so‘ng otasi bilan uchrashganida "Ota meni sog‘inganingiz sabab yig‘lab ko‘r bo‘lib qoldingizmi?! Deya so‘raydi. Shunda Yoqub alayhissalom "Yoq sog‘inganimdan emas! O‘zligingni (e'tiqodingni) yo‘qotib qo‘yishingdan boshqa din vakillari seni mahv etishlaridan havotirlanib yig‘laganim uchun ko‘zim ko‘rmay qoldi" deb javob beradi... Shoir aytganidek:
"Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q!
Shunchaki yashashni men odat qildim!".
🎙Suxandon _ Jasurxon Abdug'ofurov
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Quyon ilmiy maqola yozib, muharrir Tulkiga olib boribdi. Tulki asarni ko‘rib chiqqach, unga o‘z nomini ham tirkash shartligini aytib:
— Buni Bo‘riga ko‘rsatib chiqay, uning ham nomi bo‘lgani ma’qul, — deya maslahat bilan Bo‘rining oldiga kirib ketibdi.
Bo‘ri ham bir-ikki qalam tekkizgandek bo‘libdi-da, asar mualliflarining ro‘yxatidan joy olibdi va asarni Sherga olib kirish lozimligini, u ruxsat bermasa asar bosilmasligini aytibdi.
Sherxon asarning birinchi betidagi mualliflar ro‘yxatini ko‘rgach:
— Bu yerda Quyon nima qilyapti? Uning nomini o‘chiringlar! — deb, muallif degan joyiga o‘zining Sherxon nomini yozdiribdi...
Shu bilan asar nashrdan chiqibdi.
...Asarning mavzusi esa sabzining xususiyatlari borasida edi...
©️Kitoblar ombori
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Odamlar bilan to’la avtobusga chiqdim. Haydovchi orqa eshikni ochdi, hammamiz u eshikdan chiqdik. “Bepul ketar ekanmiz-da, deb o’ylab turgandim, hamma cho’ntagidan pul chiqarib haydovchiga uzatdi. Pullarning qaytimi ham yana qo’lma-qo’l qaytib keldi. Shu kuni men musulmon bo’lganlar bilan musulmon bo’lmaganlarning farqini angladim. Dunyoning hech bir yerida bunday holatni ko’rmagan edim.
Yumshoq muqova; 235 sahifa;
30 ming.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
⚡️O'qib tugatishing bilan qani endi shu asarning muallifi mening qadrdon do'stimga aylanib qolsa-yu, istalgan paytim unga qo'ng'iroq qilib gaplasha olsam, deya hayolga ketkazadigan kitoblar turkumidan.
⚡️Kitob shunchaki odatlar haqida emas, yaxshi odatlarni o’zlashtirish haqida.
Yumshoq muqova; 294 sahifa;
48 ming.
⚡️Yaxshi kitobni sotib olib, uni o’qish ham yaxshi odatdir.
@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🌾 Amir Temur Qur’oni karimdagi “Qasamki, Biz senga yetti takrorlanadigan oyatni berdik” degan oyatni vasila qilib, qo’shinini yetti qismga ajratdi.
Jangdan avval ikki rakat hojat namozini o’qidi, so’ng salavot-u takbirlar aytib, otiga mindi. Askarlar ham yer-u ko’kni larzaga solib, uning ortidan ergashishdi. Shu payt Sayyid Baraka hazratlari ham qo’llarini ko’tarib, Alloh taolodan Amir Temurga fath va nusrat tilab, duo qildilar. Sohibqironga yuzlanib: “Endi istagan tomoningga qarab yur, bundan buyog’iga g’alaba seniki!” dedilar.
Yumshoq muqova;
355 sahifa, 55 ming.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob
📚@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz!
✨Jasur va mag’rur turkiy qavmga mansub ajdodlardan meros…
✨Malazgirt - tillarda doston bir jang.
✨O’zlaridan bir necha barobar ko’p bo’lgan xochlilar qo’shini qarshisida ko’krak kergan mardlar.
✨Eng kuchli qurollari - birlik!
Bu birlikning manbai - e’tiqod! Va jang…Hayot yoki mamot jangi, vatanli bo’lish uchun jang, olomondan millatga aylanish jangi.
Yumshoq muqova;
207 sahifa, 33 ming.
💬Buyurtma uchun: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Bir kuni Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan suhbatlashib o'tirganlarida, U zot:
"Oisha, sen menga sariyog' bilan xurmo solingan taomdan ham mahbubsan" dedilar.
Shunda Oisha roziyallohu anho tabassum qilib:
"Ey Allohning Rasuli, siz esa men uchun sariyog' bilan asal solingan taomdan ham ortiqroq mahbubsiz" deb javob berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Sening javobing go'zalroq bo'ldi" dedilar...
#siyratdansuhbatlar
🎐@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.
🍯Buyurtma: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✨“Boshimning toji”
"Hijob - yuk, uning o'ziga yarasha yuki bor"- deyishganini ko'p eshitamiz.
Aslida, nomahramlarning nigohini ortib yurish - yuk, nomahramni zinoga yetaklagan sochlar - yuk...bularning gunohi - buyuk yuk!
Yumshoq muqova;
91 sahifa; 18 ming.
Buyurtma: @TaskinKitob
🍃@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Agar Oisha roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ovozini ko'tarsalar, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu urishga ruxsat bergan edilar, tortishib qolsalar, hakamlikka Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni chaqirar edilar. Bir kuni Oisha onamizning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ovozlarini ko'targanlarini Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu eshitib qoldi.
"Sen Rasululloh alayhis - salomga ovozingni balandlatyabsanmi?" deya jahli chiqdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularni murosaga chaqirdilar, Oisha onamizning ko'ngillarini ko'tardilar.
...Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu boshqa vaqtlari Oisha onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallamni kulishib turganlarini ko'rsalar, "Aytishib qolganingizda meni sherik qilganingiz kabi, bunday paytlarda ham meni sherik qilinglar",- der edilar.
#siyratdansuhbatlar
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
📸 Tutqun | Adam Uzkusa
Onalar bolasini “Erkam” deb suyadi. Keksalar “Yurtingda erka bo’l” deb duo qiladi. Shunga qaraganda, erk azaldan tanqis bo’lgan.
Erkinlikka talab aslida, avloddan avlodga o’tib kelgan orzudir. Na bombalar, na eng shafqatsiz vahshiyliklar sodir bo’ladigan yerosti qamoqxonalari uni yo’q qila olmaydi. Erkinlikni istagan avlodni o’ldirsang baribir, ulardan keyingi avlodlarda erkinlik g’oyasi qayta tiklanadi. Chunki inson uchun qullik tasodifiy, erkinlik tug’madir.
Yumshoq muqova; 218 sahifa;
38 ming.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💎
Imom Omir Shaʼbiy: “Biror narsani eshitsangiz, devorga boʻlsa ham yozib qoʻying. Shu sizga sahifadagi holatidan koʻra yaxshiroqdir. Bir kun kelib oʻzingizga kerak boʻlishi muqarrar”.
Qur’oni Karim suralarini oyatma-oyat ko’chirishingizda sizga ko’makchi bo’ladigan qo’llanma o’zgacha va mukammal ko’rinishda e’tiboringizga havola etilmoqda.
✨yumshoq muqova;
30-pora;
29 ming.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Uch metrli 📖 javoni
Bir odam yangi qurgan uyiga kattakon kitob javoni yasattirdi. Usta javonni o’rnatgach, xonadon sohibi qarab turib “Demak, qoidasi shunday ekan-da”, dedi va kitob do’koniga jo’nadi.
Kitobfurush so’radi:
- Qanday kitoblar bo’lishini istaysiz?
- Qanday bo’lsa ham farqi yo’q, siz yaxshi bilsangiz kerak.
- Roman, sayohatnoma, sarguzasht, she’r?
- Nima kerak bo’lsa o’shani beravering.
- Xo’p yaxshi, ammo qancha kitob beray?
- Uch metrli…
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
📌Ota - onaga yaxshilik qilish din va dayndir*!
Birinchisi, seni jannatga kiritsa, ikkinchisini farzandlaring senga qaytaradi…
📌Musulmon ota - ona boʻlmoq, mozorda yotganda ham orqasidan savobi yetib turadigan farzand yetishtirmoqdir…
📌Agar ota-onang sen bilan murosa qilishni boshlasa, senga gapirganda bezovtalanishingdan, g’azablanishingdan qo’rqib, ehtiyot bo’lib gapirsa, bilib qo’y-ki, ota-onangga oq bo’lyapsan!
*Dayn - qarz.
Qattiq muqova; 199 sahifa;
36 ming.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
☘️” Fursat “
O’quvchini o’ylashga majbur qilmaydigan, yozuvchining fikriga qo’shilishga yoki inkor qilishga undaydigan fikrlar uyg’otmaydigan asar o’z vazifasini bajarmagan bo’ladi. Muallifning vazifasi kitobxonning ong eshiklarini taqillatishdir. Uni hissiyot ummoniga g’arq qilishdir.
Ushbu kitob ana shu vazifani bajaradi degan umiddamiz.
Albatta, xolis hukm sizdan.
Yumshoq muqova;
137 sahifa; 16 ming.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Haqiqat yo’li”
⚡️Islomga kalta oʻy va cheklangan qarash egalari tomonidan qattiq zulm qilingan. Bundaylar bilganini tan olib, bilmaganini inkor qilgan odamlardir.
⚡️Bilimsizlik aslida butparastlikdir. Chunki u fikr paydo qilmaydi, balki yukinadigan sanamlar yasaydi.
⚡️Buzuq dindorlikning ofati shundaki, unda hidoyat gʻilofi ostida havoi nafs yashiringan boʻladi.
Qattiq muqova, 303 sahifa, 49ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Karleyldan bir do’sti so’raydi:
-Shuncha kitobni qanday to’pladingiz?
Karleyl javob beradi:
-Bu kutubxona mening har kungi tutunim.
-Nima demoqchiligingizni tushunmadim.
-Kimlardir chekishga sarflaydigan pulni men kitob uchun sarfladim.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning to‘y esdaliklaridan:
Buloqboshilik oqsoqollar quda bo‘lib borishibdi. Ziyofat katta, hamma narsa bisyor bo‘libdi. Buloqboshining udumiga ko‘ra marosimlarda tugun tugib berishadi, bu odat hozir ham bor. Namanganda esa, aksincha holat. Hullas, ketar chog‘da ularning qo‘liga hech narsa berilmabdi. Shunda qo‘shnimiz Mulla Mashrab aka:
"Xayr, shokoladlar, ko‘rishish qiyomatga qoldi", deb hazillashgan edilar.
@TaskinKitoblar _ Ustozni yod etib✨
O’quvchi so’radi:
- Ustoz, shu nuqtalarni qo’ymasak bo’lmaydimi?
O’qituvchisi javob beribdi:
- O’g’lim, jiddiyat o’sha birgina nuqtani yoki vergulni qo’yish bilan boshlanadi. “Bitta nuqta bo’lmasa nima bo’ladi?” deydiganlar “Bir jumlada, bitta so’zda xato bo’lsa nima bo’ladi?”, “Bir sahifalik yozuvda bir xatboshi yanglish bo’lsa, nima qilardi?” deydi. Bu tushuncha hayotning har bir jabhasiga kirib boradi va shu tarzda davom etadi.
#islohimizuchunrukni
🌾 @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
تقبل الله منا ومنكم✨
Robbimiz iymoningizni taqvo bilan ziynatlasin!
Hayit muborak!
📚@TaskinKitoblar
"Ichindagi ichindadur" Mavlono Rumiy
Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...
Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.
Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...
Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...
"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"
Yumshoq muqova, 270 sahifa, 23ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!