❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Китоб ўқиб, 20 миллион сўм ютиб олиш мумкин бўлган танлов бошланди!
Республика Маънавият ва маърифат маркази, Oyina.uz портали соврин миқдори 66 млн сўм бўлган “Китоблараро 80 кун” марафонига старт берди!
4 босқичдан иборат марафонда атиги 8 та китобни ўқинг ва махсус синовлардан ўтиб, ғолиб бўлинг!
Тўлиқ маълумот ва марафонда иштирок этиш учун манзил: @oyinatanlovbot
Telegram | Instagram | Facebook
#Қабул2024
❓Магистратурага қабул қачондан бошланади?
✅ Жорий йил 1 июлдан 30 июлга қадар (шу куни ҳам) республика давлат ОТМлари магистратура мутахассисликларига ҳужжатларни онлайн рўйхатдан ўтказиш режалаштирилган. Ҳужжатларни топшириш http://magistr.edu.uz платформаси орқали амалга оширилади.
❓Коллеж битирувчиларидан техникумга ҳужжат топшириш учун аттестатнинг асли талаб қилинадими?
✅ Йўқ. Битирувчи бўлган абитуриентлардан аттестатнинг асли талаб этилмайди. Уларнинг таълим муассасасини тугатаётганлиги тўғрисидаги маълумотлар онлайн шакллантирилади.
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълумотлари асосида тайёрланди.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
❗️Давлат олий таълим муассасаларига ўқишни кўчириш учун онлайн рўйхатдан ўтиш 15 июлдан бошланади
🏢 Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълумотларига кўра, ҳар йили хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларидан республикамизнинг давлат олий таълим муассасаларига ўқишни кўчириш бўйича онлайн рўйхатдан ўтиш 15 июлдан 5 августга (шу куни ҳам) қадар амалга оширилади.
📆 Улар учун белгиланган имтиҳонлар 5 августдан 30 августгача бўлган муддат оралиғида ўтказилади.
👩🏻💻 Талабалар томонидан онлайн аризалар Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг my.uzbmb.uz сайти орқали топширилади.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Bizni kuzating
#qabul2024 #magistratura #sertifikat
Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
18-savol: Yo‘nalishlar bo‘yicha til sertifikatlariga qo‘yiladigan talablar qanday? Filologiya yo‘nalishlari uchun C1 talab qilinadimi yoki B2 ham qabul qilinmoqdami?
Bizni kuzating
❗️Хотин-қизларга ОТМга киришда имтиёз берувчи тавсияномалар my.uzbmb.uz платформасига интеграция қилинади
✅ Ҳукуматнинг тегишли қарорига кўра, ҳар йили эҳтиёжманд оиладаги хотин-қизларга тавсиянома асосида ОТМга қабул учун 2000 та имтиёзли квота ажратилиши белгиланган. Ушбу тавсияномалар бир йил муддатга берилади.
💎 Шунингдек, Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномаси асосида 5 йиллик меҳнат стажига эга хотин-қизларга ОТМга кириш учун 3 йил муддатга бериладиган имтиёз ҳам мавжуд.
🖥 Ушбу тавсияномаларга ариза топшириш ва уларни юклаб олиш учун xotin-qizlar.uz платформаси ишга туширилган.
🩺 Аҳамиятлиси, ушбу имтиёзлар барча тиббиёт олий таълим муассасаларига киришда ҳам амал қилади.
Янгилик шуки, жорий йилдан бошлаб хотин-қизларга бериладиган тавсияномалар тўғридан тўғри Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг тегишли платформасига интеграция қилиниши маълум қилинди.
Хотин-қизлар қўмитаси томонидан тавсиянома олган хотин-қизлар тўғрисидаги маълумотлар тақдим этилиши билан my.uzbmb.uz сайтида бу маълумотлар акс этади.
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
“Бутунжаҳон ёшлар фестивали” доирасида “Ёшлар шаҳарчаси” ташкил этилади
Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан 26-30 июнь кунлари Ўзбекистонда биринчи маротаба “Бутунжаҳон ёшлар фестивали” ўтказилади. Бунга 100 дан отриқ давлатдан 1 000 га яқин хорижий иштирокчилар таклиф этилган.
Фестивалнинг очилиш маросими 26 июнь куни Самарқанд шаҳридаги “Боқий шаҳар” мажмуаси ҳудудидаги амфитеатрда 1,5 минг нафар ёшлар иштирокида бўлиб ўтади.
Фестивал доирасида 27-30 июнь кунлари Тошкент шаҳридаги Ёшлар ижод саройи атрофида (“Мустақиллик майдони” метро бекати) “Ёшлар шаҳарчаси” павильонлари ташкил этилади.
Ушбу павильонларда Ўзбекистон ёшлари ҳамда хорижий меҳмонлар учун танловлар, тақдимот ва кўргазмалар ўтказилади. Фестивал иштирокчилари павилонлардаги машғулотларни бажариб, балларни қўлга киритиши ва тўплаган балларини китоблар, спорт, санъат, таълим тўгаракларига ваучерлар, совғаларга алмаштириши мумкин бўлади.
Мазкур халқаро фестивал билан боғлиқ барча маълумот ва янгиликлар gyf2024.uz сайти орқали бериб борилади.
t.me/davr24official
❓Биология (1-блок) ва кимё (2-блок) фанларидан имтиҳон топширган абитуриентлар қайси йўналишларга ўқишга кира олади?
✅ Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги тақдим этган ушбу жадвалда фанлар мажмуаси бўйича имтиҳон топширишдан олдин танлаш мумкин бўлган йўналишлар қулай тарзда жойлаштирилган.
❗️Эслатма; йўналишлар кириш имтиҳонлар тугагандан сўнг танланади.
TOSHPTI TALABALARI UCHUN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH BO'YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2024-yil 11-iyun kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Xotin-qizlar kengashi hamda “Contineo Asia” kompaniyasi bilan hamkorlikda talaba-qizlarining salomatligini asrashga qaratilgan “Shaxsiy gigiyena” mavzusida profilaktik seminar o‘tkazildi.
Tadbirda “Contineo Asia” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha tibbiy maslahat, tavsiyalar berildi va talaba-qizlarga gigiyenik vositalar sovg‘a qilindi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#100savolga_100javob
14-savol: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini my.uzbmb.uz saytiga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
13-savol: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?
Bizni kuzating
🔈Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Pedagoglar uchun 2 ta katta yangilik bor:
1️⃣ Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uchun ustama beriladigan bo‘ldi;
2️⃣ mazkur qaror loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng 5 mingdan ortiq takliflar bildirilgan edi. Takliflarning ayrimlar inobatga olingan. Xususan, dastlabki loyihada pedagoglarga ustama beriladigan chet tili sertifikatlar roʻyxatidan chiqarib tashlangan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ham ustama beriladigan bo'ldi. Ammo bir sharti bor. Ya'ni ushbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama to‘lanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati bo'lmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama berilmaydi.
Shuningdek, barcha TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
#Қабул2024
Тиббиёт йўналишида магистратура учун Б1 даражада тил сертификати талаб этилади
2024/2025 ўқув йилидан бошлаб магистратурага ҳужжат топширишда талаб этиладиган миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар даражалари бўйича рўйхат тасдиқланди.
Юқоридаги жадвалда тиббиёт йўналишларида магистратурага ҳужжат топширишда чет тили сертификати даражалари мутахассисликлар кесимида тақдим этилмоқда.
#100savolga_100javob
20-savol: Roʻyxatdan oʻtishda yoʻnalishlar chiqmayapti. Aytishlaricha, bu yil hujjat qabuli boshqacha shaklda boʻlar ekan. Bu haqda batafsil maʼlumot berolasizmi?
➡️ Javob bilan matnli shaklda tanishing
Bizni kuzating
#100savolga_100javob
19-savol: Magistraturaga qanday hujjatlar talab qilinadi?
Bizni kuzating
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.
👨🏻💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.
Hurmatli abituriyentlar!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
🔰 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.
💻 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.
❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
#qabul2024 #doktorantura #sertifikat
Doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati ixtisosliklar kesimida taqdim etilmoqda
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat (ilova)
Bizni kuzating
⚡️СОТРУДНИКИ ТАШПМИ ОЗНАКОМИЛИСЬ С ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ СУРХАНДАРЬИНСКОГО ФИЛИАЛА РСНПМЦ НЕФРОЛОГИИ И ТРАНСПЛАНТАЦИИ ПОЧКИ
12-15 июня текущего года сотрудники кафедры Внутренние болезни, нефрологии и гемодиализа, Ташкентского педиатрического медицинского института Халмухамедов Ж.А., и Расулев Ё.Э., ознакомились с работой деятельностью Сурхандарьинского филиала Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра нефрологии и трансплантации почки.
Сотрудники кафедры ознакомились с работой гемодиализных отделений данного филиала центра. Расулев Ё.Э. и Халмухамедов Ж.А., обсудили работы с отвественмтвсвенмы Хайитов Х.,, реализуемые Сурхандарьинским филиалом Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра нефрологии и трансплантации почки.
Также, были проведены семинары для медицинского персонала Шурчинского, Кумкурганского и Джаркурганский медицинских объединений Сурхандарьинской области.
_
⚡️TOSHPTI XODIMLARI NEFROLOGIYA VA BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI RIIATM SURXONDARYO FILIALI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
12-15 iyun kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi xodimlari Xalmuxamedov J.A. va Rasulev E.E. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali faoliyati bilan tanishdilar.
Kafedra xodimlari markazning mazkur filiali gemodializ bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yo.E. Rasulev va J.A. Xalmuxamedov bilan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mas’ul X. Xayitov bilan muhokama qilindi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Sho‘rchin, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tibbiyot birlashmalari tibbiyot xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#DIQQAT
⚡️⚡️⚡️Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim qabulida ixtisosliklar kesimida talab etiladigan xorijiy til sertifikatlari ro'yxati tasdiqlandi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati va ularning darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻi imzolandi.
Mazkur buyruq bilan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari boʻyicha ROʻYXATI” tasdiqlandi.
✅Navbatdagi ovozli chat oliy taʼlimdan keyingi taʼlim qabulida ixtisosliklar kesimida talab etiladigan xorijiy til sertifikatlari darajalariga bagʻishlanadi.
👉RASMIY RO’YXAT
@ilmiy_darajali_kadrlar
#qonunchilik_yangiliklari
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatishning yangi tartibi joriy etildi
Ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖akademik litseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xususan ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz orqali har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
➖abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
➖abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:
▪️har yili 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, akademik litseylarga qabul parametrlari tasdiqlanadi;
▪️har yili 1-noyabrga qadar navbatdagi o‘quv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari, mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Bizni kuzating
❓Жазирама кунларда кондиционердан қандай фойдаланиш керак?
☀️ Кондиционер – ёз фаслида, хусусан, иссиқ об-ҳаво шароитида энг муҳим қурилмалардан бири ҳисобланади. Улар биз учун уй ва офисларда қулай ва салқин муҳит яратишга ёрдам беради. Бироқ, ундан нотўғри фойдаланиш оқибатида саломатликда жиддий муаммолар келиб чиқиши мумкин.
❓ Хўш, ушбу техника воситасидан қачон ва қандай фойдаланиш керак? Унинг соғлиққа қандай салбий таъсирлари бор?
👩🏻⚕️ Қуйида тиббиёт фанлари номзоди Дурдона Алимованинг ёз фаслида кондиционердан тўғри фойдаланиш ва унинг эҳтимолий зарарлари ҳақидаги зарур маълумотлари билан танишасиз.
❇️ Температурани тўғри белгилаш. Ёз фаслида кондиционер учун идеал ҳарорат 18-20°C оралиғида бўлиши тавсия этилади. Бошқа ўлкаларда бу рақам бироз фарқ қилиши мумкин, аммо асосийси — хона ичидаги салқинлик ташқари ҳаводан кескин фарқ қилмаслиги лозим. Бу эса тана учун қулай ва соғлом муҳит яратади.
📌 Вентиляциядан фойдаланиш. Кондиционерни нотўғри ишлатиш хонадаги ҳавони қуритиб юборади. Шу боис уни ёқишдан аввал, эрталаб ёки кечқурун хонани шамоллатиб туриш жуда муҳим. Бу эса ҳавонинг тоза бўлишига ёрдам беради.
🦠 Кондиционер тозалигини назорат қилиш. Ушбу қурилма фильтрларини мунтазам равишда тозалаш ёки алмаштириш муҳим аҳамиятга эга. Тоза фильтрлар ҳаво сифатини яхшилаб, аллерген ва микроблар ҳамда бошқа зарарли моддаларнинг ҳавога тарқалишининг олдини олади.
🖇 Фақат зарурат бўлганда ишлатиш. Кондиционерни фақат эҳтиёж бўлганда ёқиш керак. Хонада ҳеч ким бўлмаган пайтларда уни ўчириб қўйиш энергияни тежайди ва қурилманинг хизмат муддатини узайтиради.
❌ Кондиционердан нотўғри фойдаланишнинг зарарлари:
🟢 Тери ва аллергик касалликлар. Кондиционердан нотўғри фойдаланилганда у ҳавони қуритиб юборади. Хонада намлик йўқолади ва дераза ҳамда эшиклар ёпиқ бўлган шароитда ҳаво кислород билан тўйинмайди. Бу эса вақт ўтиши билан терини қуруқлаштириб, юзда ажинлар пайдо қилади.
🤧 Қолаверса, терининг доимий қуруқ бўлиши унинг ташқи қатламига салбий таъсир этиб, қичишиш юзага келади. Шунингдек, кондиционер фильтрлари тоза бўлмаса, уларда йиғилган чанг – аллергенлар ва микроблар ҳавога тарқалади. Бу эса аллергик ва инфекцион касалликларга сабаб бўлиши мумкин.
📍Мускул ва бўғимларда оғриқлар. Кондиционердан нотўғри фойдаланиш, яъни тўғридан-тўғри совуқ ҳавонинг инсон танасига урилиши туфайли мускул ва бўғимларда оғриқлар пайдо бўлиши мумкин.
🤒 Термал шок. Ташқи муҳитдаги юқори ҳароратдан бирдан совуқ хонага кириш ёки аксинча муздек хонадан иссиқ ҳавога чиқиш термал шокка сабаб бўлиши мумкин. Мазкур ҳолат тана ҳароратини тезда ўзгартириб, организмда стресс реакцияларни келтириб чиқаради. Бу, ўз навбатида, юрак-қон томир тизими касалликларини қўзғаши мумкин.
🩺 Қон босими кўтарилиши. Одатда қон босими иссиқдан кўра, совуқ ҳавода юқори бўлади. Чунки, салқин ҳарорат қон томирларининг сиқилиши ва спазмларга олиб келади. Шундай экан, кондиционер тагида узоқ вақт ўтириш систолик ва диастолик қон босимини кўтаради. Шу боисдан хона ҳарорати ташқи ҳаводан кескин фарқ қилмаслиги мақсадга мувофиқ.
😮💨 Респиратор муаммолар. Кондиционернинг яна бир салбий томони, у тана ҳароратини тушириб юборади. Оқибатда бронхит, томоқ, бел ва бўйин оғриқлари юзага келади. Айниқса, қурилманинг совуқ ҳавоси инсонга тўғри йўналтирилса, нафас йўллари шамоллаши, ҳатто, зотилжам келиб чиқиши мумкин.
‼️ Шундай экан, кондиционердан тўғри ва оқилона фойдаланинг.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
❓Кимё (1-блок) ва биология (2-блок) фанларидан имтиҳон топширган абитуриентлар қайси йўналишларга ўқишга кира олади?
✅ Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги тақдим этган ушбу жадвалда фанлар мажмуаси бўйича имтиҳон топширишдан олдин танлаш мумкин бўлган йўналишлар қулай тарзда жойлаштирилган.
❗️Эслатма; йўналишлар кириш имтиҳонлар тугагандан сўнг танланади.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti dotsenti, t.f.n. Alimova Durdona Dilmuratovna "Тонзиллит. Современная диагностика и лечение." mavzusida "Dunyo Boylab" telekanalining “Формула здоровья” nomli ko'rsatuvida ishtirok etdi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#Ovozli_chat #qabul2024
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Chatga ulanish: 👉/channel/BaholashUz?livestream
❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
#Qabul2024
⚡️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish
Bizni kuzating
#TANLOV_2024
⚡️Toshkent shahar bo’yicha “Eng namunali akademik litsey" qaysi?
Toshkent shahridagi mavjud professional ta’lim muassasalarning o’quv metodikasi, kasb-hunarni o’rgatish imkoniyatlari, jamoadagi hamjihatlik, ilg’or pedagogik tajriba hamda zamon bilan hamnafas uslubda darslar o’tilishi, rahbarning salohiyati, yangi g’oyalarga intilishi shu bilan birga ota-onalar va o’quvchilarning ta’lim dargohidagi fikrlarini o’rganish maqsadida "Eng namunali akademik litsey" so’rovnomasi o’tkazilmoqda.
So’rovnoma boshqarmaning @savollarborbot orqali 06.06.2024-yildan, 16.06.2024-yilga (10 kun) qadar o’tkaziladi. Ovoz berish uchun havola orqali o’ting.
Unutmang! Sizning ovozingiz hal qiluvchi bo’lishi mumkin!
❗️ТЕЗКОР: Тиббиёт йўналишига ўқишга киришда имтиёз берувчи миллий сертификат натижалари эълон қилинди
✅ 2024 йил 26 май куни ўтказилган кимё фани бўйича миллий сертификат имтиҳони натижалари эълон қилинди.
♻️ Талабгорлар ўз натижаларини my.gov.uz сайтининг “Менинг аризаларим” бўлими орқали билишлари ва сертификатни электрон тарзда юклаб олишлари мумкин.
Тест натижалари халқаро методика – Раш модели асосида ҳисобланган бўлиб, талабгорларга тўплаган бали асосида қуйидагича сертификат тақдим этилади:
📌 70 баллдан юқори балл — А+ даража;
📌 65 – 69,9 балл — А даража;
📌 60 – 64,9 балл — Б+ даража;
📌 55 – 59,9 балл — Б даража;
📌 50 – 54,9 балл — C+ даража;
📌 46 – 49,9 балл — C даража.
📈 Шунда кимё фанидан миллий сертификатга эга абитуриент тиббиёт йўналишига ҳужжат топширган бўлса, тўплаган балига кўра, мазкур мутахассислик фани бўйича максимал балл ёки пропорционал балл олиши мумкин.