tashpmi_press | Неотсортированное

Telegram-канал tashpmi_press - tashpmi_press | rasmiy

3518

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института 📞 71 262-33-20 📧 press@tashpmi.uz 🌐 www.tashpmi.uz 📲 instagram.com/tashpmi_press 📲 facebook.com/tashpmi.press © ToshPTI Matbuot xizmat

Подписаться на канал

tashpmi_press | rasmiy

E’lon!

Ish qidirayotgan talaba-yoshlar diqqatiga!


Ertaga, 28-avgust, soat 11:00da nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar va IT sohasida yuqori maoshli ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etilmoqda.

📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi (Toshkent).

📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉https://docs.google.com/forms/d/18W90IbMgtXM9wPE8-KSrnG_WXc5W4QRA--mFlNm8EQM/edit

🔗 Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun havola: 👉https://us06web.zoom.us/j/86410993843?pwd=xh1PaYZeyIvI4ADeEDPDij3M5HPmbH.1

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🌱 Ҳашар – нафақат иш, балки қўшнилар, дўстлар билан мулоқот қилиш учун яхши имкониятдир!

Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#DIQQAT
#E’LON

⚡️⚡️2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o’qitish bo’yicha qabul kvotalari (tashkilotlar bo'yicha ixtisosliklar kesimida) tasdiqlandi

📤
Qabul kvotalari bilan batafsil tanishib chiqish

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’yicha eng tezkor yangiliklar
➡️ @ilmiy_darajali_kadrlar

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#hashar

24–25-avgust kunlari “Mahalla obod —
yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#tezkor #kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
❗️

⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#e’lon

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Тиббий_ракурс

❓ Тиббиётни халққа яқинлаштиришда нега айнан Ангор тумани намунавий ҳудуд сифатида
танланди?

🏥 Соғлиқни сақлаш вазири Президент топшириқлари ижросини қайси бўғиндан бошлади?

📉 “Тез ёрдам”га чақириқлар камайди. Бунга қандай эришилди?

🔎 Нима учун хонадонларга махсус стикерлар ёпиштирилмоқда?

📹 Бир муддат аввал ССВ Матбуот хизмати томонидан “Тиббий ракурс” лойиҳаси доирасида Ангор туманидан тайёрланган махсус кўрсатув анонси эълон қилинган эди. Энди ушбу репортажнинг илк сони тўлиқ форматда эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ToshPTI hududida joylashgan sport zal hamda futbol maydonini zamonaviy ta'mirlash uchun ovoz bering!

👉Ovoz berish uchun ustiga bosing👈

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Тошкент педиатрия тиббиёт институти худудида жойлашган спорт залини ҳамда футбол майдонини мукаммал таъмирлаш

ID: 048360829001

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/7892f852-48ab-48c1-ac76-01b0a7cd0c4a

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTIDA TEXNIKUMLARNI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLAGAN BITIRUVCHILARI SUHBATDAN O'TLKAZILMOQDA

2024-yil 20-avgust kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari yuqori saviyada, ochiq va shaffof o‘tkazilmoqda.

Suhbat jarayonlari avvlida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'quv ishlari bo'yicha prorektori K.Xaitov ota-onalar va abituriyentlarni imtihon o'tkazilish tartibi bilan tanishtirdi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq bugun texnikum bitiruvchilarini tegishli taʼlim yoʼnalishlariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha suhbat jarayonlarining konvertga solib, muxrlangan savollari talabgorlar tomonidan ochildi.

Talabgorlar grafik asosida 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olish uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilmoqda. Eng muhimi, talabgorlarning ota-onalari va vakillari suhbat jarayonlarini jonli tarzda videotranslyatsiya orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Texnikum bitiruvchilari, ularning ota-onalari va kuzatuvchilar uchun institutda barcha sharoitlar yaratilgan.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.


👉 Batafsil: /channel/eduuz/24840

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik

⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi

🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TIBBIYOT TEXNIKUMLARINI BITIRGAN BITIRUVCHILAR UCHUN TOSHPTIDA SUHBAT O'TKAZISH TO'G'RISIDA E'LON

Jamoat salomtligi tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli bitirgan hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 2-bosqichdan o‘qish uchun Suhbatga hujjat topshirgan talabgorlarning Suhbat jarayonlari 2024-yil 20-avgust – 23-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Suhbat Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Bosh oʻquv binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻshamol koʻchasi, 223.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda suhbat jarayonini o‘tkazish GRAFIK-JADVALI institutning rasmiy veb-saytida keltirilgan - tashpmi.uz

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#bilasizmi #eslatma

⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi


Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.

❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga

📝Hujjatlar ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 1️⃣5️⃣-sentabrdan 1️⃣5️⃣-oktabrgacha bo‘lgan davrda (daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.

👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#2024/2025_o‘quvyili

⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi


✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:

➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
akademik litseylarda – 4-sentyabr;
kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.

🔹Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!

❗️ССВ: Эртадан 2024/2025 ўқув йили учун клиник ординатурага қабул имтиҳонлари бошланмоқда

➡️ Жорий йилнинг 24-26 август кунлари юртимиз ихтисослаштирилган тиббиёт муассасалари, олий тиббий таълим ўқув юртлари ва клиник ординаторларни ўқитиш ваколати берилган хусусий клиникалари учун клиник ординатурага қабул имтиҳонлари бўлиб ўтади.

📌Имтиҳонлар қуйидаги манзилларда ўтказилади:

Қорақалпоғистон Республикаси учун:
Тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг малакасини баҳолаш маркази Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлими биноси.
📍
Қорақалпоғистон Республикаси, Нукус шаҳри, Амир Темур кўчаси, 185-уй (олдинги М. Горький кўчаси).

Андижон, Фарғона ва Наманган вилоятлари учун:
Андижон давлат тиббиёт институтининг асосий биноси.
📍
Андижон шаҳри, Ю.Отабеков кўчаси, 1-уй.

Бухоро ва Навоий вилоятлари учун:
Бухоро давлат тиббиёт институтининг янги биноси.
📍
Бухоро шаҳри, Ғиждувон кўчаси, 10-уй.

Хоразм вилояти учун:
Тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг малакасини баҳолаш маркази Хоразм вилояти ҳудудий бўлими биноси.
📍
Урганч шаҳри, Ҳамза кўчаси, 11-Б-уй.

Самарқанд, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари учун:
Самарқанд давлат тиббиёт университети, янги биноси маъруза заллари.
📍
Самарқанд шаҳри, Амир Темур кўчаси, 18-уй.

Тошкент шаҳри, Тошкент, Сирдарё ва Жиззах вилоятлари учун:
Тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг малакасини баҳолаш маркази биноси:
📍
Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани, Султонали Машҳадий кўчаси, 197-уй.


🟥🟥🟥 ДИҚҚАТ! Эслатма! Тест синовларига кириш 24-26 август кунлари соат 7:00да бошланиб, талабгорлардан tmbm.ssv.uz сайтидан юклаб олинган рухсатнома ва ўз шахсини тасдиқловчи ҳужжатнинг асли билан имтиҳон манзилларига имтиҳон бошланишидан камида 1 соат олдин етиб келишлари сўралади.

❌Кириш имтиҳонларига ҳужжат топширмаган, имтиҳонга кечиккан ёки келмаган талабгорлар учун қўшимча танлов ўтказишга йўл қўйилмайди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ПРОЕКТ MNEF ВНОВЬ ПРИГЛАШАЕТ НА ПРОГРАММЫ ОБУЧЕНИЯ (ТРЕНИНГА) В УНИВЕРСИТЕТЕ ËНСЕЙ (КОРЕЯ)

MNEF — это проект по расширению возможностей образования и научных исследований для Ташкентского педиатрического медицинского института (ТашПМИ).

Это программа-приглашение для обучения призванная предоставить возможности для расширения медико-педагогического потенциала и укрепления исследовательских возможностей профессоров и научных сотрудников путем обмена уникальным опытом и навыками, приобретенными в системе здравоохранения Университета Ëнсей, с ТашПМИ.

В 2024 году в рамках этого проекта будут отобраны 4 стажера из сферы медицинских исследований:
- 2 стажера со степенью магистра или выше - на долгосрочный период (6 месяца) - Тренинг для новых исследователей;
- 2 стажера со степенью кандидата наук (PhD) или выше - на краткосрочный период (3 месяцев) – Тренинг «Расширение исследовательских возможностей».

Период повторной подачи заявок: 23 августа – 20 сентября 2024 года!

Подача документов:
1) Заявки должны быть отправлены по электронной почте (mnef.yuhs@gmail.com)
2) Заголовок письма должен быть таким: "2024 MNEF Invitational Training_application_NAME OF APPLY COURSE_YOUR NAME".
3) Крайний срок: 20 сентября 2024 года!

Подробная информация о программах обучения (тренингах) и форма для подачи заявки представлены в файлах ниже.
_

MNEF LOYIHASI KOREYANING YONSEI UNIVERSITETIDA O'QUV DASTURLARI (TRENING)GA TAKLIF ETADI

MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.

Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.

2024-yilda ushbu loyiha doirasida tibbiy tadqiqotlar sohasidan 4 nafar stayor tanlanadi:
- 2 nafar stajor (magistr yoki undan yuqori bo'lgan darajaga ega) - uzoq muddatga (6 oy) - yangi tadqiqotchilar uchun trening;
- 2 stajor (fan nomzodi (PhD) yoki undan yuqori darajaga ega) – qisqa muddatga (3 oy) - "Tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish" treningi.

Ariza qayta topshirish muddati: 2024 - yil 23 avgustdan 20 sentyabrgacha!

Ariza berish:
1) Arizalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (mnef.yuhs@gmail.com)
2) Xatning sarlavhasi quyidagicha bo'lishi kerak: "2024 NET Invitational Training_application_NAME of APPLY COURSE_YOUR NAME".
3) Oxirgi muddat: 20 sentyabr 2024 yil!

O‘quv dasturlari (treninglar) haqida batafsil ma'lumot va ariza berish shakli quyidagi faylda keltirilgan.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#e’lon

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

📺 CCВ Матбуот хизмати "Тиббий ракурс" лойиҳаси доирасида Мўйноқ, Тахиатош, Сўх, Учқудуқ каби олис ва чекка туманлардан янгича ракурсда тайёрлаган кўрсатувларини эътиборингизга ҳавола этган эди. Навбатдаги манзил — Сурхондарё вилоятининг Ангор тумани.

❓Хўш, нега айнан бу ҳудуд танланди?

❓"Ангор тажрибаси"нинг афзаллиги нимада?

❓Тиббиётдаги ўзгаришлар оддий одамлар ҳаётида қандай акс этяпти?

📹 "Тиббий ракурс"нинг яқин вақтларда эълон қилинадиган галдаги репортажида шу саволларга батафсил жавоб топишингиз мумкин.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

“Ochiq budjet” portali orqali ovoz berish yuzasidan quyidagi video qollanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

👉 @Open_Budjet_uz

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

📌 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy natijalar e’lon qilindi

Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish” (Deyl Karnegi)
🔴“Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)


Tanlov g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#tanlov2024 #kollej #texnikum

⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Абитуриентлар диққатига!

❗️Абитуриентлар 2024–2025 ўқув йили учун ОТМларга кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари эълон қилингандан сўнг уни шахсий кабинетлари орқали билиш билан биргаликда, 5100 рақамига ID рақамини жўнатиб ҳам аниқлашлари мумкин.

❇️ Абитуриентларда натижаларни кутмасдан ҳам ҳозирдан 5100 рақамига СМС сўровини юбориш имконияти мавжуд. Бунда абитуриентга натижалар эълон қилингандан сўнг СМС-хабарнома (хизмат пулли, битта СМС нархи 3 000 сўм) келади.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ТАШПМИ И КОЛЛЕДЖ МЕДСЕСТЕР УНИВЕРСИТЕТА ЙОНСЕЙ ПРИГЛАШАЕТ СТАЖЕРОВ НА ОБУЧЕНИЕ В МАГИСТРАТУРЕ.

В рамках проекта KOICA по расширению образовательных и исследовательских возможностей ТашПМИ проводится набор 2-х стажеров на обучение в магистратуре по специальности "Сестринское дело" в Высшей школе сестринского дела Университета Йонсей.

Требования к кандидатам:

1. Лица, имеющие степень бакалавра по направлению образование "Медсестринское дело" в отечественном или зарубежном университете.

2. Лица, владеющие корейским или английским языком на определенном уровне.
_

⚡️TOSHPTI VA YONSEY UNIVERSITETI HAMSHIRALIK KOLLEJI TALABALARNI MAGISTRATURA BOSQICHIGA O‘QISHGA TAKLIF QILADI.

KOICAning ToshPTIning ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish loyihasi doirasida Yonsey universiteti Oliy hamshiralik kollejiga hamshiralik ishi bo‘yicha magistratura bosqichiga o'qish bo'yicha 2 nafar stajor uchun tanlov e'lon qilinadi.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

1. Mahalliy yoki xorijiy universitetda "Hamshiralik ishi" yo`nalishida bakalavriat darajasiga ega shaxslar.

2. Koreys yoki ingliz tillarni ma'lum darajada yoki undan yuqori darajada biladigan shaxslar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#eslatma

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida @eduuzanticor_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan.

❗️Bot orqali Siz vazirlik, uning tizim tashkilotlari, akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin.

☝️Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan:

📞 1006 Ishonch telefon raqami;

📤 anticor@edu.uz elektron pochta manzili.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ОБЪЯВЛЕНИЕ О ПРОВЕДЕНИИ В ТАШПМИ СОБЕСЕДОВАНИЯ ДЛЯ ВЫПУСКНИКОВ ОКОНЧИВШИХ МЕДИЦИНСКИЕ ТЕХНИКУМЫ

Собеседование для успешно окончивших медицинские техникумы общественного здравоохранения и подавших документы на собеседование для обучения в Ташкентском педиатрическом медицинском институте с 2-го курса, будет проходить с 20 по 23 августа 2024 года.

Собеседование будет проходить в главном учебном корпусе Ташкентского педиатрического медицинского института. Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Богишамол, 223.

График проведения собеседования по поступлению в Ташкентский педиатрический медицинский институт для выпускников, успешно окончивших техникумы приведена в таблице с которой можете ознакомится на официальном веб-сайте института tashpmi.uz

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…
Подписаться на канал