taskinkitoblar | Неотсортированное

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3377

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Подписаться на канал

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Uzun hikoya

Otam kelib, meni koʻtarib oldi, birga vagon uyimizga qaytdik. Boʻgʻchani ochdik, ichidan onamning och pushti paltosi, roʻmoli, eskirib ketgan tuflisi, oynasi, tarogʻi, uzugi va sirgʻalari chiqdi. Otam birpas ularga tikilib qoldi. Barmoqlarining uchi bilan teginib koʻrdi. Keyin boʻgʻchani qaytadan tugdi. Qoʻlini uzatib, mendan garmoshkani oldi. Meni quchoqlab, vagonning darchasi oldidagi oʻrindiqqa olib bordi.
Tashqarida daryo sassiz-sadosiz oqar, qor gupillab yogʻardi. Vagonning ichi ancha sovuq. Otam meni bir qoʻli bilan quchoqlab oldi. Boshimdan, sochlarimdan oʻpib, hidladi. Keyin esa garmoshka bilan qandaydir kuyni chala boshladi. Juda dardli, qaygʻuli kuy edi. Birga yigʻladik. Otamning yigʻlashini birinchi marta koʻrishim edi.

Yumshoq muqova, 31ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum, ilmga tashna qalblar!

“Safar” kitobi yuzasidan o’tkazilgan taqrizlar tanlovining natijalarini e’lon qilamiz.

1-o’rin: Valiyeva Dilafruz
2-o’rin: Qo’shshayeva Sevara
3-o’rin: Izzat Arslon munosib deb topildi.

Taqriz yuborgan yana ikki nafar obunachiga sirli hadyamiz bor. Ular bilan bog’lanamiz.

Bizni kuzatib boring, tanlovlarimiz hali oldinda. Ishtirokingiz uchun barchangizga tashakkur.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli ayollari, nabiralariga bo’lgan go’zal lutflari aks ettirilgan ushbu risolada bugungi kunda oila qurishning ahamiyati, turmushda uchraydigan ziddiyatlarga yechimlar va mustahkam munosabatlarda asqotadigan qoidalar o’rin olgan.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, mutolaa jarayonida kitobning har bir bo’limiga mos va muvofiq tarzda Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari va ulamolarning ibratomuz so’zlari keltirilganligiga guvoh bo’lasiz.


@TaskinBooks 🎨

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bilasizki, Alloh taolo Ilohiy amriga qaramay, Odam alayhissalomga sajda qilmagan Iblisga so’z haqqi bergan va uning sajda qilmagani sababini yaxshi bilgani holda: “Ey Iblis, seni sajdadan to’sgan narsa nima?” deb so’ragandi. Endi sizdan so’rayman, iymon keltirganingiz Alloh shaytonga ham so’z haqqi bergan ekan, siz menga so’z haqqi bermaysizmi?!

Sanoqli kunlarda 🌝 Adam Uzkusa dan yangi asar premyerasi ''Tutqun''

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hazrati Uvays Qaraniydan:
– Qandoqsan? – deb soʻradilar.
– Tongda turib, kechgacha yashash-yashamasligini bilmaydigan kishi qandoq boʻlur! – deb javob berdi.

Bir kishi Abu Abdullohga:
- Qanchalik zohidsiz-a?!
- Sen mendan ham zohidroqsan.
- Qanday qilib?
- Chunki men dunyodan kechganman, sen esa oxiratdan.

“Tazkirat ul-avliyo”

Qattiq muqova, 525 sahifa, 85ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📜Sunani Termiziy
Muallif: Abu Iyso Muhammad At-Termiziy

Ulug‘ muhaddis Imom Termiziyning «Sunani Termiziy» («Al-jomiʼ as-sahih») asari yangi nashri Misr Qohira nusxasiga asoslandi, Bayrut, Riyoz nusxalari bilan qiyoslandi. Boblar va hadis raqamlari arabiy asliyatga moslab chiqildi. Asar Hanafiy fiqhi asosida diyorimiz kitobxonlari manfaatlariga mos zarur ilmiy sharh va izohlar bilan taqdim etilmoqda.

Qattiq muqova, 511 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum, kitobga oshno qalblar!

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan taqrizlar tanlovini e’lon qilamiz.

Muallif Adem Uskuzaning “Safar” asariga taqriz (asar haqidagi fikrlaringiz) yozib, @TaskinKitob profiliga yuborishingiz lozim.

Ijodiy ishlaringiz maxsus guruh tomonidan tekshiriladi va g’oliblar 3-may kuni aniqlanadi.

1-o’rin 500.000 so’m
2- o’rin 300.000 so’m
3-o’rin 200.000 so’mlik vaucherlar bilan taqdirlanadi. Taqdim etilgan vaucherda ko’rsatilgan qiymatda online kitob do’konimizdan kitob harid qilishingiz mumkin.

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing💞

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Safar" kitobi

Biz bilgan islom avval qanday edi?
Muallif Adem Uzkusa sayohati davomida shu savolga javob topishimizga yordam beradi.

Sayohat eng buyuk va jiddiy fan sifatida yana oʻzligimizga qaytishga yordam beradi”.

Muqova
yumshoq;
Sahifa
222 bet;
Narxi
— 29.000 so‘m.

📩
Buyurtma uchun @TaskinKitob ga murojaat qiling.

@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Aslida biz ulugʻlayotgan ajdodlar uzoq tarixda boʻlgani, yaqin tarixdagilar esa oʻz nafslari va bilimsizligi ortidan ikki buyuk imperiya oʻrtasida talashilgan oʻlja boʻlganini bildim.

Kitob 700 betdan oshiq boʻlsa-da bir ichiga shoʻngʻib ketganingizda 100 bet keyingi varoqlardan chiqib qolasiz. Oʻqidimmi yoki kino koʻrdimmi deb oʻylanasiz.

Men bu kitobdan Napoleon askarlari rus yerlaridan qochish paytida hattoki oʻz otlarini yeb qoʻyishganini, savodsiz afgʻon hukmdori Doʻstmuhammadning adolatli hukmdorligi haqida oʻqidim. Doʻstmuhammad oʻqish-yozishni bilmasada uning adolati xalq orasida olqishlarga sabab boʻlgan ekan. Dehqon zolimlarning yoʻqligidan, fuqarolarning uylari xavfsizligidan, shaharning qatʼiy tartib-qoidalaridan, savdogarlar adolatli hukm chiqarilishidan, mol-mulkining himoyalanganidan xursand edi, deb yozgan tarixchilar. Qarang, xalq uchun koʻp narsa kerak emas.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Muhammadning nafasi, kiygan libosi, hatto uning qo’li tekkan bola soatlab gullar kabi bo’y taratardi. Muhammad qaysi bola bilan o’ynasa, o’sha bola bilan gaplashgan kattalar:
“Sen bugun Muhammad bilan o’ynabsan-a? der edilar.

''Men payg‘ambarimni taniyman''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

😅Sizning ham shunday doʻstingiz bormi?

@Taskinkitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

ИНСОНПАРАСТЛИҚ

«Ватаним мени суймас экан, мен уни севганлигимдан, улусим мени танимас экан, мен уни таниганлигимдан, Ватан устида бўлаётган тарихий ўзгаришларни ва ҳам бунинг келажакдаги яхши-ёмон натижаларини кўрсатиб, Ватан болаларига улгу (намуна) бўлғудек, бошқалар ундан ибрат олғудек тарихий бир асар ёзишга киришдим. Бироқ, мен ёлғизгина исломпараст эмас эдим, балки яралишимдаёқ инсонпараст эдим. Халққа қайси йўллиқ яхшилик қила олғайман деб, ёшлик-йигитлик даврларимни ғам-ғусса кунлари билан ўтказдим. Энди соч-соқолим оқариб, қарилигим етди. Ёшим саксонга эришиб, ички-ташқи кучларим орқага чекинди, қарилик юки остида букула туриб, олдимизда кўрина бошлаган ҳалокат чуқури яқинлашётганига чидаёлмай, келажак бўғин наслларимиз ғамхўрлиги учун, ҳар ёқлама қийинчиликлар бўлса ҳам, шу тарихни ёзишга бошладим. Қаламим тилидан дардлик сўзларим қонлик кўз ёшима қўшилиб, бу китоб варақлари юзига тўкилмиш эди. Шунинг учун бунинг отини « Туркистон қайғуси» қўйдим...

Алихонтўра Соғуний


@Taskinkitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum, kitobga oshno qalblar!

Hayit ayyomi muborak bo’lsin. Alloh Taolo ibodatlaringizni husni qabul qilsin.

Xabaringiz bor, taqrizlar tanlovini e’lon qilgan edik. Ko’plab murojaatlarga binoan tanlovning muddatini uzayganini ma’lum qilamiz.

Taqrizingizni @TaskinKitob profiliga yo’llang va qimmatbaho vaucherlardan birini qo’lga kiriting!

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing 🤍

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Mavjud baxtingizga qanoat qiling. Baxtsizlik baxtning ziyodasiga qiziqqaningizdan boshlanadi”...

Meni tushunmog‘ing sevmog‘ingdan yaxshiroq!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Insonni eʼtiqodi uni yengilmas qiladi...

Sizda bor narsalar, sizning qanchalik boy ekanligingizni anglatmaydi. Aksincha nimalarga muhtojlihingizni belgilaydi...


Sanoqli kunlarda 🥳

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Sir

Oʻsha kecha, yaʼni biz uyga joylashgan kecha tush koʻrdim. Tushimda men hazrat Muoviya emishman, Shomda islom davlatining ilk saroyini qurdirayotgan emishman. Hazrat Abuzar Gʻiforiy barpo etilayotgan saroyda men bilan aylanib yuribdi. Birdan toʻxtab, qatʼiy ohangda shunday dedi: “Agar bu saroyni xalqning puliga qurdirayotgan boʻlsang, bu – zulm. Agar oʻz pulingga qurdirayotgan boʻlsang, bu – isrof”.

Yumshoq muqova, 31ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Osmoningdan uzilma, ey dil"

Shayx ­Alouddin­ Mansur Qur’oni karim ma’nolarini zamonaviy oʻzbek tiliga birinchi boʻlib oʻgirgan.

Siz azizlarga taqdim etilayotgan mazkur kitobda Shayx ­Alouddin­ Mansur hazratlari­ bilan­ bo‘lgan suhbatlar­ saylanmasi jamlangan.

Kitobni oʻqir ekansiz, marhum olimning nafaqat diniy sohada, balki adabiyot va ijtimoiy masalalarda ham yetuk shaxs boʻlganiga ishonasiz.

Qattiq muqova, 373 sahifa, 42ming
Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

#Vatandoshlik_dasturi

Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Qalblar tabobati”

Nafsni poklashda xato-kamchiliklarni tan olib, uni muolaja qilishga intilish, doim o‘zini tergash, Allohga yukinish, U Zotdan yordam so‘rash muhim hisoblanadi.

Qalbni davolash tanani davolashga o‘xshaydi. Tanamizda biron kasallik bo‘lsa, shifokorga murojaat qilamiz, bilar-bilmas o‘zimizcha davolanmaymiz. To‘g‘rimi?

Xuddi shunga o‘xshab, ruhiy tarbiyaga muhtoj inson o‘zicha davolana olmaydi. Bunda biz uchun bosh shifokor anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamdirlar. U zotning tavsiyalari qalbimizga malham boʻladi.

Ziyovuddin Rahimning mazkur kitobi qalblarga shifo boʻladi, in shaа Alloh.

Qattiq muqova, 59ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ey koʼngil!
Nega mayda-chuyda buncha narsalarga gʼam chekasan?
Gʼam bilan nega siqasan jonni, jononni?
Yozgan Haqdir.
Yozilgan haqingdir.
Sabr, shukur, duo uchburchagida boʼl. Sabring salomatlikka, shukring hidoyatga, duong esa rahmatga aylanadi, inshoolloh...

''Afv et Allohim''


Yumshoq muqova, 49ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Mavjud baxtingizga qanoat qiling. Baxtsizlik baxtning ziyodasiga qiziqqaningizdan boshlanadi”...

Meni tushunmog‘ing sevmog‘ingdan yaxshiroq!

Muqova - yumshoq;
Sahifa - 191 bet;
Bahosi - 23.000 so’m.

Buyurtma berish :
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Muhammad Bo'zdagning "Ishq imtihoni yohud ko'rganingga ishonma" kitobi, ko'plab insonlarning hayotidagi muhim hissiyotlardan biri - ishqning mohiyatiga oid. Kitobda muallif ishqni birlashuvchi va xalqaro bilim, falsafa, tarix va adabiyotga oid misollar yordamida tahlil qiladi.

Muhammad Bozdağning "Ishq imtihoni" nomli kitobi, sevgining turli yo'nalishlarini ko'rsatadigan asar hisoblanadi. Kitob, munosabatlardagi muammolarni va ularning yechimlarini yanada o'rgatadigan hamda shaxsiy rivojlanish va o'zingizga hurmat ko'rinishlarini ham muhokama qiladigan manba.
Kitobda diniy masalalar ham ko'rsatilgan, ammo umumiy hisobda, ishqning ko'pgina ko'rinishlari haqida gapiriladi.

Qisqa aytganda, "Ishq imtihoni" kitobi, sevgi mavzusiga keng qarash yo'nalishini taqdim etgan, o'quvchilarga amaliy maslahatlar beruvchi, o'qitish usuli hisoblanadi.
Bu kitobda tavsiyalar, yechimlar va eslatmalar mavjud boʻlib, buni oʻqish albatta siz uchun fiydali boʻlishiga ishonaman.

#Kitobdan

" Ey buyuk Robbimiz! Bizlarni xayrsiz insonlardan asra. Bizlarga umr yoʻlida hamrohlik qiluvchi ishonchli, xayrli bir juft va xayrli avlodlar nasib qilgin!

" Yer yuzidagi hamma narsani sarf qilganingda ham, ularning qalblarini birlashtirolmagan boʻlarding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Chunki U Gʻolib va Hikmatli Zotdir! "

Kitobni @taskinkitoblar dan topishingiz mumkin)))

@Asmaa_kitab

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bu davlatda insonlarning barchasini o‘zaro teng qiluvchi yagona joy bor – birgina muassasada faqir fuqaro Rokfellerlar bilan teng, ongi past inson Eynshteyn bilan teng va o‘qimagan odam professor bilan teng. Bu muassasa, hurmatli jentlmenlar, sud deb ataladi.

"Oʻljani qoʻlga tushirmoqchi boʻlsang, shoshmaganing maʼqul. Indamay kut. U qiziqib inidan boshini chiqarib koʻrishi aniq".

“– Gek, – dedi Attikus biz­ga chappa qarab tur­gancha, –  a­gar bu ishni berkitsak, men butun umr Jem­ga bermoqchi bo‘l­gan tarbiyamni inkor qil­gan bo‘laman. Goho men yaxshi ota bo‘lolmadim deb o‘ylayman, ammo ularnin­g mendan boshqa hech kimi yo‘q. Jem boshqalardan emas, mendan o‘rnak oladi va men doim unin­g ko‘zi­ga tik qaray olish uchun to‘g‘ri yashash­ga harakat qildim. A­gar bu ishni berkitmoqchi bo‘lsam, unin­g ko‘zi­ga qaray olmay qolaman, bu ish­ga qo‘l ur­gan kunim o‘g‘limni umrbod yo‘qotaman.

«MAZAXCHINI O‘LDIRISH»

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Али Тантовий роҳимаҳуллоҳ ўзининг "Зикриёт" китобида айтади:
"Эллик йилдан бери адабиёт билан машғулман. Ёзаман, нашр қиламан. Ҳатто энг ашаддий душманларим ҳам мени ёзган нарсаларим билан айблай олмайди. Шундай бўлсада айтаманки, адабиёт, шеър ва санъат агар инсонлардаги динни кетказса, мурувватни йўқотса, иффатни зое қилса ва обрўни тўкса бунақанги адабиётга, шеърга ва санъатга Аллоҳнинг лаънати бўлсин!".

Шайх Тантовий тўғри айтади. Биз ёзаётган ҳар-бир ҳарфни аслида амал саҳифаларимизга ёзиб бормоқдамиз. Биз ижтимоий тармоқларда ёзаётган ҳар-бир калимани фаришталар битиб бормоқда. Биз ёзаётган ҳар-бир жумламиз учун Аллоҳнинг ҳузурида ҳали тик турамиз.
У кунда сизга: "Асарингда беҳаё саҳналарни кўпайтирсанг унинг бозори чаққон бўлади", дейдиган нашриётлар туриб бера олмайди.
У кунда "лайк"лар сони, "поделиться"лар адади, қарсаклар овози сизнинг жонингизга оро кирмайди. Қабрда ёлғиз ўзингиз дафн қилинасиз. Уларнинг ҳеч бири сизга фойда бермайди.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bizning nashriyotimizdan nashr qilingan qaysi kitoblarni mutolaa qilgansiz?☺️

@Taskinkitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Shuni bilib qo‘yish lozimki,
odamning qalbida Allohga bo‘lgan sevgi va taqvo yetarli bo‘lmasa, bunday odamdan har qanday yomonliklarni kutish mumkin. Men bir musulmon va inson sifatida shunga ishonamanki, Alloh nimani buyurgan bo‘lsa, bunda aniq bir yaxshilik bordir. Yana Alloh nimani man qilgan bo‘lsa, unda aniq bir zarar bo‘ladi. Biz ulardagi hikmatni bilsak ham, bilmasak ham holat o‘zgarmaydi.

"Tinmas koʻzyoshlar" kitobidan

Yumshoq muqova, 250 sahifa, 42ming,
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kitob oʻqiylik📚

KITOB NOLASI

Sizni charchatadi telefonlar ham,
Oinai jahonu kompyuter ichi.
Dardingizga ular boʻlolmas malham,
Bunga temirlarning yetmaydi kuchi.

Anglaysiz bir kuni boʻlsa hamki kech,
Qay yerga uzangan haqiqiy hayot.
Oʻzga bir saodat topolmaysiz hech,
Meni javonlarga qamab qoʻygan zot!

Kutaman vaqtimni koʻzda jolasiz,
Zotan naf koʻrmadim qarshi bormoqdan.
Meni qoʻmsay-qoʻmsay sezib qolasiz –
Ilmni oʻrganib boʻlmas tarmoqdan.

Omadlar tilayman ishlaringizga,
Nachora oʻzgardi holat ham, did ham.
Kirib chiqar hali tushlaringizga
Titilgan varoqlar ulashar hid ham,

Mayli-da, hozircha befayzdir rasta,
Lekin kun keladi hammasin buzib –
Shundoq jar yoniga kelganingizda,
Salomat qolasiz menga qoʻl choʻzib.

Men gina qilmayman hech qachon sizga,
Burmayman siz kabi yotga yoʻlimni.
Qaytarib oʻtmishni xotirangizga,
Sizga jim tutaman ikki qoʻlimni...

@Taskinkitoblar _ Qalblar taskini...

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Anʼana o‘liklarning tirik
ruhi, anʼanaviylik esa tiriklarning o‘lgan ruhidir”,

«Sizlar kofirsizlar, do‘zaxga tushasizlar. Xudolaringiz yaramas, aqidangiz noto‘g‘ri. Biz musulmonlar esa haqiqat ustidamiz, yaqinda jannatga tushamiz”, deyishgan deb o‘ylaysizmi? Shunda o‘sha xalqlar ularning so‘zlarini eshitib, aqida, kufr va shirklarini tark etib islomni qabul qilganlar, deb ishonasizmi?
Tabiiyki, bunday bo‘lmagan. Dinni qabul qilishda majburlanmagan. Uning mohiyatini tushuntirishgan, qabul qilgan joni va molida omon bo‘lgan, musulmon sanalgan, qabul qilmagan shartnoma asosida biz bilan yashayvergan. Bularni xohlamagan urushib, g‘olib bo‘lgan yo mag‘lub. Bundan boshqacha talqinlar esa dushmanlarning to‘qimalari bo‘ladi.

Adem Uzkusaning "Safar" kitobidan.

Yumshoq muqova, 224 sahifa, 29ming so'm.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kimdir jurnalistlardan, kimlardir esa yong‘indan, o‘g‘ridan, politsiyadan, qamoqxonadan yoki Xudodan, jamoa yoxud hamkasblarning qoralashidan, turmush o‘rtog‘idan... qo‘rqadi. Agar inson axloq va axloqsizlik o‘rtasidagi farqni tushunish darajasidagi hushyor aqlga ega bo‘lmasa yoxud uyat hissini yo‘qotsa, unga hech narsa yordam bermaydi, u hoziroq ushbu kitobni o‘qishni to‘xtatishi mumkin - vaqtni behuda sarflashdan naf yo‘q. Agar cho‘chqa kabi yashash uyatli bo‘lmasa yoki kerakli ish qilinmayotgan bo‘lsa — bu axloq tarozisining buzilganligini anglatadi. Tizimni o‘rgangan, tushungan axloqsiz inson o‘z muhiti va jamiyati uchun xavfli bo‘lib, misli ko‘rilmagan darajada ahmoqona ishlarni qilish qobiliyatini shakllantira oladi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nafsni poklashda xato-kamchiliklarni tan olib, uni muolaja qilishga intilish, doim o‘zini tergash, Allohga yukinish, U Zotdan yordam so‘rash muhim hisoblanadi.

Qalbni davolash tanani davolashga o‘xshaydi. Tanamizda biron kasallik bo‘lsa, shifokorga murojaat qilamiz, bilar-bilmas o‘zimizcha davolanmaymiz. To‘g‘rimi?

Xuddi shunga o‘xshab, ruhiy tarbiyaga muhtoj inson o‘zicha davolana olmaydi. Bunda biz uchun bosh shifokor anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamdirlar. U zotning tavsiyalari qalbimizga malham boʻladi.

Ziyovuddin Rahimning mazkur kitobi qalblarga shifo boʻladi, insha Alloh.

Qattiq muqova, 427 sahifa, 59ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…
Подписаться на канал