“Заковат” Интеллектуал олимпиадаси доирасидаги Брейн-ринг турнирида ўйинлар қизигандан қизимоқда. Гуруҳ босқичи 2-саралаш турнири тугади, чорак финал жуфтликлари маълум бўлди:
1-жуфтлик:
Тошкент давлат педагогика университети —
Тошкент педиатрия тиббиёт институти
2-жуфтлик:
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети —
Тошкент ахборот технологиялар университети
3-жуфтлик:
Андижон давлат университети —
Қорақалпоқ давлат университети
4-жуфтлик:
Тошкент шаҳридаги Инҳа университети —
Тошкент архитектура ва қурилиш университети
👉 @xushnudbek 👈
ССВ: Бир гуруҳ соғлиқни сақлаш тизими масъуллари Сингапурга малака ошириш учун юборилди
🇺🇿🇸🇬 Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва NANYANG Сингапур халқаро институти ўртасида имзоланган ўзаро англашув меморандумига асосан бир гуруҳ мутахассислар Сингапурга хизмат сафарига жўнаб кетди.
🌐🩺 У ерда ташкил этиладиган “Етакчилар учун жамоат саломатлигини бошқариш” ўқув курсларида мамлакатимиз соғлиқни сақлаш тизимининг ҳудудий бошқарув аппарати мутахассислари, ихтисослашган марказлар филиаллари раҳбарлари, вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказлари бош врач ва ўринбосарлари, туман тиббиёт бирлашмалари бошлиқларидан иборат 25 нафар мутахассис иштирок этади.
🗝🚪Уларнинг зиммасига Сингапур Республикасининг соғлиқни сақлашни бошқаришдаги илғор тажрибаларини ўрганиб, мамлакатимизда тиббиёт соҳасига татбиқ этиш бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқиш вазифаси юклатилган.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
❗️Даволаш-профилактика муассасаларининг илмий даражага эга бўлган ходимларига қўшимча ҳақ тўлаш тартиби белгиланди
Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан қўшимча ҳақ тўлаш тартиби тўғрисида низом тасдиқланди.
Низомга кўра:
➖ муассасаларнинг фан доктори (Doctor of Science), фан номзоди ёки фалсафа доктори (PhD) илмий даражасига эга бўлган ходимларига асосий иш жойи бўйича ҳар ойлик қўшимча ҳақ белгиланади.
Ходимга қўшимча ҳақ унинг жорий йил (календарь йил) мобайнидаги фаолияти натижалари таҳлилига асосан келгуси йил учун белгиланади.
▪️ Қўшимча ҳақ миқдори бир ойда — фан номзоди ёки фалсафа доктори илмий даражасига эга ходимлар учун лавозим маошининг 30 фоизидан ҳамда фан доктори илмий даражасига эга ходимлар учун лавозим маошининг 60 фоизидан ошмаслиги керак.
@segmentuz
ТОШПТИ ХОДИМЛАРИ КОНСТИТУЦИЯМИЗНИНГ 30 ЙИЛЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ЭСДАЛИК НИШОН БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИ
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги муносабати билан Тошкент педиатрия тиббиёт институтининг бир гуруҳ ходимлари “Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги” эсдалик нишони билан тақдирланди:
- МУРАТОВА Илмира Ходиевна - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси шифокор-офтальмологи;
- НУРМАМАТОВ Қосимжон Эгамбердиевич - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси шифокор-лаборанти;
- ТАШМУХАМЕДОВ Муҳаббат Холмуратовна - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси консультатив диагностика поликлиника ҳамшира;
- АХМЕДОВ Захид Анварович - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси провизори;
- ШАРУСТАМОВ Равшан Эргашевич - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси шифокор-педиатри;
- ТУРСУНОВА Манзура - Тошкент педиатрия тиббиёт институти клиникаси шифокор-анестезиологи;
- МАДЖИДОВА Ёқутхон Набиевна - Тошкент педиатрия тиббиёт институти Асаб касалликлари, болалар асаб касалликлари ва тиббий генетика кафедраси мудири;
- АБИДОВ Хасанходжа Алишерович - Тошкент педиатрия тиббиёт институти Тери-таносил касалликлар, болалар тери-таносил касалликлари ва ОИТС кафедраси таянч докторанти (PhD).
@daminovbotirtugunpulatovich
@tashpmi_press
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Шавкат Мирзиёев ҳудудларда сув таъминотини яхшилашга оид лойиҳалар ҳамда ер ости сувларини муҳофаза қилишга қаратилган чора-тадбирлар тақдимотлари билан танишди;
- Мамлакатда газ танқислиги муаммосини бартараф этиш учун нималар қилинмоқда?
- Қор кўп ёғиши ортидан кичик кўчаларда юзага келаётган яхмалак муаммоси ечимини кутмоқда.
Кўрсатувни бугун, 10 декабрь куни соат 20:20 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.
Эртага, 11 декабрь куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.
Facebook|Instagram|Twitter
XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL O‘ZLASHTIRISH – TA’LIM SIFATINING MUHIM JIHATI
2022 yil 6-7 dekabr kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Effective ways of language learning for medical specialists in the english speaking environment”(“Tibbiyot mutaxassislari uchun kommunikativ muhitda ingliz tilini o‘rganishning samarali usullari”) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati va master-klass tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligi tasarrufidagi “Asiya Delim” markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, tibbiyot talabalarining ingliz tilini o‘rganish masalasini ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlarida biri sifatida yanada takomillashtirish, bunda samarali o‘qitish mexanizmlarini joriy etish, talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishda kommunikativ muhitni rivojlantirish kabi masalalar o‘z ifodasini topdi.
Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligining rasmiy vakillari, “Asiya Delim” markazi Global hamkorlikni muvofiqlashtirish departamenti raisi Bayram Bozkurt va xalqaro aloqalar bo‘yicha koordinator Yavuz Akin tomonidan Turkiya oliy ta’lim tizimi, ingliz, turk va boshqa xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ekspertlar tomonidan “Turkish Republic Ministry of Education Language School” (“Turkiya Respublikasi ta’lim vazirligi til maktabi”) loyihalari majmui Turkiyada faoliyat yurituvchi universitetlar va markazlar faoliyati to‘g‘risida yoritildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan ingliz tilidan yuqori ko‘rsatkichli bilimlarga ega bo‘lgan talabalar bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar.
Xalqaro anjuman talabalarga ingliz tilini o‘rganishda muhim motivatsion muhit yaratib, ularning kelgusi kasbiy faoliyatida xorijiy tillarni mukammal egallashning ahamiyatini anglashda muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, kafedra pedagog-xodimlarining ingliz tilini o‘qitishdagi faoliyatida jahon andozalariga asoslangan ilg‘or uslublardan unumli foydalanishida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TOSHPTIDA KONSTITUTSIYANING 30 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
2022 yil 7 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida “Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda 200 ga yaqin institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkilotining faol yoshlari Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga alohida to'htalib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida ma'lumot berdilar.
Tadbirda ilm-fam sohasida yuqori natijalarga erishib "Zulfiya" nomidagi ko'rik-tanlovlari, turli xalqaro va respublika ko'rik-tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan institutning iqtidorli talabalari o'z tengdoshlari bilan muvaffaqiyat sirlari, o'z tajriba va maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.
Taqdimotlar bilan so'zga chiqqan iqtidorli talabalar o'zlarining qo'lga kiritgan yutuqlari bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar, ularning ba'zi jihatlariga alohida e'tibor qaratilishi va muvaffaqiyatga erishish uchun o'z ustida doimiy ishlash hamda institutimizda yoshlar uchun yaratilgan barcha sharoitlardan oqilona foydalanish lozimligi haqida ma'lumot berib o'tdilar va tengdoshlarni bayram bilan tabrikladilar.
Shuningdek, talaba-yoshlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, she’rlar va sahna-ko’rinishlari tadbirga alohida ko’rk berdi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlarni muntazam o'tkazishga kelishib olindi hamda bunday tadbirlar institut talabalari orasidagi iqtidorli yoshlarni ortishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli institut professor-o'qituvchilari va xodimlari!
Avvalo, barchangizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Aytish lozimki, jonajon Vatanimizda istiqomat qilayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug' sana cheksiz g'urur va iftihor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.
Sababi O'zbekiston o'tgan vaqt davomida o'z Konstitutsiyasi va mustaqilligiga ega suveren davlat sifatida katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi, jahonda o'zining munosib o'rniga ega bo'ldi, xalqaro hamjamiyat doirasida qo'lga kiritgan yutuqlarimiz munosib e'tirof etilmoqda.
Bosh Qomusimiz mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon jamiyat barpo etish, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi ezgu maqsadlarni o'zida mujassam etgan adolat ramzi sifatida xalq faravonligini ta'minlashda mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Muhtaram ustozlar va murabbiylar!
Bugungi kunda institutimizda ta'lim olayotgan 5 mingdan ziyod talabalarga 1 mingga yaqin siz kabi fidoyi professor-o'qituvchilar va soha mutaxassislari ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. Aziz farzandlarimizning o'z huquqlarini to'la anglagan holda, har tomonlama barkamol avlod bo'lib voyaga yetishida siz — qadrli insonlarning o'rningiz beqiyos.
Bu borada institutimizning ijtimoiy kafedralari hamda tarbiya soatlari orqali barcha kafedralarda o'qitilayotgan, tegishli fanlar tarkibidagi mavzularga singdirilgan holda o'tib kelinayotgan Konstitutsiyamiz to'g'risidagi kurslaridagi zarur bilim va ma'lumotlarning ahamiyati katta.
Sizlarga ushbu mashaqqatli faoliyatingizni sharaf bilan amalga oshirishda so'nmas shijoat va katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Aziz vatandoshlar, qadrli oliy tibbiy ta'lim tizimi fidoyilari!
Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman hamda barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-hotirjamlik, baxt-saodat tilayman!
Hurmat bilan,
Botir Daminov
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori
#Tabriknoma
#Konstitutsiya30yoshda
Qadrli yurtdoshlar!
Sizni baxtimiz qomusi — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Samimiyat ila,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jamoasi
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bosh qonunimiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TOSHPTIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PROFILAKTIK DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2022 yil 6 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti faollar zalida Jinoyat ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisi o‘rinbosari Ismailova Fotima Mamatqulovna, Sudya Yunusobod tuman Shomaxmudov Abbosxon Abzalovich, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudyalari Dadajanova D.B.Xudayberganova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘yicha prorektor M.A.Axmedovalar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”ga bag‘ishlab profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mutahassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Xalqimizda “kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan maʼqul”, degan naql bor. Bu masalada hammamiz javobgarmiz. Zotan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki barcha tashkilot va OTM ham masʼuldir.
Turli davra suhbatlari, targ‘ibot va profilaktik tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar uyushtirilmoqda. Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni doimiy ogohlikka da’vat etishdan iborat.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#Bilasizmi
Ma’lumki, tizimda professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (texnikum, kollej diplomi) dublikatini olish istagini bildirgan fuqarolarga “onlayn murojaat qilish” imkoniyati yaratilgan.
Buning uchun fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki o‘ziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun so‘rovnomani to‘ldiradi. Bunda ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan ikki oy mobaynida 1 581 nafar fuqaroga professional ta’lim (kasb–hunar ta’limi) to‘g‘risida diplom va 133 nafariga diplom ilovalari dublikat ko‘rinishida yetkazildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📆9-dekabr kuni soat 19:00 da INHA universitetida “Qanday qilib startapga investitsiya jalb qilish mumkin?” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.
💻Tadbir spikeri shaxsiy samaradorlik boʻyicha murabbiy, biznes-ustoz, oʻquv kompaniyasi egasi va rahbari Nikolay Korjik boʻladi.
Sessiya davomida Nikolay biznesning qaysi bosqichida investitsiyalar kerakligini, investorlarni qayerdan qidirish kerakligini, shuningdek, qanday investorlar borligini va ular bilan qanday muzokaralar olib borishni soʻzlab beradi.
✅Tadbir haqida batafsil:
https://bit.ly/3UyphRg
_____________
📆9 декабря в 19:00 в университете INHA состоится Startup Advice на тему «Как привлечь инвестиции в стартап?».
💻Спикером мероприятия выступит тренер личной эффективности, бизнес-наставник, владелец и руководитель тренинговой компании Николай Коржик.
Во время сессии Николай расскажет, на каком этапе бизнеса нужны инвестиции, где искать инвесторов, а также, какие бывают инвесторы, и как вести с ними переговоры.
✅Подробнее о мероприятии:
https://bit.ly/3P1aZaA
TOSHPTI YOSHLARI HARBIY QISMDA KONSTITUTSIYANING 30-YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR O'TKAZDI
O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti a'zolari va foallari O'zbekistan Respublikasi Mudofaa vaziligining 38-630-son harbiy qismida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligig munosabati bilan "Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirni tashkil etdi.
Tadbirda institut talabalari teatr studiyasining "Pediatr" jamoasi faol talaba-yoshlari Konstitutsiyamizning inson hayotida muhim omil bo'ladigan moddalardan sahna-ko'rinishlari va taqdimotlari, vatan haqida she'r va qo'shiklar bilan ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida institutimiz faol yoshlarining bayramona chiqishlari harbiy qism rahbariyati tomonidan yuqori darajada e'tirof etildi va ularga esdalik sovg'alar topshirildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️СТУДЕНТКА ТАШПМИ СТАЛА ОБЛАДАТЕЛЬНИЦЕЙ СТИПЕНДИИ АССОЦИАЦИИ ВРАЧЕЙ УЗБЕКИСТАНА
19 ноября 2022 года в городе Ташкент прошла конференция, посвященная 30-летию Ассоциации врачей Узбекистана. На конференции приняли участие представители медицинских вузов, научно-исследовательских институтов и республиканских центров республики.
В ходе конференции объявлены студенты и молодые учёные – победители стипендий Ассоциации врачей Узбекистана.
В числе номинантов победителем данной стипендии была признана студентка 5-го курса Медико-педагогического и лечебного факультета Ташкентского педиатрического медицинского института Холова Наргис, награждённая соответствующим дипломом стипендиата Ассоциации врачей Узбекистана.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
▶️ Toshkent shahrida “Intellektual olimpiada”ning respublika bosqichi start oldi
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har yili “Intellektual olimpiada” tashkil etish vazifasi belgilangan.
Respublika final bosqichida hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan oliy o‘quv yurti terma jamoalari zakovat, breyn-ring, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida o‘zaro bellashmoqdalar.
Olimpiadada har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘rinlarga qarab reyting ballari jamg‘arib boriladi va yakunda eng ko‘p ball jamg‘argan oliy ta’lim muassasasi g‘olib deb topilib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, olimpiadaning yakuniy bosqichida 372 nafar talabadan iborat 50 ta oliy ta’lim muassasasi jamoasi ishtirok etmoqda.
✅ Ishtirok etayotgan OTM ro‘yxati
Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
@yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot telegram boti orqali hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
“Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov nizomiga muvofiq, talabgorlar bilim darajasini aniqlash maqsadida ertaga, 14-dekabr, soat 10:00da test sinovi tashkil etiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlar belgilangan vaqtda vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi (Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uy)ga kelishlari so‘raladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, tanlov ikki bosqichda – test va suhbat asosida tashkil etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Tanlov
Shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda
📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.
📚 Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish
🔚 Ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 18-dekabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markaziga adabiyot.edu.uz elektron platformasi orqali taqdim etiladi.
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
ТОШПТИ ЖАМОАСИДАН ИБОРАТ ИШЧИ ГУРУҲ АНДЖИЖОН ВИЛОЯТИ ТИББИЁТ МУАССАСАЛАРИНИ ЎРГАНИШНИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
Куни-кеча Тошкент педиатрия тиббиёт институти ректори профессор Б.Т.Даминов бошчилигидаги ишчи гуруҳ ҳудудлардаги тиббиёт муассасаларининг 2022/2023 йиллар қиш мавсумига тайёргарлигини ўрганиш, мавсумни беталофат ўтказиш, аниқланган камчиликларни жойларда бартараф этиш ишларини ташкил қилиш мақсадида Андижон вилоятида хизмат сафарида эканлиги ҳақида хабар берган эдик.
Бугун ҳам ўрганиш жараёнлари давом эттирилиб, ишчи гуруҳ Андижон вилояти кўп тармоқли тиббиёт маркази, Андижон вилояти юқумли касалликлар шифохонаси, Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий марказининг Андижон филиали, Булоқбоши тумани тиббиёт бирлашмаси марказий шифохонаси, туғруқ мажмуи, терапия бўлимлари, Жўраполвон ОШП, Қумариқ МТП, Қўрғонтепа тумани тиббиёт бирлашмаси марказий шифохонаси, туғруқ мажмуи, терапия бўлимлари, 58-сон оилавий поликлиникаси, Улуғнор тумани тиббиёт бирлашмаси марказий шифохонаси, туғруқ мажмуи, терапия бўлимлари, 39-сон оилавий поликлиникаси, Деҳқонобод ОШП, Улуғбек МТП ларнинг қиш мавсумига тайёргарлик бўйича фаолияти билан танишди.
Мутахассилар иситиш тизими ҳолати, бемор ҳамда тиббиёт ходимларига яратилган шарт-шароитлар, бино-иншоотларнинг иситиш тизимларини беталофат ишлаши, қиш мавсуми учун яратилган ёқилғилар заҳираси мавжудлиги, шуниндек тиббиёт муассасаларида муқобил электр-энергия манбааларидан фойдаланишни натижадорлигини ошириш ва энг муҳими стационар тартибда даволанаётган беморлардан шифохонада яратилган шароитларга нисбатан фикр-мулоҳазаларини ўргандилар.
Ўрганиш давомида ишчи гуруҳ аъзолари мавжуд ҳолат, кутилаётган совуқ об-ҳаво шароитида муассасасаларда фуқароларга мақбул шароитларда хизмат кўрсатишни ташкил қилиш юзасидан ўз тавсияларини бериб ўтдилар.
Мазкур жараёнда аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан амалга оширилиши лозим бўлган тезкор чора-тадбирлар белгиланиб олинди.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI INTELLEKTUAL OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHIGA CHIQDI
2022 yil 9 dekabr kuni respublika Oliy ta'lim muassalari talabalari o'rtasidagi Intellektual olimpiadaning Toshkent shahridagi hududiy saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur bellashuvda Toshkent shahridagi 50 ga yaqin oliy ta'lim muassalarining eng kuchli intellektual jamoalar ishtirok etdi.
Shu jumladan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining eng iqtidorli talabalaridan iborat institut talabalari jamoasi ham ushbu olimpiadada ishtirok etdi.
Hududiy saralash bosqichining natijalariga ko'ra Toshkent pediatriya tibbiyot institutining talabalari jamoasi yuqori natijalar bilan Respublika bosqichiga yo'llanma oldi.
Institut rahbariyati talabalarimiz jamoasini ushbu natija bilan tabriklaydi va respublika bosqichida ulkan zafarlar va omad tilaydi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
ТОШПТИ РЕКТОРИ АНДИЖОН ВИЛОЯТИ ШИФОХОНАЛАРИНИНГ ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДАРАЖАСИ УРГАНМОКДА
Тошкент педиатрия тиббиёт институти ректори профессор Б.Т.Даминов бошчилигидаги ишчи гуруҳ ҳудудлардаги тиббиёт муассасаларининг 2022/2023 йиллар қиш мавсумига тайёргарлигини ўрганиш, мавсумни беталофат ўтказиш, аниқланган камчиликларни жойларда бартараф этиш ишларини ташкил қилиш мақсадида Андижон вилоятида хизмат сафарида бўлмоқда.
Институт профессор-ўқитувчилари ва ходимларидан иборат ишчи гуруҳ кун давомида мазкур вилоятдаги Андижон шаҳар кўп тармоқли марказий поликлиникаси, Андижон вилояти руҳий касалликлар шифохонаси, Республика ихтисослаштирилган онкология ва тиббий радиология илмий-амалий тиббиёт марказининг Андижон филиали каби шифохоналарда бўлиб, қиш мавсумида беморлар учун яратилаётган шароитлар, муассасалардаги иситиш тизими, қозонхоналар, улардаги кўмир ва ёқилғилар захиралари ва тиббиёт муассаларнинг қишки даврдаги фаолиятини ўрганди.
Шунингдек, ишчи гуруҳ жойларга чиққан ҳолда вилоятнинг Андижон тумани тиббиёт бирлашмаси кўп тармоқли марказий поликлиникаси, 2 ва 5-сон оилавий поликлиникалари хамда Избоскан тумани тиббиёт бирлашмаси кўп тармоқли марказий поликлиникаси фаолиятини ўрганди.
Ўрганиш жараёнларида аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан амалга оширилиши лозим бўлган тезкор чора-тадбирлар белгиланиб олинди.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABASI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI GRANTI SOHIBI BO'LDI
2021-2022 o'quv yili qabulida respublika davlat oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan 257 nafar talabalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga da'vogar bo'lganligiga qaramasdan 2022-2023 o'quv yili uchun o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovida 29 nafar da'vogar qatnashdi va shundan 10 nafari g'olib deb topildi.
2022-2023 oquv yili uchun o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi goliblari orasida respublikamizning barcha tibbiyot oliygohlari orasida faqatgina Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 2-bosqich talabasi Otaboyev Samandar "Sog'liqni saqlash" yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5172-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.
Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilinishi belgilangan.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Бугун — Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ана шу қутлуғ сана муносабати билан тиббиётимизнинг фидойи ва жонкуяр ходимлари, барча юртдошларимизни ушбу шодиёна билан самимий муборакбод этади. Ватанимиз равнақи ва эл-юрт фаровонлиги йўлидаги меҳнатларингизга муваффақиятлар тилайди.
Ўзбекистон Республикаси
Соғлиқни сақлаш вазирлиги.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
📝 Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyoti kafolati Konstitusiya hisoblanadi. Unda millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligini koʻrsatilgan.
🎉 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimizning hayoti farovon boʻlsin!
✅ Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
BILIMNI MUKAMMAL EGALLASH – YUTUQLAR SARI BOSHLOVCHI OMIL
2022 yil 21-24 noyabr kunlari Toshkent farmasevtika institutida “Bo‘lajak Farmasevt – 2022” mavzusida Xalqaro fan olimpiadasi o’tkazildi.
Mazkur xalqaro olimpiada Toshkent davlat stomatologiya instituti, Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassalari nomidan ishtirok etgan talabalar o‘zaro bellashdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan ishtirok etgan 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining iqtidorli yoshlaridan 2-bosqich talabasi Xojiyev Shoxjahon “Ingliz tili” fanidan va 3-bosqich talabasi Soliyeva Sevinch “Farmakologiya” fanidan faxrli 2-o’rin egalladilar va 2-darajali diplomni qo’lga kiritdilar.
Institutimiz rahbariyati xalqaro olimpiadada g’olib bo’lgan yoshlarni qutlab kelgusi faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
BUGUN TOSHPTIDA KONSTITUTSIYANING 30 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN BAYRAM TASHKIL ETILADI
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida joriy yilning bugun 2022 yil 7 dekabr kuni soat 13.00 da 6 majlislar zalida “Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbiri o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Tshkent pediatriya tibbiyot institutning barcha talabalar, yoshlari va professor-o’qituvchilari taklif etiladi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Масс-медиа фонди гендер тенглик масаласига бағишлаб таъсирли ролик ишлабди. Қиз фарзанд ҳам, аёл ҳам жамиятнинг тенг ҳуқуқли аъзоси экани реал ҳикоялар мисолида яхши очиб берилган.
Читать полностью…Assalomu alaykum doʻstlar!
IT Park – xalqaro standartlarga mos onlayn taʼlim platformasi malakali ingliz tili oʻqituvchilarga tanlov eʼlon qiladi!
Oʻqituvchilar Toshkent shahrida istiqomat qilishi shart, studiyamiz shaharda joylashgan.
TALABLAR:
– Ingliz va oʻzbek tilini mukammal darajada bilish;
– Diplom uchun emas, bilim uchun oʻqiganlik;
– Sohadagi chuqur bilim va malaka;
– Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom.
ISH SHAROITI:
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Toʻlov — bajarilgan ish uchun;
– Doim oʻz ustingizda ishlash uchun muhit.
ISH HAQIDA:
– Asosiy qilinadigan ish bu video darslarni yozish;
– 1 ta videoning uzunligi 4-8 daqiqa;
– Barcha materiallar oʻqituvchiga oldindan tayyor qilib beriladi.
Ariza topshirish uchun quyidagi formani toʻldirib chiqing: Oʻqituvchi ariza topshirishi uchun forma
it-park.uz
ITPARK
ITPARK Uzbekistan
/channel/UzDJTUTijoratlashtirish
⚡️TOSHPTI TALABASI O'ZBEKISTON VRACHLAR ASSOTSIATSIYASI STIPENDIYASI SOHIBI BO'LDI
2022-yil 19-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda respublikamizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va respublika markazlari vakillari ishtirok etdi.
Anjuman davomida talabalar va yosh olimlar – O‘zbekiston Shifokorlar assotsiatsiyasi stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi Xolova Nargis mazkur stipendiya g‘olibi deb topilib, O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining stipendiati diplomi bilan taqdirlandi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Intellektual olimpiada ishtirokchilari diqqatiga!
Intellektual olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita qarori bilan turnir reglamentiga o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda turnir ikki bosqichda - hududiy va respublika bosqichida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Har bir hududga OTMlardan kelib tushgan arizalar soniga mos nisbatda respublika bosqichiga kvota ajratildi.
Intellektual olimpiadaning hududiy bosqich o‘yiniga 9-dekabr, juma kuni butun respublika bo‘yicha bir kunda va bir vaqtda start beriladi.
Hududiy bosqichda jamoalar "Zakovat"ning sportcha versiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yin orqali saralab olinadi.
Hududiy bosqich haqida qo‘shimcha ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.
Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi 13-17-dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok