YOZGI TA’TILNI KITOB BILAN MAROQLI O‘TKAZING!
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yozgi ta’tilda har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.
🔖Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:
📘 "O‘tkan kunlar"
📗"Kecha va kunduz"
📕 "Otamdan qolgan dalalar"
📔 "Mehrobdan chayon"
📘 "Ulug‘bek xazinasi"
📔 "Yulduzli tunlar"
📕 "Chinor"
📗 "Farg‘ona tong otguncha"
📓 "Navoiy"
📒"Shum bola"
📗 "Ko‘hna dunyo"
🖥Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.
❗️Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 1000 dan ziyod audiokitoblar va 3000 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.
📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati
Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#Call_markaz
❓ Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Mikro-hudud doirasida ariza topshirayotgan vaqtda taʼlim tilini tanlashda xato qilibman. Endi arizamni qanday tahrirlasam bo‘ladi?
✅ Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra maʼlumotlarni qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.
❓Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Toshkent shahrida istiqomat qilmoqdamiz. Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo, tizimda Toshkent shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?
✅ my.maktab.uz tizimidagi maʼlumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Toshkent shahrida yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin.
Shuningdek, o‘quvchi o‘rni, pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining yetarli o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.
Shunga ko‘ra, 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga, agar ularda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, farzandingizni qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin.
❓Ariza topshirayotgan vaqtda arizamning navbatini noto‘g‘ri tanlabman. Ariza navbatini qanday tahrirlasam bo‘ladi?
✅ Bunday holatda ariza dastlab maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan so‘ngra Siz qaytadan ariza navbatini tanlashingiz mumkin.
❗️Shu o'rinda ota-onalardan ariza topshirayotgan vaqtda e'tiborli bo'lishni va barcha ma'lumotlarning to'g'ri to'ldirilayotganini tekshirishlarini so'raymiz.
✔️ Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловининг дастлабки натижалари
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Бугун 9 июль куни Марказий сайлов комиссияси матбуот марказида бир қатор брифинглар бўлиб ўтди
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_16
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➡️ 00:10 Maktab o‘qituvchilariga 56 kunlik mehnat ta’tili berish bo‘yicha qoida tasdiqlanibdi. Hozirga qadar 48 kun yoki boshqa muddatlarda mehnat ta’tili olgan o‘qituvchilarning qolgan ta’til kunlari va pullari qayta hisoblab beriladimi?
➡️ 01:47 Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining tug’ruq ta’tili muddati va to‘lovlari bizga ham davlat bog‘chalari kabi beriladimi? Buning tartibi qanday?
➡️ 03:08 Men farzandimni mikrohududimizdan tashqaridagi, ish joyimga yaqin bo‘lgan maktabga bermoqchiman. Buning imkoni bormi, tartibi qanday?
➡️ 04:37 O‘g‘lim 2017-yil yanvarda tug‘ilgan. 2024-yil yanvarda 7- yoshga to‘lishi sababli farzandimni davlat maktablariga qabul qilishmas ekan. Shuni inobatga olgan holda o‘g‘limni nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#saylov_2023
✅O'z kelajagingizga befarq bo'lmang!
✍️ Saylovda faol ishtirok eting!
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
#Xalqaro_konferensiya
✅ Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonlaridan video-lavha.
__
✅ Video of the international conference "Uzbekistan: healthy and educated society" organized within the framework of the Week of International Partnership Initiatives.
#5_July #International_conference #Tashkent
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Kitobxonlik_tanlovi
“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrini foydali o‘tkazish maqsadida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi o‘tkaziladi.
📚 “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi joriy yilning 5-iyul kunidan 28-iyul kuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi sahifasida bo‘lib o‘tadi.
📃 Tanlov nizomi bilan tanishing!
✨Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim;
🎁 Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!
📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati
Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#ustozmetodi
"USTOZ METODI"
💫Tanishing bugungi “USTOZ METODI” sahifamiz qahramoni
Toshkent shahar Chilonzor tumani 184-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muhabbat YusupovaRustambayevna o`zlarini metodikalarini mazmun mohiyatini tushuntirib beradi.
✅Bugungi kunda ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarning olgan bilim va ko‘nikmalarini notanish vaziyatlarda, muammoga duch kelganda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Bu albatta, boshlang‘ich sinflardan boshlanadi.Men darslarda muntazam bolalarning tafakkurini oshirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashlarini kengaytirish uchun turli xil o‘yin usulidagi ko‘rgazmali qurollardan qo‘lda tayyorlab foydalanaman, - deydi o'z ustida doim ishlashni kanda qilmaydigan Muhabbat Yusupova Batafsil
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30- iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘llab, faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida o‘quvchilarimiz ham borligi barchamizni quvontiradi.
⚡️Bahrillayev Bahrom Azmiddin o‘g‘li – Sardoba tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)
⚡️Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li – Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)
⚡️Maxmudov Abdullox Alisher o‘g‘li – Uchtepa tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
Davlat mukofoti muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
#Tabriknoma
Aziz yoshlar!
Qadrli ertamiz egalari!
Sizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Siz bizning ertamiz va ishonchimizsiz. Zero, mamlakatimizning porloq kelajagi sizning qo’llaringiz bilan bunyod etiladi.
Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizda zafar hamisha hamrohingiz bo’lishini tilaymiz.
Yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin, aziz yoshlar!
Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
♾ Hurmatli ota-onalar!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoniga muvofiq, yurtimizda "Qurbon xayiti" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, joriy yilning 28-iyundan 2-iyulgacha barcha tashkilotlar kabi umumtaʼlim maktablarida ham dam olish kunlari etib belgilandi.
✅ Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-iyunidan
2-iyuliga qadar 5 kun davomida my.maktab.uz elektron platformasi orqali umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha, onlayn ariza topshirish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatilishini eʼlon qilamiz.
📍 3-iyul, dushanba kunidan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.
❕ Eslatib o'tamiz, 28-iyunga qadar ro'yxatdan o'tgan arizalarga 3-iyuldan boshlab javob beriladi.
♾ Уважаемые родители!
🇺🇿 В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № ПФ-270 от 23 декабря 2022 года, в связи с празднованием в нашей стране праздника «Курбан Хаит» были установлены праздничные дни с 28 июня по 2 июля текущего года в общеобразовательных школах, как и во всех организациях, установлены выходные дни.
✅ На основе вышесказанного Указа, процесс онлайн подачи заявлений на прием в 1 класс общеобразовательных школ через электронную платформу my.maktab.uz будет временно приостановлен на 5 дней, с 28 июня до 2 июля.
📍 С понедельника, 3 июля текущего года, вы можете подать заявку онлайн через электронную платформу my.maktab.uz.
❕ Напомним, что на заявки, зарегистрированные до 28 июня, ответят с 3 июля.
Qadirli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
⚡️"27-iyun Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati barchangizni muborakbod etamiz.
💫Sizga tan sihatlik, oilaviy hotirjamlik, kasbingizda yuksalishlar tilab qolamiz.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida “Tillarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili oʻqituvchisia Ra'no Rahmonova tomonidan "O'quvchilarning o'quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari" ( Various methods and means of evaluating students' educational activities, knowledge and competencies) mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
📚Ochiq dars TBL (Task-based learning) va CLIL (Content and Language Integrated Learning) yo'nalishida olib borildi. Shuningdek "The role of assessment in educational process, ways/ types of assessment, types of tests, evaluation methods" haqida ma'lumotlar berildi va mustahkamlash uchun Blooket.com va Storyjumper.com platformalardan foydalanildi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
XORIJIY EKSPERT BILAN OʻQITUVCHILAR HAMKORLIGI
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida A.Gersen nomidagi Rossiya (Sankt-Peterburg) davlat pedagogika universiteti eksperti Yelena Aleksandrovna Salman seminarida tinglovchilari olgan bilim koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida, har bir tinglovchi oʻzi “Oskar”mukofotiga loyiq deb bilgan asarlarini tanlab, guruhlarga boʻlingan holda slaydlar orqali asar dolzarbligi ochib berildi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
#ustozlar_uchun
Qanday qilib qiziqarli dars tashkil etish mumkin?
🎚️Zerikishning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biri bu-oʻzingiz qilayotgan ishdan zavqlanishdir.
🖼️ Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz oʻquvchilaringizga yaxshi kayfiyat bagʻishlasangiz, ular ham koʻproq narsani oʻrganishadi.
🎚Hurmatli oʻqituvchilar, hafta boshidan Sizga yaxshi kayfiyat hamrohligini tilaymiz!😊
➡️ Batafsil maqola bilan tanishish
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
❕ 2023/2024 йилларда ОТБ иштирокида Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида ДХШ асосида 13 та умумий ўрта таълим мактаби ташкил этилади
Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида давлат-хусусий шериклик асосида халқаро стандартларга жавоб берадиган умумий ўрта таълим мактабларини қуриш, уларга юқори даражада техник хизмат кўрсатилишини таъминлаш, ўқувчиларга сифатли таълим олиш учун зарур шарт-шароитларни яратиш мақсадида тегишли Президент қарори
(ПҚ–163-сон, 25.05.2023 й) қабул қилинди.
⏺Умумий ўрта таълим мактабларини давлат-хусусий шериклик асосида ташкил этиш лойиҳаси бўйича давлат шериги этиб Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги белгиланади.
⏺Хусусий шерик Ўзбекистон Республикасининг «Давлат-хусусий шериклик тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ ўтказиладиган халқаро тендер натижалари бўйича аниқланади ҳамда у билан умумий ўрта таълим мактабларини кейинчалик тасарруф этиш ҳуқуқисиз қуриш, жиҳозлаш ва эксплуатация қилиш юзасидан давлат-хусусий шериклик тўғрисидаги битим тузилади;
⏺ОТБ томонидан Лойиҳа иштирокчиларига техник хизмат кўрсатиш ва тендер ҳужжатларини ишлаб чиқиш учун қайтариб бериш шарти билан 1,1 миллион АҚШ доллари миқдоридаги маблағлар ажратилади;
⏺Ажратилган маблағларнинг 150 минг АҚШ доллари — давлат шериги томонидан Давлат бюджети ҳисобидан, 950 минг АҚШ доллари — хусусий шериклар томонидан ўз маблағлари ҳисобидан ОТБга қайтариб берилади.
✔️Батафсил
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#kun_hikmati
ABU RAYHON BERUNIY
Ilm olish dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, ta'lim va tarbiya bir butunlikni ko`rsatadi, faqat shu borliqqa amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi.
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
✅ Соат 20:00 да сайлов участкаларида овоз бериш якунланди.
🗳Айни дақиқаларда овозларни санаб чиқиш жараёнлари давом этмоқда.
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
UMAR HAYYOM
Siz ertangi taqdirni ,hattoki dono bo`lsangiz ham oldindan bila olmaysiz. Shunday ekan, bugungi kunni bekor o`tkazmang, zero u mudom qaytib kelmaydi.
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
#saylov2023
🇺🇿 Сиёсий фаол бўл!
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#yangilik
TINGLOVCHILAR MUSTAQIL KASBIY RIVOJLANISHINING “METODIUM” LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi, Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, p.f.f.d. Buxolida Supiyeva "Metodium" loyihasini ishlab chiqdi.
Metodium loyihasi – mavzular boʻyicha maʻruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, 3D va QR kodli topshiriqlar, VR/AR texnologiyali materiallar, nazorat ishlari, testlar banki, adabiyotlar, va glossariy kabi elementlardan iborat 👉batafsil
MARKAZIMIZDA BOSHLANG'ICH TA'LIM METODIKALARI MUZEYI OCHILDI
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Boshlang'ich taʼlim metodikalari muzeyi tashkil etildi.
📍Metodikalar muzeyida taʼlim jarayonida qoʻllaniladigan didaktik materiallar, oʻquvchilar faolligini oshiruvchi metod va vositalar, shahar boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ilgʻor tajribalaridan namunalar ko`rsatilgan. E`tiborga loyiq tomoni barcha didaktik materiallar qo`l mehnati yordamida yasalgan.
Kelgusida bu muzey yanada ko`proq yangi metodikalar bilan boyitilishi reja qilingan.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
📚Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.
F. V. Gladkov
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги
—
Праздничное поздравление молодежи Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
QURBON HAYITI BARCHANGIZGA MUBORAK BO'LSIN
Sizga tan-sihatlik, qalbingizga xotirjamlik, honadoningizga qut-baraka, kasbiy faoliyatingizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Hurmat bilan
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi jamoasi.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
HISOBOT YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida joriy yilning 26-iyun sanasida markazning barcha hodimlari 2023-yil rejalari bo'yicha 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o
'z hisobotlari topshirildi va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo`lgan rejalar tuzib olindi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
XALQARO HAMKORLIK
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida, bir hafta davomida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Zoʻr” (“Klass”) loyihasi doirasida A.Gersen nomidagi Rossiya (Sankt-Peterburg) davlat pedagogika universiteti eksperti, yangi avlod darsliklari muallifi Yelena Aleksandrovna Salman tomonidan seminar tashkil etildi.
🖇Seminar davomida tinglovchilar darslik muallifi bilan jonli muloqotda boʻlib, xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishishdi.
⚡️Xalqaro toifadagi ekspert hafta yakunida Oʻzbekiston oʻqituvchilarning bilim darajalari va salohiyatlari yuqori darajadaligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
TA'LIM BOSHQARISHDA RAHBAR SHAXSI, UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida bugun "O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari" malaka oshirish guruhida "Ta'lim boshqarishda rahbar shaxsi, unga qo'yiladigan talablar", korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritilishi mavzusida seminar tashkil etildi.
✅Seminarda dotsent F.A.Mamadaliyeva ni kelib chiqish, sabablari va bartaraf etish choralari haqida so`z yuritdi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website
BOSHQARUVDA HUQUQIY MASALALAR VA KASBIY FAOLIYATDA NORMATIV-MEʼYORIY HUJJATLARDAN FOYDALANISH
🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida joriy yilning 21-iyun sanasida “Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari” guruhi va “Ingliz tili fani oʻqituvchilari” guruhiga, “Boshqaruvda huquqiy masalalar va kasbiy faoliyatda normativ-meʼyoriy hujjatlardan foydalanish masalalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
✅Mahorat darsida tinglovchilarga boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil etishning huquqiy asoslari tushuntirildi. Shuningdek, oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga oid boʻlgan hujjatlarning mazmun mohiyati bilan tanishib oʻzlari uchun qiziq boʻlgan savollarga javob olishdi.
✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.
✅Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | Website