✍Sinov faqat jazo uchun kelmaydi, gohida poklash uchun yuboriladi.
✍Asl mashaqqat bulutda edi. Ammo hamma yomg‘irga atab she’rlar yozdi...
✍Har kim hayotida bir insonni topadi. Ammo muhimi, bir-birini topmoqdir...
✍Bir musibat ming nasihatdan afzaldir...
"IchXasta" _ muallifidan intiqom olgan asar...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“1975-yil ukam menga Quddusdan Qur’on kitobini olib keldi. Fotiha surasini o‘qiganimda uning umumiy ma’nosini tushunishga harakat qildim. Bu avval o‘qigan kitoblarimning hech biriga o‘xshamasdi. So‘zlar negadir menga tanish tuyuldi. Qachondir yo‘qotgan qadrli narsamni topib olgan kishiday entikdim. Oqimini topgan irmoq kabi edim...” deydi ayni mashhurlik cho‘qqisiga chiqqanda sahnani tark etib, islomni qabul qilgan mashhur ingliz qo‘shiqchisi Yusuf Islom (Cat Stevens).
U bir bor, bir borgina o‘qib shunday tuyg‘ularni his etibdi. Bir kunda qirq bor Fotiha surasini o‘qiganlar hech narsani his qilmasa, demak, ongida jiddiy muammo bor ekan...
Yer yuzida baxtli va halovatli yashashni istaganlar samo bilan munosabatlarini mustahkam qurishlari shart. Yaratgan bilan munosabatlarini mustahkamlamagan yoki umuman hech qanday aloqasi bo‘lmaganlarga yer yuzi tor keladi.
"Iymon va huzun" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Boshqalarning hukmdorligi ostida yashashga koʻnib, jamiyat uchun nima yaxshi, nima yomon boʻlishini tushunib yetmagan xalq bilan ham xuddi shunday boʻladi. U yangi hukmdorning zulmi avvalgi hukmdorga qaraganda yanayam qattiqroq boʻlishi mumkinligini oʻylab koʻrmaydi. Bunday qiyinchiliklarga maʼnaviy asoslariga putur yetmagan xalq roʻbaroʻ boʻladi. Butunlay buzilib boʻlgan xalq esa qisqa vaqt nariyoqda tursin, birzum ham ozod yashay olmaydi. Ayni shu haqda keyingi mulohazalarimizda soʻz yuritamiz. Endi biz buzuqlik hali u qadar chuqurlashmagan va hali bir qadar mehr-u oqibati mavjud xalq haqida fikrlashamiz.
Yuqorida keltirilgan qiyinchiliklarga yana birini qoʻshsa boʻladi. Bu mana bundan iborat: ozod boʻlgan davlat doʻstlar partiyasini emas, balki dushmanlar partiyasini tuzadi. Uning dushmanlar partiyasi zulmkor hukumatdan foyda koʻrgan, podshohning saxiy marhamatidan bahramand boʻlganlardan iboratdir.....
55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ba'zilar 25 yoshida o‘ladi, biroq 70 yoshida ko‘miladi...
O‘limga yopishgan yashaydi, hayotga yopishgan o‘ladi...
Hamma narsa FIKRdan boshlanadi.
"Fikrlayotgan odam" Jeyms Allen
To'gri bo'lishga intilsang-u, omading chopmasa, umidingni uzma. Toki nafsing to'g'ri bo'lmaguncha urinaver, urinaver, urinaver...
Muhammad ibn Munqadir rohimahulloh aytadi: "Nafsim bilan qirq yil kurashdim. Nihoyat uni bo'ysundirdim."
"Qalblardan so'rang"
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR!
...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq.
Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarini eshitadilar: “Oʻrningizdan qimirlamanglar!”
Farzandlarini namoz, roʻza va goʻzal axloq ila tarbiya qilayotgan aziz onalar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz.
Farzandlaridan “Amma yatasaaʻalun” porasini soʻrayotgan aziz otalar! Siz bizni ortdan kelib zarba beradiganlardan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Bu avlodni tarbiyalasa, yana Abu bakrlaru Umarlaru Usmonlar chiqishiga ishonadigan karamli ustozlar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz.
Farzand parvarishiga tayyorgarlik oʻlaroq oʻzlarini iffat asosida tarbiyalayotgan mastura qizlar! Sizlar bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizda mahkam turinglar!
A. Sharqoviyning “Nabaviy tarbiya” kitobidan.
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR!
...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq.
Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarini eshitadilar: “Oʻrningizdan qimirlamanglar!”
Farzandlarini namoz, roʻza va goʻzal axloq ila tarbiya qilayotgan aziz onalar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Farzandlaridan “Amma yatasaaʻalun” porasini soʻrayotgan aziz otalar! Siz bizni ortdan kelib zarba beradiganlardan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Bu avlodni tarbiyalasa, yana Abu bakrlaru umarlaru usmonlar chiqishiga ishonadigan karamli ustozlar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizni tashlab ketmanglar!
Farzand parvarishiga tayyorgarlik oʻlaroq oʻzlarini iffat asosida tarbiyalayotgan mastura qizlar! Sizlar bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizda mahkam turinglar!
Bomdod namozining yoshlari! Qurʼon darslari ishqibozlari! Ilm majlislari oshiqlari! Sizlar bizning mustahkam qalqonimizsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Har birimiz oʻzimiz haqimizda oʻylab koʻrsak, bu dinning xodimi va askari ekanimizni anglaymiz. Har birimiz muhim bir oʻrindamiz. Qandaydir boʻshliqni toʻldiramiz, xatarni daf qilamiz. Alloh bizning har birimizni bir oʻringa qoʻygan. Gardanimizga omonat va masʼuliyat yuklagan.
OʻRNIMIZDAN QIMIRLAMAYLIK!
Adham Sharqoviyning “Nabaviy tarbiya” kitobidan.
Qattiq muqova, 435 sahifa, 52ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Sizlar uchun Allohning Rasulida go'zal namuna bordir" (Ahzob surasi, 21-oyat) deya marhamat qiladi.
Ushbu kitob Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kundalik hayotlarini tasvirlash orqali, u zotning har bir harakatlari va so'zlari zamirida yashiringan chuqur ma'no va hikmatlarni ochib berishga harakat qilgan. Kitob orqali o'quvchi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oddiy kunlaridan birini kuzatish, u zotning oilaviy munosabatlari, ibodatlari, sahobalar bilan muloqotlari va ummatga ko'rsatgan g'amxo'rliklarining guvohi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning kundalik hayotlarini yoritish orqali, Islom dinining amaliy jihatlarini tushunishga yordam beradi
Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, qo'ni-qo'shnichilik kabi kundalik masalalarda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o'rgatadi
Buyurtma berish @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kitobxon fikri
O'ziga keraksiz bo'lgan narsani berish sadaqa bo'ladi. O'ziga kerakli bo'lgan narsani berish ehson bo'ladi. O'zi yaxshi ko'rgan narsani berish hadya. O'ziga zarur bo'lgan narsani berish fidokorlik. O'zni berish esa MUHABBAT bo'ladi.
Odam yo oʻzi sevgan narsasi uchu kurashib yashaydi. Yoki oʻzi yoqtirmagan narsa uchun chidab yashaydi. Lekin yoqtirmagan hayotida chidab yashash odamni kuchli qilmaydi! Kurashib yashash va chidab yashash bir-biridan farq qiladi. Kamolot uchun kurashiladi. Kurashgan odamgina kamolotga erishadi!
Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi"
asaridan.
Qattiq muqova, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Erkinlik va mustaqillik hech qachon xohlagan ishini qilish boʻlmagan. Hurlik bu har bir ishning oqibati va mas’uliyatini oʻz boʻyniga olish demakdir.
Masalan, kimga uylanish yoki kimga turmushga chiqishda mustaqil boʻlish degani, oilada qanday kelishmovchilik chiqsa ham, ajrim boʻlsa ham, har qanday muammoning oqibati va mas’uliyatini oʻz gardaniga olishni anglatadi. Mustaqil oila qurganingda ulgʻayganingni, muammolaringni ota-onangsiz ham oʻzing hal qila olishingni, ular esa qarigan chogʻlarida kap-katta farzandlarining tashvishisiz hotirjam yashash baxtiga muyassar qilgan boʻlasan.
"Muhabbat madrasasi"
"Muhabbat madrasasi"
Xohlaymizmi yo‘qmi baribir ikki jins oʻrtasidagi munosabatlarga kirishib qolamiz. U xoh shar’iy, xoh noshar’iy boʻlsin oʻziga xos xatoliklarni sodir etamiz. Balki, siz toʻydan keyin muhabbat paydo boʻladi, degan fikrga qat’iy ishonarsiz yoki birinchi muhabbat doim haqiqiy boʻladi, degan aqidaga suyanarsiz. Ehtimol, muhabbatning pisixologik jihatlari borligini hech oʻylab koʻrmagan, aksincha uni anglab boʻlmas gʻaybiy tushuncha hisoblarsiz. Umuman olganda, oʻsmirlik davri muhabbat oʻyinlariga kirib qolganlar, muhabbatdan kuyganlar, uylanish arafasida turganlar, oila qurganlar va er-xotinlik munosabatida boʻlganlar oʻqishi kerak boʻlgan, hayotiy tajribalarga boy asar. Endi bu moʻjaz kitob uyingizdan oʻrin olishi mumkin...
Muammo - zoye qilgan yillaringizda emas. Balki umringizning qolganida ham, dunyoga ayni tushunchalaringiz bilan yuzlanmogʻingizdadir.
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.
✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.
✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.
✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...
Buyurtma: @TaskinKitob
💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ham Allohni, ham mahbubini, ham oʻzini rozi qiladigan, tom ma’nodagi muhabbat madrasasining formulasi ushbudir.
Ishqi tushmagan odamga mehr berishga oʻzni majburlash manzili yoʻq yoʻlga oʻxshaydi. Yuraverasan, ammo manzil qayerda, qachon kelishini bilmaysan. Oxiri yoʻq yoʻl esa odamni ezib tashlaydi.
Bemehrga ishqi tushgan odamning holi esa qorda muzni yoqishga urunishga oʻxshaydi. Qancha urinma, u baribir yonmaydi.
Ishq talpinish, mehr esa avaylash. Mana shu formula toʻgʻri ishlasagina, oilada muhabbat madrasasi quriladi. Bundan u ham, siz ham va sizlarning baxtli holingizni koʻrgan Alloh ham sizdan rozi boʻladi, inshaalloh.
Allohning joriy qilgan qonuniyatlariga, ya’ni ishqsiz va mehrsiz oila qurib, undan muhabbat madrasasini kutish, huddi qalampir ekib qulupnay unib chiqishini kutishga oʻxshaydi.
"Muhabbat madrasasi"
Siyosiy erkinlik xohlagancha ish tutish degani emas. Erkinlik qonun yoʻl qoʻygan har qanday ishni bajarish huquqi bilan belgilanadi. Agar fuqaro qonunda taqiqlangan ishga qoʻl ursa, erkinlikdan mahrum boʻladi.
Sevilmaslik baxtsizlik boʻlsa, sevilmay qolish haqoratdir.
Ozodlik, bu qonun izn bergan har qanday narsani qilish mumkin, deganidir.
Odamzod har doim va hamma joyda juda koʻp unsurlar,xususan, iqlim,din,qonunlar,boshqaruv (hokimiyat) prinsiplari,oʻtmish voqealari,axloq,urf-odatlar taʼsirida yashaydi va ayni mana shu taʼsirlar oqibatida milliy ruh shakllanadi. Ayni shu sababdan milliy ruhni oʻzgartiruvchi har qanday narsadan saqlanish lozim, qonunlar eng avvalo milliy ruhga asoslanishi kerak,zero, faqat shundagina millat oʻz tabiatiga mos qonunlarni soʻzsiz qabul qiladi.
Qattiq muqova, 335 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Ota-onalar farzandlariga tavozedan koʻra koʻproq sharaf va qadr-qimmat toʻgʻrisida, itoatkorlikdan koʻra koʻproq jasorat toʻgʻrisida, marhamatdan koʻra koʻproq adolat toʻgʻrisida taʼlim berishlari kerak.
Oʻz yoʻlida yurishda davom etadigan va bu uchun hechkimdan izn so'ramaydigan sharafli nasl ulgʻaytirmoqlari lozim".
Aliye Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
Kitobxon fikri
Nikola Tesla o'z zamonidan ilgarilab ketgan daho kashfiyotchi edi. Insoniyat haligacha uning kashfiyotlaridan foydalanib kelmoqda. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu kitobda buyuk kashfiyotchi, olim o'zining qiyinchiliklar ostida kechgan hayoti, bolaligi va muvaffaqiyatlar cho'qqisigacha boʻlgan mashaqqatli yo'li haqida so'zlab beradi.
Yumshoq muqova, 110 sahifa, 24ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Olti yoshli bolaga nimanidir tushuntirib
berolmas ekansiz, uni hali o’zingiz yaxshi
anglab yetmagansiz.
Albert Eynshteyn
📢 Aytgancha, suratdagi ikki kitobni birvarakayiga xarid qilsangiz 55.000+55.000=110.000 emas! 95.000 to‘laysiz! 🔥
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kim gapi amalidan ekanini bilmasa, gunohlari koʻpayadi...
Asri saodatdan keyingi oltin davr haqidagi kitob...
Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi.
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...
Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
“Bir olima qiz bor edi”
Insonlarning suratini ko’ramiz-u, siyrati bizga no’malum. Ko’p niqobli kishilarning asl yuzi ochib berilgan “Bir olima qiz bor edi” asari o’quvchini sergak torttiradi.
Mutolaa davomida iymoni va sevgisi o’rtasida qolgan yosh qizning qanday sinovlarni boshdan kechirganiga
guvohi bo’lasiz. Omina Shenliko’g’lining mazkur asari qahramoni qat’iyatda barchamizga o'rnak bo'la oladi.
Yumshoq muqova, 56ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan.
Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan.
Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan!
Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya qilish uchun kelgan!
Islom bizni ikki dunyo saodatini topishimiz uchun kelgan!
“Jim turgan holingizda odamlarni Allohga chaqiring”, dedilar.
- Qanday qilib?
- Axloqingiz bilan.
Agar kuch-qudrating odamlarga zulm qilishga undayotgan boʻlsa, Allohning senga nisbatan qudratini eslagin!
Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...
Kambagʻallik sabab keladigan imtihondan oʻtish oson, biroq boylikning imtihoni ogʻirroq boʻladi.
Jism haj uchun tuya izlayotgan vaqtda qalb allaqachon Kaʼbani tavof qilayotgan boʻladi.
Boshqalarga oʻxshashni istadim. Natijada oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.
Soʻngra ichimga boqdim. Ismimdan boshqa narsani tanimasligimni angladim!.
Inson to oʻzini oʻqimagunicha omi boʻlib qolaveradi!.
"Masnaviydan 40 rivoyatga 40 sharh"
Iso alayhissalom iblisga dedilar:" Insonlar orasida senga yaxshisi kim? " Baxil mo'min", -dedi u. Yana Iso alayhissalom so'radilar: " Senga insonlar ichida eng yomoni kim?" U aytdi: " Sahiy fosiq", " Nima uchun?"-deb so'radilar. U aytdi:" Men bahil mo'minni gunoh qilishi uchun uni bahillikka solib qo'yishga umidim bor. Lekin sahiy kishining gunohi Allohning fazli bilan kechirilmog'idan qo'rqaman".
Ey tavhid kalimasini aytuvchi inson, uni tasdiqlaydigan hujjating bormi? Amrlarga bo'ysunish, qaytarilgan narsalardan tiyilish, ofatlarga sabr qilish va taqdirga taslim bo'lish ushbu da'voga hujjat bo'la oladi...
"Rabboniylikni anglash"
Qattiq muqova, 367 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi...
Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...
Qattiq muqova, 295 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!