tashpmi_press | Неотсортированное

Telegram-канал tashpmi_press - tashpmi_press | rasmiy

3518

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института 📞 71 262-33-20 📧 press@tashpmi.uz 🌐 www.tashpmi.uz 📲 instagram.com/tashpmi_press 📲 facebook.com/tashpmi.press © ToshPTI Matbuot xizmat

Подписаться на канал

tashpmi_press | rasmiy

#Qonunchilik_yangiliklari

Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi


Farmonga muvofiq:

▶️davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish bali tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

◀️hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda:

➡️davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga boʻlgan oʻz ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi;

↪️hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi;

➡️maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnoma tuziladi;

▶️ 2024/2025-oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining boshqa taʼlim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

Айни дамда Академик В. Воҳидов номидаги Республика ихтисослаштирилган хирургия илмий-амалий тиббиёт марказида бўлиб ўтаётган "Ўзбекистон-Россия: саломатлик йўлида ҳамкорлик" мавзусидаги илмий-амалий конференциядан ФОТОЛАВҲАЛАР
——————-
ФОТОРЕПОРТАЖ с научно-практической конференции «Узбекистан — Россия: партнёрство во имя здоровья», которая проходит в Республиканском специализированном научно-практическом медицинском центре хирургии имени академика В. Вахидова.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ Rasman: OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi

OTMlarning magitsraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.

Yangi tartib bo‘yicha:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн
#no_comment

📌 "Ўзбекистон-Россия: саломатлик йўлида ҳамкорлик" мавзусидаги илмий-амалий конференция ўз ишини давом эттирмоқда.

————
📌 Научно-практическая конференция «Узбекистан — Россия: партнёрство во имя здоровья» продолжает свою работу.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

📌 Пойтахтимизда "Ўзбекистон-Россия: саломатлик йўлида ҳамкорлик" мавзусидаги илмий-амалий конференция қизғин давом этмоқда.

————
📌 В столице продолжается научно-практическая конференция «Узбекистан — Россия: партнёрство во имя здоровья».

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

Анжуман ўз ишини бошлади.

Тадбирни Ўзбекистон Республикаси Администрацияси Ижтимоий ривожланиш департаменти раҳбари Одил Абдурахманов кириш сўзи билан очиб, юртимизда соғлиқни сақлаш соҳасида олиб борилаётган ислоҳотларга алоҳида тўхталиб ўтди.

Қайд этилганидек, давлатимиз раҳбари бошчлигида сўнгги 6-7 йилда юртимиз соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш борасида катта ютуқларга эришди.

Бу соҳада кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилиб, тиббий хизматлар билан қамраб олишнинг универсал миллий модели жорий этилди, кўплаб янги замонавий тиббиёт муассасалари барпо этилди, давлат-хусусий шериклик ва хусусий сектор ривожланди, дори воситалари таъминоти яхшиланди, тиббий таълим ва кадрларни тайёрлаш сифати ошди.

Юқори технологик ихтисослаштирилган тиббий ёрдам кўрсатишнинг мутлақо янги тизими яратилди.

Бирламчи тиббий-санитария муассасалари ва шифохоналарда кўрсатиладиган тиббий ёрдамнинг кафолатланган ҳажмлари белгиланди.

Юқумли бўлмаган касалликлар ва уларнинг хавф омилларини эрта аниқлаш мақсадида 40 ва ундан катта ёшдаги аҳоли орасида юрак-қон томир касалликлари ва диабет скрининги ҳамда 35 ва ундан катта ёшдаги аёллар орасида кўкрак бези ва бачадон бўйни саратони скрининг дастурлари татбиқ этилди.

Миллий тиббиётимизни ривожлантириш бўйича муҳим вазифалар "Ўзбекистон-2030" стратегиясида ҳам белгилаб берилган. Ҳар бир фуқаронинг манфаатлари инобатга олинган ушбу ҳужжатдан, жумладан мамлакат аҳолисининг ўртача умр кўриш давомийлигини ошириш, тиббиётга бюджетдан ажратилаётган маблағлар ҳажмини икки баробарга кўпайтириш, онкологик ва юрак-қон томирлари касалликлари бўйича эрта ўлимни 2,5 баробарга, оналар ва болалар ўлимини 2 баробарга қисқартириш каби мақсадлар ўрин олган.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Maʼrifat ulashib" lohiyasini amalga oshirish maqsadida, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillar kafedrasi mudiri, shoira, olima, "Madaniyat va sanʼat fidokori", "Oliy taʼlim aʼlochisi" , "O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi" Kavsar Turdiyeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Bu uchrashuvda Abdurahimova Valida Akromovna 4-"A" sinf rahbari tomonidan o'quvchilari bilan shoiraning hayoti va ijodini to'liq yoritib berishga, she'rlarini yod olib oʻtkazildi. Tadbirda shoiraning ko'plab sheʼrlari, qoʻshiqlari ijro etildi. "Mikrob, virus va Salomat qiz" asari sahnalashtirildi.sahna ko'rinishlari namoyish qilishdi.

Tadbirda shoiraning sheʼrlari, qoʻshiqlari ijro etildi, "Mikrob, virus va salomat qiz" asari sahnalashtirildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTIDA PEDIATRIYA BO‘YICHA KONGRESS BO‘LIB O‘TADI

2024-yil 24-25 may kundari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari" deb nomlangan bolalar shifokorlarining II-chi ilmiy-amaliy Kongressi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu Kongress amaliy pediatriyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo'lib, turli bolalar amaliyotidagi soha mutaxassislari–pediatrlar, anesteziologlar, reanimatologlar, endokrinologlar, gastroenterologlar, nefrologlar, ginekologlar, neonatologlar, yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislar, kardiologlar, nevrologlar, jarrohlar, urologlar, onkologlar, nur diagnostika bo'yicha, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tashkilotchilari va xorijiy olimlar hamda yetakchi mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish va muloqotni amalga oshirishga yordam beradi.

Kongressning maqsadi - O'zbekiston Respublikasining barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalar pediatrlari tomonidan pediatriyaning turli sohalarida tibbiy bilimlarini kengaytirish, og‘ir bemorlarni klinik tahlil bilan pediatriyaning barcha yo'nalishlarida diagnostika va davolash standartlarini muhokama qilish orqali korsatilayotgan tibbiy yordam sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

Kogressning ilmiy dasturiga muvofiq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan:
• Bolalardagi kritik holatlarda erta tashxislash va intensiv davolashga zamonaviy yondashuvlar
• Intensiv davolash va anesteziyadagi texnologiyalar
• Infeksiya va sepsis
• Bolalarni kritik holatlarda nutritiv qo'llash
• Pediatriyada intensiv davolash va anesteziologik ta’minot
• O'rta tibbiy xodimlar nuqtai nazaridan reanimasion bemorlarini monitoring qilish tizimi
• Bolalarda operatsiyadan oldingi davrni boshqarishga zamonaviy yo'ndashuvlar
• Bolalarda sun’iy qon ayĭlanishi bilan yurak jarrohligi paytidagi anesteziya
• Ambulator pediatriya. Diagnostika va davolash standartlari.
• Bolalar gematologiyasining dolzarb masalalari.
• Bolalar kardiologiyasi: erta tashxis qo'yish va davolash standartlari.
• Bolalarni davolash diagnostikasi va monitoringida ultratovushning roli
• Pediatriyaning turli sohalaridagi klinik holatlar.

Kongress formati: gibrid (shaxsan + onlayn translyatsiya)

Kongress tillari: o'zbek, rus, ingliz.

O‘tkaziladigan sana: 2024-yil 24 -25-may

O‘tkaziladigan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bolalar milliy tibbiyot markazi

Kongress tashkilotchilari: O'zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bolalar milliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Anesteziolog-reanimatologlar va pediatrlar uyushmalari

Kongress ishtirokchilarini sertifikatlash rejalashtirilgan.

Kongress dasturi ilova qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Студентка Педиатрического университета Диёра Ачилова - лауреат премии «Горячее сердце»

Студентка 5-го курса Педиатрического университета Диёра Ачилова удостоена нагрудного знака Всероссийской общественно-государственной инициативы «Горячее сердце».

Как отметили организаторы, будущий врач активно участвовала в волонтёрских акциях по сбору одежды для детей и подростков, проводила арт-терапию детям, находящимся на лечении в больнице, помогала детям-сиротам и матерям-одиночкам.

Подробнее

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

📣📣📣 18-May kuni "Talabalar Bahori" festival doirasidagi Kibersportning 🎮 😀 Playstation turi bo'yicha o'yinlar bo'lib o'tdi .

2-3- ma'ruzalar zalida
Soat 14:30


@tashpmi_yoshlar🇺🇿
@tashpmi_press🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#LIVE #Ovozli_chat

⚡️Ayni daqiqalarda milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat boshlandi


🎙 Unda vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar tomonidan mavzuga doir savollarga shaxsan javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun havola: /channel/BaholashUz?livestream

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ПРОЕКТ MNEF ВНОВЬ ПРИГЛАШАЕТ НА ПРОГРАММЫ ОБУЧЕНИЯ (ТРЕНИНГА) В УНИВЕРСИТЕТЕ ËНСЕЙ (КОРЕЯ)

MNEF — это проект по расширению возможностей образования и научных исследований для Ташкентского педиатрического медицинского института (ТашПМИ).

Это программа-приглашение для обучения призванная предоставить возможности для расширения медико-педагогического потенциала и укрепления исследовательских возможностей профессоров и научных сотрудников путем обмена уникальным опытом и навыками, приобретенными в системе здравоохранения Университета Ëнсей, с ТашПМИ.

В 2024 году в рамках этого проекта будут отобраны 4 стажера из сферы медицинских исследований:

- 2 стажера со степенью магистра или выше - на долгосрочный период (6 месяцев) - Тренинг для новых исследователей;

- 2 стажера со степенью кандидата наук (PhD) или выше - на короткосрочный период (3 месяца) – Тренинг «Расширение исследовательских возможностей».
Период повторной подачи заявок: 14 мая – 24 мая 2024 года!

Подача документов:
1) Заявки должны быть отправлены по электронной почте (mnef.yuhs@gmail.com)

2) Заголовок письма должен быть таким: "2024 MNEF Invitational Training_application_NAME OF APPLY COURSE_YOUR NAME".

3) Крайний срок: 24 мая 2024 года

Подробная информация о программах обучения (тренингах) и форма для подачи заявки представлены в файлах ниже.

Руководство Ташкентского педиатрического медицинского института,
Отдел подготовки научно-педагогических кадров
и центр поддержки исследований

_

⚡️MNEF LOYIHASI KOREYANING YONSEI UNIVERSITETIDA O'QUV DASTURLARI (TRENING)GA TAKLIF ETADI

MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.

Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.
2024-yilda ushbu loyiha doirasida tibbiy tadqiqotlar sohasidan 4 nafar stayor tanlanadi:

2 nafar stajor (magistr yoki undan yuqori bo'lgan darajaga ega) - uzoq muddatga (6 oy) - yangi tadqiqotchilar uchun trening;

2 stajor (fan nomzodi (PhD) yoki undan yuqori darajaga ega) – qisqa muddatga (3 oy) - "Tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish" treningi.

Ariza qayta topshirish muddati: 2024 - yil 14 maydan 24 maygacha!

Ariza berish:

1) Arizalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (mnef.yuhs@gmail.com)

2) Xatning sarlavhasi quyidagicha bo'lishi kerak: "2024 NET Invitational Training_application_NAME of APPLY COURSE_YOUR NAME".

3) Oxirgi muddat: 2024-yil 24 - may

O‘quv dasturlari (treninglar) haqida batafsil ma'lumot va ariza berish shakli quyidagi faylda keltirilgan.

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ma’muriyati,
Ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
va tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash markazi

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Maʼrifat ulashib" lohiyasini amalga oshirish maqsadida Toshkent peduatriya tibbiyot instituti, Yaponiya raqamli universiteti va Toshkent viloyati Zangiota tumani 40-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillar kafedrasi mudiri, shoira, olima, "Madaniyat va sanʼat fidokori", "Oliy taʼlim aʼlochisi" , "O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi" Kavsar Turdiyeva bilan ijodiy uchrashuv
tashkil etildi.

Tadbirda shoiraning sheʼrlari, qoʻshiqlari ijro etildi, "Mikrob, virus va salomat qiz" asari sahnalashtirildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA
“BREYN RING ” INTELLEKTUAL TURNIRI O'TKAZILDI


2024 yil 7 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti "Talabalar Bahori" festival doirasida, Intellektual loyihalar koordinatori N.F.Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Breyn Ring" intellektual turniri o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda institut talabalaridan iborat jamoalar qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.

"Breyn Ring" intellektual turnir natijalariga ko'ra:

"Katta og'a", "Primus", "Intellektual" va "Meteorit", " Pentagon" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);

🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

🟣Bunda:
✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

📌 Тадбир доирасида икки мамлакат соғлиқни сақлаш соҳаси вакиллари турли йўналишларда ҳамкорликда бажарилаётган ишлар, уларнинг натижаларига тўхталиб ўтдилар.

🏢 Икки томонлама ҳамкорлигимизда тиббий таълимнинг алоҳида ўрни бор. Жумладан, бугунги кунда юртимизда Россиянинг 2 та тиббиёт университети — Тошкентда Н.И.Пирогов номидаги миллий тадқиқот тиббиёт университетининг, Жиззах шаҳрида эса Қозон федерал университетининг филиаллари ташкил этилган.

👨‍🎓 Россия Федерациянинг 10 та тиббиёт олийгоҳлари билан қўшма таълим дастурлари асосида бакалавриатнинг 6 та, клиник ординатуранинг 10 та йўналиши бўйича ҳамкорликда кадрлар тайёрланмоқда. Ҳозирда жами 2700 нафар ўзбекистонлик талаба ушбу мамлакатнинг тиббий олий ўқув юртларида таҳсил олмоқда.

👨‍⚕️ Ҳар йили мамлакатимизнинг 400 нафарга яқин шифокори Россиянинг етакчи клиника, марказ ва университетларида малака ошириб қайтмоқда. Ўз навбатида, 150 нафарга яқин россиялик мутахассислар юртимиздаги тиббиёт муассасаларида маҳорат дарслари ва юқори технологик жарроҳлик амалиётларини ўтказиб келади.

❗️ Иштирокчилар конференциянинг биринчи куни амалий тадбирларга бой бўлганини ҳам алоҳида эътироф этдилар.

🔬 Хусусан, дастлабки кун россиялик меҳмонлар томонидан жами 172 нафар бемор тиббий кўрикдан ўтказилиб, 35 нафар беморда юқори технологик жарроҳлик амалиётлари бажарилди.

✍️ Бундан ташқари, икки давлат тиббиёт марказлари ва институтлари ўртасида ҳамкорликни ривожлантириш бўйича 10 дан ортиқ келишувлар имзоланди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Rasman: bu yil qabul 5-iyundan boshlanadi!

Qabulga oid prezident farmoni chiqdi. Unga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Edu - ta'lim yangiliklari
✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазири вазифасини бажарувчи Асилбек Худаяров ҳам сўзга чиқиб, икки мамлакат ўртасидаги тиббий ҳамкорликнинг ҳозирги ҳолати ва ва шерикликни янада ривожлантириш истиқболлари хусусида сўз юритди.

Бугун икки давлатнинг соғлиқни сақлаш тизими масъуллари, соҳа экспертлари ва олимлари илғор тажриба билан алмашиш ҳамда янги қўшма лойиҳаларни ишга тушириш имкониятларини кўриб чиқиш учун бир майдонда йиғилди.

Россия ва Ўзбекистон — вақт синовларидан ўтган стратегик шериклар. Мамлакатларимиз Президентларининг икки томонлама ҳамкорлик ва ҳурматга асосланган яқин дўстлик муносабатларини мустаҳкамлаш борасидаги қатъий саъй-ҳаракатлари бугун ўзаро алоқаларни сифат жиҳатидан юқори босқичга кўтарди.

Ўзбекистон учун Россия билан соғлиқни сақлаш соҳасидаги ҳамкорлик алоҳида аҳамиятга эга. Касалликларни даволаш борасида ўзаро тажриба ва технологиялар алмашишдан тортиб, биргаликда кадрларни тайёрлашгача — бугун икки томонлама кўп қиррали ҳамкорлигимиз тиббиётнинг барча йўналишларини қамраб олган. Россиялик мутахассислар мунтазам равишда маҳорат дарслари, юқори технологияли операцияларни ўтказиш учун юртимизда бўлмоқда.

Мамлакатларимиз тиббиёт соҳаси вакиллари ўртасида бу каби икки томонлама тадбирларнинг ўтказилиши яхши анъанага айланишга улурган.

Ўйлайманки, бундай икки томонлама формат нафақат мамлакатларимизнинг тиббий олий ўқув юртлари, илмий-тадқиқот институтлари ўртасидаги ўзаро алоқаларни ривожлантириш, балки соғлиқни сақлаш соҳасининг барча йўналишларидаги кўп қиррали стратегик ҳамкорликни мустаҳкамлашда ҳам муҳим аҳамиятга эга, - деди вазир ўз нутқида.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати
.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida

Batafsil: https://uza.uz/posts/601770

———

О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа

Подробно: https://uza.uz/posts/601771

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#онлайн

📌 Яна саноқли дақиқалардан сўнг пойтахтимизда "Ўзбекистон-Россия: саломатлик йўлида ҳамкорлик" мавзусида илмий-амалий конференция бошланади.

🏥 Айни дамда Академик А. Воҳидов номидаги Республика ихтисослаштирилган хирургия илмий-амалий тиббиёт марказида икки мамлакатнинг етакчи тиббиёт муассасалари раҳбарлари, соҳа олимлари ва экспертлари жам бўлган.

📹 ССВ Матбуот хизмат ушбу анжуман тафсилотларини онлайн ёритиб боради.
------------
📌 Буквально через считанные минуты свою работу начнет научно-практическая конференция «Узбекистан — Россия: партнёрство во имя здоровья».

🏥 Сейчас в Республиканском специализированном научно-практическом медицинском центре хирургии имени академика В. Вахидова собрались руководители ведущих медицинских учреждений, ученые и эксперты двух стран.

📹 Пресс-служба Минздрава будет освещать данное мероприятие в режиме онлайн.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

"Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" Loyihasi doirasida "Talaba-yoshlar gastranomik va pazzandachilik" - festevali "NAVRO'Z" bog'ida yuqori saviyada bo'lib o'tidi. TPTIdan 400 nafardan talabalar ishtiroki ta'minlandi. Festevalda konsert, xar xil ko'ngil ochar dasturlar, rang barang shoular, master klasslar o'tkazildi. Bu yerda barcha xorijiy davlatlar, viloyatlar urf-odatlari va an'anaviy taomlari jam bo'lgan.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ TOSHPTIDA "QVZ" KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

2024-yil 22-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Talabalar bahori - 2024" festivali doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi institut bosqichining FINALI bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda institutning institutimiz fakultetlarining jamoalari o‘z hazillari bilan chiqishlari va aktyorlik mahoratlari orqali bellashdilar.

Bellashuv natijasida quyidagi jamoalar g'oliblik va faxrli o'rinlarni egalladi:
1-o'rin - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining "Shu guruh" jamoasi;
2-o'rin - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining "Vagus" jamoasi;
3-o'rin - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining "Skalpel" jamoasi.

Tanlov g‘oliblari diplomlar va pul mukofoti bilan munosib taqdirlandilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️BUGUN TOSHPTIDA "QVZ" KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TADI

Bugun - 2024 yil 22 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Talabalar bahori - 2024" festivali doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi institut bosqichining FINALI bo‘lib o‘tadi.

O'tkazilish joyi: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ichki hovlisi

O'tkazilish vaqti: 10:00

Tanlovda institutning institutimiz fakultetlarining quyidagi jamoalari o‘z hazillari bilan chiqishlari va aktyorlik mahoratlari orqali bellashadilar:
- 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining "Skalpel" jamoasi;
- 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining "Shu guruh" jamoasi;
- Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining "Vagus" jamoasi.

O'z fakultetingiz jamoansini qo'llab-quvvatlashga keling!

Tanlov g‘oliblari pul mukofoti bilan munosib taqdirlanadilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

TOSHPTIDA "15-MAY - XALQARO OILA KUNI" MUNOSABATI BILAN "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI TASHKIL ETILDI

2024-yil 13-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "15-may - Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Qizlar haftaligi" dasturi asosida talaba-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

O'yinda instutning faol talaba-qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblar va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Tadbir so'nggida har bir jamoalar  esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️SLOVAKIYADA O’QISH UCHUN STIPENDIYA DASTURI E’LON QILINDI

Slovakiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2024-2025 oʻquv yilida Slovakiyaning davlat oliy oʻquv yurtlarida xorijiy talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlovchi Stipendiyalar dasturini e’lon qiladi.

Stipendiya Slovakiya universitetlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida o’qish uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Stipendiya dasturning oylik stipendiyasi;
– Universitetning oylik stipendiyasi;
– Universitetda o'qish boshlangandan so'ng bir martalik stipendiya;
– Universitetda o'qishni tugatgandan so'ng bir martalik stipendiya beriladi.

Stipendiya dasturining yo’nalishlari:
* Fizika; 1160
* Kimyo; 1420
* Kimyo muhandisligi va texnologiyasi; 2820
* Kompyuter fanlari; 2508
* Kibernetika; 2647
* O'rmon xo'jaligi; 4219
* Matematika; 1113
* Qishloq xo'jaligi va landshaft; 4190
* Oziq-ovqat fanlari; 2940
* Qurilish muhandisligi; 3659
* Mashinasozlik; 2381
* Veterinariya tibbiyoti; 4318
* Tibbiyot; 5141
* Sog'liqni saqlash fanlari; 5618
* Stomatologiya, Stomatologik tibbiyot; 5166

* Yer resurslarini qazib olish va qayta ishlash; 2118

Arizalar 2024-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
http://www.vladnestipendia.sk/

Stipediyaga topshirish qoidalari:
https://www.minedu.sk/scholarships-of-the-government-of-the-slovak-republic/

Ushbu dasturga Slovakiyada taʼlim olishga qiziqishi mavjud boʻlgan abituryent va talabalar topshirishi mumkin.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

"Интеллектуальная игра "Заковат" среди студентов Еврогруппы ТашПМИ"

14 мая 2024 года в Ташкентском педиатрическом медицинском институте состоялась интеллектуальная игра "Заковат", организованная координаторами интеллектуальных проектов первичной организации Союза Молодежи Узбекистана в институте Н.Ф. Норкузиевой и А.Турамуродовой.

В напряженной и бескомпромиссной игре приняли участие команды из более чем 30 студентов европейской группы института, которые проявили свои знания и интеллект, отвечая на вопросы.

По итогам игры "Заковат" в лидеры вышли команды "Дофамин", "Капибара", "Перевязочники" и "120-Ди", показавшие самые высокие результаты.

@tashpmi_yollar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA
“ ERUDIT-KVARTET ” INTELLEKTUAL TURNIRI O'TKAZILDI


2024 yil 7 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti "Talabalar Bahori" festival doirasida, Intellektual loyihalar koordinatori N.F.Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Erudit-kvartet" intellektual turniri o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda institut talabalaridan iborat jamoalar qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.

"Erudit-kvartet" intellektual turnir natijalariga ko'ra:

A guruh: Imomaliyeva Laylo, Murodov Anvar, Tashimbetov Otabek, Bo'riyev Umid lar yetakchilikni qo'lga kiritib eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️ВЛАДЕНИЕ ИНОСТРАННЫМИ ЯЗЫКАМИ НА «ОТЛИЧНО» –
ВЕРНЫЙ ПУТЬ К ПОБЕДЕ И ДОСТИЖЕНИЯМ


Кафедра Иностранных языков ТашПМИ гордится своими студентами, которые успешны не только по специальным предметам, но и по дисциплине “английский язык”, и достигли высоких результатов на международном уровне. Наши студенты заняли лучшие места в следующих олимпиадах:

1.Международная студенческая олимпиада при КазНМУ им.С.Д.Асфандиярова – студент 3 курса факультета Лечебное дело Хожиев Шохжахон - 2 место, руководитель – доцент Буранова Д.Д.

2. IV International Olympiad for medical students “Followers of Avicenna”:
- студентка 1 курса факультета Лечебное дело Носиржанова Сабина - 3 место, руководитель - доцент Шарипова Ф.И.
- студентка 1 курса факультета 2 Педиатрия Уралова Мадина – 3 место, руководитель - старший преподаватель Набиева Д.Р.

3. Международная Российская олимпиада по английскому языку –
Студентка 1 курса факультета 2 Педиатрия Мухаммедова Хабиба - 3 место, руководитель - доцент Шарипова Ф.И.

Также следует отметить, что студентка 1 курса факультета 2 Педиатрия Захидова Шахруза заняла 2 призовое место с докладом на английском языке в конкурсе на лучший доклад, организованный Студенческим Научным Обществом института.

На 52 научно-практической международной конференции молодых учёных, в отделе Самый лучший доклад, 2 место заняла Абдувалиева Чарос, студентка 126 - ДИ группы

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩

Читать полностью…
Подписаться на канал