talim_live | Неотсортированное

Telegram-канал talim_live - Ta’lim Live

22309

Ta’lim Live™ — Ta‘lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda Murojaat uchun: @TalimLiveBot Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Подписаться на канал

Ta’lim Live

⚡️Rasman: 2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: Minimal o’tish bali o’zgarmadi

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

✅ Unga ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#qabul_2024
#magistratura

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2024/2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 17 500 ta.

Davlat granti: 9 365 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 092 ta, rus tili – 1 273 ta,

Kontrakt: 8 135 ta;
shundan, o‘zbek tili – 6 539 ta, rus tili – 1 596 ta,

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

❓Bakalavriat uchun o‘tish ballari qachon tasdiqlanadi?

✅ JAVOB
: Hech qachon. O‘tish bali qaysidir hujjat asosida tasdiqlanmaydi. U ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan abituriyentlarning olgan ballari natijasida tabiiy shakllanadi.

Shu sababli o‘tish bali necha ball bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi. Beshta yo‘nalish tanlayotganda siz o‘tgan yilgi ballarga qarab mo‘ljal olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin, lekin bu ham aniq emas, ball qaysidir yo‘nalishda ko‘tarilishi, qaysidadir tushishi mumkin.

Lekin baribir o‘tgan yilgi ballarga qarab ish tutish shunchaki quruq tavakkal qilishdan yaxshiroq.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

🔰 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️345 ming (46,9%) abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan.

mandat.uzbmb.uz ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

— Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 ballni ham to‘play olmagan.

56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti bilan imtihonsiz talaba bo'lishga nima deysiz?

🎓Siz DTMda 50 va undan yuqori ball olgan bo'lsangiz, Osiyo Xalqaro Universitetida hech qanday imtihonsiz talaba bo'lasiz.

🔥 Osiyo Xalqaro Universiteti sizga quyidagi qulayliklarni taqdim etadi: zamonaviy kampus, qulay o'quv sharoitlari, stipendiya va rag'batlantirishlar, malakali professor-o'qituvchilar va xalqaro amaliyot dasturlari.

Kelajagingizni biz bilan quring. Shoshiling!

🔗 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998553050009

🌐 www.oxu.uz

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ta'lim krediti foizi bundan buyog'iga 13,5% stavkada bo'ladi.

Markaziy bank 25-iyul kuni asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

✔️Qoida tariqasida: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

❗️Ma'lumot o'rnida: Ta'lim krediti yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (13,5%) qizlar uchun - foizsiz (0%) ajratiladi;

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️ Texnikumlarning qabul kvotalari e'lon qilindi

🔰 Bu yilgi qabulga ko'ra:

➖Kunduzgi (67 725 ta);
➖ Kechki (1 450 ta);
➖ Sirtqi ( 13 105 ta);
➖ Dual ( 7 940 ta kvota);
➖ Grant asosida qo'shimcha qabul — 59ta (Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-oʻquv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi”va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi).

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI!

Ma'lumki, PQ-200-sonli qarorga ko'ra, nodavlat oliygohlar reytingi tuziladi. “@nodavlattalim” tomonidan jamoatchilik fikriga asosanlangan holda 2023/2024 o'quv yili yakuni bo'yicha Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta'lim muassasalarining milliy reytingi aniqlanmoqda!

🥇G‘olib OTMlar “Eng yaxshi oliygoh” statuetkasi hamda jami qiymati 20 mln. so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

❗️Reytingga kirgan oliygohlarning natijalari doimiy tarzda hisoblab keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

🏆 YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovida faol ishtirok eting!

👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG

Esingizda bo'lsa 2023-yilda Alfraganus universiteti "eng yaxshi nodavlat oliygoh" deb topilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Читать полностью…

Ta’lim Live

Parlamentda ishlamagan ovoz berish, saylovda ishlaydimi?

O‘zbekiston parlamenti qanday ishlaydi, deb so‘rashsa, mana shu videoni qo‘yib bersangiz yetadi

Ko‘pchilikning ovozi bir tiyinga qimmatligi, baribir yuqori rahbariyat nimani xohlasa shu bo‘lishining juda bir chiroyli isboti bo‘libdi :)

Qisqa izoh: Spiker tanaffus e’lon qilamizmi yoki ishni davom ettiramizmi, deb so‘radi. Birinchi ovoz berishda 89 kishi (75,4%) davom ettiramiz dedi, 13 kishi (11%) tanaffus e’lon qilaylik dedi. Spiker kutilmaganda yana ovozga qo’ydi. Yana 89 kishi davom ettiramiz dedi, 22 kishi (18%) tanaffus e’lon qilaylik dedi.

Spiker esa xulosa o‘rnida oltinga teng gaplarni aytdi:

“Ko‘pchilikning fikrini e’tiborga olamiz, ammo tanaffus e’lon qilamiz”😂

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Kvota OTMlar kesimida taqsimoti roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi

Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–81-son Farmoniga muvofiq davlat buyurtmasi parametrlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etilgan.

Davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilingan. Shuning uchun o'tgan yili davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari OTMlar kesimida taqsimlangan bo'lsa, joriyda OTMlar nomi ko'rsatilmagan.

Davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi.

Har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik berilgan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 20-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Qabul kvotasi va minimal o‘tish bali bir hafta muddatda tasdiqlanadi

Prezidentining "2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga — 34 838 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 9 365 nafar etib belgilandi.

respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat granti ajratiladi.

Davlat komissiyasi bir hafta muddatda 2024/2025 o‘quv yili uchun:

a) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:

➖oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;

imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlarini;

➖tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini tasdiqlaydi.

@mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

JIDU kontrakt narxlarini oshirdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Stipendiyasiz shaklda 1-bosqich bakalavr talabalari uchun 29,4 mln soʻm, 2-4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 mln soʻm etib belgilandi. Magistratura esa 27 mln soʻm.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Sirtqisi yopilgan yo'nalishlar uchun kvota berilyaptimi?

2022-yil 21-iyundagi 289-sonli Prezident qaroriga tasdiqlangan 1-ilovaga ko'ra, 14 ta ta'lim yo'nalishlari uchun 2023/2024 o'quv yilidan sirtqi ta'limga qabul amalga oshirilmaydi, ya'ni bu yo'nalishlarning sirtqisi yopilgan edi. Bular ichida Kimyo va Biologiya yo'nalishlari ham mavjud.

☝️Biroq, bugun Oliy ta'lim vazirligi tarkibidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e'lon qilingan sirtqi ta'lim kvotasida Buxoro davlat universitetiga 60510100-Biologiya, 60530100-Kimyo yo'nalishlariga kvota ajratilgan. BuxDUdan tashqari yana 10 ta oliygoh uchun Biologiya yo'nalishlarga sirtqi kvotasi berilgan.

🚫Yuqoridagi 289-qaror ilovasi va kvotadagi bu yo'nalishlar bir xil bo'lib, shifr kodlaridagi farq yaqindagina o'zgartirilgan klassifikator kodlari sababli yuzaga kelgan. Ikkalasi rasmdagi yo'nalishlar mazmunan bitta yo'nalish hisoblanadi.

Xo'sh 289-sonli prezident qaroriga asosan Biologiya va Kimyo yo'nalishlari sirtqisi yopildimi yoki yo'q? Vazirlikdan rasmiy munosabat kutamiz?

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

✅ 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

🎓 Xalqaro ta'lim va diplom olish endi oson!

🛫 "Millat Umidi" universiteti talabalari uchun eng yaxshi xalqaro universitetlarda almashinuv dasturlari mavjud: 2 yil O'zbekistonda va 2 yil BAA, Britaniya yoki Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyati.

IELTS/SAT/CEFR sertifikatlariga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!

2024 - 2025 o'quv yili uchun qabul ochildi!

1. Xalqaro o'qituvchilar;
2. Dunyo bo'ylab tan olingan diplom;
3. Xalqaro sertifikatlar;
4. Ishga joylashishda ko'mak;
5. Zamonaviy infratuzilma va qulay yotoqxona;

Bakalavriat ta'lim dasturlari:
🌍 ELT (Ingliz tili o'qitish);
💰 Buxgalteriya va moliya (ACCA);
🖥 IT va dasturlash;
📈 Biznes va menejment.

O'qish narxi: 18 - 25 mln. (fakultetga qarab farqlanadi).

🎁 IELTS va SAT sertifikatlariga ega talabalar 100% grantga ega bo'lishlari mumkin.

🔗 Hoziroq ariza topshiring va biz bilan birga xalqaro fuqaroga aylaning!

🌍 Website: millatumidi.uz
☎️ +998 71 200 03 06

Читать полностью…

Ta’lim Live

Toshkent gumanitar fanlar universitetida yangi – 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!

Universitetimiz afzalliklari:
• yurtimizda va albatta butun dunyoda tan olinuvchi diplom egasi bo‘lish;
• 30 ga yaqin yo‘nalishlar – tanlov bor:
• zamonaviy va sifatli ta’lim;
• bir vaqtning o‘zida xorijiy universitet talabasiga aylanish;
• qulay joylashuv: Toshkent, To‘rtko‘l va Samarqand kampuslari;
• 9 mln soʻmdan boshlanuvchi hamyonbop shartnoma to‘lovlari;
• 10 ga yaqin grant va stipendiyalar;

Toshkent gumanitar fanlar universiteti haqiqiy o‘qiyman deydiganlar uchun!

🕸 Hujjat topshirish: http://tgfu.uz/uz

🤖 Qabul boti: @TGFU_QABULBOT

☎️ +998 78 888-66-66

📍 Lokatsiya

📱
Telegram |📱 Instagram |📱 tgfuofficial?si=Ai-Bgo7gPgqTDbbL">Youtube | 📱 Websit

Читать полностью…

Ta’lim Live

Abituriyentlar testdan soʻng nimani tanlashadi?

1️⃣ Beshtagacha yoʻnalish tanlanadi.

Siz istalgan yoʻnalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin, bu siz topshirgan fanlar majmuiga mos keladi.


2️⃣ Taʼlim shakli tanlanadi.
Kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarini tanlash mumkin, bu ajratilgan kvotalarga bogʻliq. Besh yoʻnalish orasida taʼlim shakllarini aralashtirish mumkin, masalan, 1 va 2 yoʻnalish - kunduzgi, 3 - sirtqi, 4 - kechki, 5 - masofaviy.


3️⃣ Tanlov ustuvorligi belgilanadi.
Davlat granti yoki yoʻnalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Masalan, kimdir aytishi mumkin: "Men besh yoʻnalishdan qay biriga kirsam ham muhim emas, muhimi - davlat grantiga kirish", shunda ustuvorlik grantga beriladi. Boshqa bir kishi aytishi mumkin: "Men albatta tanlagan birinchi yoʻnalishga kirishim kerak, hatto shartnoma asosida ham", shunda ustuvorlik yoʻnalishga beriladi.
15 kundan keyin umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Odatda, yakuniy mandat bir hafta ichida eʼlon qilinadi. Mandat taxminan 20-avgust kuni eʼlon qilinishi kutilmoqda (agar oldingi yillardagidek tasdiqlash kechiktirilmasa).

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

27-oktabr, yakshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi.

Hangomalar boshlanadi)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️O'n birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 24-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 24-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Читать полностью…

Ta’lim Live

Oʻqishga hujjat topshirishga ulgurmadingizmi? Yoki o’qishga kirolmadingizmi? Do’stim, aslo siqilmang! G’am-g’ussaga ne hojat?! Mana Sizga imkoniyat!

Toshkent gumanitar fanlar universiteti SAMARQAND KAMPUSIda 2024/2025-oʻquv yili uchun RASMAN QABUL BOSHLANDI. Otni qamchilang!!!

Siz xohlagan yo’nalishlar!
Siz orzu qilgan muhit!
Siz kutgan va kutmagan grantlar!
Xullas, hammasi Siz uchun!

Toshkent gumanitar fanlar universiteti — hammabop universitet!

Hujjat topshirish:
https://qabul.tgfu.uz/

🤖 Qabul boti: TGFU_qabul_Samarqand

☎️ +998 78 888-88-44

📱
Telegram |📱 Instagram |📱 tgfuofficial?si=Ai-Bgo7gPgqTDbbL">Youtube | 📱 Website

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️O'ninchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 23-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Читать полностью…

Ta’lim Live

Navbatdagi nishon – Navoiy innovatsiyalar instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiy ishlar bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga Navoiy innovatsiyalar institutiga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish lisenziyalarini bekor qilishni so‘rab shikoyat arizasi kiritgan.

Sud ishi 24 iyul 15:10ga tayinlangan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi

Bu haqda Prezident Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimida o‘quv jarayonlari “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi.

✅ Bunda, o‘quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi quyidagicha bo‘lishi nazarda tutilgan:

1-bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
● 2-bosqichda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
● 3-bosqichda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi.


✔️ 2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish ob’yektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Temurbeklar maktabi bitiruvchilari endi boshqalarga xalaqit bermaydi

Prezident imzolagan farmoyishga binoan, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Bu nima degani?

Endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.

Eng muhimi, endi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi. Nihoyat bizni eshitishdi, rahmat.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Qabul kvotalari tasdiqlandi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 19-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Читать полностью…
Подписаться на канал