tashpmi_press | Неотсортированное

Telegram-канал tashpmi_press - tashpmi_press | rasmiy

3518

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института 📞 71 262-33-20 📧 press@tashpmi.uz 🌐 www.tashpmi.uz 📲 instagram.com/tashpmi_press 📲 facebook.com/tashpmi.press © ToshPTI Matbuot xizmat

Подписаться на канал

tashpmi_press | rasmiy

#OAK_Byulleteni

📰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2024-yil 2-soni e’tiboringizga havola etilmoqda

📖Unda OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va professor ilmiy unvoniga tasdiqlanganlar, shuningdek, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya mavzularining ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

👉 PDF shaklida yuklab olish
___

Представляем вашему вниманию 2-й выпуск Бюллетеня Высшей аттестационной комиссии при Министерстве высшего образования, науки и инноваций за 2024 год.

В нем вы можете ознакомиться с соответствующими решениями Президиума ВАК, списком утвержденных к ученой степени докторов наук (DSc), докторов философии (PhD) и ученому званию профессоров, а также темами диссертаций научных сотрудников, проводящих научные исследования, докторантов и независимых исследователей.


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTI TTJSIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABA-QIZLAR BILAN SUHBAT O'TKAZILDI

2024-yil 13-sentabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xotin qizlar Maslahat Kengashi aʼzolari institutning 3-son Talabalar turar joyida bo'lib, talaba-qizlarning yashash sharoitini oʻrgandilar.

Talaba-qizlarning xonalarining tartibli, ozoda tutish, gigiyena qoidalariga amal qilgan holda yashsashlari tushuntirildi.

Shuningdek, suhbat davomida ularning muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Ushbu o'quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-qizlarga odob-axloq qoidalari, muomala madaniyati, qizlarning yurish-turishlari va umumiy xonalardan foydalanish haqida maslahatlar berildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Таянч_докторантура
#Мустақил_изланувчилик
#PhD
#Керакли_ҳужжатлар

Ариза.
Қисқача биографик маълумот (объективка - наъмуна 3.5 шакл бўйича ўзбекча шаклда).
Меҳнат дафтарчасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси (ишлаётган талабгорлар учун, ишламаса шарт эмас).
Олий таълим муассасаси магистратура дипломи ёки клиник ординатурани тугатганлиги (тиббиёт фанлари учун), олий маълумот (мутахасислик дастурлари бўйича) тўғрисида диплом нусхаси.
Нашр этилган илмий ишлар рўйхати, шунингдек уларнинг нусхалари (камида 1 та мақола ва 2 та тезис).
Иш жойидан тавсифнома (Мустақил изланувчилар учун, таянч докторантура учун шарт эмас)
Паспорт нусхаси.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Давлат стипендияси ҳужжат нусхаси (мавжуд бўлса)
Тил бўйича миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат(Мустақил изланувчиликга шарт эмас)


Барча ҳужжатлар пдф шаклида тайёрланиб Олий таълимдан кейинги таълимни мувофиқлаштирувчи Ягона электрон тизими (http://daraja.ilmiy.uz) орқали рўйхатдан ўтган ҳолда юборилади.

📝 Ҳужжатлар учун наъмуналар шу ерда: /channel/doktorantlarofficial/3746

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#DIQQAT
#QABUL

2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilikka hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllari tayanch doktorantura, doktoranturaga Yagona elektron tizim (
daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.


📥Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
 

👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📝Savollar: @doktorantura_admin

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ИНФОРМАЦИЯ О ВРЕМЕНИ СДАЧИ ВТОРОГО ЭТАПА ЭКЗАМЕНА В МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФАКУЛЬТЕТ

К вниманию абитуриентов, подавших документы на совместные программы бакалавриата (специалитета) и по направлениям специальности клинической ординатуры на базе Международного факультета Ташкентского педиатрического медицинского института!

Сообщаем вам, что ВТОРОЙ ЭТАП вступительных испытаний в Международный факультет Ташкентского педиатрического медицинского института состоится 19 сентября 2024 года (четверг) начиная с 14:00 в виде "Онлайн тест" на компьютере.

Время проведения экзаменов:

- «Стоматология» — начало экзамена в 14:30.
- «Лечебное дело» — начало экзамена в 14:30.
- «Педиатрия» — начало экзамена в 14:30.
- По направлениям специальности «Клинической Ординатуры» - 14:30

Все абитуриенты должны явиться за пол часа (30 минут) до начала экзамена.

Для участия в экзамене абитуриентам необходимо принести с собой оригинал паспорта или ID карту.

Допуск абитуриентов к тестированию начинается с 14:00 и опоздавшие абитуриенты к экзамену не допускаются.

Форма одежды абитуриента – строгая.

Место проведения тестового испытания: город Ташкент, Юнусбадский район, улица Богишамол 12 дом, Агентство по оценке знаний и квалификаций при Министерстве Высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан (бывш. Государственный Центр Тестирования)

Локация:
https://yandex.com/maps/org/227453615722

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

4️⃣4️⃣4️⃣

2024-yil 10-oktyabr kuni “CYBERKENT 2.0” respublika tanlovi doirasida “WORKSHOP” seminari bo‘lib o‘tadi

💬 Ushbu o‘quv seminarda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Seminardagi faol ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:

UZCERT xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;

Kiberdetektiv qanday ishlaydi?;

Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;

O‘zbekiston Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili;

👨‍💻 Sizni ushbu kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan o‘quv seminarga barcha qiziquvchilarni TAKLIF ETAMIZ.

📍Manzil
📱 Batafsil...

🔵 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️СТИПЕНДИАЛЬНЫЕ ПРОГРАММЫ «ЗАЛЬЦБУРГСКИЕ МЕДИЦИНСКИЕ СЕМИНАРЫ»

Открытый Медицинский Институт (OMI) приглашает вас принять участие в Программе «Зальцбургские медицинские семинары и стажировки в клиниках Австрии».

Данная программа проводится в Зальцбурге, Австрия, и предоставляется на грантовой основе. Участникам необходимо оплатить лишь стоимость шенгенской визы и проезд.

Формат программы:
1. Семинар — продолжительностью 1 неделя, где участники получают доступ к лекциям, мастер-классам и обмену опытом с ведущими международными специалистами.

2.Стажировка в клиниках Австрии — 1 месяц практической работы в ведущих медицинских учреждениях страны, где участники могут применять полученные знания и развивать свои профессиональные навыки.

Для участия в программе необходимо подать заявку на конкурс через on-line платформу на сайте https://www.openmedicalinstitute.org/

Зарегистрироваться и подать заявку на участие в семинаре можно https://www.openmedicalinstitute.org/

Не упустите возможность профессионального роста и участия в одном из ведущих медицинских образовательных мероприятий Европы!

_

⚡️STIPENDIYA DASTURLARI "SALZBURG TIBBIY SEMINARLARI"


Ochiq Tibbiyot Instituti (OMI) sizni Zalsburg tibbiy seminarlari va Avstriya klinikalarida stajirovkalar dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

Ushbu dastur Avstriyaning Zalsburg shahrida joylashgan va grant asosida taqdim etiladi. Ishtirokchilar faqat Shengen vizasi va sayohat narxini to'lashlari kerak.

Dastur formati:
1. Seminar – 1 hafta davom etadi, unda ishtirokchilar ma’ruzalar, mahorat darslari va yetakchi xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega.

2. Avstriya klinikalarida stajirovka – mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalarida 1 oylik amaliy mashg‘ulotlar, unda ishtirokchilar olingan bilimlarni qo‘llashlari va o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun https://www.openmedicalinstitute.org/ veb-saytidagi on-layn platforma orqali tanlovga ariza topshirishingiz kerak.

Siz roʻyxatdan oʻtishingiz va seminarda qatnashish uchun ariza topshirishingiz mumkin https://www.openmedicalinstitute.org/

Professional o'sish va Evropaning yetakchi tibbiy ta'lim tadbirlaridan birida ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTIDA YANGI O'QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG'IN DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda. Xususan, joriy o'quv yilida institutga talabalikka tavsiya etilgan va uzoq hududlardan yo'llanma asosida kelayotgan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, Talabalarni turar joy bilan ta'minlash bo'limi, tyutorlar, volontyorlar, O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti hamda "Qalqon" guruhi a'zolari faollik ko'rsatmoqdalar.

Institut talabalaridan tashkil topgan “Qalqon” guruhi a’zolari ham o’quv binolari hududlarini nazorat qilish hamda TTJga joylashish uchun kelgan talabalarga ko’maklashish masalalarida yaqindan ko’maklashmoqdalar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️РЕЗУЛЬТАТЫ ПЕРВОГО ЭТАПА ВСТУПИТЕЛЬНОГО ЭКЗАМЕНА В МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФАКУЛЬТЕТ ТАШПМИ

Объявлены результаты первого этапа вступительных экзаменов в бакалавриат Международного факультета Ташкентского педиатрического медицинского института, состоявшегося 7 сентября 2024 года.

С результатами можно будет ознакомиться на официальном веб-сайте Ташкентского педиатрического медицинского института пройдя по ссылке ниже:
https://tashpmi.uz/2024/09/rezultaty-pervogo-etapa-vstupitelnogo-ekzamena-v-mezhdunarodnyj-fakultet-tashpmi-3/

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTIDA 2025-YIL UCHUN DOKTORANTURA (DSC), TAYANCH DOKTORANTURA (PHD) VA STAJOR-TADQIQOTCHILIKKA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI!

Doktorantura (DSc) uchun:
Akusherlik va ginekologiya (14.00.01) - 1 ta o‘rin; Ichki kasalliklar (14.00.05) - 2 ta o‘rin; Pediatriya (14.00.09) - 2 ta o‘rin; Hamshiralik ishini tashkil etish (14.00.23) - 1 ta o‘rin.

Tayanch doktorantura (PhD) uchun:
Akusherlik va ginekologiya (14.00.01) - 6 ta o‘rin; Otorinolaringologiya (14.00.04) - 1 ta o‘rin; Ichki kasalliklar (14.00.05) - 7 ta o‘rin; Kardiologiya (14.00.06) - 1 ta o‘rin; Pediatriya (14.00.09) - 5 ta o‘rin; Dermatologiya va venerologiya (14.00.11) - 2 ta o‘rin; Nevrologiya (14.00.13) - 3 ta o‘rin; Onkologiya (14.00.14) - 1 ta o‘rin; Stomatologiya (14.00.21) - 1 ta o‘rin; Hamshiralik ishini tashkil etish (14.00.23) - 1 ta o‘rin; Sud tibbiyoti (14.00.24) - 1 ta o‘rin; Xirurgiya (14.00.27) - 1 ta o‘rin; Jamiyat salomatligi. Sogʻliqni saqlashda menejment (14.00.33) - 3 ta o‘rin; Allergologiya va immunologiya (14.00.36) - 3 ta o‘rin.

Stajor-tadqiqotchilikka uchun:
Akusherlik va ginekologiya (14.00.01) - 3 ta o‘rin; Pediatriya (14.00.09) - 1 ta o‘rin; Nevrologiya (14.00.13) - 3 ta o‘rin.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori nomiga

2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).

6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)

7. Pasport nusxasi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)

9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja. Stajyor tadqiqotchilikga talab etilmaydi.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlab Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali 15-sentabrdan 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 223 uy, asosiy bino, 1 qavat 135 xona.


@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

18-sentyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha navbatdagi diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentyabr soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

⚠️ Natijalarni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olish imkoniyati mavjud.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

"Toshshahartransxizmat" AJ va Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tomonidan yangi o'quv yilida yo'lovchilar va fuqarolarga qulay, tezkor avtobuslar harakatini tashkil etish, ularni jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:

nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi;

kreativ yondashilgan bo‘lishi;

muhandislik yo‘nalishida to‘liq tushuncha bera olishi lozim.

🔖 TANLOV NIZOMI👈

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:

1️⃣-o‘rin - 30 million so‘m;

2️⃣-o‘rin - 25 million so‘m;

3️⃣-o‘rin - 20 million so‘m;

4️⃣-o‘rin - 15 million so‘m;

5️⃣-o‘rin - 10 million so‘m.

Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7

Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTIDA "XON ATLAS" FESTIVALI O'TKAZILDI

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Libos nafaqat, insonga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe’l-atvori, ma’naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini namoyon etuvchi vositalardan biri hisoblanadi.

2024-yil 14-sentabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "XON ATLAS" haftaligi doirasida "Milliy liboslar qadriyatlarimiz koʻzgusi " shiori ostida milliy liboslar festevali oʻtkazildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Докторантура
#Мустақил_изланувчилик
#DSc
#Керакли_ҳужжатлар

Ариза.
Қисқача биографик маълумот (объективка, наъмуна бўйича 3.5 шакл, ўзбекча шаклда).
Меҳнат дафтарчасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси (ишлаётган талабгорлар учун).
Олий маълумот, фан номзоди ёхуд фалсафа доктори (PhD) ёки хорижий давлатларда унга тенглаштирилган илмий даражага эга бўлганлиги тўғрисидаги диплом нусхаси.
Тадқиқот мавзуси бўйича илмий маъруза ва фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган докторлик диссертацияси режасининг батафсил лойиҳаси.
Нашр этилган илмий ишлар рўйхати, шунингдек уларнинг нусхалари (камида 3 та мақола ва 2 та тезис).
Иш жойидан тавсифнома (Мустақил изланувчилар учун)
Паспорт нусхаси.
Илмий ютуқлари (Ўзбекистон Республикаси Президенти Давлат стипендияси ҳужжат нусхаси, мавжуд бўлса)
Тил бўйича миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат(Мустақил изланувчиликга шарт эмас)


Барча ҳужжатлар пдф шаклида тайёрланиб Олий таълимдан кейинги таълимни мувофиқлаштирувчи Ягона электрон тизими (http://daraja.ilmiy.uz) орқали рўйхатдан ўтган ҳолда юборилади.

📝 Ҳужжатлар учун наъмуналар шу ерда: /channel/doktorantlarofficial/3746

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Stajyor_tadqiqotchilik

Stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

“Менимча” телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Паралимпия қаҳрамонлари ва уларнинг устозларини мукофотлаш тантанаси;
- Ўзбекистон тарихида илк марта бунёд этилаётган муҳташам Олимпия шаҳарчаси;
- Камбағалликни қисқартириш умумхалқ ҳаракатига айланмоқда.
- Янги Ўзбекистонни барпо этишдаги асосий бешта устувор йўналиш.


Кўрсатувни бугун, 14 сентябрь куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 15 сентябрь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

📣📣Avstriyada ilmiy stajirovka

Avstriya Fan va Texnologiya Instituti (ISTA) fan, informatika, matematika va boshqa tegishli sohalarda oʻqiyotgan yoki allaqachon bakalavr yoki magistr darajasini tugatayotgan talabalar uchun stajirovka imkoniyatni taqdim etadi.

Ilmiy stajyor lavozimiga nomzodlarni tanlash tadqiqot guruhi rahbarlari va ISTA xodimlari olimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular profili va qiziqishlari institutning hozirgi yo'nalishiga mos keladigan iqtidorli va g'ayratli talabalarni qidirmoqdalar. Amaliyot 1 yilgacha davom etishi mumkin.

Dastur doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:

– oyiga kamida 1462 yevro ish haqi
– barcha tashkiliy masalalar bilan shug'ullanadi
– ro'yxatga olish yoki boshqa to'lovlarni to'lashdan ozod etiladi.

Muddat: 1 oktyabr 2024 yil

Batafsil: https://phd.pages.ist.ac.at/scientific-internships/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

❗️TALABALAR DIQQATIGA!
TOSHPTIDA BARCHA TALABALAR ELEKTRON JURNALDAN FOYDALANISH UCHUN YANGI LOGIN VA PAROLNI OLISH HAQIDA


⚠️ 2024 yil 9-sentyabrdan yangi
2024-2025 o'quv yili boshlandi. Shu o'quv yilidan Elektron Jurnaldagi (EJ) barcha talabalar familiya, ism, shariflari HEMIS tizimi bilan bir xilligini ta'minlash maqsadida lotin tilida kiritildi va EJ ishlashi optimallashtirildi.

📨 Shu munosabat bilan barcha talabalar EJga kirish uchun yangi login va parolni (
hozirgi kunga qadar olingan barcha login va parollar o'z kuchini yo'qotgan) o'z dekan muovinlariga shaxsiy elektron pochta manzillarini taqdim qilgan holda olishlari mumkin.

💻 O'z navbatida, dekan muovinlari EJ shaxsiy kabinetlari orqali talaba elektron pochta manzilini tizimga kiritadilar.

🔄 Tizim avtomatik tarzda talaba taqdim etgan elektron pochta manziliga faollashtirish xatini yuboradi.

✅ Talaba kelgan xatidagi havolani faollashtirgandan so'ng tizim avtomatik tarzda talabaga EJga kirish uchun yangi login va parol jo'natadi.

📌 Shu tarzda talabalar EJga kirish uchun yangi login va parolga ega bo'lishlari mumkin.


📚 Eslatib o'tamiz, EJdan
https://virtu.tashpmi.uz/ veb sayti yoki telegramdagi
/channel/tashpmi_virtu_bot chat botlari orqali foydalanish mumkin.

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTIDA YANGI 2024/2025-O‘QUV YILI BOSHLANDI

Joriy yilning 9-sentabridan Toshkent pediatriya tibbiyot institutida yangi 2024-2025-o‘quv yili bayramona kayfiyatda boshlandi.

2024-yil 9-sentabr kuni nstitut hududida bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda 2024-2025-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, professor Qahramon Xaitov so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va o‘qishlarida omadlar tiladi.

Shuningdek, 1-bosqich talabalari institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va institut bo’linmalari va kafedralari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Dastlabki darslar “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi mustaqillik darslari sifatida tashkil etilib, erk va mustaqilligimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi. Shuningdek, mustaqillikning ulug‘ ne’mat ekanligi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar aynan mustaqilligimiz sharofati ekani ta’kidlandi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

👉 Ijaraga uy olishdagi firibgarlardan ogoh bo'ling!

👉 Ижарага уй олишдаги фирибгарлардан огоҳ бўлинг!


💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Hurmatli talabalar!

Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.

Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.

Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!

Hurmat bilan,

Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ВНИМАНИЕ ТАШКЕНТСКИЙ ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ ОБЪЯВЛЯЕТ КОНКУРС НА 2025 ГОД ДОКТОРАНТУРА (DSC), БАЗОВАЯ ДОКТОРАНТУРА (PHD) И СТАЖЕРЫ-ИССЛЕДОВАТЕЛИ ПО СЛЕДУЮЩИМ СПЕЦИАЛИЗАЦИЯМ!

Для докторантуры (DSc):
Акушерство и гинекология (14.00.01) – 1 место; Внутренние болезни (14.00.05) – 2 места; Педиатрия (14.00.09) – 2 места; Организация сестринского дела (14.00.23) – 1 место.

Для базовой докторантуры (PhD):
Акушерство и гинекология (14.00.01) – 6 мест; Оториноларингология (14.00.04) – 1 место; Внутренние болезни (14.00.05) – 7 мест; Кардиология (14.00.06) – 1 место; Педиатрия (14.00.09) – 5 мест; Дерматология и венерология (14.00.11) – 2 места; Неврология (14.00.13) – 3 места; Онкология (14.00.14) – 1 место; Стоматология (14.00.21) – 1 место; Организация сестринского дела (14.00.23) – 1 место; Судебная медицина (14.00.24) – 1 место; Хирургия (14.00.27) – 1 место; Здоровье общества. Менеджмент в здравоохранении (14.00.33) – 3 места; Аллергология и иммунология (14.00.36) – 3 места.

Для стажера-исследователя:
Акушерство и гинекология (14.00.01) – 3 места; Педиатрия (14.00.09) – 1 место; Неврология (14.00.13) – 3 места.
Заявители должны предоставить следующие документы:
1. Заявление - на имя ректора Ташкентского педиатрического медицинского института.
2. Краткие биографические сведения (задача – образец 3,5 в узбекской и русской форме).
3. Заверенная копия трудовой книжки (для работающих претендентов).
4. Копия магистратуры высшего учебного заведения или диплома о высшем образовании (по профильным программам).
5. Список опубликованных научных работ, а также их экземпляров (не менее 1 статьи и 2 тезисов).
6. Рекомендация с места работы (для самостоятельных соискателей)
7. Копия паспорта.
8. Копия Государственной стипендии Президента Республики Узбекистан (при наличии).
9. Национальный или эквивалентный международный языковой сертификат уровня «В1». Для проведения стажера исследователя не требуется.

Все документы оформляются в формате PDF и направляются с регистрацией с 15 сентября по 15 октября через Единую электронную систему координации послевузовского образования (DARAJA.ILMIY.UZ).

Адрес: город Ташкент, Юнусабадский район, улица Богишамол, 223, главный корпус, 1 этаж, 135 кабинет.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ RASMAN: TOSHPTIDA YANGI O'QUV YILI 9 SENTABRDAN BOSHLANADI

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida yangi 2024/2025 o‘quv yili 2024-yil 9-sentabrdan boshlanadi.

Shuningdek, dushanba kunidan e'tiboran institut magistrantlari va klinik ordinatorlari uchun ham yangi o‘quv yili boshlanadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 2024/2025 o'quv yilida bakalavriat dasturlari bo'yicha 1-bosqichga qabul qilingan abituriyentlar 2024-yil 9-sentabr kuni soat 8.30 da institutda bo'lib o'tadigan 2024/2025-o'quv yilining ochilishiga bag'ishlangan tadbir (lineyka)da ishtirok etishlari lozim.

2024/2025 o‘quv yili uchun bosqichlar kesimidagi mashg'ulotlar jadvallari bilan institutning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

MUHIM! Bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaning 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish, hujjatlarning asl nusxalarini topshirish jarayonini yakunlash uchun 2024-yil 9-sentabr kuni institutning tegishli bo'linmalariga uchrashishlari lozim.

_

⚡️ ОФИЦИАЛЬНО: НОВЫЙ УЧЕБНЫЙ ГОД В ТАШПМИ НАЧНЁТСЯ 9 СЕНТЯБРЯ


Новый 2024/2025 учебный год в Ташкентском педиатрическом медицинском институте начнется с 9 сентября 2024 года.

Также, с понедельника начнётся новый учебный год и для магистров и клинических ординаторов института.

Абитуриентам, поступившим в Ташкентский педиатрический медицинский институт в 2024/2025 учебном году на 1й курс по программам бакалавриата необходимо явиться в институт 9 сентября 2024 года в 8.30 на мероприятие по открытию 2024/2025 учебного года (линейка).

С расписанием занятий на 2024/2025 учебный год в разрезе курсов можно ознакомиться на официальном веб-сайте института.

ВАЖНО! Абитуриентам, поступившим на 1 курс бакалавриата, магистратуры и клинической ординатуры необходимо подойти в институт 9 сентября 2024 года для завершения процесса регистрации и сбора оригиналов документов.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan turkiyalik shifokorlar hamkorligida bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi

🌍Web📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube

➡️ BIZ HAQIMIZDA

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#saylov_2024

Saylov byulletenlarining shakli tasdiqlandi

1️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylov byulleteni

2️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov byulleteni

3️⃣ Viloyat Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni

4️⃣ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#eslatma

Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

🔹belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#qabul2024

⚡️“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma:Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал