tashpmi_press | Неотсортированное

Telegram-канал tashpmi_press - tashpmi_press | rasmiy

3518

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института 📞 71 262-33-20 📧 press@tashpmi.uz 🌐 www.tashpmi.uz 📲 instagram.com/tashpmi_press 📲 facebook.com/tashpmi.press © ToshPTI Matbuot xizmat

Подписаться на канал

tashpmi_press | rasmiy

Совместному проекту Агентства KOICA, Университета Ёнсей и Ташкентского педиатрического медицинского института по развитию медицинского образования и научных исследований, с общей суммой финансирования 5 миллион долларов США: «Проект по наращиванию образовательного и исследовательского потенциала Ташкентского педиатрического медицинского института» 1 год.
_

Umumiy moliyalashtirish hajmi 5 million AQSH dollariga teng bo'lgan tibbiy taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta'lim va ilmiy salohiyatini oshirish" deb nomlangan KOICA agentligi, Yonsey universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining qoʻshma loyihasi 1 yoshda.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#talabaga_yengillik

“Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida aviakompaniya tomonidan respublika ichidagi yo‘nalishlarga qo‘shimcha qatnovlar joriy etilganini eslatdi.

Talabalar uchun chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali, aviakompaniya agentlari, shuningdek rasmiy saytda xarid qilish mumkin.
___

В АО “Uzbekistan Airways” напомнили, что с целью удовлетворения спроса на путешествия по Узбекистану, авиакомпанией были введены дополнительные рейсы по внутриреспубликанским направлениям!

Приобрести авиабилеты со студенческой скидкой вы можете в филиале Uzbekistan Airways Sales, у агентов авиакомпании, а также на официальном сайте.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdi va rivojlanish uchun jiddiy rag‘batga – stipendiyalar, xorijda amaliyot o‘tash va grantlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biz Prezidentimizning ilm-fan, ta’lim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh bo‘lgan minglab insonlarni birlashtira oldik.

Mamlakatimizga “Zakovat” kabi tashabbuslar ko‘proq kerak. Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim!
-
Завершился республиканский этап Интеллектуальной олимпиады «Заковат» среди студентов вузов. Победители получили награды и серьёзные перспективы для своего роста: стипендии, возможность стажироваться за рубежом и получать гранты.
 
Мы смогли объединить тысячи людей, которые разделяют политику нашего Президента в том, что наука, просвещение и интеллектуальный потенциал — необходимые условия для развития нашей страны.
 
Нашей стране необходимо больше инициатив, подобных «Заковат». Нам нужно вкладывать в своё будущее!

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Tanlovda ONLAYN tarzda ishtirok etib, uning yakuniy natijalari bo’yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining quyidagi talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdilar:

1. Dzivinskaya Yuliya – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 4-bosqich talabasi – “Reabilitologiya, jismoniy tibbiyot va xalq tabobati” fanidan 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
1-son Oilaviy shifokorlik, jismoniy tarbiya va fuqarolik muhofazasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Devorova M.B.

2. Sabirova Kamila – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 2-bosqich talabasi – “Lotin tili” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Berezovskaya R.A.

3. Kariyev Elyor – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 2-bosqich talabasi – “Lotin tili” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Berezovskaya R.A.

4. Boyirbekov Ulug'bek – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Tibbiy kimyo” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi dotsenti, t.f.n. Suleymanova G.G.

5. Shavkatova Shoxistabonu – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 6-bosqich talabasi – “Pediatriya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
1-son Oilaviy shifokorlik, jismoniy tarbiya va fuqarolik muhofazasi kafedrasi professori, t.f.d. Agzamova Sh.A.

6. Daminova Sevinch
– 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi – “Lotin tili” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Rasulova Z.T.

7. Larin Yevgeniy – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 4-bosqich talabasi – “Oftalmologiya” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Maxmudova D.T.

8. Tursunxodjayeva Kamolaxon – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Nevrologiya” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi professori, t.f.d. Sadikova G.K.

9. Abdugafurov Abduvoxid – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Nevrologiya” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti, t.f.d. Usmanova D.D.

10. Kamolov Zuxriddin – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Bolalar xirurgiyasi” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Yakubov E.A.

11. Maxmanova Nasiba – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Bolalar xirurgiyasi” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti Ismadiyarov B.U.

12. Ismatullayeva Mashxurabonu – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 3-bosqich talabasi – “Biokimyo” fanidan “Practical skills” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi assistenti Allaniyazova Z.D.

13. Muminova Aziza – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Oftalmologiya” fanidan nominatsiya g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Maxmudova D.T.

14. Sobirov Komiljon – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi – “Oftalmologiya” fanidan “Avicenna's disciple” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Farmakologiya, fiziologiya kafedrasi assistenti Mustakimova F.A.

15. Isomiddinov Alijon - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 5-bosqich talabasi - ‘’Neyroxirurgiya’’ fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbar: Travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kafedrasi assistenti Achilova.G.T

Institut rahbariyati va jamoasi talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini g’olibliklar munosabati bilan tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

❗️Тиббиёт соҳасидаги ОТМларни халқаро ТОП-1000таликка киришига эришиш режалаштирилмоқда

“Аҳоли саломатлиги — 2030” миллий стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори лойиҳаси муҳокама учун эълон қилинди.

Лойиҳага кўра:

📌Бутунжаҳон тиббий таълим федерацияси стандартларини барча 11 та олий тиббий таълим ва 74 та тиббий техникумларда жорий этиш;

📌Халқаро стандартларга мувофиқ бўлган (аккредитациядан ўтган) профессионал ва олий тиббий таълим дастурларини 10 фоиздан 50 фоизга етказиш;

📌Тиббиёт ходимларини малака ошириш билан қамраб олиш кўрсаткичини 25 фоиздан 50 фоизга етказиш;

📌8 та олий тиббий таълим муассасаларининг халқаро эътироф этилган ТОП мингталикка киритилишига эришиш;

📌Илмий тадқиқот лабораториялар улушини 20 фоиздан 37 фоизга, фундаментал илмий тадқиқот ишларини 100 фоизга етказиш таклиф этилмоқда.

Муҳокамада иштирок этиш: https://regulation.gov.uz/oz/d/91224

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#O‘qishni_ko‘chirish

Bugundan qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Yoshlar akademiyasi iqtidorli yoshlarni a'zolikka taklif qiladi!

🔰 Ilmiy va innovatsion sohada faoliyat yuritib kelayotgan 40 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yoshlar Yoshlar akademiyasining 4 ta platformasi orqali jamoaviy shaklda ariza topshirishlari mumkin:

1️⃣ G'oyalar generatori platformasi;
2️⃣ Startaplar platformasi;
3️⃣ Biznes vakillari platformasi;
4️⃣ Bo'lajak akademiklar platformasi.

💥 Yoshlar akademiyasiga a'zo bo'ling va biz bilan katta natijalarga erishing.

✅Yoshlar akademiyasi a'zosi bo'lishni istagan yoshlardan 👉 Ushbu havola orqali ariza topshishlarini so'raymiz.
___________

Академия молодежи приглашает к членству талантливую молодежь!

🔰 Талантливые молодые люди до 40 лет, работающие в научной, инновационной сфере, могут подать коллективную заявку через 4 платформы Академии молодежи:

1️⃣ Платформа генератора идей;
2️⃣ Стартап-платформа;
3️⃣ Платформа представителей бизнеса;
4️⃣ Платформа для ученых будущего.

Станьте членом Академии молодежи и добивайтесь отличных результатов вместе с нами.

✅Молодых людей, желающих стать членами Академии 👉 просим подать заявку по настоящей ссылке.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

“REKTOR VA YOSHLAR” OCHIQ-MULOQOTI

2023-yil 18-dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori professor, B.T.Daminov tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Rektor va yoshlar” mavzusida ochiq-muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda 2023-yil davomida institutda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar ya’ni, talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy, tematik o‘quv auditoriyalari, o‘quv laboratoriyalar, simulyatsiya o‘quv markazi, ma’ruza zallari, kompyuter xonalari, Wi-Fi zonalari, axborot resurs markazida qulay shart-sharoit yaratilgani hamda darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi maqsadida sport musobaqalari, til o‘rganish, ijodiy intellektual qobiliyatlarini ro‘ybga chiqarishga qaratilgan loyihalarni o‘tkazilishi, muzey teatrlarga muntazam tashriflar tashkil etilayotgani alohida ta’kidlandi.

Ochiq-muloqotda talabalar tomonidan yoshlar siyosati, talabalarni bilim olishini va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga oid takliflari eshitildi.

Bildirilgan takliflarni o‘rganib chiqish va ijroga yo‘naltirish uchun mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Mediasavodxonlik
#bilasizmi

O‘zbekistonda amaldagi qonunchilikda nafaqat yuzma-yuz holatda, balki ijtimoiy tarmoqlar orqali bir fuqaroning boshqa fuqaroni tahqirlashi, ya’ni haqorat qilishi javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📹Batafsil videolavhada
———

Согласно действующему законодательству Узбекистана оскорбление не только очно, но и через социальные сети наказуемо.

📹Подробности в видео


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

📌 Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️ipoteka kreditlari;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!

Ma'lumot uchun, 1-avgustdan boshlab to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun yosh cheklovi olib tashlanmoqda.

Shuningdek Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ДЕЛЕГАЦИЯ ИЗ САНКТ-ПЕТЕРБУРГА ПОСЕТИЛА ТАШПМИ

13 декабря 2023 года российская делегация во главе с заместителем председателя Комитета по здравоохранению города Санкт-Петербург Терешина Алексея Евгеньевича посетила Ташкентский педиатрический медицинский институт.

Делегацию сферы здравоохранения города Санкт-Петербург также представили: проректор по научной работе Санкт-Петербургского государственного педиатрического медицинского университета Насыров Руслан Абдулаевич; главный врач Городской больницы Святого Великомученика Георгия города Санкт-Петербург Стрижелецкий Валерий Викторович; заместитель директора Санкт-Петербургского клинического научно-практического центра специализированных видов медицинской помощи имени Н.П. Напалкова Абдулоева Нуринисо Хамдуллаевна, директор Медицинского колледжа №1 города Санкт-Петербург, главный внештатный специалист по подготовке среднего медицинского персонала Комитета по здравоохранению Бубликова Ирина Владимировна, ведущий специалист Комитета по здравоохранению Сорокина Фаина Анатольевна.

В ходе визита ректор Ташкентского педиатрического института в фойе вуза презентовал видеоролик с изображением новейшей истории российско-узбекского сотрудничества. Также, Б.Т. Даминов коротко рассказал о деятельности института и представил делегации музей института, где ознакомил гостей с историей вуза от момента открытия до сегодняшнего дня. Ректор института ознакомил делегацию с учебными аудиториями, лекционным комплексом института, учебно-симуляционным центром, а также с центром передовых технологий и стратегических инициатив, который оснащен современным техническим оборудованием, где студенты и молодые специалисты института работают над созданием и внедрением новых технологий и программ в практику.

В рамках визита стороны обсудили результаты активного сотрудничества между медицинскими учреждениями города Санкт-Петербург и Ташкентским педиатрическим медицинским институтом. В частности, Комитет по здравоохранению отдельно отметил и подчеркнул значимость и успешность реализации многолетнего и плодотворного сотрудничества в сфере подготовки высококвалифицированных медицинских специалистов между Санкт-Петербургским государственным педиатрическим медицинским университетом и Ташкентским педиатрическим медицинским институтом.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #memorandum

POYTAXTDA OTM YOSHLAR YETAKCHILARINING ILK MASLAHAT UCHRASHUVI


🇺🇿 Bugun koʻp yillik ish tajribasiga ega Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqinining boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilarining birinchi maslahat uchrashuvi oʻtkazildi.

📍 Mazkur ilk maslahat uchrashuviga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mezbonlik qildi.

Maslahat uchrashuvida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti, Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchilari, fakultetlar va yoʻnalishlar koordinatorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar yetakchilari tomonidan joriy yilda talaba-yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib kelgusida poytaxt oliy ta’lim muassasalarida ustuvor talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan turli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflari bilan ishtirok etidilar. Muloqotlar jarayonida yoshlar yetakchilari, yoʻnalishlar va fakultetlar koordinatorlarinining taklif va mulohazalari tinglandi.

🎯 Yakunda poytaxt oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish hamsa talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy hamkorlikka qaratilgan memorandumni imzoladilar.

#poytaxt #tadbir #memorandum

🚀@poytaxtyoshlari_yi

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

«Poytaxt» informatsion dasturi
#12dec #toshkent

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#foydali
⚡️ Yaqin soatlarda TOEFL imtihonlari bo‘yicha onlayn vebinar boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

2023-yil 13-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan “Educational Testing Service – ETS Global” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.

Unda Bilimni baholash agentligi va ETS Global tashkiloti mutaxassislari tomonidan TOEFL imtihonlari formati, imtihonga tayyorlanish uchun materiallar va natijalarning hisoblanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.

Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://etsglobal.clickmeeting.com/toefl-ibt-test-your-ultimate-guide/register

Vebinar 2023-yil 13-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Diqqat! Vebinar ishtirokchilariga TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun chegirma beriladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🟥🟥🟥 🟩🟩🟩 #Tanlov

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan 2023-yil davomida namunali faoliyat ko'rsatgan boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchilari uchun "Yilning eng yaxshi yoshlar yetkachisi - 2023!" tanlovini e'lon qilamiz.

😄 "Yilning eng yaxshi yoshlar yetkachisi - 2023!" tanlovida g'olib bo'lgan yoshlar yetakchisi hududiy Kengash tomonidan zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

🔘 Ovozlar 2023-yilning 20-dekabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Shoshiling!

🔺 O'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering!

OVOZ BERISH!!!

🚀@poytaxtyoshlari_yi

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🎄" YANGI YILDA - YANGI BILIMLAR"

2023 yil 20 dekabr kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Xotin-qizlar Maslahat Kengashi a'zolari tomonidan talaba qizlar o'rtasida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinda 3 ta qizlar jamoasi qatnashdi. Bilimdon, chaqqon va zukko qizlarimizdan iborat jamoalar esdalik sovg'alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Tadbirda talabalar tomonidan kuylanga kuy-qo'shiqlar va raqslar tomoshabinlarga bayramona kayfiyatni ulasha oldi.

Xotin qizlar Maslahat Kengashi sizni va oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan chin qalbdan tabriklaydi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI TALABALARI
"ZAKOVAT QUIZ" G'OLIBI


2023 yil 19 dekabrda Toshkent Farmatsevtika instituti Iqtidorli Talabalar bo'limi tomonidan tashkillashtirilgan, qizg'in va murosasiz kechgan “Zakovat Quiz intellektual marafoni” da ToshPTI talabalaridan iborat "САМПИ" jamoasi faol ishtirok etib sovrinli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

📝 Jamoa tarkibi:
Norqoʻziyeva Fotima
Mirzohid Usmonov
Isomiddinov Alijon
Eshonboboyev Firdavs
Umirova Shahzoda

Ularga kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTIDA IJODIY UCHRASHUV O'TKAZILDI

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Tafakkur" jurnali muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Nasrullo Ergash bilan "Yagonasan - muqaddas Vatan!" shiori ostida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Muborak Ahmedova ochib berdi.

Tadbir davomida shoir tomonidan oʻqilgan Ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlari talaba yoshlarni toʻlqinlantirdi.

Shoir ijodiy muloqot jarayonida talaba-yoshlarning savollariga javob berar ekan Ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, xalq oldidagi burch va vatanparvarlik kabi oliyjanob tuygʻularning har bir inson qalbidan chuqur joy olmogʻi va ulugʻ maslagiga aylanmoqda lozimligiga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda ishtirok etgan institut adabiy maslahatchisi, shoira Dilafroʻz Choriyeva hamda Tibbiy pedagogika va davolash fakultetining 1-bosqich 116-132-guruhlar talabalari sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

“SAMARKAND-2020” IV-XALQARO FAN OLIMPIADASIDA ONLAYN QATNASHIB G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITGAN IQTIDORLI YOSHLARIMIZ

2023-yil 15-16-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarkand–2020” tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining IV-Xalqaro fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.

Unda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 10 ga yaqin davlatning 125 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 5 ming nafarga yaqin talabalar oflayn hamda onlayn formatda ishtirok etdi.

Olimpiadada Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir guruh faol va iqtidorli talabalari oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etib, 25 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Tanlovda OFLAYN tarzda ishtirok etib, uning yakuniy natijalari bo’yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining quyidagi talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdilar:

1. Xaitova Laylo – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 4-bosqich talabasi – “Otorinolaringologiya” fanidan 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Otorinolaringologiya, bolalar Otorinolaringologiya, bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Abdullayev X.N.

2. Orzikulova Ugiloy – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 5-bosqich talabasi – “Sud tibbiyoti” fanidan 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Sud tibbiyoti, tibbiy huquq kafedrasi dotsenti, t.f.n. Kuziyev O.J.

3. Tolibova Nigina – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Akusherlik va ginekologiya” fanidan ilmiy maʼruzasi uchun 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti Aripova F.S.

4. Tsoy Milana – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 2-bosqich talabasi – “Anatomiya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Anatomiya, patologik anatomiya kafedrasi katta o'qituvchisi Primova G.A.

5. Ismailova Mahliyo – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 5-bosqich talabasi – “Pediatriya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
1-son Gospital pediatriya va xalq tabobati kafedrasi dotsenti, t.f.n. Turdiyeva D.E.

6. Karimov Abdug’ani – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Bolalar xirurgiyasi” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar:
Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Tilavov Oʻ.X.

7. Orzuyeva Dulafro’z – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 3-bosqich talabasi – “Farmakologiya” fanidan “The Triumph of Reasons” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Farmakologiya, fiziologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Ziyayeva Sh.T.

8. Tulyaganov Abduvahob – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Yuqumli kasalliklar” fanidan “Rhetoric” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti Xayrullina A.X.

9. Mingbayeva Sevinchxon – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Ichki kasalliklari” fanidan “The Best Solutionto Situational Tasks” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti, t.f.d. Ataxodjayeva G.A.

10. An Susanna – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Travmatologiya va ortopediya” fanidan “Absolute Champion” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kafedrasi assistenti Gulyamov S.S.

11. Lazizjonova Umida – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 6-bosqich talabasi – “Nevrologiya” fanidan “The Triumph of Reason” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar:
Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi assistenti Yakubova Z.A.

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#abituriyent2024
#fanlarmajmuasi

⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi


2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
______

⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен) на 2024/2025 учебный год

При утверждении параметров приема на 2024/2025 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов, а также при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.


👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#abituriyent2024
#fanlarmajmuasi

⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi


2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
______

⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен) на 2024/2025 учебный год

При утверждении параметров приема на 2024/2025 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов, а также при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.


👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Grant

📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2024-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/6304

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTIDA YOSH KITOBXON TANLOVI BO'LIB O'TDI

2023-yil 18-dekabr kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang’ich tashkiloti hamda institut tyutorlari bilan hamkorlikda Besh muhim tashabbusning 4-yo’nalishi doirasida  “Mening sevimli kitobim” shiori ostida talaba-yoshlar o'rtasida "Yosh kitobxon" ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tashkil etilgan tanlovda institutimizning talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Mazkur tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib deb topildi:

1- o‘rin - Yo‘lchiboyeva Shaxlo - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 313- guruh talabasi;

2-o‘rin - Usmonov Mirzohid - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 313-guruh talabasi;

3-o‘rin - Meliqo‘ziyeva Guljahon - 1- Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 302-guruh talabasi.

Ko’rik-tanlovda g’olib bo’lgan ishtirokchilar va faol qatnashgan talabalar faxrli o’rinlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI

2023 yil 14 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining institut bosqichi kuz-qish mavsumining to'qqizinchi tur o'yini o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda institut talabalaridan iborat jami 25 ta jamoa qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.

"Zakovat" intellektual o'yinning mazkur turi natijalariga ko'ra " Fath", "Qora ro'yxatdagilar", "Intellektual" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib ushbu oʻyinda eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining kuz-qish mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Mediasavodxonlik
#bilasizmi

Yolg‘on xabar va noqonuniy ma’lumotlarni bo‘lishish (repost) uchun ham
javobgarlik bor

❗️Har qanday axborotni tarqatishdan avval manbaning ishonchligini tekshiring. Feyk va dezinformatsiyalardan yiroq bo‘ling!

Bu nafaqat sizning huquqingiz, balki jamiyat oldidagi burchingiz hamdir.

📹Batafsil videoda tanishing.

Ⓜ️anba
___

Предусмотрена ответственность за распространение (репост) ложных новостей и противозаконной информации.

❗️Проверяйте достоверность источника, прежде чем распространять какую-либо информацию. Остерегайтесь фейков и дезинформации!

Это не только ваше право, но и долг перед обществом.

📹Подробности в видео.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🟥🟥🟥 #memorandum

POYTAXTDA OTM YOSHLAR YETAKCHILARINING ILK MASLAHAT UCHRASHUVI


🇺🇿 Bugun koʻp yillik ish tajribasiga ega Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqinining boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilarining birinchi maslahat uchrashuvi oʻtkazildi.

#poytaxt #tadbir #memorandum

🚀@poytaxtyoshlari_yi

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️СОТРУДНИК ТАШПМИ ПРОШЁЛ СТАЖИРОВКУ В ВЕДУЩЕМ МЕДИЦИНСКОМ УЧРЕЖДЕНИИ ФРАНЦИИ

Сотрудник кафедры психиатрии, наркологии и детской психиатрии, медицинской психологии, психотерапии ТашПМИ PhD Ирмухамедов Т.Б. с 3 по 12 декабря прошел стажировку в Высшем Институте психомоторной реабилитации (ISRP) в г.Париже (Франция).

В рамках стажировки по обучению методам психомоторной терапии было предусмотрено участие на лекционных и практических занятиях, посещение больничного учреждения и встреча с медицинскими работниками Реабилитационного центра Куберта ( UGECAM IDF).

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ТАШПМИ БУДЕТ РАЗВИВАТЬ НАПРАВЛЕНИЕ "НАРОДНАЯ МЕДИЦИНА" СОВМЕСТНО С КИТАЙСКИМИ КОЛЛЕГАМИ

11 декабря 2023 года состоялся визит делегации Комиссии здравоохранения Чунцина и профессорско-преподавательского состава Института традиционной китайской медицины Чунцинского медицинского колледжа, Китайская Народная Республика (Chongqing Three Gorges Medical College) в Ташкентский педиатрический медицинский институт.

В рамках встречи были обсуждены вопросы перспективы развития двухстороннего сотрудничества в сфере народной медицины, реализации программ академического обмена студентов и педагогов, а также возможность создания совместной программы клинической ординатуры по направлению «Народная медицина».

Также специалистами Института традиционной китайской медицины Чунцинского медицинского колледжа был проведен тренинг по китайской традиционной медицине для студентов и педагогов института.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

❄️ Бугун мамлакатимиз бўйлаб қорли совуқ об-ҳаво ҳукм сурмоқда. Шундай кунларда тиббиёт муассасаларидаги ҳолат қандай?

📹 ССВ Матбуот хизмати чақалоқлар ва ҳомиладор аёлларга чуқурлаштирилган тиббий хизмат кўрсатувчи Республика перинатал маркази ва Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникасида бўлиб, беморларга яратилган шароитлар билан танишди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz |@ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “So‘z maydonidan futbol maydoniga” nomli adabiy anjuman o‘tkazildi.

Unda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bitiruvchisi, «Nishona» to‘garagining ilk qaldirg’ochlaridan, xozirda uyushma a’zosi Abror Pir Muhammadning “Akademnashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan  “Marokashning maroqli va mahzun manzaralari”, “Tunisning totli taassurotlari”, “Saudiyaning sehrli sahrolari”, “Avstraliya ajoyibotlari”, “Iordaniya hayrat va ibrat maktabi” deb nomlangan safar qissalaridan iborat 5 jildli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bugungi kundagi “Nishona” to‘garagining a’zolari, talaba va klinik ordinatorlar kitoblarining ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir guruh professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…
Подписаться на канал