✅️#Рост_ҳикматлар
Барча масалаларда ҳар қандай одамнинг ваъдасига ишонса бўлади, аммо пул масаласи бундан мустасно.
✍️ Маҳатма Ганди
🌟Кунингиз хайрли ўтсин!
👉@Talim_va_MEN
👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️
📌Шоколад терини мустаҳкамлайди
✅Қора шоколад таркиби камида 70% какаодан иборат бўлса, соғлиқ учун жуда фойдали. Бу шунингдек терини зарарли қуёш нурларидан ҳимоя қилиш ва ажинлар пайдо бўлишининг олдини олади.
Шоколад таркибидаги антиоксидантлар теримиздаги коллагенни ҳимоя қилади ва суюқликни тўлдириш учун танани рағбатлантиради. Шунинг учун тери узоқ вақт давомида мустаҳкам ва ёрқин бўлиб туради.
Статистикага кўра, ҳафтада беш марта шоколад истеъмол қиладиган инсонлар истеъмол қилмайдиганларга қараганда терилари текис ва нозик бўлади!
👉@Talim_va_MEN
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.
👉 Yuklab olish
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Energiya darajangizni oshirishning 3 ta usuli
🌟 Nafas olish - mashqni sinab ko'ring: burningiz bilan nafas oling, uchgacha sanang, og'iz orqali nafas chiqaring, yana uchtagacha sanang. Bu mashq orqali nafaqat ko'kragingiz, balki oshqozoningiz ham havo bilan to'lganligini his etasiz. 5 dan 15 minutgacha nafas oling. Jarayonda begona fikrlarga yo'l qo'ymang, diqqatni nafas olishga qarating.
🌟 Meditatsiya qiling - meditatsiya sizga o'zingiz, intuitsiyangiz va yuragingiz bilan yaxshiroq aloqa qilish imkonini beradi. Shuningdek, u his-tuyg'ularni va energiya muvozanatini normallashtirishga yordam beradi.
🌟 Vizualizatsiya - ko'zingizni yuming va salqin yerda yalangoyoq turganingizni tasavvur qiling. Va undan oyoqlaringizni ko'taradigan va butun tanangizni to'ldiradigan kuch va energiya oqimlari keladi. U qanday porlashni boshlaganini his eting. Ushbu tasvirni ongingizga o'rnating va imkon qadar uzoq vaqt shu holatda qoling.
✅ Ushbu usullarni sinab ko'ring va do’stlaringizga ham yuboring!
👉@Talim_va_MEN
🎓 Magistratura mutaxassisligi va oliy ta'limdan keyingi ta'limga o'qishga kirishda talab qilinadigan sertifikatlar ro'yxati
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.
Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili yo'nalishi bo'yicha magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlari uchun talab etiladi:
1. Milliy sertifikat - C1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL IBT* - 95-113
4. TOEFL ITP - 543
5. CAE - 180-199
6. iTEP - C1
* Home edition bo'lmagan, rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshirilgan bo'lishi talab etiladi
👉@Talim_va_MEN
#Мотивация
Бугунги кун - орзуларингизни амалга ошириш учун яна бир имконият!
Топ-7 Тонгги мотивация:
✅Бизларни фақат пул бахтли қилмайди. Ҳозир менда 50 млн$ бор, лекин мен 48 млн$ бор пайтимдагидек бахтлиман (Арнолд Шварцнегер).
✅Мен ишлаяпман дема. Нима иш қилганингни кўрсат! (Томас Роберт Дюар)
✅Кун бўйи ишлайдиган одамларнинг пул топишга вақти бўлмайди (Жон Дэвисон Рокфеллер)
✅Сизга омад сирини очайми? Унда эшитинг: Бошқалар ухлаётганда сиз ўқинг. Бошқалар гап сотаётганда сиз ишланг. Бошқалар ўйнаётганда, сиз тайёрланинг. Бошқалар умид қилаётганда сиз орзу қилинг (Аноним)
✅Ҳаммага маълумки, 20% одам 80% ишни қилади. Лекин яқинда маълум бўлдики, 80% одамлар ўша 20% га кирадигандек ҳисоблашади (Аноним).
✅Ақлли одамларни ишга олиб, уларга нима қилиш кераклигини тушунтиргандан маъно йўқ. Биз ақлли одамларни, бизга нима қилиш кераклигини айтиши учун ишга оламиз (Стив Жобс).
✅Рақобатни хуш кўрмасангиз, қийин йўлни танланг (Шарл Де Голл)
👉@Talim_va_MEN
⚡️O‘QITUVCHILARGA USTAMA BERISH UCHUN BAHOLASH MEZONI VA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI.
Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699 sonli xati.
/channel/Talim_va_MEN
#Буржлар
Белгилар ҳақида сиз билмаган нарсалар:
🤪Қўй: Деярли ҳар доим ҳазил қилади
🥰Бузоқ: Яхши суҳбатдош, тинглашни жуда яхши билади
🥺Эгизаклар: энг яхши тасалли берувчи
😡Қисқичбақа: ғазабда қўрқинчли
😎Арслон: ақл бовар қилмайдиган даражада тушуна олади
😏Паризод: драмадан узоқроқ туради (драма - ошириб, бўртириб юбориш)
🤗Тарози: Улар билан чиқишиш жуда осон
🤓Чаён: улар билан ҳамма нарса ҳақида гаплашишингиз мумкин
😍Ўқотар: Жуда чиройли табассум қилади ва ўзига яраша ажойиб манералари бор
☺️Тоғ эчкиси: Ҳеч қачон гапингизни бўлмайди
🤩Қовға: Хурсанд бўлганида жуда актив
🤫Балиқ: агар сиз уларни ҳурмат қилмасангиз, жуда такаббур.
👉@Talim_va_MEN
#Lifehack
🇺🇿Ёз мавсуми учун дастурхонни безаб турувчи мевали лайфхак
🇷🇺Фруктовая закуска, которая украсит стол к летнему сезону
👉@Talim_va_MEN
👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️
📌Олча ширин гилосдан кўра фойдалими?
✅Ҳа, чунки Олча таркибида кўпроқ витамин ва минераллар мавжуд.
➡️Олча мевасида Б9, Б6, Б5 витаминлари бор, Гилосда эса, ушбу витаминлар йўқ. Олчада Б1 ва Б2 витаминлари Гилосга қараганда уч баробар кўп. Олчада ҳам, кўпроқ магний мавжуд.
➡️Бундан ташқари, Олча, гилосдан фарқли ўлароқ, цинк, мис, хром, каби элэмэнтларни ўз ичига олади.
👉@Talim_va_MEN
#Кулинария
Творожник. Меҳмонлар учун энг мазали ширинлик
Масаллиқлар
200 гр 80% ли маргарин
5 дона тухум сариғи
2 -2,5 стакан ун
200 мл сметана
1 чой қошиқ разрихлител
🔸️Начинка:
600 гр қуруқ творог
1 дона тухум
1 ош қошиқ кукуруз крахмал
150 гр шакар.
🔸️Безак
5 та тухум оқи
300 гр
1 чимдим туз
👉@Talim_va_MEN
✅️#Рост_ҳикматлар
Одамлар устига шундай бир замон келадики, унда ҳақиқатдан кўра махфийроқ, ботилдан кўра ошкорроқ ва ёлғондан кўра кўпроқ нарса бўлмайди.
✍️ Али ибн Абу Толиб
🌟Кунингиз хайрли ўтсин!
👉@Talim_va_MEN
Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari
Yurtimizdagi jome masjidlarda 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Boshqa hududlarda esa Qurbon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
➖ Andijon, Namangan, Farg‘ona — soat 05:00;
➖ Toshkent shahri — soat 05:10;
➖ Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari — soat 05:15;
➖ Samarqand va Surxondaryo — soat 05:20;
➖ Qashqadaryo va Navoiy — soat 05:25;
➖ Buxoro — soat 05:30;
➖ Xorazm — soat 05:45;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — soat 05:50.
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
👉@Talim_va_MEN
Вилоят ҳокими Ботир Зариповнинг телеграм каналига аъзо бўлинг @BotirZaripov
👉@Talim_va_MEN
Ўғил бола уйда бир кишидан қўрқиши керак! Бўлмаса уни эплаб бўлмайди!
Бу гапда жон бор. Лекин бироз сўзларда хатолик бор. Қўрқиши эмас, ҳурмати баланд бўлиши, ҳаё қилиши ёки хижолат бўлиши керак. Қўрқув билан мақсадга эришиш мушкул вазифа. Қўрқув ортидан одатда нафрат келади.
Масалан ёшлигидан отасидан қўрққан, мунтазам калтак еган болалар катта бўлгач отасини ёмон кўриб қолади, гапларига беписандлик билан қарайди. Ундан қувватли бўлганини ҳис қилиб хатто қўл кўтаришгача боради. Аллоҳ бу ҳолатдан Ўзи сақласин.
🤷🏻♂ Унда нима қилиш керак?
• бола хато қилади, ундан хато қилишига сабаб нималигини сўранг. Арзирли сабаб бўлиши ҳам мумкин одатда;
• жуда шўх бўлса бу калтаклашга ёки қаттиқ гапиришга сабаб бўлолмайди. Бола шўхлиги билан бола;
• доим ҳалимлик билан муомала қилинса, вақт ўтгач бу одат унга ҳам аста-секин ўтади. Бақириб гапирилган бола ҳам бақириб жавоб бера бошлайди;
• ота доим аёлига яхши муносабатда бўлиши керак. Чунки ўғил бола онасига меҳри бўлакча бўлади. У онасига қилинган зулмдан қаттиқ таъсирланиши ва психологияси жуда бузилиши мумкин.
👉@Talim_va_MEN
🌤 Ассалому Алайкум! Шанба тонги муборак бўлсин 🌱
☘️ Қалбингиз иймонга
☘️ Уйингиз қувончга
☘️ Юзингиз нурга
☘️ Кунингиз хайрли ва солиҳ амалларга тўла бўлсин.
☝️ Янги кунни ҳадя қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин!
👉 @Talim_va_MEN
#E'LON
⚡️⚡️⚡️Buxoro davlat universiteti Sizni Ochiq eshiklar kuniga taklif qiladi!
Bugungi kunda mehnat bozorida qanday kasblar va malakalar qimmat va ulardan qaysi birini BuxDUda olish mumkin? 2024-yilda qaysi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilinadi? 2024-yil 15-iyun kuni ushbu savollarga javob oling!
Bizni kuzatishda davom eting
Саломатлик учун 8 фойдали ўтлар
• Розмарин - мия учун.
• Шалфей - қон-томир учун.
• Кинза - озиш учун.
• Петрушка - саратон касаллигидан ҳимоя қилиш учун.
• Чабрец - кўриш учун.
• Орегано - мушакларни тиклаш учун.
• Ялпиз - буйраклар учун.
• Райҳон - юрак учун.
👉@Talim_va_MEN
Maqsadlaringizda aniqlik bo'lsin!
🎯Fokus va qat'iyatlilik muvaffaqiyat yo'lidagi eng katta ittifoqchilaringizdir.
🔎Lupada to'plangan quyosh nuri kabi, bitta aniq rejalashtirilgan harakat kuchli natijalarni yoqishi mumkin.
🔥Energiyangizni bitta aniq maqsad sari yo'naltiring va har bir harakat sizning qarashlaringizga mos keladi.
🌏Bugungi kunda diqqatni jamlash va hal qiluvchi harakatlarni amalga oshirish qobiliyati orzularni yutuqlarga aylantiradi.
⚡️Maqsadingiz aniq bo’lsin, qarorlaringizda dadil bo'ling va qat'iyatingiz sizga yo'l ko'rsatsin.
❗️Esingizda bo'lsin, bitta aniq maqsadli harakat sizning eng katta yutuqlaringizga yo'l ochishi mumkin.
⚡️Yangi o‘quv yilidan davomat inson omilisiz yuritiladi
✅ 2025-yil 1 sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur”da nazarda tutilgan.
Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
2024-yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy etiladi.
2025-yil 1 sentabrga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.
/channel/Talim_va_MEN
Илғор иш тажрибаларининг оммалаштирилганлиги тўғрисидаги Сертификатларнинг амал қилиш муддатлари қанча?
👉@Talim_va_MEN
📢 So’zni xotirada saqlab qolish usullari
“Grammatikani bilmay turib, juda kam fikrni ifodalash mumkin, lug’atni bilmay turib, hech nimani ifodalab bo’lmaydi” degan ekan David Wilkins 👨🔬 ismli tilshunos olim.
Lug’at boyligining til o’rganishdagi o’rni bebaho. Ammo, afsuski, bu oson ish emas. Achchiq haqiqat shuki, siz yangi so’zlarni yodlay boshlasangiz, avval yodlagan so’zlarni unuta boshlaysiz. Sizga shu borada yordam berish uchun, bir nechta so’z o’rganishda qo’l keluvchi usullarni o’rgatmoqchiman.
✅ 1. Repetition - takrorlash bu vaqt sinovidan o’tgan va o’zini oqlagan usul. Qanchalik zerikarli bo’lmasin, siz bitta so’zni yaxshi yodlab olmaguningizcha, takrorlayverasiz-takrorlayverasiz. O’sha so’z miyangizda aylanaveradi-aylanaveradi. Bir so’zni miyangizda takrorlashdan tashqari, siz uni og’zaki yoki yozma nutqda uchratishingiz ham kerak. Olimlar shuni aniqlashgan ekanki, agar siz bir so’zni 7 marta (!) qayta-qayta uchratsangiz, shu so’zni eslab qolish imkoniyatingiz katta.
✅ 2. Retrieval - so’zni xotiradan olib ishlatish. Bu usulda siz yodlagan so’zlaringizni qatnashtirib gap tuzasiz, va natijada shu so’zni eslab qolish imkoniyatingiz kengayadi. So’zlarni gaplarda qatnashtirib eslab qolish ularni kelajakda osonroq eslab olishingizga yordam beradi.
✅ 3. Use – so’zdan foydalanish. So’zlardan amalda foydalanish so’zlarni xotirangizda mustahkam joy olishining eng zo’r usulidir. So’z shunday narsaki, siz undan foydalanmas ekansiz, u sizdan tobora uzoqlasha boradi. Siz o’zingiz yodlagan yangi so’zlardan foydalanib, o’zingiz yoki siz bilgan odamlar haqida haqiqatga mos gaplar va hikoyalar tuzing, ularni yozing yoki kimgadir so’zlab bering.
✅ 4. Cognitive depth – so’zni qanchalik ongingizda chuqur o’rnashuvi. Siz biror so’z haqida qanchalik ko’p fikrlasangiz va u haqida boshni qotiruvchi savollarga javob topsangiz, shu so’z xotirangizda shuncha chuqur o’rnashadi. So’z haqidagi nisbata osonroq vazifa bu shu so’z ohangiga mos keluvchi so’zlarni topishdir, masalan, “mango va tango” so’zlari. So’zning chuqurroq tahlili esa, uning qaysi so’z turkumiga (ot, sifat, fe’l va boshqalar) tegishli ekanligi, qanday predlog bilan ishlatilishi, qaysi so’zlar bilan birga kelishi, u o’zi bilan ijobiy yoki salbiy bo’yoqdagi ma’noni tashishi, uning aynan qaysi sohalarda ishlatilishi va hokazolarni o’z ichiga oladi.
✅ 4. Imaging (Tasavvur qilish) – Siz yangi so’zni miyangizda suratini chizishga, ya’ni tasavvur qilishga harakat qiling. Hattoki, abstrakt so’zlarni ham qandaydir usul bilan hayoliy suratini chizishga urinib ko’ring. Buning uchun tasavvuringiz boy bo’lishi shart emas, asosiysi, bu o’zingiz yaratgan bo’lsangiz bas.
✅ 5. Motivation (o’rganishga bo’lgan kuchli qiziqish) – shunchaki yangi so’zlarni o’rganishni xohlashingiz, ularni eslab qolishingizga kafil bo’la olmaydi. Kuchli qiziqishga ega bo’lgan til o’rganuvchisi so’zlarni takrorlash va amaliyotda qo’llashga ko’proq vaqt sarflaydi va natijada xotirasida yaxshiroq saqlaydi. Shunchaki hohish kam, siz yangi so’zlar o’rganishning ashaddiy bo’lishingiz kerak.
👉@Talim_va_MEN
#ибрат
Фарзандингизга доимо айтиб туришингиз керак бўлган 9 та гаплар
1. Сен кучлисан, енгилма!
2. Мен доим сен биланман.
3. Ҳаммасини уддалайсан!
4. Мен сенга ишонаман.
5. Мен сен билан фахрланаман.
6. Менга ёрдам бераётганинг учун рахмат.
7. Мен сени яхши кўраман.
8. Кунинг қандай ўтди?
9. Бундай вазиятда сен қандай йўл тутган бўлар эдинг?
Меҳр ва эътиборингизни аяманг. Кўпроқ бағрингизга босиб қучоқлаб туринг, эркаланг, у болалигини ҳис қилсин.
Болани урманг! Болага нима яхши-ю нима ёмонлигини тушунтиришдан эринманг.
👉@Talim_va_MEN
#Жуда_қизиқ
Рулни қандай ушлашингизга қараб феълингизни билиш мумкин.
👉@Talim_va_MEN
#кун_хикмати
Инсон шубхасиз тупроқдан яралган. Унинг мохияти қимматбаҳо тошга ўхшайди.
Ўзини устида ишлаган инсон қобилиятини кашф этади, яъни тошнинг бир қирраси сайқалланади.
Сайқалланган тош эса жилоланади, кўзларни қувонтиради.
Ўзингизнинг қобилиятларингизни кашф этинг!
👉@Talim_va_MEN
🌤 Aссалому алайкум. Пайшанба тонги муборак бўлсин 😊👍
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!
👉@Talim_va_MEN
Ҳар қандай вазиятни ўзгартиришга биринчи қадам тан олишдан бошланади, биласизми?
Тан олиш нима дегани?
Қачондир сиз билан ёқимсиз ҳолат содир бўлганда, ,,Нега бу мен билан содир бўлди, нега айнан мен" деган фикр ўтганми хаёлиздан❓
Бўлганми, ким биландир конфликт юзага келганда, ,,Ҳали бу одамга кўрсатиб қўяман" деб, уни айблаб ўз билганиздан қолмаган вақтиз❓
Бу - тан ололмаслик, бу - кураш, бу - кибр....
Тан олиш - вазиятни борича қабул қилиш, Борлиққа бутунлай ишониш дегани!
Тан олганизда, менга нима англаш берди бу вазият деб сўраганизда жавоб топасиз.
👉@Talim_va_MEN
Жамол Носиров тўғрисида қанадай маълумотларни билишни истайсиз?
Марҳамат саволларизни @admi_n_1 га йўлланг ва сизни қизиқтирган саволларга жавобни ушбу @Jamol_Nosirov каналидан ўқиб боринг.
👉@Talim_va_MEN
Юқоридаги таълим йўналишларига сиртқи таълимга қабул қилиш таъқиқланган
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 июндаги ПҚ-289-сон қарори 1-иловасида 2023/2024 ўқув йили қабулидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаларида сиртқи таълим шаклига қабул амалга оширилмайдиган таълим йўналишлари келтирилган бўлиб унга кўра, юқорида расмда келтирилган йўналишларга бу йилги ўқув йилидан сиртқи таълимга қабул бўлмаслиги белгиланган. У на давлат ОТМси бўлсин ва на хусусий.
👉@Talim_va_MEN