taskinkitoblar | Неотсортированное

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3377

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Подписаться на канал

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Er-xotinlik hayotida komil ayol va komil er degan gap, tushuncha yo‘q. Hayotingiz farovon va barqaror, tinch bo‘lishi uchun bag‘rikeng, kechirimli va kamchiliklarga ko‘z yumish san’atini o‘rganishingiz lozim.

"Ey qizim" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Husning ko‘zlarni charchatishi mumkin, ammo go‘zal xulqing har vaqt insonni o‘ziga maftun etaveradi. Go‘zal xulq qancha ulashsang ham kamaymaydigan boylikdir…

"Ey qizim" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

#mentugatgankitob

Ushbu asar ko’pchilik kitobxonlarga ma’lum bo’lganidek- siyosiy, tarixiy asardir.
Kitobni mutolaa qilar ekansiz, mu’allif sizga quyidagilar haqida so’zlab beradi:
1- Najmiddin Erbaqon haqiqiy islom ummati, musulmon liderlariga xos va mos bo'lishlikka intilgani (Va qaysidir ma’noda buni uddalagani).
2- Musulmonlar bunday g’arib holga qanday kelib qolgani, nima sabab bunday qilingani.
3- Siyonizm, imperiyalizm, mustamlakachilik, masonlik, oliy irq-yahudiylik, “Arab bahori” , kapitalizm va kommunizmning asl maqsadlari.
4-Va muallif qarashlaridagi adolatli tuzm haqida .
Qisqacha qilib aytganda bugungi dunyo siyosatining asosi, maqsadlari va o‘yin uslublarini qat'iy dalillar bilan bayon qilib bergan.
Kitob so'ngi sahifalari esa muallifning musulmon yoshlariga balki insoniyat taqdiri uchun qayg'urgan har bir insonga ma'naviy, siyosiy tavsiya va nasihatlari bilan o'quvchiga so‘ng so‘z aytadi.
Bu kitob Akrom Malikning "Xalqa" asaridagi mazlumlikda qonlari daryo bolgan xalqlarning tarixi va buguniga siyosiy tahlil va yechim bergan kitob deb o‘ylayman.
Kitobdan birgina parcha sizni kitobga yetarlicha bog’lab qo‘yaoladi :
Buning ochiq dalili o’tgan asrning 90-yillari boshida Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tatcher Uelsda bo’lib o’tgan NATO yig'ilishida (“Sovuq urush” yakunlanib, Sovet Ittifoqi parchalandi, endi NATOni ham bekor qilamizmi?)degan savolga bergan javobidir: ”Dushmani bo‘lmagan mafkura yashay olmaydi. Bizning hayot kechirishimiz uchun albatta, dushmanimiz bo‘lishi shart. Sovet Ittifoqi tarqalgandan so’ng yovlarimiz qatoridan chiqdi. O’rniga yangisini topishimiz lozim. Bu yangi dushman Islom bo’ladi.

''G‘oyam'' Najmiddin Erbaqon

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ҳеч бири шу ерларда ўлиб кетишдан чўчимайди. Зеро, улар юртларидан – гўзал Онадўлидан, азим Истанбулдан чиқаётганида ҳар нарсани бўйнига олиб чиққанди, ҳатто ўлимни ҳам. Кейинроқ, эҳтимол, қайта олмасмиз дея уйларига хабар юборолмасалар-да, қалбларидан отилиб чиқаётган марш мисраларини қуруқшаган лабларида баралла хиргойи қиладилар: “Бориб айт, эй ажал, кутмасинлар бизни уйда...”

"Мадина мудофааси"
•Исмоил Билгин

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Шубҳасиз барчамиз Унинг мулкимиз ва шубҳасизки барчамиз яна Унга қайтамиз…

Азизим, Истанбулга қайтаётган мен эмасман, у менинг танам холос… Менми?! Мен, мен ҳамон, ҳа ҳамон ўша кимсасиз вайрона олдидаман, ҳайқирмоқдаман: “Кимса бормиии !?

Abdulqodir Azhariy


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ba’zi insonlar soddalikni yaxshi niyat bilan qorishtirib, axloqsiz odamlarga yaxshilik qilayotganligini tushunmaydilar. Vijdonsizlar ham shundaylardan har doim foydalanadilar. Ikki marta bir tuzoqqa tushmasligi kerak bo‘lgan mo‘min bir xatosini butun umr davom ettiraveradi.

"Qalbimdasan, Alloh" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Tez kunda...

Har kimning o‘z taqdiri bor. Hayot sinovlarida odamlar goh yutadi, goh yutqazishadi. El nima desa der. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Hayotda dunyo uchun yashamayapmiz. Muvaffaqiyatga erishsak hasad qiladilar, mag‘lub bo‘lsak kuladilar. Aslida «Xudo nima deydi?» deyishimiz kerak emasmi? Kelajagingizdan qayg‘uryapsizmi? Kimning ertangi hayoti kafolatlangan? Hayotni Alloh boshqarmaydimi? Biz o‘z burchimizni to‘g‘ri bajarayotgan bo‘lsak, Xudoning rejasi haqida qayg‘urishning nima keragi bor?

"Qalbimdasan Alloh" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ramazonda Alloh shaytonni bog‘laydi, ammo biz o‘zimizni bog‘lamaymiz...

Ramazonga tayyormisiz?

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Instagram sahifamiz yangilandi...

(Qullik...
Ibrohim Adham hazratlari ozod qilish niyatida bir qulni sotib oladilar. Quldan so‘radilar:
— Isming nima?
— Siz kim deb chaqirsangiz o‘sha ismim bo‘ladi, xojam,- deya javob qildi qul.
— Qanday yegulik yeysan?
— Siz nima bersangiz uni yeyman, xojam...
— Nima ish qilasan? - So‘radilar Ibrohim Adham hazratlari.
— Qanday ish buyursangiz uni bajaraman.
— Biror istaging bormi?
— Qulda istak bo‘lishi mumkinmi, xojam xojasining tilagi - qulning istagidir - dedi qul.
Bu javobdan so‘ng Ibrohim Adham hazratlari ho‘ngrab yig‘lab yuboradilar o‘z-o‘zlariga shunday deydilar:
— Ey, miskin! Qullikni mana shu quldan o‘rgan! Sen umringda biror marta Alloh taologa shunday qul bodingmi…)))

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Sunnatga muvofiq toʻy qanday boʻladi?

🌤 Hozirgi toʻylar sunnatga muvofiq boʻlyabdimi? Sunnat ustiga qurilgan oilada barokat boʻlishi rostmi?

🧕🏻👳🏻‍♂️ Oila qurishdan avval ixlos boʻlishi kerak: ishning poydevori ixlos boʻlmasa, riyo boʻladi. Usiz ham hayotimizning barcha jabhasini riyo egallab bormoqda. Mavzu toʻy masalasi boʻlgach, riyokorlikning odatdagi darajasi bir boʻlsa, uni oʻngga chiqarmoqdamiz.

Yuqoridagi savollarga toʻkisligicha javob olishni istasangiz ushbu kitob aynan siz uchun!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

Allohning 99 ta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko’radi” dedilar.

Allohning 99 ismini o’zida mujassam qilgan ushbu bejirim to’plam sizga va oila a’zolaringizga Allohning ismlarini yod olishda ko’makchi va munosib hamroh bo’ladi.

44 ming so‘m
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Бургутлар юксакликларни яхши кўраркан... Мадинадан кейин бу ер... Бундан кейин қаер бўларкан? Энг оғир паллаларимни, энг қийин дамларимни Мадинада бошдан ўтказдим. Буни қийинчилик дейиш мумкинми? Оҳ, кошкийди доим ўшандек машаққат ичида бўлсам, изтироб чексам. Яна оч қолсайдик. Ўқ доримиз тугаб, чигирткаларни есайдик, аммо қизил байроғимиз Мадина қалъасининг буржларидан тушмасайди...

Бургутлар юксакликларни яхши кўраркан... Мадинадан кейин бу ер... Бундан кейин қаер бўларкан? Энг оғир паллаларимни, энг қийин дамларимни Мадинада бошдан ўтказдим. Буни қийинчилик дейиш мумкинми?

Оҳ, кошкийди доим ўшандек машаққат ичида бўлсам, изтироб чексам. Яна оч қолсайдик. Ўқ-доримиз тугаб, чигирткаларни есайдик, аммо қизил байроғимиз Мадина қалъасининг буржларидан тушмасайди...

– Ё Расулуллоҳ! Сизга хизмат қилиш шарафига ноил бўлганим учун Роббимга қанча шукрона келтирсам ҳам оз. Ҳа, йўқчилик, тақчиллик ичида эканимиз рост. Бу қийинчиликларга дош бериш учун кучни сиздан олмоқдамиз. Ҳар қандай қийинчиликка ёнингизда эканимиз учун сабр қилмоқдамиз.

Оиласидан, туғилиб ўсган ватанидан жуда олисдаги бу оролга олиб келинганлар салкам олти юз йиллик кўҳна чинорни эслатувчи буюк, аммо энди тик туриб ўлишни афзал кўраётган давлатнинг фарзандлари сифатида илк бор асирлик изтиробини тотаётган ва тутқунликнинг аччиқ шамолига дуч келган бўлса-да, кўнгилларида ниш уриб турган умид япроқлари батамом узилиб кетмаган.

Ер юзининг маркази Каъбадир, Макка шаҳридир. Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг муборак қабрлари жойлашган шаҳар эса Мадинадир. Айнан шу марказда хизмат қилиш биз учун муқаддас шараф. У муборак заминда башар сифатида бошдан ўтказганларимизнинг бари биз учун гўё бир мукофот. Тортган ҳар бир изтиробимиз ҳузур-ҳаловат, гўзаллик ва раҳматдир.

Ўлим туйғуси инсонга кўп нарсани бажартиради. Жонини омон сақлаш учун инсон ҳар сафар “адо бўлдим, тугадим” деган жойида янгидан жонланаверади. Қувватини ҳар доим бироз орттиради ҳам. Умидвор бўлади яна.

"Мадина мудофааси" _ Исмоил Билгин

Yumshoq muqova, 287 sahifa, 39ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bu kitob nima uchun o'qilishi kerak:
1. Nafsingizni tanib olasiz.
2. Uning qanday makr hiylasini kashf etasiz.
3. Unga nisbatan qanday pozitsiyada turishni anglaysiz.
Kitobdan kamchilik ham topdim, bu - imlo bo'yicha.
Bo'rttirib yuborilgan joylariga to'xtaladigan bo'lsam, albatta, bor. Meningcha, uning afzal tomonlari kamchiliklari o'rnini bosib ketadi.
Kitob balog'atga yetgan hamma uchun tavsiya etiladi va o'z nafsini yengib buyuk sevgi bo'lgan Alloh sevgisiga yetishishga yordam bersa, ne ajab.

Yarimda tunda mana shularni yozar ekanman, meni ham ichimda kitobdagi singari: "Senga bu nega zarur?".
"Yotib uxlasang bo'lmaydimi?" kabi savollar bilan nafsim meni aldamoqchi bo'ldi, ammo mana, yengib o'tib yozdim.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Дунё охирлаганда ёки Яъжуж ва Маъжуж чиқиш вақти келганида, бу девор теп-текис қилиб қўйилади. Аллоҳ таоло бандаларига савоб ва жазо бериш ҳақидаги ваъдаси ҳақдир, бунга ҳеч қандай шубҳа йўқ.
(Имонида содиқ, Парвардигорига хокисор ва шукрли бандалар шундай бўлади. Улар инсонлар нигоҳида қанча катта ишларни бажармасинлар, ўзларини кичик олиб, қилган ишлари Аллоҳ таолонинг марҳамати, фазлу карами сабабидан бўлганини эътироф этадилар ва бунинг учун Аллоҳга ҳамду санолар айтадилар. – таржимон).
Зулқарнай қиссасидан қуйидаги манфаатлар олинади:
1. Ер юзидаги имкониятни Аллоҳ хоҳлаган бандасига беради. Бу Аллоҳ тарафидан улуғ неъматдир.
2. Ҳақни юзага чиқариш, ботилни даф қилиш учун ер юзи бўйлаб саёҳат қилиш содиқ мўминлар сифатларидандир.
3. Адолатли раҳбар золимларни зулмдан қайтаради, адолатли кишиларга яхшилик қилади.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Assalomu alaykum va rohmatulloh) Boshlangan kun xayrli bo'lsin🌞 "Muhabbat anatomiyasi" kitobini chop bo'lishida hissangiz bor ekan. Alloh rozi bo'lsin🤲 Chuqur ma'noga ega bu asarni hayrat bilan😯, mehr bilan🤗, e'tibor bilan😇 ozgina ko'z yosh bilan🥹, shukur bilan o'qidim🥰 Barcha yoshdagi, har qanday vaziatdagi inson o'qishi mumkinligi asarni yutug'i👏
Avvalo Allohimga behisob shukur, shunday asarni o'qish nasib qilgani uchun😊. Asar muallifi Muhammad Bo'zdag'ning ijodlariga omad tilab, Alloh qalamlarini yanada o'tkirlashini, "Taskin kitoblari" yana ham gurkirab, ilm ulashishda hormay, tolmay ijod qilishlarini tilab qolaman😊🤗
Bu maskanni avvaldan juda yaxshi bilardim. Ilk kitoblarimni shu yerdan xarid qilganman. Juda ham manfaatli kitoblar bo'ldi, Alloh bardavom qilsin🤲

“Muhabbat anatomiyasi” 📖

@TaskinKitoblar da kitobxonlar e’tirofi!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Саҳобалар қандай бўлишган билмадим-ку, аммо билганим *ибн Салул бомдод намозига уйғотгичсиз турарди. Ўзини улардан бири қилиб кўрсатганларнинг аҳволи шундай бўлса, хўш, уларнинг ўзлари қандай бўлишган экан-а?!"

Адҳам Шарқовий

*Абдуллоҳ ибн Убай ибн Салул. Мунофиқларнинг каттаси.

Tongi suhbatlar 45ming
Tungi suhbatlar 40ming


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

– Югур, югур! Мана, яна вақт ғизиллаб ўтмоқда. Тутиб қол! Югур! Сен ҳам югур!
– Нимани тутаман, ўтиб кетган нарса нима эди? Кўра олмадим ҳам.
– Вақт. Вақтни ушлаб олишинг керак. У доим қочади, шунчалик тез югурадики, сезмайсан ҳам. Уни тутишинг керак.
– Ё Худойим-эй! Бу нимаси, вақтни қандай ушлаб олиш мумкин? Aллоҳим, қандай етиша оламан бу замоннинг тезлигига? Оёғимда дармон қолмади, мен югурганим сари у янада тезлашяпти, тута олмаяпман. Тўхтат вақтни...

"Мукаммал кун"

Yumshoq muqova, 70 sahifa, 30ming so‘m

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Баъзи одамлар “Намоз учун ҳам кураш бўладими?” деб ўйлаши мумкин. Ҳа, бўлади: ё ётган жойингиздан туриб, намозни адо этасиз, ёки йўқ! Бу кураш нимага ёки кимга қарши?.. Намозга туриш албатта кураш, ҳатто қайсидир маънода нафсимизга қарши курашдир. Ҳар куни эрталаб мўмин ўз нафси ва нафсининг энг яқин дўсти бўлмиш шайтонга қарши курашади. Ҳар бир мўмин, айниқса, охирзамонда адо этолган ҳар бир бомдод намозидан сўнг ғалаба қозонгандек хурсанд бўлиши керак. Намоз учун кураш учта душманга: нафс, шайтон ва заиф имонга қарши бўлади ва бу жуда қийин курашдир. Бу уч душман ҳар доим бирлашиб, сизни мағлуб этишга ҳаракат қилади. Aгар имонингиз заиф бўлса, душманларингизнинг иши осонлашади ва Aллоҳ сақласин, мағлуб бўласиз.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Болалар жаҳаннамда ёнмайди" китоби ҳақида

Китобни ўқирканман, фарзандларим тарбиясида қанчалик қўпол хатоларга йўл қўяётганимни англайвердим. Ҳар сатри ичимни тирнади.
Аслида, тарбия борасида китоблар кўп. Аммо, ушбу китобда фарзанд тарбиясида энг муҳим ва кўпчилик эътибор бермайдиган жиҳатлар ёритиб берилганлигининг гувоҳи бўлдим. Айниқса, ундаги "Масжидда ярамаслик қилиш завқи", "Хато овчилари", "Қуръондан нафратланаман", "Иймон ва компютер" каби мақолалар ўқувчини сарлавҳасиданоқ ўзига жалб қилади. Сарлавҳани ўқийсиз ва беихтиёр мақолани ўқишга киришасиз. Қандай қилиб масжидда ярамаслик қилиб завқланиш мумкин? Хато овчилари кимлар? Хато ўзи қандай овланади? Мусулмон ҳам Қуръондан нафратланадими? Шу каби саволлар мажбур қилади сизни ўқишга. Гарчи дангаса бўлсангиз ҳам.)

Sardor.B

Said Chamlija _ Iymon va huzun

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

#Қиёматни_кўрдим

Жамоамиз билан зилзила минтақасидан Истанбулга қайтябмиз. Тана хорғин, қалб синиқ, руҳ маҳзун, ақл лол ва шошқин, ҳар он чорасизлик, гоҳ исён, гоҳ умидсизлик ва ибтидоси ва интиҳоси кўринмаётган хайрат қоронғуликларида дарбадарман…
Зу-л жалолга бўлган иймон ва итоату Зу-л жамолга бўлган зорлик ва қуллик туйғулари, қадарга бўлган иймон мени базўр тутиб, ўзимга келтириб турибди. Ички оламим ва руҳиятим чил-парчин.

Усмония, Хатайнинг Искандарун ва Антокияси, Ғозий Антепнинг Нур Тоғи ва Солиҳияси, Қаҳрамон Марашнинг Пазарчик ва Элбистони, Адияман, Малатя… Таг туги билан йўқолиб кетган шаҳарчалар… Кичик бир Қиёмат манзараси… Ҳар қадамда даҳшатли вайроналар, сон-саноқсиз жасадлар, изғирин совуқ, жудолик манзаралари, кимсасизлик, етимлик, туллик, жароҳат, чорасизлик, фарёду фиғонлар ва бошпанасизлик! Инсонлар у қадар карахтки халталар ичра оёқлари остига териб қўйилган бутун оила аъзоларининг жасадлари олдида кўз ёшсиз ва сассиз, садосиз, совуқдан жимгина ғужанак бўлиб ўтирибди. Ҳеч бир оила аъзоси қолмаган соҳибсиз жасадларчи… Соҳилбарига мозор бўлган минглаган вайроналар, ер билан битта бўлиб кетган авто улоқлар, фарёдлар, у вайронадан бу вайронага чопаётган тез ёрдам, ўт ўчирувчи ва жаноза уловлари ва бутун шаҳарлар бўйлаб куну тун тинмаган уларнинг сирен товушлари… Ҳар томонни қоплаган чанг-тўзон ва йиқиқ бинолардан жасад қидираётган оилаларнинг ҳайқириқлари ва уларга ёрдамчи бўлган экскаваторларнинг ғижирлаган ва бинолардан тўкилаётган тошу қумларнинг шарақлаган товушлари, ҳолдан тойган қутқарувчиларнинг титрая қақшая вайроналар узра чорасиз уринишлари ва вайрона олдида ёқилган қора тутунли олов атрофида тўпланиб исинишга уринаётган аскарлару яқинларидан бир умид кутганча харобаларга термулиб турган маҳалла сокинлари…

Кичик қиёмат…!

Экскаваторлар вайрона қолдиқлари ва йиқиқ парчаларини чиқиндихонага юбориш учун баҳайбат баҳайбат юк машиналарига юклаш билан овора… Бу чиқиндиларга боқиб турар эканман беихтиёр ҳаёлимдан ўтади… ”Во ҳасратоооҳ, лукс уйлар, деворларни зийнатлаган суратлар, шифтларни гўзаллаштирган қандиллар, қимматбаҳо ва юмшоқ гиламлар, юмшоқ ва бежирим жиҳозлар, сўнги технология русумли музлатгич, совутгич, иситгич ва сўнги насл уяли алоқа воситалари, ўқилган ва ўқилмаган китоблар, жавонларни сустлаган идиш-анжомлар, кимликлар, суғурталар, турли-туман гувоҳномалар, ҳужжатлар, катмонлар, сейфлар, тилла-тақинчоқлару молу давлатлар, эҳ хуллас ҳамма ҳаммаси бир лаҳзада шунчаки бир ахлат уюми бўлдими?!”

Қимматбаҳо русумдаги бренд уловлар эса аллақачон соҳибларига мозор бўлган бинолар остида мажағланиб ётибди. Ҳаёлимдан ялт этиб ўтди “ажабо ҳов анау хурдаланиб ётган энг сўнги модел Мерснинг соҳиби ўша тунда, мозорига юксалишдан олдин унинг эшикларини қулфлар экан, унга тикилиб қараган ва бу автомобил ҳаммада ҳам йўқлигидан бир ғурур туйиб, сўнги бор унга ҳавас ва ифтихор ила боққан бўлсая…”

Куни кеча жирканч фитналар ва урушдан қочиб келган чорасиз ва кимсасиз Сурия халқидан ва уларнинг “боқимонда”лигидан шикоятчи бўлган ҳаводор ва димоғдор инсонларни ҳам кўрдим… Бугун улар изғирин совуқда, устларида ва оёқларида бор бутидан қолган биргина юпун либос ила, вайроналар орасида омонатгина қилиб қурилган ёрдам чодирлари олдида қайнатилаётган қозондан бир луқма таом олиш учун навбат кутиб туришибди… Во Ҳаким!

Тўғри, гўзал ҳикоялар, мўжизавий қутултшлар, мунгли қувонч ва бахт кўз ёшлари ҳам йўқ эмас…

Бироқ бу ожиз қул бир бинода ҳалок бўлган ва парчаланиб кетган 99 диндошиива қардоши учун йиғласинми, ёхуд ундан тирик чиққан биргина жон учун севинсин?! Ақлим шошди қолди. Ўзимга ўзим исёндаман. Ақлим билан туйғуларим орасидаги боғлар гўё бу зилзилада узилиб хилпираб ётгандек.

Роббим турк қардошларимга буюк сабрлар ва матонатлар берсин. Юрагим ёнмоқда, дўстим, лов лов ёнмоқда!
Қаридим…
Сочу соқолимга яна юз оқ тушди…

Бироқ, борлиқ ҳам, йўқлиқ ҳам, мен ҳам, сиз ҳам Унинг салтанати остида ва Унинг мулки бўлган Роббимга, Холиқимга, Қаҳҳор ва Ғолиб бўлганиикаби Латиф ва Ҳалим бўлган Аллоҳимга таслимман, Унга ва Унинг мутлақ ҳокимиятига бўйн эгдим!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“BORAR YOʻLING TURKISTONDIR...”

“... xalqimiz orasida oq fikrli va maorifparvar zotlar hozirlamak va bu sohada millatimizning moddiy va ma’naviy yordamiga yetishmak uchun eng muhim va umidli chora milliy matbuotdir.

Ona tilisiz va milliy matbuotsiz dunyoda hech bir millat taraqqiy va madaniyat yo‘lig‘a qadam qo‘ymadi. Himmat arbobi va ziyolilardan boshqa milliy va ijtimoiy kishilar aslo vujudg‘a chiqmadi. Millatning ruhlanmog‘i va hayotini iroda qilmog‘i yolg‘iz ziyolilar va himmat arbobining g‘ayrat va ijtihodlari soyasidagina bo‘lmak mumkindir.

Bu kabi millat va jamoat xodimlari ko‘payturmak, aholini doimo millat yordamig‘a haydab turmak va yoshlarimizg‘a milliy ruh va madaniy tarbiya bermak yolg‘iz milliy matbuot ta’siri ilagi na hosil bo‘la olur”.


Yumshoq muqova, 38ming.
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O‘lim to‘satdan kelmaydi, shunchaki, odamzod kutishni unutadi...

''Sir''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

@Fotihduman

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

ПОПДАН ҚАНД, ИМОМДАН КАЛТАК ЕГАН БОЛАЛАР

Болалигим Германияда ўтгани учун черков қўнғироқларининг товуши менга бегона эмас. Уйимиздан бироз юқоридаги черковнинг ҳовлисида ўртоқларим билан ўйин ўйнар эдик. Дам олиш кунлари черковда тўй ёки ибодат маросимлари кўп бўларди.
Баъзан черковнинг попи ҳовлига тушиб биз билан ўйнар, суҳбат қурарди. Бизга шоколад, қанд ва ҳадялар улашар эди.
Бизга нега яхши муносабатда бўлганини, ҳадялар беришини у пайтларда тушунмас эдим. Кейинчалик миссионерларнинг иш услубларини кўриб у “ҳадялар”нинг сабабини яхши англадим.
Германияда яшаган турк оилалар Туркиядагилар каби ёзги таътилда диний дарслар олсин, деб масжидга юбора олмасди. Европада яшаган оилалар фарзандларини бироз диний таълим олсин, деб ёзда эмас балки, бошқа вақтларда ҳам масжидга жўнатар эди.
Биз ҳам болалигимизда мактабдан бўш вақтда масжидга борар эдик. Ўшанда имомдан калтакни мен емаган бўлсам ҳам, бошқа ўртоқларим ер эди. “Нега сажда қилганингда оёқ тўпиқларингни бирлаштирмадинг?

@Taskinkitob
@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Qur'oni Karimni yodlashni osonlashtiruvchi husnixat...

1-29-30 poralar...

Har biri 55mingdan)
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O’g’il va qiz farzandlarimiz uchun maxsus tayyorlangan duolar to’plami endilikda sotuvda.

Ushbu mo’jazgina to’plamdan 17 xildagi kundalik duolar o’rin olgan bo’lib, farzandingizga ularni muntazam yodlatib borishingizda sizga ko’makchi bo’ladi.

Narxi : 20.000 so’m
Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz! 📚

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yumshoq muqova, 287 sahifa, 39ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Бир ярим миллиард мусулмон, саккиз миллион исроилликнинг устига Абобил* қушлари ҳужум қилишини кутиб яшайди.
Аллоҳга қасамки, агар Абобил қушлари келганда, биз мусулмонларни тошбўрон қилган бўларди.

---
* Каъбаи мушаррафани бузишга келган Абрaҳа аскар ва филларини тошбўрон қилган тўп-тўп қуш.

''Ғоям'' Нажмиддин Эрбакан

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O’g’il va qiz farzandlarimiz uchun maxsus tayyorlangan duolar to’plami endilikda sotuvda.

Ushbu mo’jazgina to’plamdan 17 xildagi kundalik duolar o’rin olgan bo’lib, farzandingizga ularni muntazam yodlatib borishingizda sizga ko’makchi bo’ladi.

Narxi : 20.000 so’m

@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz! 📚

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O’limdan keyin MEN tashviq qilgan ishlar yuzasidan so’roqqa tortilasan. Pushaymon bo’lasan, ammo baribir o’lasan! MEN esa o’lmayman! Dunyoda oxirgi odam bolasi qolgunga qadar bor bo’laman!
MEN -nafsman!
Sen bilan to’xtovsiz, erinmay, zerikmay kurashaman!
Eshityapsanmi?
Eshityapsan…

Chunki bunga majbursan!

“MEN”

@FotihDuman
@TaskinKitoblar

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

''Jannatga taklifnoma'' kitobini o‘qiganmisiz?

Ushbu kitobni ikki qismli ekanligini bilasizmi?

Fikrlaringizni commentda qoldiring.

Читать полностью…
Подписаться на канал