Тошкент шаҳар ИИББ фуқароларга мурожаат билан чиқди
Фуқаролардан қуйидагиларга эътибор қаратиш сўралмоқда:
⁃ жамоат жойлари, кўчалар ва маҳаллаларда, шунингдек, ижарада яшовчи нотаниш ва шубҳали шахсларга эътибор қаратиш ҳамда улар ҳақида зудлик билан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга хабар бериш;
⁃ жамоат жойлари ва турли манзилларда қаровсиз қолдирилган ҳар қандай буюмни эътибордан четда қолдирмаслик, шубҳали кўриндими, дарҳол ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга хабар бериш;
⁃ метрополитен, спорт, савдо ва маданий кўнгилочар масканларга киришда ҳуқуқ посбонларининг қонуний талабини сўзсиз бажариш, назоратдан эътироз билдирмаган ҳолда ўтиш ва жамоат тартибини сақлаш, акс ҳолда одамлар орасида ғаразли шахс назоратдан ўтмай қолиши, четда қолиб кетган буюм эса лаёқатсизлик сабаб турли кўнгилсиз ҳолатларни келтириб чиқариши мумкин.
Тинчлигимиз учун барчамиз бирдек масъулмиз!
@pressuzb
📣 📣 📣 28.03.20024 (payshanba kuni)"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ♟Shaxmat va shashka turi bo'cha start beriladi va 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Musobaqa natijalari quyidagi kanallarda e'lon qilinadi.
ToshPTI Zakovat klubi yangi terma jamoa shakllantirish uchun kasting eʼlon qiladi !
Terma jamoani shakllantirishning birinchi bosqichi "Shaxsiy oʻyin" musobaqasi yordamida oʻtkaziladi. "Shaxsiy oʻyin" musobaqasi oʻtkazish boʻyicha nizom ushbu post ostida.
Kastingda ishtirok eta oladi:
1. ToshPTIda birinchi mutaxassislik boʻyicha tahsil olayotgan talabalar.
Ishtirok eta olmaydi:
1. Bitiruvchi kurs talabalari
2. Ikkinchi mutaxassislik boʻyicha tahsil olayotgan talabalar.
3. OTMlar orasidagi "Intelektual Olimpiada" sovrindori boʻlgan talabalar.
4. Kastingga roʻyxatdan oʻtmagan talabalar.
#avtomobilsiz_kun
🚙 Бугун, 29 март куни пойтахтимиз Тошкент шаҳрида “Автомобилсиз кун” тадбири ўтказиляпти.
📋 Мазкур акция Президентнинг 2024 йил 21 февралдаги тегишли Фармонига мувофиқ ташкил этилмоқда.
🚲 Мақсад аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, шунингдек атроф-муҳитни автомобиллардан чиқувчи зарарли газлардан ҳимоя қилиш, катта шаҳарларда транспорт воситалари тирбандлигини камайтириш, жамоат транспорти тизимини ривожлаштириш масалаларига жамоатчилик эътиборини қаратишдан иборат.
🚌 Ушбу тадбирда бинолари Тошкент шаҳрида жойлашган барча республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг раҳбарияти ва бошқа ходимлари қаторида Соғлиқни сақлаш вазирлиги жамоаси ҳам фаол иштирок этмоқда.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
⚡️TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA "ENGLISH TEA CLUB WITH STUDENTS" MAVZUSIDA TALABALARI UCHUN DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI
Joriy yilning 19-mart kuni institutning 3-sonli talabalar turar joyida 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida "English tea club with students" deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida kafedra xodimlari tomonidan talaba -qizlarga ehson sovg‘alar ulashildi.
Tadbir davomida o‘qituvchilar talabalarga ingliz tili o‘rganishning eng oson usullari bo‘yicha targ‘ibotlar o‘tkazdi. Shuningdek hozirgi davrda xorijiy tillarni o‘rganish va bilishning ahamiyati tobora oshib borayotgani, bu esa har bir soha vakilini yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun ona tilidan tashqari, dunyo tillaridan kamida ikki-uchtasini bilish zarur ekanligini anglatadi. Tadbir davomida ingliz tilida qisqa savol-javob viktorinasi o‘tkazildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Humo Arena" мажмуасида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Унда давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.
—
В комплексе "Humo Arena" с участием Президента Шавката Мирзиёева проходят торжества, посвященные Наврузу. На них глава нашего государства выступил с поздравительной речью.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
Айни дақиқаларда "Humo Arena" мажмуасида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Наврўз байрами шодиёнаси бўлиб ўтмоқда.
Байрам тадбирини жонли тарзда Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида томоша қилинг.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung plansheti;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfoni;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfoni.
Bizni kuzating
⚡️TOSHPTI TTJSIDA TALABALAR UCHUN “DARMON-DORILARNING INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI” MAVZUSIDA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
Toshkent shahridagi barcha tibbiyot va madaniyat institutlari TTJlarida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun 11 martdan 12 aprelgacha hamkorlikda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar reja-jadvaliga muvofiq, joriy yilning 15 mart kuni 2-sonli talabalar turar joyida Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Darmon-dorilarning inson organizmidagi ahamiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Vitaminlar hayot eliksiri” mavzusida taqdimot qilindi, shuningdek talabalarga bugungi kunda internet tarmoqlari orqali reklamalar avj olayotgan vitamin va dori vositalarini iste’mol qilishda uning ijobiy va salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президентнинг Сирдарёнинг оғир туманига ташрифи. Аҳоли даромадларини ошириш бўйича яратилаётган Сайхунобод тажрибаси. Давлат уй хўжаликларига ўз салоҳиятини тўлиқ ишга солишга кўмаклашади.
—
Обзор важнейших событий недели: Поездка Президента в сложный район Сырдарьи. Опыт Сайхунабада по повышению доходов населения. Государство поможет домохозяйствам выжать максимум.
Facebook|Instagram|X
⚡️TOSHPTI TTJSIDA TALABALAR UCHUN "BUYUK KELAJAKNING BUGUNGI YOSHLARI" MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI.
Toshkent shahridagi barcha tibbiyot va madaniyat institutlari TTJlarida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha Toshkyent pediatriya tibbiyot instituti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun 11 martdan 12 aprelgacha hamkorlikda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ijodiy uchrashuv o'tdi.
14 mart kuni 3-sonli talabalar turar joyida Gospital pediatriya № 2, xalq tabobati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Buyuk kelajakning bugungi yoshlari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Muqumiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyori, teatr direktor o‘rinbosari Xayrulla Inog‘omov, 2- pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.M.Alimova, Gospital pediatriya № 2, xalq tabobati kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.A.Ilxomova, G.Ye.Dergunova, B.R.Toshmetova, tarbiyachi-pedagog O.Jumayev va TTJ talabalari ishtirok etdi. Aktyor tomonidan talaba-yoshlarga bugungi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, vatan uchun kerakli inson, xalqparvar pediatr-shifokor bo‘lishlari tavsiya etildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
📣 📣 📣 30.03.20024 (Shanba)
"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ⚽️ Mini futbol turi bo'cha o'yinlarga start beriladi.
⚠️ Talablar
Jamoalar bir xil rangdagi sport formasida bo'lishlari talab qilinadi.
Jamoalar o'z vaqtida kelishlar shart, o'z vaqtida kelmagan jamoalarga mag'lubiyat yoziladi.
🕒 16:00 da Institut sport zalida bo'lib o'tadi
📢Diqqat, Diqqat📢
Qadrli talabalar, Institut Yoshlar ittifoqi sizlarni koʻngil ochar loyihada ishtirok etgan holda hordiq chiqarib, netvorkingni rivojlantirishga taklif etadi.
Loyiha doirasida siz quyidagi oʻyinlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlasiz:
Jango
Uno
Mafiya
Monopoliya
⚡️ В ТАШПМИ ПРОДОЛЖАЕТСЯ ЦИКЛ ВЕБИНАРОВ ПО МАШИННОМУ ОБУЧЕНИЮ
Уважаемые коллеги и дорогие студенты!
Центр передовых технологий и стратегических инициатив ТашПМИ рад представить вам продолжение цикла вебинаров по машинному обучению «Al in Health– 2024». В течение 2024 года мы планируем провести ряд мероприятий, посвященных самым актуальным темам в области машинного обучения.
🔥 На этом этапе "Al in Health– 2024" мы рассмотрим три увлекательные темы, каждая из которых представляет уникальный аспект машинного обучения:
1️⃣ "Машинное обучение в здравоохранении": Узнаем, как машинное обучение помогает в повышении эффективности диагностики и лечения заболеваний, а также в оптимизации работы медицинских учреждений.
2️⃣ "Веб-приложение AUTISM AI": Погрузимся в мир разработки веб-приложений и узнаем, как создать используется машинное обучение для диагностики аутизма у детей.
3️⃣ "Принципы работы искусственного интеллекта": Раскроем основные концепции и принципы, лежащие в основе работы искусственного интеллекта, и рассмотрим их применение в различных сферах.
👉 Присоединяйтесь к нам в пятницу, 29 марта в 16:00, чтобы погрузиться в мир машинного обучения и искусственного интеллекта!
Ссылка для подключения к вебинару:
Тема: Al in Health– 2024
Время: 29 мар. 2024 16:00 Исламабад, Карачи, Ташкент
Войти Zoom Конференция
https://us05web.zoom.us/j/9179342444?pwd=TGqrPJHTpHhcCb4lAsZ87myR4jDqGw.1&omn=84274120115
Идентификатор конференции: 917 934 2444
Код доступа: 777
Не упустите возможность углубить свои знания в области машинного обучения и искусственного интеллекта!
⚡️29-MART - AVTOMOBILSIZ KUN
Ekologiya vazirligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.
“Avtomobilsiz kun"ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.
Atrof-muhitni zararli gazlardan himoya qilish va aholimiz salomatligiga befarq bo'lmang!
@tashpmi_yoshlar
@tashpmi_press
📣 📣 📣 Bugun (28.03.20024)
"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ♟Shaxmat va shashka turi bo'cha start beriladi va 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarni o'z vaqtida kelishlarini talab qilinadi.
O'z vaqtida kelmagan ishtirokchilarga mag'lubiyat yoziladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (128-son, 13.03.2024 yil) qabul qilindi.
🔰Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:
Oliy ta’lim muassasalaridagi innovatsion markazlar, texnoparklar hamda hududiy innovatsiya markazlari va biznes-inkubatorlarda startap loyihalarni akseleratsiyadan o‘tkazish dasturlari keng joriy etiladi;
Resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mustahkamlanadi;
Innovatsion g‘oyalarni prototiplash va kichik seriyali birlamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun yoshlar innovatsion texnoparklari tashkil etiladi;
Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkaziladi;
Alohida tanlab olingan tumanlarda yuqori samarador innovatsiyalar joriy etiladi.
Bizni kuzating
⚡️TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI TTJSIDA TALABALAR
UCHUN “YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLARDA BIRINCHI YORDAM” MAVZUSIDA MASTER KLASS O‘TKAZILDI.
19-mart kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Shoshilin pediatriya, xalokat tibbiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Shoilyosov, Z.Safarovlar tomonidan “Yangi tugilgan chakaloklarda birinchi yordam” mavzusida master klass o‘tkazildi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlik davri inson hayotida eng qisqa va ayni paytda juda muhim davr hisoblanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlaming kasalliklari bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi -bu tez va progressiv yo'l bilan rivojlanishi, simptomlaming kamligi va klinik ko'rinishlarning atipikligi, o'limning yuqoriligi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar kasalliklarining ko'pchiligi o'z vaqtida tashxis qo'yish va to'g'ri davolash usullarini tanlashni talab qiladi. Shuning uchun tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv jarayonida neonatologiyaning ushbu bo'limi bo'yicha chuqur, tizimlashtirilgan bilimlami olish juda muhimdir. Master klass davomida talablarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob berildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Наврўз умумхалқ байрами муносабати билан концерт дастурини қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилишингиз мумкин:
https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/1139172547089855
https://www.youtube.com/watch?v=e4FGxUHPD9A
Facebook|Instagram|X
⚡️TOSHPTI TTJSIDA TALABALAR UCHUN BO‘SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA TADBIR BO'LIB O'TDI.
Joriy yilning 18 mart kuni institutning talabalar turar joylarida talaba-yoshlar uchun 80kg osh damlandi va iftorlik dasturxoni yozildi. Inson qaysi sohada faoliyat olib borishidan qat’iy nazar uning hayoti musiqa va san’at bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Musiqa insondagi yaratuvchanlik ijodkorlik qobiliyatlarini yuksaltiradi. Shu bilan birga qalblarga orom, dillarga quvonch baxsh etuvchi bir vositadir. Shu sabab talaba-yoshlarimizni madaniyat va san’at sohasining turli yo‘nalishlariga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumani Madaniyat saroyi xonandalari hamda institut rahbariyati hamkorlikda talaba-yoshlar uchun badiiy kecha tashkil etildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TTJSIDA TALABALAR UCHUN "ANATOMIYA-TIBBIYOT POYDEVORI" MAVZUSIDA MA’RUZA BO’LIB O’TDI
Talaba-yoshlarni tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis sifatida tayyorlash, tibbiyot fanlarini chuqur o‘zlashtirishlari, Anatomiya faniga qiziqishlarini oshirish maqsadida 16-mart kuni 3-sonli talabalar turar joyida Anatomiya, patologik anatomiya kafedrasi assistenti J.M. Musurmonqulov tomonidan "Anatomiya-tibbiyot poydevori" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda talabalar ma’ruzachi tomonidan Anotomiya fanining qiziqarli ma’lumotlarini tinglashdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TOSHPTIDA YOSHLAR O'RTASIDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
2024-yil 19-mart kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifiy bo'limi hamda institut Sport klubi tomonidan "Talabalar bahori - 2024" festival doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Sportning stol tennisi turi bo'yicha tashkil etilgan musobaqalarga start berildi va 1-tur o'yinlari o'tkazildi.
Musobaqa natijalari quydagi kanallarda e'lon qilib boriladi.
@tashpmi_yoshlar
@jismoniy_ToshPTI
⚡️ПРОЕКТ MNEF ПРИГЛАШАЕТ НА ПРОГРАММЫ ОБУЧЕНИЯ (ТРЕНИНГА) В УНИВЕРСИТЕТЕ ËНСЕЙ (КОРЕЯ)
MNEF — это проект по расширению возможностей образования и научных исследований для Ташкентского педиатрического медицинского института (ТашПМИ).
Это программа-приглашение для обучения призванная предоставить возможности для расширения медико-педагогического потенциала и укрепления исследовательских возможностей профессоров и научных сотрудников путем обмена уникальным опытом и навыками, приобретенными в системе здравоохранения Университета Ëнсей, с ТашПМИ.
В 2024 году в рамках этого проекта будут отобраны 4 стажера из сферы медицинских исследований:
- 2 стажера со степенью магистра или выше - на краткосрочный период (3 месяца) - Тренинг для новых исследователей;
- 2 стажера со степенью кандидата наук (PhD) или выше - на долгосрочный период (6 месяцев) – Тренинг «Расширение исследовательских возможностей».
Период подачи заявок: 18 марта - 12 апреля 2024 года
Подача документов:
1) Заявки должны быть отправлены по электронной почте (mnef.yuhs@gmail.com)
2) Заголовок письма должен быть таким: "2024 MNEF Invitational Training_application_NAME OF APPLY COURSE_YOUR NAME".
3) Крайний срок: 12 апреля 2024 года
Подробная информация о программах обучения (тренингах) и форма для подачи заявки представлены в файлах ниже.
_
⚡️MNEF LOYIHASI KOREYANING YONSEI UNIVERSITETIDA O'QUV DASTURLARI (TRENING)GA TAKLIF ETADI
MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.
Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.
2024-yilda ushbu loyiha doirasida tibbiy tadqiqotlar sohasidan 4 nafar stayor tanlanadi:
- 2 nafar stajor (magistr yoki undan yuqori bo'lgan darajaga ega) - uzoq muddatga (6 oy) - yangi tadqiqotchilar uchun trening;
- 2 stajor (fan nomzodi (PhD) yoki undan yuqori darajaga ega) – qisqa muddatga (3 oy) - "Tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish" treningi.
Ariza topshirish muddati: 2024-yil 18-martdan 12-aprelgacha
Ariza berish:
1) Arizalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (mnef.yuhs@gmail.com)
2) Xatning sarlavhasi quyidagicha bo'lishi kerak: "2024 NET Invitational Training_application_NAME of APPLY COURSE_YOUR NAME".
3) Oxirgi muddat: 2024-yil 12-aprel
O'quv dasturlari (treninglar) haqida batafsil ma'lumot va ariza berish shakli quyidagi faylda keltirilgan.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
ToshPTI maydonida joylashgan sport zal hamda fudbol maydonini zamonaviy tamirlash uchun ovoz bering!
👉Ovoz berish uchun ustiga bosing👈